3-Mavzu: Ontologiya-borliq haqidagi tahlimot. Borliqning tuzilishi va
shakllari.
Reja.
1. Borliq kategoriysi.Borliq turlari.
2. Materiy kategoriysi.Dunyoning moddiy birligi.
3. Materiyning mavjudlik shakillari.Harakat va rivojlanish.
4. Fazo va vaqt materiyning yshash shakli.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. «Milliy istiqlol mafkurasi xalq ehtiqodi va buyuk kelajakka
ishonch»-Toshkent, «Ўzbekiston»2000y. 3-35 betlar.
2 .Karimov I. A. «Yngini qurmay,eskini buzmang» -Toshkent, «Ўzbekiston»
nashriyoti, 1993 y.
3. KarimovI.A. «Ўzbekistonning ўz istiqlol va taraqiyot yўli»-Toshkent,
«Ўzbekiston» nashriyoti, 1992y.
4.KarimovI.A. «Ўzbekiston XXI asr bўsaғasida»- Toshkent, «Ўzbekiston»
nashriyoti, 1997y. 19-136 betlar.
5.Tulenov J. «Borliq falsafasi».Uchinchi kitob, Toshkent, TDPUnashriyoti,
2001y. 3 -24 betlar.
6. Tulenov J. «Dialektika nazariysi»- Toshkent, «Ўzbekiston» nashriyoti
2001y. 103-124 betlar, 125-169 betlar.
7. Abu Nasr Farobiy «Fozil odamlar shahri» Toshkent, «Ўqituvchi»
nashriyoti, 1997y. 142-167 betlar.
8. Gunnar Skirbekk,Nils Gilhe «Falsafa tarixi» - Toshkent, «SHarq»
nashriyoti 2002 y. 467-473 betlar, 606-613 betlar.
9. Karimov I. «Mahnaviyt, flsafa va hayot»- Toshkent, «Fan»
nashriyoti,2001y. 190-206 betlar
10. Tulenov J.,Gofurov Z. «Falsafa» -«Ўqituvchi» nashriyoti 1997y. 142-172
betlar, 197-228 betlar.
11. «Falsafa» Ўquv qўllanma E.Yu.Yusupov taxriri ostida, Toshkent 1999 y.
162 -234 betlar.
12. «Falsafa asoslari» Toshkent, «Ўzbekiston» nashriyoti-2005y.130- 138
betlar.
Falsafa ўrganadigan qaysi bir masalani olmaylik, u borliq muammosi bilan
boғliq ekanligini kўramiz. Borliq muammosi falsafadagi har qaysi dunyoqarash va
metodologik muammolarning asosi xisoblanadi.
Dunyoning mavjudligi, yhni borligi tўғrisida baxs yuritgan faylasuflar bu
masalaga turlicha yondoshganlar: ularning bahzilari, dunyo avval ham bўlgan,
hozir ham mavjud, bundan keyin ham mavjud bўladi deyishsa; boshqalari, dunyo
avval mavjud bўlmagan, ilk borliq bu olamdagi barcha narsa va xodisalarni
yratunchi Xudodir.
Ilk borliq, yhni birinchi mavjud-Tangri Olloh barcha mavjudod borliғining
birinchi sababidir deyiladi.
«Ilk bor bўlgan, (Yhni Tangri)-deydi Farobiy, ўzining asl mohiyti bilan
boshqa barcha narsrlardan farqlidir» (Abu Nasr Farobiy «Fozil odamlar shahri»,
131 bet). CHunki, u modda ham emasdir, subhekt ham emasdir, uning surhati ham
bўlmaydi, uning bir ўzi bu borliqda ykayu-ygonadir, u shu jiµatdan ham
birinchidir.
Fan va amaliyot taraqqiyoti natajasida dunyoning yratilganligi, uning fazo va
vaqtda chegaralanganligi,cheklanganligi tўғrisidagi oldingi qarashlar asta-sekin
cheksiz chegarasizligi, shu bilan birga uning bir butunligi, doimiyligi, abadiyligi
tўғrisidagi qarashlar bilan almashinib borgan.
Abadiy dunyodagi barcha narsalar, turli-tuman jonsiz va jonli organizmlar,
insonlar va ularning faoliyti xatto, bir butun jamiyt ham, shubhasiz vaqtincha
ўtkinchidir. Demak, borliq abadiy, ammo undagi barcha narsalar ўzgarishda va
rivojlanishda; bir xolatdan ikkinchi xolatga, bir turdan ikkinchi turga ўtishda,
chunki ular bordan yўq, yўqdan bor bўlmaydi.
Borliq tushunchasi falsafiy kategoriy sifatida bilishning yuqori bosqichi-
abstrakt tafakkurgagina xos bўlib, fikrlash jarayonida kishilar bu tushuncha orqali
dunyodagi alohida narsalar, ularning konkrekt belgilari va xossalari haqida emas
balki, dunyodagi barcha narsalar, voqea xodisalar, jarayonlar ўrtasidagi eng
umumiy jixat-ularning realligi haqida fikr yuritadilar. Borliq tushunchasi
yordamida kishilar dunyoning obhektiv mavjudligi, uning cheksizligi, abadiyligi
va bir butunligi haqida ilmiy va falsafiy tasavvurga ega bўladilar.
Borliqning asosiy shakillarini tabiiy borliq yoki tabiat borliғi, inson borliғi,
mahnaviy borliғi tashkil etadi.
Tabiiy borliq ўzaro boғliq, lekin bir-biridan farq qiluvchi quyidagi ikki
kўrinishdan iboratdir:
1 .Tabiatdagi narsa va xodisalarning, jism va jarayonlarning asl tabiiy borliғi;
2.Tabiytdagi narsa va xodisalar asosida inson tomonidan yratilgan
narsalarning tabiiy borligi.
Tabiiy borliqning birinchi kўrinishi insongacha insondan va uning ongidan
tashqarida, unga boғliq bўlmagan xolda mavjud bўlgan narsa va xodisalar, jarayon
va xolatlarni ўz ichiga olgan tabiatdir. Bu bahzi adabiyotlarda «birlamchi tabiat»
deb ham ataladi. Bu «birlamchi tabiat» makonda, cheksiz zamonda abadiydir, u
hamma yerda doimo mavjud. Inson shu «birlamchi tabiat» materiallari asosida
amaliy faoliyti va ongi bilan «ikkilamchi»tabiatni yratadi. «Ikkilamchi tabiat»
narsa va xodisalari ijtimoiy hayotda inson extiyojini qondirish zaruriyti, ijtimoiy
turmushda biron bir funktsiyni bajarish zaruriyti tufayli yratiladi.
«Birlamchi» va «ikkilamchi» tabiatlar borliғi ўzaro aloqadorlikda bўlib, bir
tomondan, bir biri bilan umumiylikka , ўxshashlikka, birlikka ega bўlsa, ikkinchi
tomondan, bir-biriga nisbatan mahlum farqlarga ham ega.
«Birlamchi tabiat» makonda cheksiz, zamonda abadiy va doimiy bўlsa,
«ikkilamchi tabiat» inson mavjudligi bilan, uning faoliyti va ongi bilan, bir butun
jamiyt bilan boғliq xolda mavjud bўladi, u fazo va vaqtda ibtidoga va imtixoga
ega.
«Birlamchi tabiat» inson unda yshab, uni bilib borayotgan bitmas- tuganmas,
cheksiz dunyo (olam) bўlsa; «ikkilamchi tabiat» esa inson tabiat qonunlarini bilib
olish tufayli, ular asosida yratgan narsa va xodisalar, jarayonlar dunyosidir.
«Ikkilamchi tabiat» bir tomondan , «birlamchi tabiat» kabi, obhektiv, real
borliq bўlib, u inson ongidan tashqarida mavjud bўlsa, ikkinchi tomondan, u
insonga boғlq hamdir, chunki unda kishilarning maqsadlari, ғoylari, bilim va
mehnatlari mujassamlashgan bўladi. «Ikkilamchi tabiat», «birlamchi tabiat» va
kishilik (inson) borliғini boғlovchi, ular chegarasidagi borliq bўlib, tabiiy
borliqning ўziga xos shakli sifatida «birlamchi tabiat» borliғiga nisbatan ham,
inson borliғiga nisbatan ham nisbiy mustaqil borliqdir.
Borliqning ўziga xos shakillaridan yna biri – bu inson borliғidir. Inson
borliғida, avvalo, insonning tabiat taraqqiyotining maxsuli sifatida tabiiy
borliqning har ikki shakliga oid tomonlar bilan birga, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot
maxsuli sifatida unda ijtimoiy va mahnaviy borliqning ham barcha shakillariga xos
tomonlarning yiғindisi majassamlashgandir.
Inson borliғi jamiyt taraqqiyotining birdan bir manbaidir. Ijtimoiy borliq
xodisalarning barcha turlarini ўz ichiga qamrab oladi. Jamiyt bir-biri bilan uzviy
boғliq bўlgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ijtimoiy etnik, oilaviy va x.k.
munosabatlardan tarkib topgan, doimo taraqqiy etib, rivojlanib turadigan jonli
organizmdir. Jamiyt tabiat taraqqiyotining zaruriy oqibatidir.
Jamiytning moddiy texnika bazasi, iqtisodiy asoslari, siyosiy tashkilotlari:
davlat va xokimiyt idoralari, armiy, politsiy, sud, prokuratura, siyosiy partiylar,
turli-tuman jamoat tashkilotlari maorif sistemasi, madaniyt, fan va texnika, ilmiy
tadqiqot institutlari va laboratoriylari, ommaviy axborot muassasalari, aloqa
bўlimlari va x.k. ijtimoiy borliqning har xil kўrinishlarini tashkil etadi.
Borliq faqat moddiy shakilda emas, mahnaviy, ruxiy shaklda ham namoyon
bўladi. Mahnaviy borliq inson tomonidan yratilgan rang-barang madaniyt va
sanhat asarlari, til, ilmiy kashfiyotlar, ғoylar, axloq-odob qoidalari, falsafiy, estetik,
badiiy, siyosiy, tafakkurlash madaniyti, ruhiy kechinmalar, diniy tasavvurlar,
tushunchalar va x.k. majmui kiradi.
Kishilarning ichki xolati, kechinmalari, his-tuyғulari, ruhiy mahnaviy
dunyosi, ўy-fikrlari, maqsad va manfaatlari hamda kayfiytlari ham mahnaviy
borliqning kўrinishlaridir.
Mahnaviyt, jamiyt, shaxs, millat taraqqiyotining manbaidir. SHuni aloxida
qayd etish lozimki, mustaqillik tufayli ўzbek xalqining kўp asrlik boy tarixi, ilmiy,
madaniy va diniy merosini ўrganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki
sifatida foydalanishga keng yўl ochildi. I.A.Karimov aytganlaridek, «Mahnaviyt
insonning, xalqning, jamiytning, davlatning kuch kudratidir. U yўq joyda xech
qachon baxt-saodat bўlmaydi». SHuning uchun ham xalqning mahnaviy ruxini
mustaxkamlash va rivojlantirish Ўzbekistonda davlat va jamiytning eng muxim
vazifasi bўlib hisoblanadi. Ushbu borliq shakllari (narsalar borliғi, inson borliғi,
ijtimoiy borliq, mahnaviy borliq) bir butun dunyoning alohida kўrinishidir. Borliq
ana shu alohida shakllar ўrtasidagi boғliqlikni, umumiylikni kўrsatadi. Borliqning
umumiy aloqadorligi alohida narsalarning mavjudligi bilan namoyon bўladi.
2-masala
Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiytni axtarish falsafada
materiy haqidagi tasavvurlarning rivojlanishiga sababchi bўladi.
Umuman materiy — bu tushuncha, abstraktsiy, fikrning maxsulidir, chunki,
olamda «umuman materiy» uchramaydi, balki materiyning konkret kўrinishlari
uchraydi. SHunday qilib faylasuflar barcha moddiy obhektlarga xos xususiytlarni
umumiy tarzda ifodalash uchun qўllaydigan tushuncha bu «materiy»dir. Olamdagi
barcha narsa va xodisalarning umumiy belgisi, xususiyti shundan iboratki, ular
bizning ongimizdan tashqarida, mustaqil ravishda mavjuddir. Hamma narsaga xos
bўlgan bu umumiy xususiyt materiy tushunchasida ўz aksini topadi. Demak,
materiy tushunchasining falsafiy mazmuni:
a) narsalarning bizning ongimiz, xoxishimizga boғliq bўlmagan xolda mavjud
ekanligi;
b) ular bizning sezgi va bilimlarimiz manbai ekanligini bildiradi.
Materiyning falsafiy tushunchasi faqat hozirgi davrda fanga mahlum bўlgan
obhektlargina emas, balki kelgusida kashf qilinadigan narsalarni ham ўz ichiga
oladi, bu mahnoda uning metodologik ahamiyti kattadir. Materiy abadiy, bepayon,
cheksiz, xech qachon yўqolmaydi. Materiyning abadiyligi uning hech kim
tomonidan yratilmaganligini, hamda mavjud bўlishini, har bir yngi kashfiyot
tufayli uning yngi tomonlari ochilishini bildiradi. Materiy tushunchasining tabiiy-
ilmiy mahnosi uning tuzilishi, bitmas tuganmas xususiytlarining xilma-xilligini
bildiradi va ular tabiat haqidagi alohida fanlar-fizika, ximiy, biologiy kabilar
tomonidan ўrganiladi.
Materiy ikki xil modda va maydon kўrinishida mavjud. Modda kўrinishidagi
materiy tinchlik massa kўrinishiga ega bўlib, bular majmuasiga proton, neytron,
elektron va pozitronlarni, ulardan tashkil topgan atom va malekulalarni kiritish
mumkin. Malekulalardan tarkib tongan mikroskopik jismlar hozirgi zamon fani
bergan mahlumotlarga asosan har xil xolatda bўlishlari mumkin: suyuq, qattiq,
gazsimon, plazma, epiplazma, fizik vakuum xolatida. Materiyning maydon
kўrinishi modda kўrinishidan harakatdagi massaga ega bўlishi va yoruғlik tezligiga
yqin tezlik bilan harakat qilishi orqali farq qiladi. Elektromagnit maydon, ydro
maydoni gravitatsion maydon – bular materiyning maydon kўrinishlaridir.
Tajribalar orqali materiyning modda va maydon kўrinishining bir-biriga
aylanishini kўrish mumkin. Demak, materiyning modda va maydon kўrinishining
bir-biriga aylanishi zarralarning zarra va antizarralardan tashkil topganligini
kўrsatadi.
Materiyning benihoyligi va cheksiz tuzilishi, murakkab xususiytlari haqidagi
masala moddiy olamning sifat jixatdan bitmas-tuganmasligini ўz ichiga oladi. U
organik jixatdan dunyoning moddiy birligi printsipi bilan boғliq.
Dunyoning moddiy birligini quydagilardan yqqol kўrishimiz mumkin:
1. Borliq, materiy obhektiv reallikdir, u inson ongi irodasi, xoxishi va
istagidan tashqari real mavjuddir. Demak, dunyoning moddiy birligi insonning
sezgilari va tushunchalariga boғliq bўlmay, bu birlik inson ongidan tashqaridagi
undan mustaqil va abadiy mavjud bўlgan materiyning xususiytlari bilan
ifodalanadi.
2. Dunyo moddiydir, barcha narsalar va xodisalar materiyning turli
shakllaridagi kўrinishidan iborat. Olamda faqat materiy va uning aniq sifati va
xususiytlari mavjud. Masalan, oddiy chang zarrasidan suv tomchisigacha,
murakkab malekuladan mineralga qadar bўlgan narsalarni olib kўraylik, ular turli
kўrinishga sifat va xususiytga ega bўlib, bir-biridan juda farq qiladi. Ularning
hammasi materiyning muayyn kўrinishidir, bularning zaminida hamma jismlar
uchun umumiy bўlgan substatsiy-materiy yotadi. Mana shuni birlik deb ataymiz.
Bunday birlik yolғiz bizning sayyoramizdagina emas, balki cheksiz koinotning
barcha bepayon tomonlarida obhektiv mavjuddir.
3. Olamdagi barcha narsa va xodisalar qanday mazmunga, shaklga ega
bўlishidan va koinotning qaysi yerida joylashishidan qathiy nazar ўzaro
chambarchas boғliq hamdir. Bu boliqlik olamning shunday bir umumiy zaruriy
tomoniki, tabiatdagi biror predmet yoki jamaytdagi biror xodisa shu boғlanishdan
chetda qola olmaydi. Barcha mavjud narsalar va xodisalar, ularing sifat va
xususiytlari ўrtasidagi bu boғlanish ham olamning birligini kўrsatuvchi dalildir.
Fazoda cheksiz va vaqtda abadiy harakat qilib turuvchi materiy butun
mavjudodning negizi va manbaidir.
Z -masala
Tabiat va jamiytda hamma narsa harakatda ўzgarishda, ўzaro tahsirda va ўrin
almashishdadir. Xech bir mutloq tinch turgan, harakatsiz narsa yўq. Olamdagi
narsalar harakatda bўlib, ular bir-biriga aylanadi, biri ikkinchisini yўqotadi, biri
ikkinchisidan paydo bўladi. Xar qanday narsaning mavjud bўlishining ўzi
avvalombor uni tashkil etuvchi elementlarning ўzaro tahsirda bўlishini taqozo
etadi. Masalan, atom qobiғini tashkil etunchi ydro va elektron ўrtasida muayan
ўzaro tag’sir bўlgani sababligina atom mavjuddir; tirik organizmda ham uni tashkil
etuvchi molekulalar, hujayra va tўqimalar ўrtasida ўzaro tahsir jarayonlari sodir
bўladi; jamiytning mavjud bўlishi uchun ham kishilar faoliytlari ўrtasida ўzaro
munosabatlar bўlishi zarurdir. Demak, ўzaro tahsir materiy xossalarini, munosabat
va xolatlarini ўzgarishga olib keladi.
Ilmiy falsafa tahlimotiga kўra harakatning falsafiy mahnosi shuki, u
materiyning borliq shaklidir. Materiy harakati qanday shaklda bўlmasin u obhektiv
ravishda materiydan ajralmagan xolda sodir b´ladi. Materiyning mavjudlik shakli
bўlgani uchun harakatning obhektiv real bўlish xususiyti materiyning ham
xususiyti hisoblanadi. Eng umumiy tarzda harakat umuman ўzgarishdan, moddiy
obhektlarning har qanday ўzaro tahsiridan iborat. Materiy harakati xech qanday
tashqi turtkiga, ғayri tabiiy kuchga muxtoj emas. Materiy ўziga xos ichki qarama-
qarshiliklarga kўra harakat qiladi, rivojlanadi. Materiy harakati va taraqqiyotining
manbai ichki qarama-qarshiliklardir.
Harakatni rivojlanish tushunchasi bilan aralashtirmaslik kerak. Harakat real
voqealikda rўy beradigan hamma ўzgarishlarni ўz ichiga oladi. Rivojlanish
deganda esa, jadal surhatlar bilan ilgarilab boruvchi ўzgarishlar tushuniladi.
Rivojlanish sifat ўzgarishlarining natijasi bўlib, u ўzgarish narsa va xodisalardagi
qarama-qarshi tomonlar orasidagi kurashning natijasidir. Bunday ўzgarishlar
natijasida eski ўrnida yngisi paydo b´ladi. SHuning uchun «harakat» tushunchasi
«rivojlanish» tushunchasiga qaraganda kengroq tushuniladi.
Harakatning bir-biridan farq qiluvchi shakllari mavjuddir. Harakat shakllarini
turkumlashda quyidagi qoidalarga taynadilar.
1) harakat shakllari bir-biri bilan sifat jixatdan farq qilib, ularning har biri
materiyning tashkiliy tuzilishi darajalarining muayyn bosqichida namoyon bўladi;
2) harakat shakllari bir-biri bilan kelib chiqish jixatidan (genetik jixatdan)
ketma-ket boғlangandir, yhni harakatning murakkab shakllari uning nisbatan
soddaroq shakllaridan kelib chiqіandir;
3) harakatning yuqori shakllari tarkibida quyi darajadagi harakat shakllari
qatnashadi, yhni harakatning quyi shakllari uning yuqori shakllariga ham
mansubdir, ammo harakatning yuqori shakli ўzidan quyi shaklidagi harakatga
mansub emasdir. SHu qoidalarga tayngan xolda haraktning bir necha shaklini
ajratib kўrsatish mumkin. Ular quydagilar:
1) mexanik harakat (jismlarning fazodagi siljishi);
2) fizik harakat (issiqlik, yoruғlik, elektr, magnitizm);
3) kimyoviy harakat (kimyoviy birikish va parchalanish, agregat xolatlarning
bir-biriga ўtishi)
4) Biologik harakat (organik hayot)
5) ijtimoiy harakat.
4 – masala
Materiyning cheksiz ravishda sodir bўlib turadigan harakati, ўsishi, ўzgarishi
va taraqqiyoti hamisha fazo bilan vaqtda yuz beradi. Harakat singari fazo va vaqt
ham materiy mavjudligining tub obhektiv shaklidir. Demak, harakat materiydan
ajratish mumkin bўlmaganidek, fazo va vaqtni ham materiydan ajratib bўlmaydi.
Fazo harakatdagi materiy mavjudligining tub obhektiv shaklidir. Fazo
tushunchasi moddiy obhektlaring birgalikda mavjudligini va bir biridan uzoqligini,
ularning kўlamini, bir-biriga nisbatan joylashish tartibini ifodalaydi.
Vaqt ham materiyning mavjudlik shakli bўlib, moddiy jarayonning keng
yoyilish izchilligini, bu jarayonning turli bosqichlari, bir-biridan ajralganligi,
ularning davom etishini, ularning rivojlanishini bildiradi. Har bir narsa ўz ўtmishi,
hoziri va kelgusiga ega. Narsa va xodisalarning bahzi birlari avvalroq, boshqalari
keyinroq bўladi. Bular esa vaqt tushunchasini ifodalaydi. Fazo va vaqt ўrtasida
umumiy, ўxshash tomonlar hamda ayrim farqlar mavjuddir:
-birinchidan, fazo bilan vaqtning obhektivligi, inson ongi, irodasi va ғoylariga
boғlik emasligi, ular ўrtasidagi umumiylikning muxim tomonlaridan birini tashkil
etadi,
-ikkinchidan, fazo bilan vaqt abadiy azaliydir. Fazo bilan vaqtning abadiyligi
materiyning abadiyligidan kelib chiqadi,
-uchinchidan, fazo bilan vaqt cheksiz chegarasiz bepayondir.
Fazoning ўziga xos xususiyti va vaqdan farqi, uning uch ўlchovga ega
bўlishidadir. Bu uch ўlchov materiy bўyiga va balandligiga, oldiga va orqasiga
qarab uning cheksiz ekanligini kўrsatadi. U turli narsa va xodisalarda xar xil
bўladi. Hozirgi zamon fizikasining nisbiylik nazariysida tўrt ўlchovli geometrik
fazo haqida sўz boradi. Bunda tўrtinchi ўlchov sifatida vaqt olingan.
Vaqt fazo bilan chambarchas boғliq bўlsada, lekin ўzining ayrim xususiytlari
bilan undan farq qiladi. Vaqtning muxim xususiyti uning bir ўlchovligidadir,
qaytarilmasligidadir. Moddiy narsalar fazoda bir xil joylashishlari, turli tomonga
harakat qilishlari mumkin, lekin vaqtga kelganda ular faqat bir tomonga qarab
yўnalishda bўladi, vaqt xech qachon orqaga qarab harakat qilmaydi. Ўtgan
zamonning qaytarilishi va hozirgi zamonning yўq bўlishi mumkin emas.
Materiyga xos xususiytlar fazo va vaqtga ham xosdir. Materiyning tuzilishi va
xossalari haqidagi bilimimizning ўsishi kabi, fazo va vaqt tўgrisidagi bilimlarimiz
ham ortib boradi.
Tabiat va jamiyt xodisalari hamma vaqt ketma-ket sodir bўladi vaqda harakat
qiladi. Materiy vaqtda harakat qiladi, demak materiy, harakat, fazo va vaqt
dialektik boғlangan. Ularning dialektik birligi umumiy aniq fanlar uchun ham
amaliy jixatdan metodologik asos hisoblanadi.
Taynch tushunchalar:
Borliq ,materiy, harakat, fazo, vaqt.
Takrorlash uchun savollar.
1. Borliq tushunchasi nimani ifodalaydi?
2. Borliіning qanday turlarini bilasiz?
3. Materiy tushunchasi tўғrisida nimalarni bilasiz?
4. Harakat va uning asosiy shakllari tўғrisida sўzlab bering.
5. Fazo va vaqt nima?
Dostları ilə paylaş: |