Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari



Yüklə 106 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü106 Kb.
#152012
1   2
Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari

Bozor infratuzilmasi — bu bozor aloqalarini oʻrnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xoʻjaligi, transport, aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sugʻurta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida boʻgʻinini tashkil qilib, ularga maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va sotish bilan shugʻullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.

Bozor tuzilmasi — bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini taʼminlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui.
Bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari quyidagilar:
Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi.
Auksion – alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auksionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan ro‘yxati bo‘yicha, ommaviy sotuvga qo‘yish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Auksion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda o‘tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna tovarlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan tartibda savdoga qo‘yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi. Auksionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin.
Savdo yarmarkasi – muayyan belgilangan vaqtda va joyda o‘tkaziluvchi hamda o‘tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi. Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmalari o‘rtasida tuzilib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi.
Savdo uyi – o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi. U ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o‘rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanadigan turlarga bo‘linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug‘ullanadi.


  • birjalar (tovar, xom ashyo, fond, valyuta) va ularning tashkiliy rasmiylashtirilgan vositachiligi;

  • kimoshdi savdolari, yarmarkalar va birjadan tashqari tashkiliy vositachilik shakllari;

  • kredit tizimi va tijorat banklari, emissiya tizimi va emissiya banklari;

  • aholi bandligini boshqarish tizimi, davlat va nodavlat bandlikka yordam koʻrsatish markazlari (mehnat birjalari);

  • axborot texnologiyasi va ishbilarmonlik aloqalari vositalari;

  • soliq tizimi va soliq inspeksiyalari;

  • tijoratxoʻjalik xatari sugʻurtasi tizimi va sugʻurta kompaniyalari;

  • maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari;

  • savdo palatalari, ishbilarmon doiralarning ixtiyoriy, davlat, jamoat birlashma (uyushma)lari;

  • bojxona tizimi; oʻrta va oliy iqtisodiy taʼlim tizimi, auditorlik kompaniyalari;

  • konsalting (maslahat) kompaniyalari;

  • ishbilarmonlik faoliyatini ragʻbatlantirishga xizmat qiladigan davlat va jamoat fondlari;

  • maxsus erkin tadbirkorlik zonalari va boshqalar.

Bozor infratuzilmasi ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar, yaʼni haridor va sotuvchilarni bir-birlariga uchrashtirish, bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi oldi-sotdi operatsiyalarini oʻtkazish, ularning oʻzaro hisob-kitoblari, shuningdek bozordagi doimiy hamkorlik va mijozlik aloqalarini oʻrnatish, ish kuchi topish va boshqalarda yordam beradi. Bozor infratuzilmasi davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi. [1]
Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga koʻmaklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida aloqa oʻrnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida faoliyat koʻrsatsa, boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat boʻlib, koʻrsatgan xizmatlari uchun haq oladi
Supermarket – bu xaridorning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli barcha turlari bilan, jumladan import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo‘yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi.
Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o‘ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo‘lgan kapital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o‘rnatadi. Moliyaviy muassasalarning aksariyati o‘ziga xos belgilar bilan bir qatorda yagona umumiy belgiga ham ega. Bu ular faoliyatining doimo moliyaviy majburiyatlar bilan bog‘liqligidir. YA’ni, moliyaviy muassasalar sub’ektlarning ortiqcha pul mablag‘larini jalb etib, o‘z nomidan moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj sezgan sub’ektlarga pul qarz beradi.
Bozor infratuzilmasining banklar, sug‘urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o‘ziga xos o‘ringa ega. Ularning iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan o‘rni bilan keyingi boblarda batafsil tanishamiz.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firma – korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi muassasa. Ular odatda aksiyadorlik jamiyati yoki kooperativ shaklda faoliyat ko‘rsatadi va to‘liq mustaqillikka ega bo‘ladi. Auditor firmalar o‘z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi.
SHunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning ko‘rib chiqilgan muassasalari barcha bozor turlarining faoliyat ko‘rsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni ta’minlaydi.
Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida vujudga keladi. Bozor munosabatlari sub’ektlari o‘zaro bog‘liq holda va aloqada bandlik, milliy daromad va ishlab chiqarishning umumiy hajmi kabi ijtimoiy ishlab chiqarish natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo‘ladigan daromadlar va xarajatlar oqimini shakllantiradi.
Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o‘z maqsad va manfaatlaridan kelib chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko‘rinishidagi iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi hamda o‘z rivojlanishining tabiiy-evolyusion, dinamik xususiyatini belgilab beradi.
Bozor iqtisodiyoti – murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, birlashgan, o‘zaro bog‘langan va birgalikda harakatlanadigan bir qator tarkibiy tuzilmalarni o‘z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun uning infratuzilmasi shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi – bu bozor munosabatlariga ko‘mak berishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki, ularni bozor mexanizmi vositasida hal etish kam samara keltiradi yoki umuman hal etib bo‘lmaydi. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ularni o‘z zimmasiga olishi yoki zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi kerak.
.
Yüklə 106 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə