Word dasturi. Ms Excel elektron jadvali



Yüklə 227 Kb.
səhifə1/14
tarix28.11.2023
ölçüsü227 Kb.
#137302
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
maruza 3


3-mavzu: Microsoft office dasturlari. Matnli axborotlarini qayta ishlash. Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari.
Reja:

  1. Microsoft office dasturlari haqida.

  2. Word dasturi.

  3. Ms Excel elektron jadvali.

Microsoft Offiсe dasturlaridan foydalanuvchi har bir masalani yechishda, hujjatlarni taxrirlashda va boshqa ishlarda unimli foydalanishi mumkin. Officedan foydalangan foydalanuvchi ekranni oʻz xohishi boʻyicha oʻzgartirishi, shriftlarni tanlashi, printerlarni tanlashi, boshqa tizimlarni disklarga yozishi, qoʻshimcha kompyuter qurilmalarini oʻrnatishi va hakozo imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Qisqa qilib aytganda, kompyuter ishini oʻz xohishiga moslab kompyuter xotirasi, ekranni, ishlash tezligi, qoʻshimcha qurilmalaridan optimal foydalanishi mumkin. Mashxur Microsoft korporatsiyasi shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun koʻpgina dasturlar va operatsion tizimlarni ishlab chiqarishni jadal rivojlantirmoqdalar. Jumladan, foydalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun OFFICE dasturlar toʻplamini ham ishlab chiqarishgan.


Koʻpgina foydalanuvchilar Windows operatsion tizimi bilan OFFICE dasturlar toʻplamini chalkashtirishadi. Toʻgʻri, bu ikkala dasturlarni ham Microsoft korporatsiyasi ishlab chiqqan va asosan shaxsiy IBM va Pentium kompyuterlariga oʻrnatishga moʻljallangan. Windows operatsion tizimi OFFICE dasturlarisiz bemalol ishlay oladi, lekin OFFICE dasturlari Windows dasturisiz ishlamaydi. Windows dasturlarining quyidagi versiyalari mavjud: Windows-3.X, Windows-95, Windows-98, Windows-2000, Windows-2002, Windows NT, Windows XP va hokazo. Office dasturlar toʻplamini esa quyidagi versiyalari mavjud: Office-95, Office-96, Office-97, Office-2000, Office-2002 va Office XP. Office-2003 dasturlar toʻplamini shaxsiy kompyuterga oʻrnatish uchun kompyuterda Windows operatsion tizimi oʻrnatilgan boʻlishi, soʻng kompyuter operativ xotirasi kamida 8-16 Mb boʻlishi va qattiq diskda kamida 250 Mbdan 700 Mbgacha (Officedan foydalanish imkoniyatiga qarab) boʻsh joy boʻlishi lozim.

Yüklə 227 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə