|
3. Lingvistik metodning asosiy tamoyillari Qiyosiy-chog’ishtrma metod va tipologik metod haqida umumiy malumotlarLingvistik metodlar haqida umumiy ma’lumot
|
səhifə | 3/5 | tarix | 30.03.2022 | ölçüsü | 63,76 Kb. | | #84860 |
| Topiljonova Namuna Lingivistik metod2.Lingvistik metodlar haqida umumiy ma’lumot.
Lingvistik tadqiq metodlari rang-barang bo`lgani holda fanimizda ularning mukammal tasnifi haligacha berilmagan. Lingvistik tadqiq metodlari odatda sixronik va diaxronik tadqiq usullari sifatida ikki guruhga ajratiladi. Sinxronik tadqiq va tahlilda tilning ma`lum bir davrdagi turg`un holati va uning hodisalari tadqiq manbayi sifatida olinadi. Bu davr hozirgi kun ham, bundan bir necha asr muqaddam ham bo`lishi mumkin. Sinxronik tahlilda bir davrda yonma-yon turgan lisoniy hodisalar tavsiflanadi. Diaxronik tadqiq va tahlilda bir lisoniy hodisa turli taraqqiyot davrlarida olib ko`riladi va unda hodisalar orasida birin-ketinlik (oldin-keyinlik) munosabatlari o`rganiladi.
Chunonchi, " Hozirgi ( yoki XII asr) o`zbek tilida unli fonemalar" tadqiq mavzusi sinxronik tahlilga aloqador bo`lsa, o`zbek tilida /a/ fonemasining (yoki unli fonemalarning) taraqqiyoti" mavzusi diaxronik tadqiq va tahlilga mansubdir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|