1-ma’ruza. Akkreditasiya va muvofiqlikni baholash soxasidagi asosiy atama
va ta’riflar.
Reja:
1.
Asosiy tushunchalar.
2.
Muvofiqlikni baholashning asosiy vazifalari.
3.
Muvofiqlikni baholashni amalga oshirish.
Kalit (tayanch) so‘zlar:
akkreditasiya, inspeksiya nazorati,
milliy
akkreditasiya tizim, muvofiqlikni baholash, muvofiqlik to‘g‘risidagi deklarasiya,
akkreditasiyani amalga oshirish.
Zamonaviy pedagogik texnologiya elementlaridan, masalan interaktiv usulini
qo‘llab dars o‘tiladi.
Darsda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan
keng foydalaniladi
(kodoskop, proyektor, plakat va hokazo).
Talabalar tarqatma materiallar bilan ta’minlanadilar.
Talabalar mustaqil fikrlashi uchun to‘la sharoit yaratiladi.
1. Asosiy tushunchalar.
Akkreditasiya
— yuridik shaxslarning muayyan faoliyat sohasida
muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarishga
vakolatli ekanligini Milliy
akkreditasiya organi tomonidan rasman tasdiqlash;
Akkreditasiya sohasi
— muvofiqlikni baholash organining akkreditasiya
chog‘ida Milliy akkreditasiya organi tomonidan belgilanadigan faoliyati sohasi;
Inspeksiya nazorati
— mahsulotni,
ishlab chiqarish jarayonlarini,
xizmatlarni, menejment tizimlarini, muvofiqlikni baholash
organlarini ularning
muvofiqlikni baholash davrida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash
maqsadida amalga oshiriladigan davriy qayta baholash tartib-taomili;
Inspeksiya organi
— yukni ortishdan oldin va (yoki)
yukni tushirish
vaqtidagi inspeksiyani va inspeksiya nazoratini o‘tkazish uchun belgilangan
tartibda akkreditasiya
qilingan yuridik shaxs;