Muayyan muassasa, tashkilot oldida
turgan asosiy
va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida buyruq,
farmoyish, ko‘rsatma kabi
farmoyish hujjatlari
tayyorlanadi. Buyruq
loyihasi bosh mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan
kelishilgan holda tuziladi.
Buyruq matni muassasa blankasida yozilib, asoslovchi (kirish) va farmoyish
qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi
qismda buyruqdan maqsad, shart-
sharoit ko ‘rsatiladi, asos qilingan buyruqqa (
hujjatga
) havola qilinadi.
Asoslashga ehtiyoj bo'lmagan hollarda to’g’ridan to’g’ri buyruqning
farmoyish qismi beriladi.
Farmoyish larda
biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul
nisbatdagi fe’lning buyruq (
III
-
shaxs, birlik) shakli bilan
ifodalanadi
(
tayinlansin,
belgilansin, o‘tkazilsin, qabul qilinsin
kabi).
Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga
yuklatilgani, ba’zan esa
ilgarigi joriy yoki boshqa
hujjat bekor qilinganligi qayd etiladi.
Ba’zan
farmoyishdan so‘ng
buyruqqa asos bolgan
hujjat nomi ham ko‘rsatiladi.
Muassasa ma'muriyati (direktor, uning o'rinbosarlari,
bosh muhandis, uning o'rinbosarlari), shuningdek, bo'limlarning
rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul
qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarning amal qilish
muddati cheklangan bo'lib, bo'limlarning tor doirasiga, ayrim
mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo'ladi. Farmoyish
matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib
topadi, faqat uning asos (kirish) qismida
«Buyuraman»
so'zi
o'rniga
«Tavsiya qilaman», «Ruxsat beraman»
kabi
iboralar
ishlatiladi. 1-, 2-ilovalarda farmoyish namunalari berildi.
Idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek,
buyruqlar, yo'riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan
bog'liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy
hujjat. Ko'rsatmalarga birinchi rahbar, shuningdek, lozim bo'lsa,
bosh muhandis, ularning o'rinbosarlari imzo chekish huquqiga
ega. Ko'rsatma muassasaning xos ish qog'oziga bosiladi. U ham
buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan
yoziladi, asos (kirish) va
farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon
«maqsadda», falon «buyruqni bajarish uchun» kabi taomilga
kirgan iboralar qoilanadi va
«Yuklayman», «Tavsiya etaman»
so'zlari keyin farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga
uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa,
«Tavsiya etaman» so'zi qo'llanadi. Ko'rsatmaning farmoyish qismi
buyruqning farmoyish qismiga o'xshash bo'ladi.