Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Alisher Navoiy asarlari va ulardagi ma’naviyat muammosi



Yüklə 46,25 Kb.
səhifə5/6
tarix03.06.2023
ölçüsü46,25 Kb.
#115313
1   2   3   4   5   6
jonibek kurs 3-guruh

2.2. Alisher Navoiy asarlari va ulardagi ma’naviyat muammosi.
Tarix va iqtisodiy yo‘nalishdagi asarlari N.Veselovskiy, Yakubovskiy, Ya.G`ulomov, V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan.
Arab va fors tillaridagi asarlari. Alisher Navoiy fors tilida yozgan she`rlari asosida «Devoni Foniy» tuzilgan bo‘lib, uning muqaddimasida «Sittai zaruriya» («Olti zarurat») va «Fusuli arbaa» («To‘rt fasl») forsiy qasidalari majmualari berilgan. «Sittai zaruriya» to‘plamidagi qasidalar «Ruhul-quds» («Muqaddas ruh»), «Aynul-hayot» («Hayot chashmasi»), «Tuhfatul-afkor»(«Fikrlar tuhfasi»), «Qutul-qulub» («Qalbdar g`izosi»), «Minhojun-najot» («Qutilish yo‘li»), «Nasimul-xuld» («Jannat nasimi») kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob tarzida yozilgan. «Fusuli arbaa»da Sulton Husayn Boyqaro madhidan so‘ng «Bahor», «Saraton», «Xazon» («Kuz») va«Day» («Qish») vasfidan iborat. Muammo janri qoidalariga bag`ishlangan «Mufradot» (1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz she`riyatdagi bu janrni nazariy jihatdan asosladi. Muammo va uni ifodalangan janrlar ruboiy, qit`a, tuyuq, ayrim hollarda g`azal munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini o‘rgatish barobarida 121 ta misol keltirdi. Navoiyning arab tilida «Sab'atul-abhur» («Yetti dengiz») nomli diniy-tasavvufiy ruhda lug`at xarakteridagi asar yozgani ma`lum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada o‘rganilmagan. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi Fitrat, H.Sulaymon, N.Mallaev, Sh.Shomuhamedov, R.Vohidov, Boltaeva tomonidan o‘rganilgan. Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma`naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o‘rin oldi. Mustaqil O‘zbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, O‘zbekiston Davlat mukofoti, O‘RFA Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, O‘zbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-ma`rifiy muassasalar, jamoa xo‘jaliklari ulug` shoir nomi bilan ataladi.
Navoiy falsafiy qarashlari vahdati-vujud va tasavvuf ta'limotiga asoslangan. Mutafakkir o‘zining dunyoqarashida Olloh, tabiat va inson birligidan kelib chiqadi. Uning e'tiqodiga ko‘ra, inson baxt-saodatiga bu dunyoda erishishi mumkin. Buning uchun u tinmay mehnat qilishi, kasb-hunar egallashi, tabiatning siru asrorini idrok qilishi, uning noz-ne'matlaridan foydalanishi darkor. Xudo, allomaning fikricha, borliqning, shu jumladan insonning yaratuvchisidir. Mavjudotlarning eng yaxshisi, a'losi va gultojisi insondir. Mutafakkir dunyoqarashida gnoseologik masalalar ham muhim o‘rinni egallaydi. U sezgi va aql yordamida zohiriy narsalarni, murakkab jarayonlarni idrok qilish mumkinligini qayd qildi. Uning aqidasiga ko‘ra, aql tufayli hissiyot bergan ma'lumotlar umumlashtiriladi, hodisalardagi umumiy va muhim narsalar bilib olinadi. Aql uningcha, Alloh in'om etgan bebaho gavhardir, u hamma boyliklardan afzaldir. Shuning uchun Navoiy bu gavharni egallashga chaqiradi. Ko‘nglungga xirad yo‘lin padidor ayla, Bu naqdqa joningni xaridor ayla, Har ishda xiradni o‘zungga yor ayla, Jurmung tarkidin xirad izhor ayla9.
Navoiy kishilarni bu dunyo noz-ne'matlari, go‘zalliklaridan kishilarni bahramand bo‘lishga, hayotni sevishga chaqirdi. Navoiy buyuk insonparvar shoir edi. Ul zot asarlarining markazida inson va uning fazilatlarini kuylash turar edi. Uning aytishicha, odam o‘zining aqli, qobiliyati, nutqi, xulq-odobi, ongli xatti-harakati, shirinsuhanligi bilan boshka tirik mavjudotlardan ajralib turadi. Navoiy o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida hukmdorning faoliyatiga katta e'tibor berdi. U mamlakatni odil va ma'rifatli shoh boshkarishi lozim, deb hisoblaydi. Bunday hukmdor o‘z qul ostidagilarga odilona munosabatda bo‘lishi, ularga g‘amxo‘rlik qilishi lozim. Mutafakkirning gumanistik va umuminsoniy qarashlari tinchlik va urush masalasiga munosabatida yorqin namoyon bo‘ladi. U butun umri davomida bosqinchilik urushlari va zo‘ravonlikka qarshi kurashdi, xalqlarni tinch-totuv yashashga, do‘stlikka da'vat etdi:
Navoiy kishilar o‘rtasidagi do‘stlik va ahillikni kuyladi. Uning qahramonlari turli xalq va elatlarga mansub edi. Iskandar – yunon, Majnun – arab, Shirin – arman, Shopur – eroniy, Farhod – xitoy va hokazo. Navoiy tasvirlagan badiiy timsollar bilimdonligi, zukkoligi, jasurligi, qahramonligi, mehr va muruvvatliligi, sahovatpeshaligi, odamiyligi bilan ajralib turadi. Navoiy islom qonun-qoidalari, Qur'on va shariatga qattiq rioya qildi. U tasavvufning naqshbandiylik sulukiga rioya qilib, ko‘prok uning amaliy tomonlariga e'tibor qaratdi. Alloma fikricha, solik Alloh vasliga yetishish uchun bu dunyoda poklanish, xayrli ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishi, tinmay mehnat qilishi, o‘zgalarga yordam berishi, salbiy illatlarga qarshi kurash olib borishi lozim.
Mutafakkirning ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axloqiy qarashlari insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan, uning adolat, ilm-fan, ma'rifat, kasb-hunarni egallash, ta'lim-tarbiya haqidagi g‘oyalari hozirgi mustaqillik sharoitida ma'naviy-axloqiy yuksalishga xizmat qilmoqda. Alisher Navoiy o‘zbek adabiyoti taraqqiyoti va o‘zbek adabiy tili ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan ulkan ijodkordir.Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, ulug` bobokalonimiz shaxsiyati va ijodiga munosabat tubdan o‘zgardi. Hazrat Nvoiyning boy adabiy merosiga to‘laqonli va haqqoniy yondashish imkoniga ega bo‘ldik. U zotning ijodini yanada chuqurroq o‘rganish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar qilinyapti, ilmiy izlanishlar ko‘lami yanada kengaymoqda. Buyuk shoir, mutafakkir Alisher Navoiyning boy va bebaho merosi asrlar mobaynida ajdodlarimizni ezgulikka, mehr-muruvvatga, tinchlik va do‘stlikka da`vat etib kelgan. Bobur Mirzo yozadi
"...turkiy til bila to she`r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas." Bu haqda shoirning o‘zi "Lisonut-tayr"da: Nazmu nasrim kotibi taxminshunos Yozsa, yuz ming bayt etar erdi qiyos,- deb yozgan edi. Buyuk mutafakkir, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, jahon adabiyotining tengsiz namoyandasi, shoirlarning sultoni – bu Alisher Navoiy bobomizdir . Buyuk so‘z ustasi Alisher Navoiy o‘zbek adabiy tilini dunyoga tanitib qolmasdan, balki beqiyos so‘z ustasi bo‘lgani uchun ham jahon adabiyotining tengsiz namoyandasidir . Olamda turkiy yoki forsiy tilda so‘zlovchi biron – bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa . Buyuk mutafakkir va alloma mir Alisqer Navoiy butun dunyoni o’z qalami bilan egallab oldi. Besh asrki nazmiy saroyni, Titratadi zanjirband bir sher Temur tigi etmagan yerni, Qalam bilan oldi Alisher. Darhaqiqat, sherda keltirilgandek nazmiy va nasriy asarlari bilan butun dunyoni egallab olgan Alisher Navoiy asarlarida yosh avlodni barkamol, ma`naviy yetuklikka erishgan, barcha insoniy xislatlar egasi qilib tarbiyalashda muhim o’rin egallaydi. Allomaning asarlari nafaqat miqdor jihatidan, balki mazmun-mohiyati bo‘yicha ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Uning badiiy va ilmiy asarlari yuzlab olimlar tomonidan o‘rganilgan, tadqiq etilgan. Navoiy lirikasida odam va olam, hayot va uning go’zalliklari, mehnatsevarlik, go’zallikka shaydo qalblarning o’z Vataniga, yoriga bo’lgan otashin muhabbati ulug’lanadi. Adibning lirik asarlarida odam va olam, hayot va uning go’zalliklari o’quvchilarga ravon va sodda qilib yetkazib beriladi. Yosh avlodni ma`nan yuksaklikka erishishida atrofdagilarga doimo yaxshilik qilish, ezgulik urug’ini keng olamga tarqatish bu esa o’z navbatida o’ziga va oila a`zolariga yaxshilik bo’lib qaytishi haqida asarlaridagi qahramonlar, she’riy misralarida o’z ifodasini topadi. Masalan, « Nazm ul- javohir» ( «Gavharlar tizmasi») asari, asosan, tazavvuf g’oyalari orqali talqin qilinadi: Farzand ato qilligin chu odat qilgay, Ul odat ila kasbi ko’p rivoyat qilgay, Har kimki atoga ko’p rioyat qilgay, O’g’lidin anga bu ish siroyat qilgay. Adib otaga xizmat kilishning sharofatini birinchi ikki misrada ko’rsatib bermoqda. Keyingi misrada esa yana shu fikrga qaytilgandek ko’rinadi, ammo endi natijada ayirma bor. Har kim ekkanini o’radi, deganlaridek, otaga qilingan hurmat va ehtirom, albatta qaytadi, ammo uni qaytaruvchi odam mutlaqo boshqa bo’ladi. Mana shu boshqa odam esa keyingi avlod vakili – otasiga yaxshi munosabatda bo’lgan o’g’ilning farzandlaridir. Allomaning mukammal asarlar to‘plami ilgari ham nashr etilgan, biroq o‘sha davrdagi mafkura nuqtai nazaridan asarlardagi butun-butun boblar tushirib qoldirilgan. Mustaqillik yillarida Navoiyning yigirma jildli mukammal asarlar to‘plamini to‘laligicha chop etish ishlari yakuniga yetdi.Har yili navoiyshunos olimlar tomonidan yangi-yangi ilmiy maqolalar, risolalar yaratilmoqda. Demak, Navoiyni o‘rganish, uni yanada chuqur anglash borasidagi izlanishlar izchil davom ettirilyapti.

Xulosa
Alisher Navoiy hazrat ijodiyotini bepoyon ummonga qiyoslash mumkin. Uning tubida behisob javohirlar bisyor. Biroq Navoiy olamini hali-hanuz to‘la zabt etolganimiz yo‘q. Merosini o‘rganish asnosida har doim yangidan-yangi kashfiyotlar qilish mumkin. Navoiy badiiyatini olaylik. Uning har bir bayti, misrasini tadqiq etishning o‘zi juda katta izlanishlarni talab etadi. Mana uning mashhur bir bayti: Yuzida terni ko‘rib o‘lsam, ey rafiq, meni Gulob ila yuvu, gul bargidin kafan qilg`il. Bir qaraganda tushunarli va ravon misralar. Ammo hazrat bu baytda nima demoqchi bo‘lganlar ? Bu haqida qator taxmin va talqinlar aytilgan. Lekin hanuz yagona to‘xtamga kelingani yo‘q. Zero, bu oson ish emas. Navoiyning so‘z tanlash va qo‘llash mahorati, she`riyatidagi teran falsafa, diniyma`rifiy qarashlari, Navoiy va jahon adabiyoti... Bu yo‘nalishlar bo‘yicha hali qanchadan-qancha yangi ufqlarni ochish mumkin. Navoiy umrining oxirlarida yozgan "Muhokamatul-lug`atayn" va "Mezonulavzon" asarlarida o‘zining barcha asarlari mundarijasini bergan. Ularning bari Navoiyning mukammal asarlar to‘plamiga kiritilgan.

Yüklə 46,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə