Bosh ilmiy-metodik markaz fayziyeva maxbubaxon raximjonovna raqamli transformatsiya sharoitida ta


Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə9/21
tarix28.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#135979
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Avtoreferat Fayziyeva 14.06

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati taklif etilgan “Informatika va axborot texnologiya” fanining takomillashgan mazmunidan “Informatika va axborot texnologiya” fani o‘qitish konsepsiyasi, milliy o‘quv dasturi va darsliklarini tayyorlashda, raqamli texnologiyalarni ta’limga integratsiyasiga ta’sir etuvchi raqamlashtirish strategiyasi, infratuzilma va raqamli kontent, raqamli ma’lumotlarni boshqarish, raqamli savodxonlik, o‘quv dasturlari va standartlar, ta’lim strategiyalari va modeli, malaka oshirish treninglari, o‘quvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishi va maktablarning ijtimoiy-iqtisodiy holati kabi omillari maktablarning raqamli salohiyati va transformatsiyasini oshirishga hamda raqamli savodxonlikka ega o‘quvchilarni tarbiyalashda foydalanishi mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformalarini yaratish talablari, bosqichlari va pedagogik loyihalasidan raqamli ta’lim platformalarini yaratish, o‘quv resurslarini ishlab chiqishning pedagogik dizayn modellaridan raqamli ta’lim resurslarini yaratish, “blended learning”, “flipped classroom”, “project-based”, “collaborative”, “gamifacition” kabi texnologiyalaridan “Informatika va axborot texnologiya” fani darslarini tashkil etish hamda yaratilgan raqamli ta’lim platformasidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 5-11 sinf o‘quvchilarini o‘qitish tayyorlash jarayonida qo‘llanishi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformalarini yaratish va amadiyotga joriy etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli texnologiyalarni ta’limga integratsiyasiga ta’sir etuvchi raqamlashtirish strategiyasi, infratuzilma va raqamli kontent, raqamli ma’lumotlarni boshqarish, raqamli savodxonlik, o‘quv dasturlari va standartlar, ta’lim strategiyalari va modeli, malaka oshirish treninglari, o‘quvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishi va maktablarning ijtimoiy-iqtisodiy holati kabi omillarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalari umumiy о‘rta ta’lim maktablarining “Informatika va axborot texnologiyalari” fani milliy o‘quv dasturi mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 1 iyundagi 04-02/3-486-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda raqamli texnollogiyalarni tadbiq etish samaradorligi oshgan.
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani mazmunini ta’limni boshqaruv tizimlari, kontentni boshqaruv tizimlari, ommaviy ochiq onlayn kurslar, virtual borliq, to‘ldirilgan borliq, katta ma’lumotlar, sun’iy intellekt, buyumlar interneti, mobil texnologiyalar, bulutli texnologiyalar, smart texnologiyalar kabi raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari va ta’limga samarali integratsiyalashuvi asosida takomillashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalaridan umumiy о‘rta ta’lim maktablarining “Informatika va axborot texnologiyalari” fani 8-sinf darsliklarini yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 1 iyundagi 04-02/3-486-son ma’lumotnomasi). Mazkur milliy o‘quv darsliklari umumiy о‘rta ta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda asosiy adabiyot sifatida o‘quvchilarning raqamli savodxonligini shakllantirish hamda informatik bilimlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.
raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformalarini yaratishning pedagogik loyihasi pedagogik, psixologik, didaktik, dizayn, texnik, mualliflik xuquqi kabi talablari hamda reja-loyihani ishlab chiqish, vaqtni tasdiqlash, dasturiy ta’minotni yaratish va sinovdan o‘tkazish bosqichlarining uyg‘unlashuvi asosida takomillashtirilgan va raqamli ta’lim platformasini ishlab chiqishga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan PZ-202004165 “Umumiy о‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompitensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” (2021-2023 yy.) loyihasining dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023 yil 2-iyundagi 01/10-1084 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim platformalarini yaratish va amaliyotgan tadbiq etishdagi zamonaviy talablarni aniqlash imkoniyati oshirilgan.
raqamli ta’lim platformasini amaliyotga joriy etishning didaktik modelini tashkiliy, boshqaruv, texnologik, pedagogik, ahloqiy, dizayn, baholash va resurslarni qo‘llab-quvvatlash kabi komponentalar, tahlil qilish, standartlarni aniqlash, faollashtirish, loyihalash, ishlab chiqish, amalga oshirish va baholash kabi pedagogik dizayn modeli hamda TPACK, SAMR, RAT, PICRAT texnologiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHT-JP “Development of the Interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities: CLASS” (Markaziy Osiyo universitetlarida sohalararo Kompyuter lingvistikasi magistratura dasturini rivojlantirish) – CLASS” (2017-2020 yy.) Erasmus + xalqaro loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Bosh ilmiy-metodik markaz ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar raqamli transformatsiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim platformalari bilan ishlash va ularning elementlaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan.
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning xususiy-metodik asoslarini raqamli ta’lim platformasini ““blended learning”, “flipped classroom”, “project-based”, “collaborative”, “gamifacition” kabi texnologiyalariga asoslangan aralash ta’lim sharoitida intensiv joriy etish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalari umumiy о‘rta ta’lim maktablarining “Informatika va axborot texnologiyalari” fani 10,11-sinflari darsligi hamda 6-, 8-, 9-sinf o‘qituvchi kitoblari mazmuniga singdirilgan. (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 1 iyundagi 04-02/3-486-son ma’lumotnomasi). Mazkur darslik va o‘qituvchi kitobi o‘quvchilarning raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiyasini ta’minlash hamda o‘qituvchilarning metodik kompetentligini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə