Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy tarbiya vositalari
Maktab yoshigacha bolalar jismoniy tarbiyasida tabiatning sogʻlomlashtirish
kuchlari, gigienik omillar va jismoniy mashqlar katta ahamiyatga ega.
Yuqoridagilarni ta’siridan tashqari bolaning kunlik harakat faoliyati (har kunlik
harakati, rasm olish, har xil oʻyinlar, musiqa, jismoniy mehnat)
shunday
rejalashtirilsinki, boʻlarning hammasi uning rivojlanishiga imkoniyat yaratsin.
Tanlab kerakki, ular muskullar kuchini yaxshilasin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda hamma organ va sistemalarni va
jarayonlarni ishga solib, chidamlilik sifatini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Yurush,
yugurish, suzish va velosipedda yurushdek mashqlarni me’yorini barobarga
ortirilsa bu sifat rivojlanadi. Bu oʻz navbatida shugʻullanuvchi
yoshini hisobga
olishni unutmaslik lozimligini taqazo etadi.
Bu yoshda tayanchharakat apparati egiluvchan boʻladi. Uni qobiliyatini
susaytirmaslik uchun jismoniy mashqlarni yoshiga toʻgʻri keladiganlarini
barchasidan yaxshi foydalanish darkor.
Maktabgacha yoshdagilar jismoniy tarbiyasining shakllari
Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi davlat va
jamoat muassasalarida olib boriladi.
Davlat muassasalarida –
yaslilar,
bolalar
bogʻchalari;
jamoat muassasalarida –
mahkamalar, korxonalar, shaxsiy pulli yasli
va bogʻchalar tarzida maktabgach yoshdagi bolalar muassasalari sifatida
uyushtirilmoqda. Jismoniy tarbiya asosan davlat muassasalarida amalga oshiriladi.
Davlat muassasalarida jismoniy tarbiya
.
Bolalar bogʻchasi va yaslidagi
jismoniy tarbiya jarayoniga mudir rahbarlik qiladi. Jismoniy tarbiya ishini tarbiyasi
olib boradi. tarbiyachi mashgʻulotlarni
musiqachi, shifokor bilan rejalashtiradi.
Shifokor tarbiyachiga jismoniy mashqlarni tanlashga, uni meyorini aniqlashga
yordam beradi.
Yasli va bogʻchalarda jismoniy tarbiya jarayonini
amalga oshirish uchun
oʻquv tipidagi mashgʻulotlar ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya daqiqalari,
chiniqtiruvchi muolajalar, harakatli oʻyinlar
ekskursiyalar, sayohatlar, bayramlar,
yakkama-yakka va mustaqil mashgʻulotlar tarzida uyushtiriladi. Boʻlardan tashqari
musiqa darslarida ham jismoniy tarbiyani vazifalarini
hal qiladigan jismoniy
mashqlar, oʻynlar va raqslardan vosita tarzida foydalaniladi.
Oʻquv tipidagi jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish mashgʻulotlari bolalarni
harakatga oʻrgatishda asosiy roʻl oʻynaydi. Bu mashgʻulotlar yasli va
bogʻchalarining hamma guruhlarida oʻtkaziladi. 1 yoshgacha bolalarda har bir bola
bilan ayrim jismoniy mashqlar uqalash bilan qoʻshib olib boriladi.
1-3 yoshgacha boʻlgan bolalardan yoshi katta boʻlgan guruhlarda (6-12)
haftada 3 marotabadan, 3-7 yoshgacha boʻlganlarda haftada 1
marta va hamma
guruhlar bilan birga oʻtkaziladi. Yoshi katta boʻlgan sari mashgʻulotlarning
davomiyligi 10-45 daqiqagacha oshirilib borilaveradi. Mashgʻulotlar 4 qismdan -
tashkiliy, tayyorlov, asosiy, yakunloq, qismlariga boʻlib olib boriladi va ularning har
birida oʻzlarining aniq vazifalari hal qilinadi. Jismoniy mashqlar osonlashtirilib,
“oʻrmonga sayohat”, harakatli va syujetli (“Oʻrmonga sayohat” va boshqa)
shakllarda olib boriladi. Tarbiyachi oldin jismoniy mashqlarni tanlab, soʻngra syujet
tanlaydi. Yurish, yugurish, toʻsiqlardan oshish, suzish va ochiq havoda boʻlishi
kerak boʻlgan vaqt hisobiga oʻtkaziladi.
Dostları ilə paylaş: