|
9-mavzu: auditorlik dalillar
|
səhifə | 1/7 | tarix | 22.02.2023 | ölçüsü | 216 Kb. | | #101287 |
| 9-mavzu auditorlik dalillar - REJA:
- 1. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning tayinlanishi va oldiga qo’yiladigan talablar.
- 2. Auditorlik dalillarning turlari.
- 3. Auditorlik dalillarni olish manbalari.
- 4. Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plash.
- 5. Auditorlik dalillarni olish usullari.
1. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning tayinlanishi va oldiga qo’yiladigan talablar. - Auditning xalqaro standartlari – AXS (International Standarts of Auditing – ISAs) da standartlash ob’ekti sifatida V – «Auditorlik dalillar» (500-599) nomli maxsus bo’lim ajratilgan. Ushbu bo’lim 9 ta standartni o’z ichiga oladi:
- № 500 – «Auditorlik dalillar» (Audit Evidence)
- № 510 – «Birlamchi kelishuvlar – boshlang’ich qoldiq-lar» (Initial Engagements Opening Balances)
- № 520 – Analitik amallar (Analytical Procedures)
- № 530 – Auditorlik tanlash (Audit Sampling)
- № 540 – Buxgalterlik hisobida baholanadigan qiymat-lar auditi (Audit of Accounting Estimates)
- № 550 – Bog’liq tomonlar (Related Parties)
- № 560 – Keyingi hodisalar (Subsequent Events)
- № 570 – Uzluksiz faoliyat (Going Concern)
- № 580 – Rahbariyatning bildirgisi (Management Representations)
Ushbu standartlar auditorlik faoliyatining xalqaro amaliyotida olinadigan dalillarning etarlilik darajasini va ularni to’plashga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilaydi. - Ushbu standartlar auditorlik faoliyatining xalqaro amaliyotida olinadigan dalillarning etarlilik darajasini va ularni to’plashga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilaydi.
- Bizning mamlakatimizda esa shu vaqtgacha qabul qilingan auditorlik faoliyati milliy stanlartlaridan quyidagilarni shunday bo’lim sifatida umumlashtirish mumkin:
- №10-AFMS «Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa axborotlar»; №11-AFMS «Ma’lumotlarni kompyuterda ishlash (MKI) sharoitida audit o’tkazish»; №13-AFMS «Tahli-liy amallar»; №14-AFMS «Auditorlik tanlash»; №16-AFMS «Ekspert ishidan foydalanish»; №50-AFMS «Auditorlik dalillar».
- Auditorlik dalillarning miqdor va sifat ko’rsatkich-lariga, shuningdek ularni olish maqsadida bajariladigan amallarga nisbatan qo’yiladigan talablar № 50 – «Auditorlik dalillari» nomli AFMSda belgilangan. Ushbu standart talablarini barcha auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish chog’ida qo’llashi majburiydir.
- Auditor moliyaviy hisobotning haqqoniyligini asoslashi uchun quyidagi amallarni bajarish natijasida etarli auditorlik dalillarini to’plashi lozim:
- schyotlar bo’yicha oborotlar va qoldiqlarning moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirilishini batafsil tekshirish:
- tahliliy amallar:
- ichki nazorat vositalarini tekshirish;
Dostları ilə paylaş: |
|
|