Ekologik ta'lim va tarbiya



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə9/14
tarix08.06.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#116079
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
To\'xtarova Mashxura

Avvalombor, bolalarimizda ekologik madaniyat saboqlarini shakllantirishda kattalarning tabiatga, atrof-muhitga bo’lgan munosabati katta o’rin tutadi. Ota-onalarning atrof-muhit tozaligini saqlashga bo’lgan doimiy e’tibori, say’-harakatlarini ko’rgan va his qilgan bolalar – farzandlar, ular orqasidan ergashishga harakat qilishadi, ulardan namuna va o’rnak oladilar. Oila davrasida birgalikda erta bahorda hovli va ko’chada daraxt ekish, uni parvarish qilish, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, hovlini obod qilish har bir bola uchun yaxshi namuna maktabini o’taydi hamda atrof-muhitga bo’lgan ezgu munosabatini belgilashda zamin yaratadi.

  • Avvalombor, bolalarimizda ekologik madaniyat saboqlarini shakllantirishda kattalarning tabiatga, atrof-muhitga bo’lgan munosabati katta o’rin tutadi. Ota-onalarning atrof-muhit tozaligini saqlashga bo’lgan doimiy e’tibori, say’-harakatlarini ko’rgan va his qilgan bolalar – farzandlar, ular orqasidan ergashishga harakat qilishadi, ulardan namuna va o’rnak oladilar. Oila davrasida birgalikda erta bahorda hovli va ko’chada daraxt ekish, uni parvarish qilish, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, hovlini obod qilish har bir bola uchun yaxshi namuna maktabini o’taydi hamda atrof-muhitga bo’lgan ezgu munosabatini belgilashda zamin yaratadi.

Ko’kalamzorlashtirish jarayonlariga jalb etilgan bolalarning o’z navbatida estetik dunyoqarashi va tafakkuri kengayib boradi, tabiatdan, uning boy xilma-xil ranglaridan ma’naviy estetik zavq olishi, tabiatga oshnoligi kuchayadi. Gullarni xush ko’rmaydigan bolaning o’zi yo’q. Xonadonimizda madaniy gullarni ko’paytirish va parvarish qilish ekologik tarbiyaning yaxshi unumli vositasi bolalarning ekologik ongini rivojlantiradi. Xonadondagi gullar, yashil o’simliklar o’z navbatida havoni kislorod bilan ta’minlab bolalarimizning toza havo bilan nafas olishni ta’minlaydi. Qizlar ayniqsa gullarga oshno bo’ladilar, o’g’il bolalar esa tirik jonivorlarni parvarish qilishga moyil bo’ladilar. Ota-onalar, ayniqsa ayollar bolalarning erta yoshligidanoq bu moyilliklarni aniqlab, bu yo’sinda ish olib borishlari farzandlarining dunyoqarashini kengayishiga olib kelib, yaxshi natija beradi. Bolalarning maktabda olgan tabiat haqidagi bilim va saboqlarini ota-onalar ularga kundalik hayotda rioya qilishlarini va amalda tatbiq etishlarini tushuntirishlari va kuzatishlari lozim. Farzandlarimiz munosabatida isrofgarchilik alomatlariga aslo yo’l qo’ymaslik, uni oldini olish va tejamkorlik xislatini yoshligidanoq singdirish zarur. Tabiat tuganmas xazina emas, ko’plab tabiat boyliklari tiklanmaydi. Ta’kidlash o’rinliki, bolalik davri inson hayotining ilk, betashvish bosqichi hisoblanadi. Bolalar atrof-muhit va unda ro’y berayotgan hodisalarni anglashga emotsional-hissiy yondashadilar. Buning natijasida ularda, asta-sekin hodisalar mohiyatini ifodalovchi shaxsiy qarash, sifat va mustaqil munosabat shakllanib, ularning ruhiyatida saqlanib qoladi. Tabiatning kuchli tarbiyaviy salohiyatini hisobga olib, oila bilan birgalikda tabiat qo’yniga sayohat uyushtirish o’z navbatida bolalarning kuzatuvchanligini, o’rab turgan tabiiy muhitdan estetik zavqlanishini, hamdardlik tuyg’usini, tabiat qo’ynida o’zlarini qanday tutish qoidalari va odobini shakllantirishga, ularning sog’lom, ma’naviy va intelektual rivojlanishiga yordam beradi.

  • Ko’kalamzorlashtirish jarayonlariga jalb etilgan bolalarning o’z navbatida estetik dunyoqarashi va tafakkuri kengayib boradi, tabiatdan, uning boy xilma-xil ranglaridan ma’naviy estetik zavq olishi, tabiatga oshnoligi kuchayadi. Gullarni xush ko’rmaydigan bolaning o’zi yo’q. Xonadonimizda madaniy gullarni ko’paytirish va parvarish qilish ekologik tarbiyaning yaxshi unumli vositasi bolalarning ekologik ongini rivojlantiradi. Xonadondagi gullar, yashil o’simliklar o’z navbatida havoni kislorod bilan ta’minlab bolalarimizning toza havo bilan nafas olishni ta’minlaydi. Qizlar ayniqsa gullarga oshno bo’ladilar, o’g’il bolalar esa tirik jonivorlarni parvarish qilishga moyil bo’ladilar. Ota-onalar, ayniqsa ayollar bolalarning erta yoshligidanoq bu moyilliklarni aniqlab, bu yo’sinda ish olib borishlari farzandlarining dunyoqarashini kengayishiga olib kelib, yaxshi natija beradi. Bolalarning maktabda olgan tabiat haqidagi bilim va saboqlarini ota-onalar ularga kundalik hayotda rioya qilishlarini va amalda tatbiq etishlarini tushuntirishlari va kuzatishlari lozim. Farzandlarimiz munosabatida isrofgarchilik alomatlariga aslo yo’l qo’ymaslik, uni oldini olish va tejamkorlik xislatini yoshligidanoq singdirish zarur. Tabiat tuganmas xazina emas, ko’plab tabiat boyliklari tiklanmaydi. Ta’kidlash o’rinliki, bolalik davri inson hayotining ilk, betashvish bosqichi hisoblanadi. Bolalar atrof-muhit va unda ro’y berayotgan hodisalarni anglashga emotsional-hissiy yondashadilar. Buning natijasida ularda, asta-sekin hodisalar mohiyatini ifodalovchi shaxsiy qarash, sifat va mustaqil munosabat shakllanib, ularning ruhiyatida saqlanib qoladi. Tabiatning kuchli tarbiyaviy salohiyatini hisobga olib, oila bilan birgalikda tabiat qo’yniga sayohat uyushtirish o’z navbatida bolalarning kuzatuvchanligini, o’rab turgan tabiiy muhitdan estetik zavqlanishini, hamdardlik tuyg’usini, tabiat qo’ynida o’zlarini qanday tutish qoidalari va odobini shakllantirishga, ularning sog’lom, ma’naviy va intelektual rivojlanishiga yordam beradi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə