Inson malumotlarini qayta ishlash tizimi Reja



Yüklə 73 Kb.
səhifə5/8
tarix22.03.2024
ölçüsü73 Kb.
#180173
1   2   3   4   5   6   7   8
Inson malumotlarini qayta ishlash

Idrokning tanlovchanligi. Bizning idrokimiz nimani ko’rishni nazarda tutgan bo’lsak, shuni ko’radi. Siz narsalarga ob’ektiv qarayotgandek bo’lishingiz mumkin, lekin odamlar hech qachon idrokda oldindan belgilanganlikdan qochib qutula olmaydilar. Aksincha, ular nimani kutayotgan va ko’rishni orzu qilayotgan bo’lsalar, shuni tanlab idrok etadilar.
1949 yilda olimlar Djerom Bruner va Leo Postman tanlab idrok etish bo’yicha eng mashhur eksperimentlardan birini o’tkazganlar. Ular sinaluvchilarga taxistoskopda 5ta o’yin kartasidan iborat seriyani juda qisqa vaqt mobaynida (0,01 dan 1 sekundgacha muddatga) namoyish qilganlar. Kartalar orasida yolg’on karta (qora rangdagi 3 olma rasmli karta) ham bo’lgan. Bruner va Postman aniqlaganlarki, odamlar yolg’on kartani payqab olishlariga haqiqiy kartani tanib olishlariga nisbatan to’rt baravar ko’p vaqt sarflar ekanlar. Ular yana shunday xulosaga kelishganki, ko’rilgan narsaning kutilganiga mos kelmasligi quyidagi 4 ta tipdagi holatlardan biriga bog’liq bo’lishi mumkin: dominant reaksiya, kompromiss, inkor etuvchi reaksiya va tanish reaksiyasi.
Dominant reaksiya asosida olimlar “idrokning rad etishi” holati yotadi deb hisoblashadi. Masalan, qora rangdagi 3 olma kartani normal (qizil rangda) karta deb, yoki uni 3 qarg’a rasmli karta deb idrok etishgan. Bu erda yo shakl yoki rang dominantlik qilgan. Bu holatda sinaluvchilarning 96% ida dominantlik reaksiyasi namoyon bo’lgan.
Reaksiyalarning ikkinchi tipi – kompromiss (kelishuvchanlik). Bunda sinaluvchilardan 50%i kompromissga moyilligini namoyon qilganlar.
Reaksiyalarning navbatdagi tipi – rad, inkor etuvchanlik. Bunday holatda taassurot shakllanishi qiyin kechadi. Bunday holat odamlarda kam namoyon bo’ladi, lekin tez ko’zga tashlanadi. Masalan, nima bu, o’yin kartasimi yoki boshqa narsami, deb e’tiroz bildirishadi.
Noodatiy holatga bo’lgan reaksiyalarning yana bir ko’rinishi – bu tanib olish reaksiyasi. Sinaluvchilar vaziyatda nimadir boshqacharoq ekanligini tushunib tursalarda, ba’zida bu nomutonosiblikni idrok etmaganlar.
Olimlar xulosaga kelishganki, demak kutishlar idrokka ta’sir ko’rsatadi. Bruner va Postmanlar yozishlaricha, odamlar oldingi ma’lum vaziyatlarda etarlicha amaliy tajribaga ega bo’lsalar, ular ko’pincha kutayotgan narsalarini ko’radilar.
Odamning nimani ko’rishi (idrok etishi) kutish kuchiga ham bog’liq.
Devid Makmillen, Stiven Smit va Elizabet Uellz – Parkerlar tomonidan qiziqarli eksperiment o’tkazilgan. Bir nechta talabaga alkogol yoki alkogolsiz ichimlik ichish taklif etilgan. Ayrim talabalar “o’tkir hissiyotlar izlash” shkalasi bo’yicha yuqori ko’rsatkichga ega bo’lganlar, ya’ni tavakkalchilikni yaxshi ko’rishi bilan xarakterlanganlar, boshqalari esa bu shkala bo’yicha past ko’rsatkichga ega bo’lganlar. Talabalar o’z ichimliklarini ichib bo’lishgach, yarim soat o’tgandan keyin mashinalar poygasini aks ettiruvchi videoo’yinda ishtirok etishga taklif etilganlar. Ishtirokchilar o’yinda boshqa mashinalarni quvib o’tishlari kerak bo’lgan. Ma’lum bo’lishicha, “o’tkir hissiyot izlovchilar”da quvib o’tish jarayonida qarama-qarshi yo’lga chiqib ketish ikkinchi toifa sinaluvchilarga qaraganda ko’proq namoyon bo’lgan.
Bu tajribalar ko’rsatadiki, odamni nimani idrok etishiga uning nimani kutayotganigina emas, balkm nimani hoxlayotgani ham kuchli ta’sir ko’rsatadi. Navbatdagi ta’sir ko’rsatuvchi omil – bu bizning xotiramiz va retrospektiv
(oldingi tajriba bilan bog’liq) sub’ektiv o’zgartirishlardir. Ya’ni, bunda odamlar vaziyatni baholaganlarida o’z xotiralarida bo’lib o’tgan hodisalarni qanday tarzda tiklashlari muhim rol o’ynaydi.
Shuningdek, eksperimentlardan ma’lum bo’ldiki, odamlar eslab qolganlarida faqat jumlalarnigina eslab qolmaydilar, balki umumiy tasvirni (kartinani) paydo qiladilar va eslab qoladilar. Bu informatsiyalar yangilari bilan qo’shilganda ko’pincha qaysi informatsiya yangi ekanligi, qaysisi oldindan ma’lum ekanligini esga tushurish qiyin bo’lib qoladi.
Shuning uchun ham olimlar xotirani yaxshilash uchun aniq yozuvlvr olib borish zarur ekanligini isbotlashgan. Chunki eksperimentlar ko’rsatadiki, xotira o’z tabiatiga ko’ra hodisalarni qayta quradi va vaziyatga kuchli tarzda bog’liq bo’ladi.
Qaror qabul qiluvchi informatsiyalarni alohida xolda qabul qilmaydi, u yangi informatsiyani oldingi taassurotlari va ushbu material qanday kontekstda kelganligiga bog’liq ravishda interpretatsiya qiladi.
Vaziyatni baholash va qaror qabul qilishni vaziyatga bog’liqligini aniqlash maqsadida kontrast, birlamchilik, yaqindagina sodir bo’lganlik va oreol effektlari bilan bog’liq tajribalar o’tkazilgan.

Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə