JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–32_Issue-2_Iyul_2023
101
DARVISHXON BOSHCHILIGIDAGI QO‘ZG‘OLON
Aralov Jahongir Ne’matulla o’g’li
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida
ko’tarilgan bir qator qo’zg’olonlardan biri 1885-yilda Farg’onada bo’lib o’tgan
Darveshxon boshchiligidagi qo’zg’olon va uning ahamiyatli jihatlari, shiddatli janglar
hamda ozodlik uchun qilingan sa’y-harakatlar haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
Asaka qishlog’i, Mullaxo‘ja Nazirmirza, Chekto‘ra qishlog‘i,
kapitan Bryanov, kapitan Glishanovskiy,
podpolkovnik Deybner, Turkiston general-
gubernatori O.Rozenbax, Sutxona qishlog‘i.
Podsho Rossiyasining Turkiston xalqlariga nisbatan yurgizgan mustamlakachilik,
ulug‘ davlatchilik va shovinistik siyosati albatta qonuniy
suratda mahalliy aholining
o‘z milliy ozodligi, erki va insoniy haq-huquqlarini himoya
qilish uchun muqaddas
jangga otlantiradi.
Rossiya hukumatining o‘tkazgan siyosatiga qarshi milliy ozodlik kurashlari juda
ko‘p bo’lgan bo’lib, 1887—1897-yillar mobaynida Farg’ona, Samarqand va
Sirdaryoda mustamlakachilar idoralariga qarshi 668 marta hujum bo‘lgan.
1897-1917-yillar orasida Turkistonda Rossiya imperiyasi bosqinchilariga qarshi 4922
marta isyon bo’lgan[Misr o’gli Qodir. 537 b.]. Ana shu qo‘zg‘olonlar va milliy ozodlik
kurashlaridan biri sifatida Darvishxon boshchligidagi qo’zg’olonni ham eslash joizdir.
1885-yilda Farg‘ona vodiysida mustamlakachi
hukumatga qarshi umumxalq
qo‘zg‘oloniga tayyorgarlik ko‘rildi. Vodiyning bir qator joylarida qo‘zg‘olonga
tayyorgarlik
ko‘rish
masalalari
yashirin
yig‘ilishlarda
ko‘rilayotganidan
mustamlakachi ma’murlar xabar topgan edilar. Shunday yig‘ilishlardan biri
1885-yil 16-avgustida Asaka qishlog‘ida Mullaxo‘ja Nazirmirza uyida bo‘lib o‘tadi[.
www.uz.wikipedia.org. internet sayti.].
Vodiyning turli joylaridan kelgan 20 dan ortiq nufuzli kishilar qatnashgan bu
yig‘ilishda yurtni chet el bosqinchilaridan ozod qilish, o‘lkada milliy davlatni tiklash
uchun mustamlakachilarga qarshi birlashib kurash olib borish vazifasi ilgari suriladi.
Yig‘ilishda qo‘zg‘olon rejasi, uni o‘tkazish vaqti, qo‘zg‘olonga
rahbarlik qiladigan
shaxs kabi masalalar hal etiladi.
Qo‘zg‘olonga rahbarlik qilishga Darvishxon Eshon To'ra ko‘rsatiladi. Bunga
sabab bu vaqtda aholining norozilik harakatida faol ishtirok etib el-yurtga ancha tanilib
qolgan edi. U Andijon uyezdi Qo‘rg‘ontepa volostiga qarashli Chekto‘ra qishlog‘i
fuqarosi, qo‘zg‘olonga rahbarlik qilgan paytda 45 yoshda bo‘lib, Andijon va Qo‘qon
uyezdlarida ancha katta yer mulkka ega bo‘lgan.
Ammo shunga qaramasdan