R
e’ja:
1.Modul haqida tushuncha.
2.Standart kutubxonalar.
3.Math moduli.
1.
Standart kutubxona modullarini o`rganishdan oldin Pythonda modul
tushunchasiga aniqlik kiritib olish lozim.
Python tilida bir xil vazifani bajaruvchi modullar yig`indisini
bitta paketga
joylashtirish mumkin. Shunday paketlardan biri sifatida XML paketini misol qilib
keltirish mumkin. Ushbu paket XML ning har xil aspektlarini qayta ishlashga
mo`ljallangan modullardan tashkil topgan.
Python tilda dastur tuzishda modul atributlari
modulda aniqlangan nomlar
bo`lgan obyekt modul sifatida taqdim etiladi.
Python tilida modullar oddiy (Pythonda yozilgan) va kengaytiriladigan ya’ni
boshqa tilda yoziladigan masalan Python interpretatori yozilgan C dasturlash tilida
yozilgan modullarga bo`linadi. Foydalanuvchi nuqtai nazarida ular ishlash tezligi bilan
farq qiladi. Satandart kutubxonada modul 2 xil variantda bo`ladi: Pytonda yozigan yoki
C dasturida yozilgan modullarda. Bunga misol sifatida pickle
va cpickle modullarini
keltirish mumkin. Odatda Pythonda oddiy modullar kengaytirilgan modullarga
nisbatan ishlatishda qulay hisoblanadi,
Moduldan foydalanish uchun dastur boshiga
import (modul nomi )
ni kiritish
zarur.
2.Standart kutubxonalar.
Python tili standart kutubxonasining modullarini shartli ravishda mavzular
bo`yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1.Bajarish davri servislari. Modular: sys, atexit, copy, traceback, math, cmath,
random, time, calendar, datetime, sets, array, struct, intertools, locale, gettext.
2.Siklni qayta ishlashni qo`llab-quvvatlovchi. Modullar: pdb, hotshot, profile,
unittest, pydoc. Paketlar: docutils, distutils.
3.OS (fayllar, protseslar) bilan ishlash. Modullar: os, os.path, getopt, glob,
popen2, shutil, select, signal, stat, tempfile.
4.Matnlarni qayta ishlovchi. Modullar: string, re, StringIO, codecs, difflib, mmap,
sgmllib, htmllib, htmlentitydefs. Paket: xml.
5.Ko`p oqimli hisoblashlar. Modullar: threading, thread, Queque.
6.Ma’lumotlarni saqlash. Arxivlash. Modullar: pickle, shelve, anydbm, gdbm,
gzip, zlib, zipfile, bz2, csv, tarfile.
7.Platformaga tobe modullar. UNIX uchun: commands, pwd, grp, fcntl, resource,
termios, readline, rlcompleter. Windows uchun: msvcrt, _winreg, winsound.
8.Tarmoqni qo`llab-quvvatlash. Internet protokollari. Modullar: cgi, Cookie,
urllib, urlparse, htttplib, smtplib, poplib, telnetlib, socket, asyncore.
Serverlarga
misollar: SocketServer, BaseHTTPServer, xmlrpclib, asynchat.
9.Internetni qo`llab-
quvvatlash. Ma’lumotlar formatlari. Modullar: quopri, uu,
base64, binhex, binascii, rfc822, mimetools, MimeWriter, multifile, mailbox. Paket:
email.
10.Python uchun. Modullar: parser, symbol, token, keyword, incpect, tokenize,
pyclbr, py_compile, compileall, dis, compiler.
11.Grafik interfeys. Modul: Tkinter.
Ko`pincha modullar o`zida bir yoki bir nechta sinflarni saqlaydilar.
Bu sinflar
yordamida kerakli tipdagi obyekt yaratiladi, lekin gap moduldagi nomlar haqida emas,