Mavzu: Signalizatsiyalash tizimini “Arduino uno” mikrokontrolleri yordamida boshqarish Mashg`ulotning maqsadi: Signalizatsiya tizimini “Arduino uno” dasturlanuvchi mantiqiy kontroller asosida boshqaruv jarayonini ishlab chiqish
Mavzu: Signalizatsiyalash tizimini “Arduino UNO” mikrokontrolleri yordamida boshqarish
Mashg`ulotning maqsadi: Signalizatsiya tizimini “Arduino UNO” dasturlanuvchi mantiqiy kontroller asosida boshqaruv jarayonini ishlab chiqish.
Amaliy mashg`ulot jarayonida talabalar quyidagilarni bilib olishadi:
Datchiklarni Arduino UNO qurilmasiga ulash sxemasini;
Arduino UNO kontrolleri bazasida dastur tuzishni.
Ishni bajarish uchun kerakli jihozlar:
1. Arduino UNO kntrolleri;
2. YL-44 turidagi zummer moduli;
3. Infra qizil datchik;
4. Maket platasi uchun o`tkazgichlar;
5. USB standart kabeli;
6. Nasos;
7. Maket platasi.
Nazariy ma`lumotlar
YL-44 (sirena) zummer moduli uncha murakkab bo`lmagan loyihalarda mikrokontrollelarda tovushli signalizatsiya tizimini ishlatish uchun mo`ljallangan va boshqa shunga o`xshash funktsiyalarni bajarishda qo`llaniladi.
Umumiy ko`rinishi
4.1-rasm YL-44 turidagi zummer modeli
YL-44 (sirena) zummer modulining xarakteristikasi
Ishchi kuchlanishi 5V
Ishchi kuchlanish diapazoni 1,5-12V
Rezonans chastotasi 4,2 0,5 KGts
Akustik quvvati min 85dB (10sm Upit=5V)
Talab qiladigan maksimal tok Imax =20ma
Ishchi temperatura diapazoni -20 S +80 S
4.2-rasm. Elektrik sxemasi
YL-44 (sirena) zummer modulining Arduino UNOga ulash sxemasi.
Dostları ilə paylaş: |