O lZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA‘L1M VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITET1
M.LAFASOV, X.S.JUMANIYOZOV, G.K.MASHARIPOVA,
E.XOLIQOV, E.M.MALLAEVA
DINIY EKSTREMIZM, MISSIONERLIK
VA XALQARO TERRORIZMGA
QARSHI KURASH
(METODIK QO‘LLANMA)
Alisher Navoiy nAmdagi
0 ‘zbekiston Milliy kuluuxdllAw
nashriyoti
TOSHKENT-2010.
66.4(0)
D53
D iniy ek strem izm , m issio n erlik va x alqaro terrorizm ga q arshi k u rash :
(m etodik q o ‘llanm a) / M. L afasov [va boshq.] ; 0 ‘z R O liy v a o ‘rta-m axsus
t a ’lim vazirligi. - Т.: A. N av o iy n om idagi 0 ‘zb ek isto n M illiy kutu b x o n asi
nashriyoti, 2010. - 128 b
I.
L afasov, M.
Б Б К 6 6 .4(0)+ 66.3(5У )3+ 86.38
T aqrizchilar:
T T E S I falsafa k afedrasi m udiri, f.f.n.
do tse n t A .N a s rid d in o v
N izo m iy n o m idagi T D PU dotsenti,
f.f.n. O '.Y u s u p o v
M azkur metodik q o ila n m a Oliy va o ‘rta-maxsus ta ’lim vazirligi tomonidan
«Ekstremizm, terrorizm: tarixi va mohiyati» kiirsi yuzasidan tavsiya etilgan
namunaviy dasturga muvofiq tayyorlandi. M etodik qo‘llanma Pedagogika
universitetlarining «Milliy g ‘oya, huquq va m a’naviyat asoslari» y o ‘nalishi
talabalari uchun m oijallangan.
M etodik qo'llanm ada mazkur kursni o'qish jarayonida talabalar bilib olishi
lozim va zarur b o'lgan mavzularga asosiy e'tib o r qaratilib, quyidagi masalalar
yoritib berilishiga ahamiyat berildi: Davlat va din; 0 ‘zbekistonda davlatning din va
diniy tashkilotlar bilan munosabati; Jahon dinlari tizimida Islom; Islomning
Markaziy Osiyo mintaqasidagi o 'm i va ahamiyati; ekstremizm va terrorizm tarixi;
ekstremizm va terrorizmning jam iyat barqarorligiga tahdidi: Musulmon olamining
terrorizmga qarshi kurashi; M arkaziy Osiyodagi barqarorlik va havfsizlikka tahdid
solayotgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar; Diniy ekstremizm va
terrorizmga qarshi kurashning halqaro siybsiy-huquqiy asoslari va boshqalar yoritib
beriladi.
M etodik qo‘llanma Nizomiy aom idagi TDPU Ilmiy kengashining 2010-yil
25-noyabrdagi yig‘ilishida muhokama ailinib 5-sonli bayonnomasi bilan nashrga
tavsiya etilgan.
M etodik qo'llanm a ITD-4-161 “Milliy g'oya, m a’naviyat asoslari va huquq
ta ’limi y o ‘nalishi bo'yicha kadrlar tayyorlashning takomillashtirilgan mazmunini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish" mavzusidagi granti doirasida bajarilgan.
N1506-4825/2010.
ISBN 978-9943-06-329-1
KJR1SH
XX
asr oxiriga kelib ikki qutbli dunyoning yemirilislii, ya’ni
jahonning deyarli yarmiga hukmronlik qilib kelgan sotsializmning
inqirozga yuz tutishi, uning bosh qurg‘oni hisoblangan Sho‘rolar
saltanatining qulashi natijasida bir qancha davlatlaming mustaqil
taraqqiyot yo‘liga o'tishi yillar davomida berkitib kelingan din buloqlari
ko‘zining qaytadan ochilishiga imkon yaratdi. Bunga uzoq yillar tashna
bo'lgan xalqlar tushunib - tushunmay din sohasidagi harama narsani
qabul qilaverdi. Bu narsa dindan siyosiy maqsadlarini amalga oshirishni
ko‘zlab yurgan qator kishilar va kuchlarning tegirmoniga suv quydi.
Bizning yurtimiz geostrategik jihatdan qulay joyda joylashganligi,
moddiy resurslarga boy bo‘lganligi uchun ulaming o ‘qiga nishon
vazifasini o ‘tadi va tajriba maydoniga aylandi.
Lekin Yurtboshimizning qat’iy siyosati, xalqimizning birligi, ahilligi
mamlakatimizni katta falokatlardan asrab qoldi. Shu sabab bo‘lib o ‘tgan
voqealami haqqoniy o ‘rganish, orttirilgan tajribani yoshlar ongiga
singdirish, yurtimiz kelajagini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuni
alohida ta’kidlash kerakki, diniy ektremizm va xalqaro terrorizm,
osongina taslim bo‘ladigan kuch emas. Uning Vatani. millati yo‘q. U
vaqti-vaqti bilan o'zini ko‘rsatib, yurt tinchligini buzib turadi.
Prezidentimiz Islom Karimov 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
XIV sessiyasida qilgan m a’ruzasida (2004-yil 29 aprel) asosiy e ’tibomi
mamlakatimizga ko‘z tikkan yovuz kuchlarning 2004-yil 29-30 mart va
1 aprel kunlari amalga oshirgan qabih qilmishlari hamda terrorizmning
jirkanch qiyofasini ochib berishga qaratib o ‘tdi: «Barchamizga ayon
bo'lishi kerakki, g ‘animlarimizning asosiy niyati - 0 ‘zbekistonda hukm
surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik
muhitini, bugun barpo etayotgan farovon va osuda hayotni buzish, tobora
kuchga kirayotgan davlatimizni ag‘darish, tanlagan yo‘limizdan
qaytarishdir».
Yangi ming yillik arafasida ikki qarama-qarshi mafkuraviy
tuzumning kurashi intihosiga etsa-da, dunyo ko‘pchilik kutganidek
osoyishta bo‘lib qolgani yo‘q. Unda o‘z yechimini kutayotgan
muammolar talaygina ekan: bir qator mamlakatlarda yangi demokratik
qadriyatlar qiyinchiliklar bilan qaror topmoqda; milliy o'zlikning
anglashning faollashuvi; etnik ziddiyatlar; diniy qadriyatlaming qayta
qaror topish jarayoni bilan bog‘liq masalalar.
Ushbu muammolar o ‘tmishda qolib ketmasdan. shakllantirilayotgan
yangi dunyo andozalarini ishlab chiqish jarayoniga to‘siq b o‘lib ham
qolmoqda. Mana shunday sharoitda turli kurash va musobaqalardan
toygan insoniyat yangi hayotni barpo etishga kirishdi. “Shu nuqtai
nazardan qaraganda, muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil
g ‘arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo'htonlardan himoya qilish,
uning asl mohiyatini unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga to‘g ‘ri
tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g ‘oyalarini keng targ‘ib etish
vazifasi hamon dolzarb bo ‘lib qolmoqda”1
M a’rifiy jamiyat o ‘zi barpo etishga kirishgan tizimning ba’zi
xususiyatlarini, qirralarini oldindan tasavvur etishi lozim.
Bizning
nazdimizda, hozirdan yangi tizimning mohiyatini ochib beruvchi bir
qator masalalar ustida bosh qotirishga to‘g ‘ri keladi. Jumladan:
• yangi barpo etilajak tizim qanday bo‘ladi?
• unga qanday boshqaruv qoidalari asos etib olinadi?
• u qanday m a’naviy-axloqiy qadriyatlarga tayanadi?
• uning ijtimoiy-axloqiy tizimida bir guruh aqidaparastlar tomonidan
ilgari surilgan g ‘oyalarga o‘rin beriladimi?
• eng asosiysi, unga m a’rifiy dunyo qay darajada o ‘z hissasini qo‘sha
oladi?
Mustaqillik mamlakatimiz m a’naviy taraqqiyotida yangi bosqichni
boshlab berdi: dinga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi; tom m a’nodagi
vijdon erkinligi ta’min etildi; diniy bag‘rikenglik hayotiy tamoyilga
aylandi; milliy-diniy qadriyatlar tiklandi; diniy tashkilotlar soni oshdi, 10
dan ortiq diniy o ‘quv muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
1 Каримов И.А. Ю ксак маънавият-снгнлмас куч. - Т: “ Маънавият". 2008. 37-6.
Dostları ilə paylaş: |