Vizantiyadagi kelgindi slavyan dehqon aholining ahvoli «Dehqon-chilik qonuni»da juda yaxshi ta’riflangan



Yüklə 6,66 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü6,66 Kb.
#161981
1   2
Vizantiyadagi kelgindi slavyan dehqon aholining ahvoli «Dehqon-c-hozir.org (2)

pa-riklar deb yuritilgan. Feodallarning yerida dehqonchilik qilib, unga obrok - feodal rentasi to‘lovchi krepostnoy dehqonlar - pariklar Vizantiya qishloqla-rida ko‘pchilikni tashkil etadigan bo‘lib qoldi. Ular yerga egalik qilish huqu-qidan mahrum bo‘lib, faqat o‘z merosiy yer ulushlarini ushlab turuvchilar hisoblanardilar, xo‘jayinga ishlab berish, natural yoki pul shakllarida renta solig‘i to‘lash majburiyatiga ega edilar. Ular davlat dehqonlaridan farq qilib XIII-XV asrlarga qadar yerga biriktirib qo‘yilmagan edi.

Vizantiya jamiyatining eng quyi qismida ilgarigidek qullar turardi. Qulchilikning uzoq vaqt saqlanib qolganligi Vizantiya ijtimoiy tuzumining xarakterli belgisi hisoblanadi. Qul mehnatidan uy xo‘jaligida keng foyda-lanilgan. Ular asosan hovli ichidagi har xil ishlarni bajarishardi. Ulardan qishloq xo‘jalik ishlarida, ayniqsa sug‘orish, yo‘l qurilishi ishlarida, tosh konlarida va shu kabilarda ham foydalanardilar. Deyarli har bir Vizantiya zodagonining uyida xizmatkor qullar bor edi. X-XI asrlarga kelib ularning ijtimoiy ahvoli biroz yaxshilandi. Masalan, ular cherkovda nikohdan o‘tish huquqini qo‘lga kiritadilar. Erkin kishilarni qulga aylantirish taqiqlangan. Qullar tez-tez pariklar holatiga o‘tkazib turilgan. XI-XII asrlarda qullar bi-lan boshqa ekspluatatsiya qilinuvchi kishilar o‘rtasidagi farq deyarli yo‘qoladi.


http://hozir.org
Yüklə 6,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə