Fosforning 20 dan ortiq izotoplari ma’lum (massa soni 24 dan 47 gacha). Tabiiy izotop 31P barqaror. Radioaktiv izotoplardan eng uzoq umr ko’radiganlari: 30P ( T 1/2 = 2,5 min), 32P (T 1/2 = 14.26 kun) va 33 P (T 1/2 = 25.34 kun)
Fosfor apatit yoki fosforitlardan 1600 °C haroratda koks va silika bilan o’zaro ta’siri natijasida olinadi:
2Ca3(PO4)2 + 10C + 6SiO2 → P4 + 10CO + 6CaSiO3
Olingan fosfor bug’lari oq fosfor allotropik modifikatsiya shaklida suv qatlami ostida yig’uvchu qisimda kontsentratsiyalanadi. Fosforni fosforit o’rniga boshqa fosfor birikmalari, masalan, metafosfor kislotasi bilan ko’mir va boshqa noorganik birikmalari bilan qaytarib olish mumkin.
4HPO3 + 12C → 4P + 2H2 + 12CO
Dostları ilə paylaş: |