zarurligini
belgilab berdi.
Davlat byudjeti ijrosini g’aznachilik mexanizmlariga o’tkazishning
quyidagi
afzalliklari
mavjud:
qisqa fursatlarda davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va uning
istiqbol ko’rsatkichlarini aniqlash;
davlat moliyasining holati to’g’risidagi tezkor axborotlarni yig’ish,
qayta ishlash va tahlil qilish;
davlat byudjetining ham daromadlari, ham xarajatlari qismi kassali
ijrosining har kungi detallashtirilgan monitoringini o’tkazish;
tasdiqlangan byudjet mablag’lari doirasida byudjet tashkilotlarining
tovarlar va xizmatlar etkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish
bosqichida (shartnomalar, kontraktlar tuzish) dastlabki nazorat qilish;
moliya organlari tomonidan byudjet xarajatlarini o’z vaqtida va
manzilli moliyalashtirish bilan byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilar
tomonidan suiste’mol qilish va noto’g’ri ishlatishning oldini olish maqsadida
joriy nazorat qilish;
byudjet tashkilotlari majburiyatlarini olgandan keyin pul mablag’larini
g’aznachilik
hisobraqamidan
to’g’ridan-to’g’ri
ta’minotchilarning
hisobraqamiga o’tkazish natijasida pul oqimlari harakati bo’yicha jarayonlarni
qisqartirish;
g’aznachilikning bir pog’onasidan ikkinchi pog’onasiga pul
mablag’larini o’tkazishni soddalashtirish natijasida byudjet mablag’larini tezkor
ishlatish.
|