_________________ _________________
5
b)
shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash uchun
garov/ipoteka haqida shartnoma tuzish yoki shartnoma tuzishni taʼminlash;
c)
shartnomaga asosan kredit taʼminotiga oid barcha talablarni bajarish, jumladan,
kredit taʼminoti sifatida taqdim qilinayotgan mol-mulklarni (yoki mulkiy huquqlarni)
kredit muddatiga sugʻurta qilish, garov shartnomalarini qonunchilikda belgilangan
tartibda
rasmiylashtirish, vakolatli organlarda roʻyxatdan oʻtkazish hamda ta`qiq
qoʻyish yoki taʼminot sifatida kafillik taqdim qilinayotgan boʻlsa, kafillik
shartnomalarini qonuniy tartibda rasmiylashtirish;
d)
ipoteka shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha barcha harakatlarni
amalga oshirishda kreditorga barcha zaruriy yordamni koʻrsatish (barcha zarur
hujjatlarni taqdim etish ham shu jumladan).
6.2.11
milliy valyutada ajratilgan kreditlar uchun 125 foizdan, xorijiy valyutada ajratilgan
kreditlar uchun 130 foizdan kam boʻlmagan qiymatdagi likvidli boʻlgan taʼminot turlarini
taqdim qiladi. Kreditor tomonidan monitoring, undiruv davomida yoki boshqa sabablarga
koʻra qarz oluvchi tomonidan taqdim qilingan taʼminot kredit majburiyatlarini qoplashga
yetarli emas, deb topilgan taqdirda, yetarlicha miqdorda qoʻshimcha taʼminot
taqdim
qiladi hamda uni tegishli tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlaydi;
6.2.12
mazkur shartnoma asosida xorijiy kredit liniyalari hisobidan kredit mablagʻlari
ajratilgan taqdirda, ushbu kredit mablagʻlari hisobiga asosiy kapitalga kiritilgan
investitsiyalarning oʻzlashtirilishi haqidagi maʼlumotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy kredit
sifatida toʻliq hajmda amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda davlat statistika hisoboti
shakllarida qatʼiy tartibda aks ettiradi;
6.2.13
kreditlanayotgan faoliyatni amalga oshirilishi jarayonida bankning ekologik va
ijtimoiy menejment tizimi toʻgʻrisidagi Nizom hamda qarz oluvchi tomonidan taqdim
etilgan hollarda atrof-muhit va ijtimoiy xatarlarni kamaytirish boʻyicha
chora-tadbirlar
talablariga ham amal qilish majburiyatini oladi;
6.2.14
kreditlanayotgan faoliyatni amalga oshirilishi jarayonida Oʻzbekiston
Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilish
majburiyatini oladi, shu jumladan:
a)
ish joyidagi xavfsizlik normalari;
b)
bolalar mehnatining yoʻqligi;
c)
ishchilar bandligiga oid kamsitishlarning yoʻqligi;
d)
majburiy mehnatning yoʻqligi.
6.2.15
kreditor tomonidan monitoring, undiruv davomida yoki boshqa sabablarga koʻra
qarz oluvchi tomonidan taqdim qilingan taʼminot kredit majburiyatlarini qoplashga yetarli
emas, deb topilgan taqdirda, yetarlicha miqdorda qoʻshimcha taʼminot taqdim qiladi
hamda uni tegishli tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlaydi;
6.2.16
kredit mablagʻi hisobiga
sotib olingan asosiy vosita, agar kredit shartnomasida
kredit taʼminoti sifatida taqdim etish nazarda tutilgan boʻlsa, qarz oluvchi nomiga
rasmiylashtirilgandan soʻng 10 bank ish kuni davomida ajratilgan kredit taʼminoti sifatida
garovga qoʻyilishini taʼminlaydi;
6.2.17
qarz oluvchi xorijiy liniya mablagʻlari hisobidan ajratilgan kredit mablagʻini
muddatidan oldin qaytarish uchun kreditorni 15 kun oldin xabardor qiladi, shuningdek,
kreditor tomonidan jalb qilingan mablagʻni muddatidan oldin qaytarish boʻyicha xorijiy
xamkor tomonidan komission toʻlov belgilangan taqdirda, qarz oluvchi ushbu komission
toʻlovni toʻliq qoplanishini taʼminlaydi (kichik tadbirkorlik subyektlari bundan
mustasno);
6.2.18
Kredit shartnomasi muddati mobaynida boshqa banklarda hisob varaq ochishda
kreditor bilan kelishish;