DUNYOQARASHNING MOHIYATI, TUZILISHI VA ASOSIY FUNKSIYALARI
REJA
:
1. «Dunyoqarash» tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari.
2. Falsafiy dunyoqarashning mazmuni va yo’nalishlari.
3. Falsafiy dunyoqarashning rivojlanish qonuniyatlari va asosiy funsiyalari.
4. O’zbekistonda yangi dunyoqarashni shakllantirish vazifalari.
Dunyoqarash tushunchasi. Har bir kishining dunyoga nisbatan o’z qarashi, o’zi va o’zgalar, hayot va olam
to’g’risidagi tasavvurlari, xulosalari bo’ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar
muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu
ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to’g’risidagi, olamning
mohiyati, tuzilishi, o’zining undagi o’rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash -
olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki
alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga
xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual
dunyoqarashlar yig’indisidan dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda ijtimoiy dunyoqarashning umumiy
va xususiy shakllarini hisobga olish lozim. Kundalik hayotiy tajribalar asosida jamiyatda, odamlarda
oddiy, o’z-o’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega bo’lgan qarashlar, tushunchalar, g’oyalar
shakllanadi. Bu – dunyoqarashning o’z-o’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli hisoblanadi. Uni ko’pincha
hayotiy falsafa, deb ham ataydilar. Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bo’lib, ongning sodda namoyon
bo’lish shakllarini ham, oqilona va sog’lom fikrlarni ham o’z ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy
dunyoqarashning o’ziga xos turini inson faoliyatining turli sohalaridagi bilim va tajribalar ta’sirida
shakllanayotgan qarashlar tashkil etadi. «Har kimning o’z falsafasi bor» deyilganida ana shu hol
anglashiladi. Demak, dunyoqarash o’zining kundalik ommaviy shakllarida chuqur va etarli darajada
asoslanmagan stixiyali xarakterga ega. Shuning uchun ham ko’p hollarda kundalik tafakkur muhim
masalalarni to’g’ri tushuntirish va baholashga ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy tahlil qilish va
bilish zarur. Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili. Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. Shu
ma’noda, har qanday dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega bo’lib, kishilarning umri, amaliy
faoliyati, hayoti, tabiatga ta’siri va mehnati jarayonida vujudga keladi. Har bir avrda ijtimoiy guruh,
jamiyat va avlodning o’z dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohiyatga ega ekanini
ko’rsatadi. Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum dialektik jarayonda takomillashib
boradi. Uning shakllari o’zgaradi, tarixiy ko’rinishlari muttasil yangilanib turadi. Ma’lumki, insoniyat
taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyoqarash nihoyatda oddiy bo’lgan. Agar shunday bo’lmaganida, har
qanday jism o’z hajmiga teng suyuqlik miqdorini siqib chiqarish xossasiga ega ekanini kashf etgan
qadimgi zamonning buyuk olimi Arximed hammomdan yalong’och holda chiqib, «Evrika!», ya’ni
«Topdim!», deyaqichqirmagan bo’lar edi. Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin
takomillashib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qilingan kashfiyotlar inson
dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, uning bilimlar doirasi kengayib ketganini ko’rsatadi. Bunda vorislik
an’anasi yaqqol ko’zga tashlanadi: har bir davrning dunyoqarashi, g’oyasi o’tmishda yaratilgan ma’naviy
qadriyatlarning eng yaxshilarini, ilg’or va ijobiylarini o’zida saqlab qoladi. Shu asosda yangi tamoyillarga
ega bo’lgan dunyoqarash ham takomillashib boradi. Oddiy bug’ mashinasidan kosmik raketalargacha
bo’lgan fan-texnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol bo’la oladi. Falsafiy dunyoqarash. Bu tushunchaning
mazmuni insonning olamga, voqea va hodisalarga, o’zgalarga va ularning faoliyatiga, o’z umri va uning
mazmuni kabi ko’pdan-ko’p tushunchalarga munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida
namoyon bo’ladi. Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy
kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda ijtimoiy borliqning barcha
jihatlari ks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida his-tuyg’u, aql-idrok va tafakkur ham muhim o’rin
tutishi tabiiy. Uning shakllanishi kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bog’liq bo’lib, inson
kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy saviyasi, shaxsiy taqdiri,
yoshi va hokazolar aks etadi. Muayyan davr dunyoqarashida zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning kayfiyati,
intilishi ham o’z ifodasini topadi. Masalan, bugungi O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash zarurati
istiqlol dunyoqarashini shakllantirishga ulkan ta’sir ko’rsatmoqda. Falsafiy dunyoqarash murakkab
tuzilishga ega. U muayyan bilimlar, kelajakka qaratilgan g’oya va maqsadlar, tabiiy va ijtimoiy fan
yutuqlari, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, ishonch, e’tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlardan iborat.
Bularning ichida e’tiqod muhim ahamiyat kasb etadi. U dunyoqarashning mazmunini tashkil etadigan
asoslardan biridir. E’tiqod insonning o’z qarashlari va g’oyalari to’g’riligiga, orzu-umidlarining asosli
ekaniga, faoliyati va xatti-harakatining umumiy maqsadlarga va talablarga mosligiga bo’lgan chuqur
ishonchidan paydo bo’ladi. U insonning hissiyoti, irodasi va faoliyatini belgilaydi, ularni boshqaradi,
shaxsni
omilkorlikka,
samarali
faoliyatga
undaydi.
Dunyoqarashning mohiyati. Ayni shu davrdan boshlab insonning ancha rivojlangan dunyoqarashi
shakllangani haqida va umuman to‘plangan bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, vujudga kelgan qadriyatlar, o‘zi
va o‘zini qurshagan dunyo haqidagi tasavvurlar majmui sifatidagi odamlar dunyoqarashi to‘g‘risida
ishonch
bilan
so‘z
yuritish
mumkin.
Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy yoki empirik dunyoqarash
deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining qismlarga ajralmagan, tizimsiz majmui sifatida
amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida
yo‘l ko‘rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi.
Keng ma’noda, dunyoqarash – insonning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatga
nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek odamlarning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy
ideallari,
e’tiqodlari,,
bilish
va
faoliyat
tamoyillari,
qadriyat
va
mo‘ljallaridir.
SHu tariqa ta’riflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bo‘lib, bu unda shakllangan ong va oqilona
faoliyat mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish,
xulosalar chiqarish va qoidalarni ta’riflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish
uchun foydalana boshlaydi. Insonning bunday faoliyatini, uning ijodiy faolligini tavsiflovchi aql odamzot
va jamiyat evolyusiyasini jadallashtirishning qudratli omiliga aylanadi va pirovardda insonni hayvondan
ajratish
imkonini
beruvchi
asosiy
belgi
sifatida
amal
qiladi.
Dunyoqarashda ijtimoiy muhitning roli. Aql paydo bo‘lishi bilan inson o‘zini fikrlovchi mavjudot sifatida
anglay boshlaydi, unda o‘z «meni» va o‘zgalar haqida tasavvuri shakllanadi va rivojlanadi. SHu tariqa u
o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni anglaydi, o‘zi va boshqa odamlarni, o‘zi va tashqi muhitni farqlaydi,
ilgari o‘ziga ma’lum bo‘lmagan dunyoning yangi va yangi jihatlarini idrok etadi. Bunday qarashlar
insonning o‘zi va o‘zini qurshagan borliq haqidagi tasavvurlari majmui sifatida shakllanadigan
dunyoqarash negizini tashkil etadi. Bunda inson o‘ziga ma’qul va noma’qul narsalarni farqlaydi, baholar
beradi, ustuvorliklar tizimini yaratadi va muayyan maqsadlarga erishishda tegishli tarzda ish
ko‘radi.Demak, dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilash funksiyalari
mujassamlashadi.
Dunyoqarashning bilish funksiyasi insonda qiziqish uyg‘otuvchi barcha savollarni, shuningdek muayyan
yo‘l bilan topuvchi javoblarni o‘z ichiga oladi. Bilish odamlar dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u
jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada teranroq va mazmunan boyroq bo‘lib boradi.
Ammo dunyo juda rang-barang bo‘lib, muttasil o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi, qoniqarli
javoblarga ega bo‘lmagan savollar esa, uzil-kesil javob berish mumkin bo‘lgan savollarga qaraganda,
ko‘proqdir. SHu bois, muammolarga nisbatan muayyan tarzda yondashadigan har bir odamning
dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi va hech bo‘lmasa shu
sababga
ko‘ra
boshqa
odamlar
dunyoqarashiga
hech
qachon
o‘xshamaydi.
Dunyoqarashning intellektual, emotsional va ruhiy asoslarning uzviy bog‘liqligi va ularning jamuljam
holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida amal qilishidir.
Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg‘unlikda e’tiqodlar – odamlar faol qabul
qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo‘ljallariga mos keladigan qarashlarni yuzaga keltiradi.
Dunyoqarashning muhim elementi shubha bo‘lib, u dunyoqarashni dogmatizm, ya’ni biryoqlama,
notanqidiy fikrlash, u yoki bu qoidani shak-shubhasiz haqiqat deb qabul qilishdan asraydi.
Dogmatizmning qarama-karshisi skeptitsizm bo‘lib, bunda shubha mutlaqlashadi, fikrlashning asosiy
omiliga aylanadi, bilish va borliqni idrok etishning bosh tamoyili sifatida amal qiladi.
Dunyoqarashning tuzilishi dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni tushunish kabi eng muhim
elementlardan
iborat.
Dunyoni sezish – bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etishdir. Bunda tuyg‘ular,
kayfiyat dunyoni go‘yoki ranglarga bo‘yaydi, uning obrazini sub’ektiv, sof individual sezgilar orqali aks
ettiradi. Masalan, bemor odamga haddan tashqari yorug‘ bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan nur, sog‘lom
odam uchun normal bo‘ladi; daltonik ranglar gammasini, ko‘rish qobiliyati normal bo‘lgan odamga
qaraganda butunlay boshqacha idrok etadi. Bundan dunyoni sezishning har xil, xususan optimistik,
pessimistik,
fojeaviy
tiplari
kelib
chiqadi.
Dunyoni idrok etish – bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir. Dunyoni idrok etish to‘g‘ri yoki
noto‘g‘ri bo‘lishi, ya’ni borliqqa mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq noto‘g‘ri tasavvur qilinadi yoki
illyuziyalar, suv parilari, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o‘xshash fantaziyalar paydo bo‘ladi.
Dunyoni tushunish – insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, shuningdek tabiatda
yuz beruvchi voqea va jarayonlarning o‘zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.
Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish nafaqat insonga, balki hayvonlarga
ham
xos
bo‘lsa,
dunyoni
tushunish
esa
faqat
odamlarga
xos
xususiyatdir.
Falsafiy dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim o’rin tutadi. Hissiyot dunyoqarashning emotsional-
ruhiy jihati bo’lib, dunyoni tushunish esa, dunyoqarashning aqliy shaklidir. Hissiyot – quvonch, shodlik,
zavqlanish, hayot va kasb-kordan mamnunlik yoki norozilik, hayratlanish, xavotirlanish, asabiylashish,
yolg’izlik, zaiflik, ruhiy tushkunlik, g’am-g’ussa, nadomat, o’z yaqinlari va vatani taqdirini o’ylash kabi
xilma-xil shakllarda namoyon bo’ladi. Ana shular barchasining uyg’unligi dunyoni his etishga olib keladi.
Dunyoni his qilish esa, uni aqliy tushunishga, muayyan dunyoqarashning shakllanishiga asos bo’ladi.
Inson aqli unga xos hissiyot va tasavvurlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi va
takomillashtiradi. Har bir kishiga xos hissiyot va fikr, bilim va e’tiqod, intilish va kayfiyat, orzu-umid va
qadriyatlar dunyoqarash tarkibida yaxlitlashadi va olamni bir butun holda aks ettiradi. Bir butun, yaxlit
dunyoqarashning shakllanishi bolalikdan boshlanib, inson hayotining oxirigacha davom etadi. Bu holat
individual dunyoqarashning asosiy tamoyillaridan birini ifodalaydi. Falsafiy dunyoqarashning
shakllanishida bilim g’oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bilimda dunyoqarashning barcha belgilari
mavjud. Lekin, bilim va dunyoqarash aynan bir narsa emas. Olamni tushunish bilimlar paydo bo’lishi
uchun asosdir. Bilim inson ongida hissiy va aqliy bilish jarayonida hosil bo’ladi, u dunyoqarashning asosi,
uning uzviy qismidir. Bilim muayyan sharoitda biron bir hodisa yoki narsani baholashda qo’l keladi va
aynan ana shu jarayonda dunyoqarashga aylanadi. Bunday baho berish jarayonida mudom muayyan
manfaatlar asos qilib olinadi. Shuning uchun ham ijtimoiy dunyoqarash turli ijtimoiy guruhlar
manfaatlarini ifoda etadi, gohida ularni amalga oshirish uchun kurash maydoni bo’lib qoladi. Biror
partiya yoki guruh o’z maqsadlariga etishish yo’lida butun jamiyat uchun xos bo’lgan umumiy ijtimoiy
dunyoqarash tarkibida ko’proq va salmoqliroq joy egallashga yoki uni o’z manfaatlari foydasiga
o’zgartirishga harakat qiladi. Umuman, hayotda maqsadga erishishning eng oson va qulay yo’li o’zgalar
dunyoqarashini jamiyat foydasiga o’zgartira olishdir. Falsafa azal-azaldan dunyoqarash bo’lgan. Chunki,
uning o’zi hayot nima uchun berilgan, dunyoga kelishdan maqsad nima, umrni mazmunli o’tkazishning
qanday yo’llari bor, degan talay savollarga javob topish zarurati tufayli vujudga kelgan. Falsafiy
dunyoqarash o’zining nazariy asoslangani va puxta ishlangani bilan ajralib turadi. Shu ma’noda, u boshqa
fan yoki faoliyat sohasi uchun umumiy uslub vazifasini ham bajaradi. Agar nazariya bilish jarayonining
natijasi bo’lsa, usul (metod) shu bilimga erishish oki uni amalga oshirish yo’lini anglatadi. Falsafiy
nazariya esa, bir vaqtning o’zida usul vazifasini ham bajara oladi. Tarixning burilish davrlarida
o’zgarishlarning asosiy yo’nalishlari va maqsadlari nechog’li to’g’ri ekani falsafiy dunyoqarash
tamoyillariga solishtirib aniqlanadi. Bunda muayyan falsafiy nazariya umumiy usul (metod) sifatida qabul
qilinadi. Shu sababdan ham bunday davrlarda falsafiy nazariyalarga e’tibor kuchayadi, taraqqiyot
yo’llaridan borish falsafiy modellarining ahamiyati ortadi. Masalan, bizning mamlakatimiz jahon
hamjamiyatiga qo’shilish, demokratik davlat qurish borasida Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan
taraqqiyot yo’li – «O’zbek modeli»ni amalga oshirmoqda. Bu yo’lning asosiy mohiyati
islohotlarni inqilobiy tarzda emas, tadrijiy ravishda olib borishni nazarda tutadi. Prezidentimiz, aynan shu
yo’lni taklifetar ekan, asosiy e’tiborni uning mohiyat-mazmuni, tarixda qanday natijalar bergani kabi
masalalarga qaratgan. Bunda taraqqiyotning mazkur yo’li aniq tarzda tasavvur etilgan. Ya’ni, uning
tarixiy va zamonaviy jihatlari, umumbashariy va mintaqaviy xususiyatlari, mamlakatimizning buguni va
kelajagi uchun naqadar ahamiyati har tomonlama o’rganilgan. Ana shu asosda kerakli xulosalar
chiqarilgan va ularni hayotga tadbiq etishning asosiy yo’l-yo’riqlari ko’rsatib berilgan. Biz ana shu
nazariyani, bir tomondan, taraqqiyotimizning o’zimizga xos va mos modeli deb ataymiz. Ikkinchi
tomondan esa, uni mamlakatimiz hayotini tubdan o’zgartiradigan va uning kelajagini belgilab beradigan,
milliy dunyoqarash, ong va tafakkur rivojida muhim o’rin tutadigan umumfalsafiy tayanch –
metodologiya deb bilamiz. Chunki, uning tamoyillari taraqqiyotimizning asosiy yo’nalishlarini belgilaydi
va shu bilan birga, bu jarayonga kuchli ta’sir ko’rsatadigan metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Inson
ongli ijtimoiy mavjudot bo’lgani bois, uning dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asoslanadi.
Demak, har qanday dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki tabaqaning o’z ehtiyoj,
manfaatlaridan kelib chiqqan holda borliqqa munosabatini ifodalovchi g’oyalar, nazariyalar, bilimlar
majmuasi, ruhiy xolat va e’tiqod mujassami hamda ularning namoyon bo’lishidir. Falsafiy dunyoqarash,
mohiyat-mazmuniga ko’ra, ma’naviy faoliyat bo’lgani bois, u borliqqa bo’lgan ongli, insoniy
munosabatning muayyan yo’nalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning jamiyatdagi axloqiy
munosabatlari – axloqiy dunyoqarashlarida, huquqiy munosabatlari – huquqiy, siyosiy munosabatlari –
siyosiy, diniy munosabatlari – diniy, ekologik munosabatlari – ekologik dunyoqarash shakllarida o’z
ifodasini topgan. Buni tizim tarzida izohlaydigan bo’lsak, quyidagicha ko’rinish kasb etadi:
1. Axloqiy.
2. Diniy.
3. Huquqiy.
4. Siyosiy.
5. Ekologik.
6. Estetik.
Bu tizimni tashkil qilgan nisbatan mustaqil dunyoqarash shakllari o’zaro bog’liqlikda, aloqadorlikda
harakat qiladi. Dunyoqarash tizimining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqiyotiga mos keladi va uni
ifodalab turadi. Bundan tashqari, har bir tarixiy davrda millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va
dunyoqarashida namoyon bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, dunyoqarash tizimi va ularning
xususiyatlari muayyan inson, ijtimoiy guruh, tabaqa va butun millatning ma’naviy qiyofasini belgilab
beradi. «Dunyoqarash» tushunchasi o’zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g’urur, tarixiy xotira, ma’naviy
barkamollik kabi tuyg’u va tushunchalar bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi. Chunki, dunyoqarash
aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oydinlashadi, umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy bir
bo’lagiga aylanadi. Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi
bo’lib, jamiyat rivojlanishining ma’naviy mezoni sifatida namoyon bo’lgan. Taraqqiyotning dastlabki
bosqichlarida kishilarning tabiatga, o’zlarining ijtimoiy hayotiga bo’lgan munosabati turli rivoyat va
afsonalarda o’z ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. Yovuzlik va
ezgulik o’rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik
mazmunidan dalolat beradi. Xususan, o’zbek xalqi tsivilizatsiyasi jarayonida yaratilgan rivoyat, afsona va
boshqa janrlardagi og’zaki ijod namunalari millatimiz tarixda qanday ma’naviy qiyofaga ega bo’lganini
hanuz ko’rsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ahlini ayratga solmoqda. Masalan, qadimiy merosimiz
namunasi – «Avesto»da yaxshilik ramzi – Axuramazda va yomonlik timsoli – Axriman o’rtasidagi kurash
tarixi misolida oxir-oqibatda ezgulik baribir g’alaba qozonadi, ya’ni yorug’lik zulmat ustidan g’alaba
qiladi, degan g’oya asosiy o’rinni egallaydi va hayotbaxsh g’oyalar ilgari suriladi. Mifologik dunyoqarash
qadimgi zamon kishilarining o’zlariga munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan.
Ezgulik va haqiqat uchun kurash g’oyalarining ifodasi bo’lgan afsona va rivoyatlarda millatning muayyan
ruhiy holati, kelajakka ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy vositalar,
afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan. Dunyoqarashning mifologik mohiyati bugungi fan-texnika
taraqqiyoti, insonning aqliy salohiyati bag’oyat yuksalib ketgan davrda juda jo’n va ibtidoiy bo’lib
ko’rinadi. Ammo afsona va rivoyatlar o’zining kuchli jozibasi, insonparvarlik g’oyalari bilan hozirgi kunda
ham kishilarni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashning ta’sirchan va samarali omili bo’lib qolmoqda. Diniy
qarashlar. Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ular
insonning ilohga bo’lgan e’tiqodi bilan bog’liq bo’lib, vujudga kelishiga ko’ra, boshqa dunyoqarash
shakllari kabi, muayyan asoslarga ega. Mifologik dunyoqarash afsonaviy kuchlarni e’tirof etish bilan
bog’liq bo’lsa, diniy dunyoqarash ilohiy qudratlarga e’tiqod qo’yish bilan bog’liq. Shuning uchu ham bu
dunyoqarash shaklini inson qalbidagi quyidagi holatlar belgilaydi: - emotsional-ruhiy holatlar; - iymon-
e’tiqod; - iymon-e’tiqodning xatti-harakatlarda ifoda etilishi. Bular ayni paytda diniy dunyoqarashning
asosiy tamoyillarini ham tashkil qiladi. Diniy dunyoqarash har bir davrda muayyan ijtimoiy vazifalarni
bajarib kelgan. «Din, shu jumladan islom dini ham, ming yillar davomida barqaror mavjud bo’lib
kelganining o’ziyoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganidan, uning o’ziga xos bo’lgan bir qancha
vazifalarni ado etishidan dalolat beradi. Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma’naviy hayotining
muayyan sohasi bo’lgan din, umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan,
hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan»3. Jamiyat hayotida har qanday, shu
jumladan, diniy dunyoqarashning o’rni va ahamiyatini ham sun’iy ravishida mutlaqlashtirish, salbiy
oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu hol ayniqsa, diniy fundamentalizm va ekstremizm insoniyat
uchun jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda yaqqol namoyon bo’lmoqda. Hozirgi davrda fan, texnika,
dunyoviy ilmlarning kuchayib ketishi bilan «Diniy dunyoqarash, tafakkurning, insonni o’rab turgan
dunyoga, o’zi kabi odamlarga munosabatning yagona usuli bo’lmaganligini ham ta’kidlash zarurdir.
Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham u bilan yonma-yon va u bilan teng yashash huquqiga ega
bo’lgan holda rivojlanib kelgan»4. Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o’rganadi.
Teologiya olam va odam munosabati, umrning mazmuni, hayot va o’lim muammosi kabi masalalarni
ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan bog’lab tahlil qilish hamda o’ziga xos mukammal tizimini
yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot
ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan bog’liq regulyativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning
barkamol avlodni tarbiyalashdagi o’rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda.
Falsafiy dunyoqarashning asosiy yo’nalishlari. Dunyoqarash tizimi va unga xos nisbatan mustaqil
yo’nalishlarning har birini falsafiy mulohazaning oydinlashgan (konkretlashgan) shakli sifatida qarash
mumkin. Falsafiy dunyoqarash, sodda qilib aytadigan bo’lsak, insonning olam, odam va borliqqa
munosabatini ifodalovchi bilimlar tizimidir. Unga inson borlig’ining mohiyati nuqtai nazaridan
yondashiladigan bo’lsa, moddiy yoki ma’naviy jihatlari nechog’lik mutlaqlashtirilishiga qarab, uning
tarkibida materialistik va idealistik dunyoqarash yo’nalishlari mavjudligini ko’ramiz. Agar borliq va uning
xossalariga mavjudlik, bog’liqlik, o’zgarish va taraqqiyot nuqtai nazaridan bildirilgan munosabatlarni
umumlashtiradigan bo’lsak, uning tarkibida metafizik va dialektik, sofistik va sinergetik kabi qator
dunyoqarashlar mavjudligini ko’ramiz. Bular sof nazariy-falsafiy masalalar bo’lib, ular to’g’risida «Olam
va odam», «Dunyoni falsafiy tushunish» bo’limlarida maxsus to’xtalib o’tamiz. Falsafiy dunyoqarash
borliq haqidagi ilmiy qarashlar tizimining o’z-o’zicha shakllangan (mexanik) yig’indisi emas, balki ularning
umumiy qonuniyatlar asosidagi tizimidir. Falsafiy dunyoqarash tarkibida quyidagi tamoyillar nomoyon
bo’ladi: - turli dunyoqarash shakllarining o’zaro aloqadorligi kuchaymoqda; - muayyan dunyoqarash
shakllanish va rivojlanish jarayonida insonga munosabatning ahamiyati ortib bormoqda; - milliy
dunyoqarash umuminsoniy dunyoqarash shakli va uning tarkibiy qismi sifatida yuzaga kelgan. Falsafiy
dunyoqarashning bu umumiy tamoyillari har qanday konkret dunyoqarash shakllari uchun uslubiy asos
bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, uning yana quyidagi tamoyillari ham bor:
1- ilmiylik;
2- tarixiylik;
3- mantiqiylik;
4- universallik;
5- maqsadlilik;
6- g’oyaviylik;
7- nazariya va amaliyotning birligi
.
Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, chunki u narsa va hodisalar o’rtasidagi bog’lanish, aloqadorlik va
munosabatlarni kundalik ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifodalaydi. Har
qanday falsafiy dunyoqarash shakli ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini
aks ettiradi.
2. Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning o’tmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligini
va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi. 3. Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har qanday
dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy
izchillik buzilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan va izchil aks ettirishiga putur
etadi. 4. Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash shakllarining mazmunini tashkil
qilishi bilan sifatlanadi, ya’ni har qanday dunyoqarash shakli o’ziga xos falsafiy xususiyatga ega. 5.
Falsafiy dunyoqarash maqsadga mavofiq bo’lib, inson manfaatlariga mos keladi. Chunki, inson muayyan
maqsad,
orzu-umidlar
bilan
yashaydi,
ularni
o’z
dunyoqarashida
aks
ettiradi.
6. Falsafiy dunyoqarashning g’oyaviylik tamoyili, uning asosida muayyan g’oya yotgani bilan ifodalanadi.
Xususan, bugungi o’zbek milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik, o’zlikni anglash, millatimiz
kelajagini belgilaydigan istiqlol g’oyasiga tayanishi bilan xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu g’oyani
e’tiqodga
aylantirish
va
uning
amalga
oshishi
uchun
xizmat
qiladi.
7. Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri nazariya va amaliyot birligidir.
Dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, istiqbol
rejalarini belgilashda qo’l kelishi bilan izohlanadi. Shuningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish
jarayonida uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega. Falsafiy dunyoqarashning vazifalari
(funktsiyalari). Falsafiy dunyoqarashning zikr etilgan tamoyillari, uning vazifalarini belgilab beradi. Ya’ni,
bu vazifalar jamiyatning umumbashariy ruhdagi maqsad-muddaolaridan, manfaatlaridan kelib chiqadi
hamda boshqa dunyoqarash shakllari uchun uslubiy ahamiyat kasb etadi. Dunyoqarash, avvalo insoniy
munosabatlar ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, u insonning borliqqa munosabatida, dastlab uning bahosi
tarzida ko’zga tashlanadi. Bu — falsafiy dunyoqarashning baholash vazifasini anglatadi. Ya’ni, inson, o’z
ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib, narsa-hodisalarni: yaxshi-yomon, foydali-zararli, savob-gunoh,
oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratadi. Inson narsa-hodisalarga baho berar ekan,
buning zamirida uning ijtimoiy hayoti, ya’ni ongli munosabatlari yotadi. Bunda inson yoki jamiyat
munosabatlari dunyoqarashning o’zi tayanadigan omillarga (ideallariga) moslashtiriladi. Orzu-havaslarga
erishishning usullari, vositalari, amaliy yo’nalishlari belgilanadi. Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy
me’yor, diniy qadriyat, xuquqiy hujjat va siyosiy mexanizmlar kabi usul-vositalar orqali boshqarish
vazifasini ham ado etadi. Bunda falsafiy dunyoqarashning o’zicha nisbatan mustaqil bo’lgan har bir
yo’nalishi o’ziga xos boshqarish usuliga ega bo’ladi. Masalan, insonni ezgulikka yo’naltirish uchun axloq
uning aql-zakovatiga; din — iymon-e’tiqodiga; hquq — qonunlarga, jazo idoralariga; siyosat-davlat
funktsiyalariga tayanadi va o’ziga xos ta’sir yo’nalishlariga ega bo’ladi. Falsafiy dunyoqarashning inson
faoliyatini
nazorat
qilish
vazifasi
ham
bor.
Bunda
dunyoqarashning
jamoatchilik
fikri tarzidagi ko’rinishi nazarda tutiladi. Masalan, o’zbek xalqining tarixiy rivojlanishi va ma’naviy hayot
tarzida mahalla ijtimoiy nazoratning muhim instituti tarzida faoliyat ko’rsatgan. Darhaqiqat, o’zbek
mahallalarida bag’rikenglik, o’zaro mehr-oqibat, hamdardlik kabi noyob fazilatlar kamol topadi. Shuning
uchun ham Islom Karimov uni «O’zini o’zi boshqarish maktabi... demokratiya darsxonasi», deb
ta’riflaydi5. Falsafiy dunyoqarashning birlashtirish (kommunikativ) vazifasi turli dunyoqarash
yo’nalishlarini milliy va umuminsoniy g’oyalar atrofida uyg’unlashtirishi bilan xarakterlanadi. Turli
manfaatlar bilan bog’liq bo’lgani bois dunyoqarashlar o’rtasida muayyan ziddiyatlar ro’y berishi tabiiy.
Bunday sharoitda falsafiy dunyoqarash ularni murosaga keltirishga xizmat qiladi. Falsafiy dunyoqarash,
o’z mohiyatiga ko’ra, ijtimoiy-tarixiy tajribani umumlashtirish, jamiyat istiqbolini ko’rsatish imkoniyatiga
ega bo’lganligi uchun ham xalqni muayyan g’oya atrofida birlashtiradi. Masalan, tarixga nazar
tashlaydigan bo’lsak, muayyan davrlarda falsafiy dunyoqarash inson tub manfaatlari bilan bog’liq
bo’lganligini, millat kelajagini belgilaydigan ozodlik g’oyasi atrofida kishilarni birlashtirganini ko’ramiz. Bu
hol mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurash davrida yaqqol namoyon bo’lgan. Ushbu g’oya (ozodlik
falsafasi) dunyoqarashning tarkibiy qismi sifatida millatning turli tabaqalarini, e’tiqodi, iqtisodiy ahvoli va
siyosiy mavqeidan qat’i nazar, birlashtirgan va umumiy kurashga safarbar qilgan. Har qanday
dunyoqarash inson ehtiyojlaridan kelib chiqadi, uning manfaatlariga mos keladi. Shu bilan birga, bir
tomondan, dunyoqarash o’z-o’zidan, ya’ni stixiyali ravishda shakllanib qolmaydi. Aksincha, u turli ta’lim-
tarbiya vositalarining maqsadga muvofiq holdagi faoliyati natijasida vujudga keladi. Ikkinchi tomondan
esa, falsafiy dunyoqarash, umuminsoniy tamaddun (tsivilizatsiya) ta’siri o’laroq shakllangan bo’lsa,
muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki millatni tarbiyalashning turli imkoniyatlari va vositalarining
mushtaraklashgan shaklidir. Binobarin, falsafiy dunyoqarashning tarbiyaviy vazifasini yuqorida zikr
etilgan boshqa vazifalarning asosi sifatida qarash kerak. Bu — kishilarda keng va teran fikrlash
qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag’rikenglik, murosa, har qanday ziddiyatlarni madaniy yo’l bilan
hal qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |