|
21-mavzu. Delikvent va qaram xulq-atvor. Reja Biologik-genetik yondashuv. Sotsiologik yondashuv
|
səhifə | 4/17 | tarix | 30.03.2022 | ölçüsü | 256,08 Kb. | | #84883 |
| 21-маъруза матниBo‘yinni yorib o‘tgan xanjar –- tatirovka egasi ozodlikdan mahrum etish joylarida yurib, yangi jinoyat sodir qilganligini anglatadi.
Mushuk – o‘g‘rilik va bosqinchilikka moyillik.
Sher - " hokimlik timsoli", tatuirovka egasining obro‘-e’tiborga ega ekanligini anglatadi.
Qurbaqa – tasvir boshning sochli qismiga tushiriladi va uning egasi lager hayotida aqli boyigan, bir necha marta sudlangan ("piyoda") va "butun ongli umrini shu botqoqda o‘tkazgan» ekanini anglatadi. Shuningdek qurbaqa tasviri ensa sohasida ham uchrab turadi, bu esa "ishonch bo‘lmasa – quvib o‘tma", ya’ni «oldindan kelishmay turib hech qanday harakatlar qilma» ma’nosini anglatadi.
Burgut – kuch-qudrat, ozodlik va hokimlik timsoli. Muqad-dam «o‘g‘rilik» martabasi hisoblangan, shuning uchun hozirgi vaqtda «o‘g‘rilik qonunini hurmat qilaman» ma’nosini anglatadi.
O‘rgimchak - qoidaga ko‘ra, o‘rgimchak to‘rida tasvirlanadi va giyoxvandlarning tatirovkasi hisoblanadi. Ba’zan tatirovka egasini «hokimlik chirmab tashlagan»ligini anglatadi. Tasvir egasining badanida qanchalik yuqorida chizilgan bo‘lsa, u o‘zini shunchalik tuzatib bo‘lmaydigan deb hisoblaydi. Elkada, boshning sochli qismida va quloq suprasida uchraydi. Bu uning ozodlikdan mahrum etish joylarida uzoq muddat bo‘lganligini, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga nisbatan o‘ta salbiy munosabatini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|