Анатом- меш



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

Akseleratsiya 
XIX asr oxiri XX asr boshlarida ko`p mamlakatlarda 
bolalarning bo`yiga o`sishini tezlashganligi aniqlangan. Bu haqdagi ma'lumotlar 1876 
yilda matbuotda e'lon qilingan. 1935 yilga kelib nemis olimi R. Kox o`sish va 
rivojlanishdagi sodir bo`layotgan tezlashuvni akseleratsiya deb atagan. Akseleratsiya 
— lotincha so`z bo`lib tezlashuv degan ma'noni bildiradi.
Akseleratsiya yosh avlodning ruhan va jismonan tez o`sishidir. 
Akseleratsiya 100 yil ya'ni bir asr ichida yaqqol ko`zga tashlanganligi uchun, 
akseleratsiya keng ma'noda "sekulyarniy trend" ya'ni asriy tendentsiya deyiladigan 
bo`ldi. So`nggi 100 yil ichida yangi tugilgan chaqaloqlarning bo`yi 5-6 smga, kichik 
va o`rta maktab yoshidagi bolalarning bo`yi 10-15 sm ga, vazni esa 8-10 kg ga ortdi. 
Bundan tashqari akseleratsiya katta odamlar tana o`lchamlarining ortishini, odam 
umrining uzayishini, xayz kechroq tugashini, ruxiy funktsiyalar va odam 
rivojlanishidagi boshqa o`zgarishlarni o`z ichiga oladi. 
Akseleratsiya masalasi ko`pgina dunyo olimlarini qiziqtirib kelgan. Ular 
akseleratsiyaga olib keluvchi bir nechta omillarni ko`rsatib beruvchi o`z 
gipotezalarini yaratganlar. Jumladan, ba'zi olimlar ul'trabinafsha nurlarning kuchli 
ta'siri bolalarning tez o`sishiga sabab bo`lmoqda, desalar boshqalari esa magnit 
to`lqinlarining ichki sekretsiya bezlariga ta'sirini aytadilar. Yana birlari buni kosmik 
nurlarga bog`laydilar. Oqsillar, yog``lar, uglevodlar, mineral tuzlar va vitaminlarga 
bo`lgan extiyojning ortishi, fan va texnikaning olg`a siljishi, ta'lim-tarbiya jarayonida 
yangi shakl va usullarning paydo bo`lishi, sport va jismoniy mehnat bilan 
shug`ullanish, genetik omillarni ham misol qilib keltiradilar. Bu omillarni biologik va 
ijtimoiy omillar deb atashimiz mumkin. Demak, o`sish va rivojlanish murakkab 
protsess bo`lib, undagi yashirin miqdor o`zgarishlari ochiqdan-ochiq sifat 
o`zgarishlari va ko`rinishlariga olib keladi. M-n. bola balog`atga eta boshlashi bilan
atrof muhitga, borliqqa, undagi o`zgarishlarga qiziqish bilan e'tibor berishi, ayniqsa 
yasli va maktabgacha yoshdagi bolalarda so`z boyligini ortishini kuzatish mumkin. 
Mamlakatimizda mustaqillikka erishganimizdan so`ng, bolalarning 
individual o`sish va rivojlanishiga katta e'tibor berilmoqda, chunki bolalar 
salomatligini saqlash davlat ahamiyatiga ega bo`lgan birinchi darajali ishlardan 
hisoblanadi.

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə