201
•
Yuridik amaliyot;
•
Oʻz – oʻzini tarbiyalash.
Huquqiy taʼlimni olgan shaxs uni nafaqat oʻzining hayotiga, balki,
jamiyat
hayotiga ham tadbiq eta olishi kerak. Huquqiy taʼlim bu – huquqiy bilim va tamoyillar
normalarni uzatish, toʻplash va oʻzlashtirish, shuningdek, huquq va unga amal qilish
amaliyotiga munosib munosabatni shakllantirish, oʻz
huquqlaridan foydalanish,
taqiqlarga rioya qilish va uni bajarish qobiliyatidir [4 - 120].
Huquqiy tarbiyani rivojlantiruvchi vositalardan yana biri huquqiy targʻibotdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1997-yil 25-iyunda
qabul qilingan “Huquqiy tarbiyani yaxshilash aholini huquqiy darajasini yuksaltirish,
huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish,
jamoatchilik fikrini
oʻrganish ishini yaxshilash haqida”gi PF – 1791-sonli farmonida huquqiy maʼrifat
targʻiboti markazining vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari koʻrsatilgan edi. Ular
quyidagilar:
•
Mamlakatda huquqiy ta’limni tashkil qilishga yordamlashish,
aholi
oʻrtasida huquqiy bilimlarni targʻib qilish, huquqiy sohadagi taʼlim ishlarini uslubiy
jihatdan taʼminlash .
•
Aholi turli ijtimoiy guruhlarining huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy
tarbiya va taʼlimning zamonaviy turlarini tadbiq etish borasida tavsiyalar ishlab chiqish.
•
Huquqiy taʼlimning holatini umumlashtirish va tashkil qilib borish, ularni
yaxshilash yuzasidan takliflarni ishlab chiqish .
•
Joylarda huquqiy targʻibot ishlarini muvofiqlashtirish .
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 9-yanvarda qabul qilingan
“Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish
tizimini tubdan
takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF – 5611 sonli farmonida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida
huquqiy taʼlim va tarbiya berishni takomillashtirish ularning huquqiy bilimini
oshirishga qaratilgan chora – tadbirlar ham oʻrin olgan [5].
Bundan koʻrishimiz mumkinki, korrupsiyaga qarshi kurash ham koʻp
hollarda
huquqiy bilimga bogʻliq boʻlar ekan. Bizning huquqiy tarbiya va huquqiy bilimimiz
yuqori boʻlsa, fuqarolarning ongidan yetarlicha joy egallasa, korrupsiyani ham tugata
olar ekanmiz.
Farmonda maktabgacha taʼlim tizimidagi bolalar orasida ham huquqiy ongni
shakllantirish masalasiga alohida eʼtibor berilgan.
202
Huquqiy tarbiya oʻz tarixiga ega. Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim huquqiy
tarbiya aholiga yoshligidan singdirila boshlagan. Masalan,
Qadimgi Rimda bolalar
voyaga yetguniga qadar ya’ni 14 yoshga kirgunicha 12 ta mis jadvalni yod olgan
boʻlishi kerak boʻlgan.
Huquqiy tarbiyaning oʻziga xos tizimi mavjud. Bular:
•
Maktabgacha huquqiy tarbiya.
•
Maktabda huquqiy tarbiya.
•
Oʻrta maxsus taʼlimda huquqiy tarbiya.
•
Oliy taʼlimda huquqiy tarbiya.
•
Darsdan tashqari huquqiy tarbiya [6 - 22].
Dostları ilə paylaş: