Guliston davlat universiteti


-savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə13/53
tarix24.01.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#99096
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53
portal.guldu.uz-O’ZBEK ADABIYOTI (POEZIYA)

2-savol bo’yicha darsning maqsadi:
Talabalarga shoirning o’ziga xos lirikasi va dostonlari haqida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1.1. Hamid Olimjon lirikasining motivlarini bilib oladi.
2.1.2. Dostonlari mazmunini farqlaydi.
2.1.3. Hamid Olimjon ijodida xalq og’zaki ijodiyoti ta’sirini anglaydi.
2-asosiy savolning bayoni:
Hamid Olimjon talabalik yillarida she’rlar yoza boshlagan. Ilk she’riy to’plami- «Ko’klam» dan so’ng uning «Tong shabadasi» hikoyalar to’plami e’lon qilindi.
Shoirning «Olov sochlar» (1931), «Poyga», «O’lim yovga» (1932), «Daryo kechachi» (1936), «She’rlar» (1937), «O’lka», «Oygul bilan Baxtiyor» (1939) va «Baxt» (1940) she’riy to’plamlari, dostonlari, tarjimalari ketma-ket nashr etildi.
Adibning «O’rik gullaganda», «Holbuki tun...», «Ofeliyaning o’limi», «Har yurakning bir bahori bor», «Janub kechasida», «Daryo tiniq...,», «Eng gullagan yoshlik chog’imda» singari o’nlab lirik durdonalari borki, ulardagi nafis tuyg’ular shalolasi kitobxonga oradan qancha yillar o’tmasin huzur bag’ishlab turadi. Bu she’rlarida shoir ruh musavviri sifatada namoyon bo’lib, lirik qahramonning nozik tuyg’u va kechinmalarini mohirona tasvirlash madaniyatini to’la egallaganini ko’rsatdi.
Shoirning «Oygul bilan Baxtiyor» (1937) negizida «Malikai Husnobod» ertagi, undagi ozodlik va baxt haqidagi orzular mujassamlashgan. Uning «Semurg’ yoki Parizod va Bunyod» dostonida ham ertaklar syujetlarining sayyor obrazlari mujassamlashgan.
Hamid Olimjonning 30 yillar adabiy hayotida katta voqea bo’lgan «Zaynab va Omon» dostoni «yangi hayot» poydevorini qurayotgan yoshlar haqidagi badiiy puxta asardir. Adib urush yillarida o’zining «Muqanna», «Jaloliddin Manguberdi» pesalari bilan xalqni ruhlantirgan bo’lsa, «Jinoyat» pesasi orqali sho’ro mafkurasi uchun yot inson ma’naviyati muammolariga qaratmoqchi bo’ladi. Umuman, H. Olimjon uchun inson va jamiyatning muammolari birinchi o’rinda turadi.
Muhokama uchun savollar:
2.1. Shoir she’rlarida lirik qahramon o’rni qanday bo’lgan deb o’ylaysiz?
2.2. Hamid Olimjon iste’dodi dramatik janrlarda qanday namoyon bo’lgan?

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə