2-Modul. LOYIHA TAHLILI KONSEPSIYASI
R E J A
2.1. «Loyiha» tushunchasi, loyihalarning turlari va xususiyatlari.
2.2. Loyiha xayot davrining asosiy bosqichlari.
2.3. Loyiha tahlilining mohiyati va vazifalari.
2.4. Loyiha tahlili tuzilmasi.
2.5. Davlatning iqtisodiy faoliyati va investitsiya loyihalari.
2.1. «Loyiha» tushunchasi, loyihalarning turlari va xususiyatlari.
Loyiha - inglizcha «proekt» so‘zidan olingan bo‘lib, jismoniy ob’ektlar,
texnologik
jarayonlarni yaratish yoki takomillashtirish va ularni amalga oshirish bo‘yicha texnik,
tashkiliy xujjatlar, moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa manbaalar hamda ularni bajarish
bo‘yicha boshqaruv qaror va tadbirlarni maqsad doirasida ta’riflangan
xujjatlar turkumini
ifodalaydi.
Loyiha atamasini qisqa ta’rifini quyidagicha ifodalash mumkin.
Loyiha - g‘oya, muammo, maqsad va uni amalga oshirish vositalari (qaror, tadbirlar)
hamda maqsad, ya’ni g‘oyani amalga oshirish jarayonida olinadigan natijalarni ifodalovchi
xujjatlar to‘plamidir. U quyidagi sxematik ko‘rinishda ifodalanadi.
LOYIHA
/oya,
amalga oshirish maqsad
(muammo)
vositalar natija
masala
(qaror va tadbirlar)
Xalq xo‘jaligining bir qator
tarmoqlari, ya’ni aviakosmik tadqiqotlar, mudofaa sanoati
singarilarda yaratilayotgan ob’ektlar shunday marakkab va keng qamrovli xisoblanadiki,
o‘zining echimi uchun ko‘p vaqt talab etadi. Bularni bir loyiha tarkibida amalga oshirib
bo‘lmaydi, ular o‘z tarkibiga bir necha loyihalarni qamrab olgan “Dastur”
asosida amalga
oshiriladi.
Xozirgi davrda O‘zbekistonda quyidagi rivojlanish dasturlari ishlab chiqilib amalga
oshirilmoqda:
- don mustaqilligi; aholini oziq-ovqat bilan to‘la ta’minlash; energetika va yoqilg‘i
mustaqilligi; transport va aloqa; turar joy bilan ta’minlash; mashinasozlik; qishloq xo‘jaligini
tubdan isloh qilish; aholi gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash va boshqalar.
YUqorida bayon etilganlardan ma’lum bo‘ldiki loyiha- bu jamiyat hayoti va faoliyatning
turli tomonlarini o‘z ichiga oluvchi keng miqiyosdagi tushunchadir.
Loyiha turlari. Loyiha turlari quyidagi 5 omil orqali aniqlanadi.
1. Loyihaning ko‘lami.
2. Loyihani amalga oshirish (realizatsiya muddati).
3. Loyiha sifati.
4. Manbalarning chetlanganligi.
5. Loyihani amalga oshirish joyi va sharoiti.
Bu omillar bo‘yicha loyihalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
- Kichik loyiha
- Qisqa muddatli loyiha
- Multi loyiha
- Mono loyiha
- Mega
loyiha
- Xalqaro loyiha
Kichik loyiha- ko‘lami bo‘yicha katta bo‘lmagan, sodda va hajmi cheklangan. AQSH
amaliyotida bunday loyihalarga kapital qo‘yilmalar 10-15 mln. dollargacha; mehnat sarfi 40-50
ming odam/soatni tashkil qiladi.
Qisqa mudatli loyiha - korxonada qisqa muddatda bajarilishi zarur bo‘lgan ishlarga
tuziladi. Bularga korxonada ishlab chiqarish bo‘yicha turli yangiliklarni qo‘llash, tajriba
o‘tkazish va tiklash ishlarni amalga oshiruvchi loyihalarni ko‘rsatish mumkin.
Multi loyiha - buyurtmachining o‘zaro bog‘liq bir necha loyihalarga tegishli bo‘lgan
g‘oyasi (fikri) asosida tuzilgan loyihadir. Multi loyiha mavjud yoki yangi tashqil etilayotgan
korxona va firmaga ma’lum bir o‘zgartirish kiritishda qo‘llaniladi.
Buyurtmachilarni talabi va cheklangan vaqt moliyaviy
hamda ishlab chiqarish
imkoniyatlarida firmani ishlab chiqarish dasturi doirasidagi bir qancha buyurtma va
xizmatlarni amalga oshiruvchi loyihalar multi loyihalar xisoblanadi.
Multi loyihalarga mana bunday misollar keltirish mumkin:
- bir pudratchi kompleks ishni turli buyurtmachilar bilan turli xildagi ishni alohida
shartnomalar asosida bajaradi.
- bir buyurtmachi ob’ektining kompleks ishini bir necha pudratchilar tomonidan bajaradi.
Mono loyiha - multi loyihaning muqobili xisoblanib alohida investitsiya,
ijtimoiy va
boshqa loyihalar cheklangan vaqt va resurslar bilan yagona loyiha bo‘yicha bajarilishi
tushuniladi.
Mega loyiha - bu umumiy maqsad sari birlashtirilgan zarur resurslar va uni bajarish
uchun vaqtga ega bo‘lgan o‘zaro bog‘liq bir qancha loyihalarga ega bo‘lgan maqsadli
dasturdir.
Bunday dasturlar xalqaro, davlat, milliy, xududiy bo‘lishi mumkin. Mego loyihani
o‘ziga xos jihatlari quyidagilar:
- o‘ta qimmat (bir mlrd. va undan ortiq dollar);
- kapital sig‘imi yuqori;
- mehnat sarfini ko‘pligi (loyihalashtirishga 2 mln. kishi/soat, qurilishga 15-20 mln. kishi/soat);
- amalga oshirishni o‘zoq muddatliligi (5-7 va unddan ko‘p yil);
- boshqa mamlakatlar ishtirokining zarurligi;
- loyihani amalga oshirish xududlarini o‘zoqligi, binobarin infrastrukturaga qo‘shimcha
xarajatlar qilinishi;
- xudud va umuman mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy muhitiga ta’sir etishi.
Xalqaro loyiha - odatda qimmat va murakkabligi bilan boshqalardan farqlanadi,
yana u
qaysi mamlakat uchun tayyorlangan bo‘lsa shu mamlakatning siyosiy va iqtisodiy holati bilan
farqlanadi. Bu loyihani o‘ziga xos jihatlari quyidagicha:
- loyiha uchun jihozlar va materiallar odatda jaxon bozoridan sotib olinadi;
- loyihani tayyorlash darajasi shunday “ichki” loyiha tayyorlash darajasidan sezilarli darajadan
yuqori bo‘ladi;
- loyihani tayyorlash davrini o‘zoqligi;