20 TO‘RAYEV DILSHODJON ERMONQUL O‘G‘LI
1.
Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. “Ergashish” va “inkor etish”
holatlari.
2.
Narx bo’yicha etakchilik. Narx siyosati va uni O’zbekistonda
amalga oshirish
xususiyatlari.
3.
Narxlarni erkinlashtirish yo’llari va bosqichlari.
Javoblar.
Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi.
Oligopoliya sharoitida
narxning shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab
chiqaruvchilar tomonidan
qo’llaniluvchi «ergashish» hamda «inkor etish» xatti-harakatlari orqali izohlanadi.
«Ergashish»
holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan
o’zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan
oligopolistlar tomonidan
ham ergashish, ya’ni shunday o’zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda o’z
tovarlariga narxni pasaytirish orqali iste’molchilari
soni hamda sotish hajmini
oshirishga qaror qilgan oligopolist xatti-harkatiga javoban qolgan oligopolistlar ham
narxlarni pasaytiradilar. Natijada narxning umumiy pasayishi ro’y berib, bozordagi
ulush oldingi holda qoladi, ya’ni oligopolistning xatti-harakati samara bermaydi.
«Inkor etish»
holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha
qilingan o’zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga
qolgan oligopolistlar
tomonidan inkor etish, ya’ni hech qanday javob o’zgarishlari qilmaslik kuzatiladi.
Ko’pincha bunday holat oligopolist tomonidan o’z tovariga narxni oshirgan
chog’ida ro’y beradi, ya’ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar.
Natijada, narxni oshirgan oligopolist o’z iste’molchilarini yo’qotib, bozordan siqib
chiqariladi. Yuqorida bayon etilgan holatlar natijasida
oligopolist-firmaning talab
egri chizig’i «siniq egri chiziq» ko’rinishini oladi (9.6-chizma). Bunday holatni
birinchi bo’lib XX asrning 40-yillarida amerikalik iqtisodchi P.Suizi
tavsiflab
bergan.