Variant – I


Variant- 7. Kimyoviy asoslar, moddalar almashinuvi, ko’payish



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə3/8
tarix11.10.2017
ölçüsü0,65 Mb.
#4448
1   2   3   4   5   6   7   8

Variant- 7. Kimyoviy asoslar, moddalar almashinuvi, ko’payish

1. Quyidagilardan qaysi birining hujayrasida suvning miqdori 90% ni tashkil etadi?

A) Ko’p hujayrali organizmlarda.

V) Tish emalida.

S) Bir hujayrali organizmlarda.

D) O’simlik hujayralarida.

E) miya hujayralarida.

2.Postembrional rivojlanish davri necha xil bo’ladi?

A) 2. V) 4. S) 3. D) 5. E) 6.

3. Kimyoviy reaksiyalar energiyasini hosil bo’layotgan organik birikmalarning kimyoviy energiyasiga aylantirish nima deyiladi?

A) Fotoliz.

V) Xemosintez.

S) Metabolizm.

D) Fotosintez.

E) T.J.Y.

4. Biopolimerlar vazifasiga ko’ra, 3 guruhga ajratilgan bo’lib, ularning ikkinchi guruhi qanday funksiyani bajarishga moslashgan va nimalardan tashkil topgan?

A) Axborot saqlovchi informatsion polimerlar bo’lib, nuklein kislotalardan tashkil topgan.

V) Hosil qiluvchi biopolimerlar bo’lib, polisaxaridlar va ayrim oqsillardan tarkib topgan.

S) Biologikfunksiyalarni , bajaruvchi biopolimerlar bo’lib, ularga asosan oqsillar kiradi.

D) Axborotni tashuvchi biopolimerlar bo’lib asosan polisaxaridlardan tashkil topgan.

E) T.J.Y.

5.Quyidagilardan qaysi birida noto’g’ri rivojlanish kuzatiladi?

A) Qora baliqda.

V) Sichqonda.

S) Oq planariyada.

D) Qaldirg’ochda.

E) Assidiyada.

6. Yumaloq oqsilni belgilang.

A) Hayvonlar juni.

V) Ipak qurtining ipagi.

S) Odam sochi.

D) Gemoglobin.

E) A va S.

7.Yorug’lik ta’sirida suv dissotsialanishi nima deyiladi?

A) Metabolizm.

V) Fotosintez.

S) Fotoliz.

D) Xemosintez.

E) T.J.Y.

8. Salomaleykum o’simligi tugunagi hisobiga 1 m2 joyda qanchagacha yangi o’simlik hosil qiladi?

A) 1000 ta.

V) 200 ta.

S) 150 ta.

D) 1500 ta.

E) 1800 ta.

9.Disaxaridlar keltirilgan javobni belgilang.

A) Glyukoza

V) Kraxmal.

S) Glikogen.

D) Qand lavlagi shakari..

E) Fruktoza.

10. Quyidagi hujayralardan qaysi biri butun hayoti davomida bo’linib ko’payib turadi?

A) Nerv, ichak epiteliysi hujayrasi.

V) Qon, suyak iligi, muskul hujayrasi.

S) Suyak iligi, ichak epiteliysi, epidermis hujayrasi..

D) Muskul, epidermis hujayrasi.

E) T.J.B.

11. Shizogoniya usuli bilan ko’payuvchi organizmlarni belgilang.

A) Amyoba. V) Xara.

S) Xlomidomonada.

D) Evglena. E) Qoraqat.

12. Osh tuzining kuchsiz eritmasida eriydigan oqsil nima deyiladi?

A) Globulin. V) Xromoprotein.

S) Albumin.

D) Nukleoprotein.

E) Lipoprotein.

13. Quyidagilardan qaysi biri hujayra tashqarisidagi suyuqlik va qonda buferlik vazifasini bajaradi?

A) H2PO4- va HPO4.

V) H2CO3 va HCO3

S) OH- va H+

D) K+ va Na+

E) H2PO4- va HCO3.

14. Mitozning qaysi bosqichida bo’linish urchug’i to’liq shakllanadi?

A) Anafaza..

V) Telofaza.


S) Profaza.

D) Metafaza.

E) A va D.

15. Quyidagi oqsillardan qaysi biri barcha tirik organizmlar tarkibida uchraydi va yadro hamda sitoplazmaning ajralmas qismi hisoblanadi?

A) Albumin.

V) Lipoprotein.

S) Nukleoprotein.

D) Xromoprotein.

E) Globulin.

16. Glyukozaning kislorodsiz sharoitda sut kislotagacha parchalanishi tufayli ajralib chiqayotgan energiyaning necha foizi ATF tarkibida to’planadi?

A) 50%. V) 76%. S) 24%.

D) 40%. E) 84%.

17. O’simlik endospermining triploid tabiatga egaligini qaysi olim nechanchi yilda kashf qilgan?

A) S.G.Navashin, 1898 y.

V) J.Uotsin, 1953 y.

S) T.Morgan, 1879 y.

D) K.Ber, 1898 y.

E) M.S.Navashin, 1915 y.

18.Yog’larning kaloriyasi karbonsuvlarga nisbatan necha barobar yuqori?

A) 5-15. V) 1. S) 1,5-2.

D) 2-3. E) 1,5.

19.Meyozning qaysi fazasida xromosomalarning spirallanish darajasi eng yuqori ko’rsatkichga ega bo’ladi?

A) Profaza I.

V) Metafaza I.

S) Anafaza I.

D) Telofaza I.

E) Barchasida yuqori bo’ladi.

20. Glyukozaning qondagi miqdori nechaga teng?

A) 0,1-0,2%

V) 1 -2%.

S) 0,1-0,12%.

D) 5%.


E) 0,2-0,15%.

21. Quyidagilardan qaysi biri globulinlarning vakili hisoblanadi?

A) Tuxum oqsili.

V) Ayrim o’simliklar oqsili.

S) Xromoprotein.

D) Qon tarkibidagi oqsil.

E) D va V.

22.Monosaxaridlar berilgan javobni belgilang.

A) Kraxmal.

V) Maltoza.

S) Sut shakari.

D) Sellyuloza.

E) Riboza.

23. Meyozning qaysi fazasida xromosomalarning tarqalishi turli xil variantlarda amalga oshadi?

A) Profaza I. V) Metafaza I.

S) Anafaza I. D) Telofaza I.

E) Barchasida yuqori bo’ladi.

24. Bir molekula glyukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog’larda to’plangan potensial energiya miqdori nechaga teng?

A) 40 kj. V) 1600 kj. S) 17,6 kj.

D) 2800 kj. E) 586 kj.

25. Meyozning qaysi fazasida xromosomalari gaploid to’plamga ega bo’lgan ikkita hujayra hosil bo’ladi?

A) Profaza II.

V) Metafaza I.

S) Metafaza II.

D) Telofaza II.

E) Telofaza I.

26. Quyidagilar ichidan qaysi biri don shakari hisoblanadi?

A) Maltoza.

V) Saxaroza.

S) Laktoza.

D) Fruktoza.

E) Glyukoza.

27. ATF tarkibidagi uchinchi fosfat kislotaning ajralishi qancha energiya chiqishiga imkon beradi?

A) 40 kj.

V) 1600 kj.

S) 17,6 kj.

D) 2800 kj.

E) 586 kj.

28. Biopolimerlar vazifasiga ko’ra, 3 guruhga ajratilgan bo’lib, ularning birinchi guruhi qanday funksiyani bajarishga moslashgan va nimalardan tashkil topgan?

A) Axborot saqlovchi informatsion polimerlar bo’lib, nuklein kislotalardan tashkil topgan.

V) Tuzilmalar hosil qiluvchi biopolimerlar bo’lib, polisaxaridlar va ayrim oqsillardan tarkib topgan.

S) Biologikfunksiyalarni , bajaruvchi biopolimerlar bo’lib, ularga asosan oqsillar kiradi.

D) Axborotni tashuvchi biopolimerlar bo’lib asosan polisaxaridlardan tashkil topgan.

E) T.J.Y.

29. Tut ipak qurtining voyaga yetgan kapalagi necha kun yashaydi?

A) 10-12 kun.

V) 20-24 kun.

S) 2-3 oy.

D) 5-10 kun.

E) 5-12 kun.

30. Qaysi modda erituvchi sifatida hujayra moddalarining parchalanishini ta’minlaydi?

A) Spirt.

V) Aldegid.

S) Suv.


D) Keton.

E) Efir.


31. Odam tomonidan iste’mol qilinadigan bir kunlik ozuqaning energiyasi qanchaga teng?

A) 3000 kkal.

V) 4500 kkal.

S) 3500 kkal.

D) 2800 kkal.

E) 3500-4000 kkal.

32. Blastula qanday shaklga ega bo’lib, uning devori necha qavat hujayralardan tashkil topgan?

A) Ovalsimon, ko’p qavatdan.

V) Ovalsimon,1 qavatdan

S) Sharsimon, 3 qavatdan.

D) Ma’lum bir shaklga ega bo’lmaydi, 2 qavatdan.

E) Sharsimon, 1 qavatdan.

33. 1 gr. Yog’ning to’liq parchalanishi natijasida qancha miqdorda energiya ajralib chiqadi?

A) 40 kj. V) 38,9 kj.

S) 17,6 kj. D) 39,6kj.

E) 40 kj.

34. Quyidagi o’simliklardan qaysi birlari ildiz tugunaklari orqali ko’payadi?

A) Kartoshka.

V) Lola.

S) Begoniya bargi.

D) Shirinmiya.

E) Ajriq.

35.Glyukoza achitqilar ishtirokida parchalanganda qaysi moddalar hosil bo’ladi?

A) Sut kislota, suv.

V) Sut kislota, karbonat angidrid.

S) Bir molekula etil spirti, suv.

D) Ikki molekula sut kislota, karbonat angidrid.

E) Ikki molekula etil spirti, karbonat angidrid.

36. Avtotrof organizmlar qaysi energiya manbaidan foydalanishiga qarab necha guruhga bo’linadi?

A) 2. V) 4. S) 3. D) 5.

E) Hech qanday guruhga bo’linmaydi.



Variant 8. Genetika. .

1. Albinizm kasalligi qanday belgilari bilan farqlanadi?

A) Terida pigment bo’lmasligi.

V) Sochlar oq.

S) Ko’rish qobiliyatida kamchiliklar bo’lishi.

D) Quyosh nuriga juda ta’sirchan bo’lishi.

E) Barchasi.

2. Tovuqlarda jingalak patli zotlar uchraydi. Bunday pat tovuq tanasida yopishib turmaydi, ko’pincha sinib ketadi. Ularda ovqat hazm qilish yurak qon tomir faoliyatining ishi buziladi. Bu hodisa nimaga misol bo’ladi?

A) To’liq dominantlik;

V) Epistaz;

S) Polimeriya;

D) Komplementariya.

E) Pleyotropiya.

3. Organizmdagi belgilarning tashqi muhit omillari ta’sirida muayyan doirada, genotipga bog’liq holda o’zgarish qobiliyati nima deb ataladi?

A) Poliploidiya;

V) Vivalent;

S) Albinizm;

D) Pleyotropiya;

E) Reaksiya normasi.

4.Qaysi belgilar dominant genlar bilan irsiylangan kaslliklar hisoblanadi?

A) Qandli diabet, braxidaktiliya.

V) Tug’ma karlik, ko’z shox pardasining ko’rlikka olib keladigan irsiy degeneratsiyasi.

S) Kalta barmoqlilik, sil kasalligiga moyillik.

D) Gemofiliya, shizofreniya.

E) Barchasi.

5. Mendel tajribalarining mohiyati nimadan iborat?

A) O’rganilayotgan belgilarning barcha individlarda namoyon bo’lishini sifat jihatdan aniq hisobga olib borish.

V) O’rganilayotgan belgilarning barcha individlarda namoyon bo’lishini miqdor jihatdan aniq hisobga olib borish.

S) O’rganilayotgan belgilarning barcha individlarda namoyon bo’lishini sifat va miqdor jihatdan aniq hisobga olib borish.

D) O’rganilayotgan belgilarning birinchi avlod individlarida namoyon bo’lishini sifat jihatdan aniq hisobga olib borish.

E) O’rganilayotgan belgilarning barcha individlarda jinsga bog’liq holatda namoyon bo’lishini aniq hisobga olib borish.

6. Qaysi metod yordamida odam genomini tashkil qiluvchi DNK molekulasida joylashgan genetik

axborot – genlar tuzilishi va funksiyasini tadqiq qiladi?

A) Geneologik;

V) Sitogenetik;

S) Molekulyar genetik;

D) Egizaklar;

E) Biokimyoviy.

7. . Klaynfilter sindromida xromosomalar soni nechta bo’ladi?

A) 46 ta; V) 47 ta; S) 48 ta;

D) 45 ta; E) 23 ta.

8. Qaysi kasalliklar retsessiv holda nasldan – naslga o’tishi geneologik usul yordamida aniqlangan?

A) Qandli diabet, braxidaktiliya.

V) Tug’ma karlik, ko’z shox pardasining ko’rlikka olib keladigan irsiy degeneratsiyasi.

S) Kalta barmoqlilik, sil kasalligiga moyillik.

D) Gemofiliya, shizofreniya.

E) Barchasi.

9. To’satdan vujudga keladigan va qat’iy ravishda nasldan-naslga o’tadigan o’zgarishlar natijasida paydo bo’lgan belgilarni ko’rsating.

A) Xushbo’y no’xatning kalta poyali navlari;

V) Kalta oyoqli qo’ylar;

S) Tovuqlarda patning bo’lmasligi;

D) Pigmentlarning bo’lmasligi;

E) Barmoqlarning kalta bo’lishi.

10. Mendel qo’llagan gidrologik usulning asosiy ahamiyati nimadan iborat?

A) Belgilari bir –biriga o’xshash ota-ona formalarini chatishtirib, kuzatilayotgan belgilarni birinchi avlodda o’rganish.

V) Belgilari bir –biriga o’xshash ota-ona formalarini chatishtirib, kuzatilayotgan belgilarni birnecha avlodda o’rganish.

S) Belgilari bir –biridan ajralib turadigan ota-ona formalarini chatishtirib, kuzatilayotgan belgilarni birinchi avlodda o’rganish.

D) Belgilari bir –biriga ajralib turadigan ota-ona formalarini chatishtirib, kuzatilayotgan belgilarni birnecha avlodda o’rganish.

E) Mendel o’z tadqiqotlarida gidrologik metodni qo’llamagan

11. Gametalar sofligi gipotezasi izohlangan javobni belgilang.

A) Somatik hujayralarning hosil bo’lishida har bir gametalar juft genlardan faqat bittasiga ega bo’ladi.

V) Jinsiy hujayralarning hosil bo’lishida har bir gametalar juft genlardan barchasiga ega bo’ladi.

S) Jinsiy hujayralarning hosil bo’lishida har bir gametalar juft genlardan faqat bittasiga ega bo’ladi.

D) Somatik hujayralarning hosil bo’lishida har bir gametalar juft genlardan barchasisiga ega bo’ladi.

E) Gametalarning hosil bo’lishida somatik hujayralarning barcha genlariga ega bo’ladi.

12.Bir xromosomada joylashgan genlarning birikish hodisasi kimning qonuni bilan mashhur.

A) G.Mendel. V) T. Morgan

S) G.De-Friz. D) Ye. Chermak.

E) K.Korrens.

13. Fenotipik o’zgaruvchanlikka xos xususiyatlar keltirilgan qatorni aniqlang.

1. nasldan – naskga o’tmaydi;

2.nasldan-naslga o’tadi;

3.o’zgarishlar guruhli xarakterga ega.

4. o’zgarishlar individual xaraktega ega;

5.tashqi muhit ta’siriga bog’liq;

6. o’zgaruvchanlik chegaralari genotip bilan aniqlanadi.

A)1,3,5,6. V) 2,3,4,6. S) 5,6.

D) 1,4,5. E) 2,4,6.

14.Nima ta’sirida mutatsiyalar paydo bo’lishini 150 marta oshirishga erishildi?

A) Ionlashuvchi reaksiya nurlari.

V) Kimyoviy moddalar.

S) Muhitni keskin o’zgartirish.

D) Rentgen nurlari

E) ota-onadagi belgilarning juda katta farq qiladiganlarini tanlab olish.

15. . Nomozshomgul o’simligi ikki irsiy formasini chatishtirish nimaga misol bo’ladi?

A) Polimeriya. V) Epistaz.

S) Genlarning ko’p tomonlama ta’siri.

D) Komplementariya. E) Chala dominantlik.

16. Qanday mutatsiyaga ega organizmlar gomo yoki geterozigota holatlarida yashovchan bo’lmaydi va individual rivojlanishning dastlabki bosqichlaridayoq nobud bo’ladi?

A) Dominant mutatsiya.

V) Generativ mutatsiya.

S) Somatik mutatsiya.

D) Gen mutatsiyasi.

E) Nuqtali mutatsiya.

17. Tibbiyot genetikasining bir necha usullari yordamida qaysi kasalliklarni har xil dorilar yordamida davolash yo’llari topilgan.

A) Qandli diabet, raxit, sindaktiliya.

V) Daun sindromi, shershevskiy terner sindromi., klaynfilter sindromi.

S) Gemofiliya, mikrosefaliya, daltonizm.

D) Fenilketonuriya, raxit, polimiyelit.

E) Polidaktiliya, ensefalit, qandli diabet.

18. Ayrim hollarda xromosomadan ajralgan qism gomologik bo’lmagan xromosoma bilan birikib, genlarning yangi kombinatsiyasini paydo bo’lishi va ularning o’zaro ta’siri xarakteri mutatsiyaning qaysi turiga mansub?

A) Gen mutatsiyasi.

V) Xromosoma mutatsiyasi.

S) Generativ mutatsiya.

D) Somatik mutatsiya.

E) Nuqtali mutatsiya.

19. Odam tana hujayralarida genlarning nechta birikish guruhi mavjud?

A) 20. B) 22. S) 18. D) 23. E) 46.

20. Moddalar almashinuvi jarayonining buzilishi natijasida paydo bo’ladigan kasalliklarni toping.

A) Qandli diabet, fenilketonuriya, galoktozemiya.

B) Sindaktiliya, fenilketonuriya, polidaktiliya, Daun sindromi.

S) Daun sindromi, Klaynfelter, Shershevskiy – Terner sindromi.

D) Mikrosefaliya, bo’qoq, Klaynfelter sindromi.

E) Polidaktiliya, mikrosefaliya.

21Qaysi irsiy kasalliklar dominant holatda irsiylanadi?

A) Sindaktiliya, mikrosifaliya.

B) Polidaktiliya, fenilketonuriya.

S) Fenilketonuriya, gemofiliya.

D) Fenilketonuriya, daltonizm.

E) Mikrosefaliya, fenilketonuriya.

22.Qaysi metod odamning normal va kasallik belgi, xususiyatlarining genetikasi, ularning mumkin qadar ko’proq avlodlarning nasl- nasabi haqida ma’lumot to’plash va tahlil qilish orqali

o’rganiladi?

A) Geneologik;

B) Sitogenetik;

S) Molekulyar genetik;

D) Egizaklar;

E) Biokimyoviy.

23. Genlarning o’zaro qanday ta’siri natijasida F2 da fenotip bo’yicha 9:6:1 nisbat kelib chiqadi?

A) Genlarning epistatik ta’siri natijasida.

B) Genlarning kompementariya ta’siri.

S) Polimeriya.

D) Pleyotropiya.

E) Genlarning birikkan holda irsiylanishi.

24. Qaysi vaqtda belgilar to’liqsiz holatda irsiylanadi?

A) Belgilar bir-biriga birikkan bo’lsa.

B) Krossingoverlangan gametalar orqali.

S) Alternativ genlarda jaoylashgan bo’lsa.

D) Allel belgilar.

E) Pleyotropiyada.

25. Jinsiy ko’payishda belgilarning bir qancha avlodlarida nasldan – naslga o’tib borishidagi asosiy qonuniyat dastlab nechanchi yilda e’lon qilingan?

A) 1660 y; B) 1735 y; S) 1865;

D) 1995 y; E) 1900;

26. Tibbiyot genetikasining dolzarb vazifalariga nimalar kiradi?

A) Mutatsiyalarning yuzaga kelish sabablarini aniqlash.

B) Irsiy kasalliklarning oldini olish.

S) Irsiy kasalliklarni davolash.

D) A, B E) A,B,S.

27. Qaysi belgilar dominant belgi hisoblanadi?

1. Yuzi botiq bo’lishi;

2. Quloq suprasi pastki qismining yopishgan bo’lishi;

3. Sochning tekis farq hosil qilmay o’sishi;

4. Til uchini qayira olish;

5.Bosh barmoqlarning to’mtoq bo’lishi;

6. Tilni nay shakliga keltira olish;

7. Teri, qaosh va kipriklarning oppoq bo’lishi; 8.Ko’z qorachig’ining to’liq ko’rinmasliga;

A) 1,2,3,4. B) 1,3,5,7. S) 2,4,6,8.

D) 1,3,4,6. E) 2,4,7,8.

28. Chala dominantlik orqali irsiylanadigan belgilarni belgilang.

A) Qulupnay mevasining rangi, qushlar patining rangi.

B) Odamgi biokimyoviy belgilar, qushlar qanotining tuzilishi.

S) Andaluz tovuq patining rangi, qovoq mevasi shakli.

D) Bug’doy doni rangi, paxta tolasi rangi.

E) Barchasi.

29.Ba’zi bir genlarning pleyotrop ta’sirida organizmdagi turli organlarning rivojlanishida katta o’zgarishlar ro’y beradi, natijada ular nobud bo’ladi. Bunday genlar….. deyiladi?

A) Polimer genlar.

B) Komplementar genlar.

S) Letal genlar. D) Izogenlar.

E) Dominant gen.

30. Qaysi irsiy kasallik resessiv holatda irsiylanadi?

A) Sindaktiliya, mikrosifaliya.

B) Polidaktiliya, fenilketonuriya.

S) Fenilketonuriya, gemofiliya.

D) Fenilketonuriya, daltonizm.

E) Mikrosefaliya, fenilketonuriya.

31. Genotipi aabbCC x AabbCc bo’lgan ota-ona organizmlarini o’zaro chatishtirish natijasida F1 da hosil bo’lgan duragaylar genotipi berilgan qatorni aniqlang.

A) AaBbCc, AabbCc, aabbCC, aabbCc.

V) AabbCC, AabbCc, aabbCC, aabbCc.

S) Aabbcc, aabbcc, aaBbCc, aabbcc.

D) aaBbCc, aabbCc, AabbCC, AabbCc.

E) aabbCC, AabbCc, AabbCc, AabbCC.

32. Quyidagi genotipga ega bo’lgan organizmlarning qaysi birlarini o’zaro chatishtirish natijasida 1:1:1:1:1:1:1:1 nisbat olish mumkin?

A) AaBbCC x AA BbCc.

V) AaBbcc x aabbCc.

S) AabbCc x aaBbCc.

D) aabbcc x AaBbCC.

E) AabbCC x aaBbCc.

33.Bug’doyda A1A2 genlar bahorlik xususiyatini a1a2 genlar esa kuzlik xususiyatini namoyon qiladi. A1A1A2A2 genotipga ega shakllarda bahorlik xususiyati, a1a1a2a2 genotipli shakllarda kuzgilik belgi kuchli ifodalangan bo’ladi.

A1a1a2a2 x a1a1A2a2 organizmlarning chatishtirishda olingan shakllarning genotipi va fenotipini aniqlang.

A) A1a1A2a2; A1a1a2a2; a1a1A2a2 (barchasi bahorgi).

V) A1a1a2a2; a1a1a2a2 (1 ta bahorgi, 1 ta kuzgi.)

S) A1a1A2a2; A1a1a2a2; a1a1A1a1; a1a1a2a2 (3ta bahorgi, 1 ta kuzgi.)

D) A1a1A2a2; A1a1a2a2; a1a1A2A2; A1A1 a2a2 (2 ta bahorgi, 2 ta kuzgi.)

E) A1a1A2A2; A1A1A2A2; a1a1a2a2(2ta bahorgi, 1 ta kuzgi.)

34.Odamda gemofiliya kasalligini keltirib chiqaruvchi gen x xromosomada joylashgan. Otasi sog’lom onasi gemofiliya bilan kasallangan yigit otasi gemofiliya bilan kasallangan, onasi fenotip va genotip jihatidan sog’lom qizga uylandi.

Ularning nikohidan gemofiliya bilan kasallangan o’g’il va gemofiliya genini tashuvchi qiz tug’ildi. Nikohlangan qiz va yigitning genotipini aniqlang.

A) XhXh x XHY.

V) XHXH x XhY.

S) XHXh x XHY.

D) XHxh x XhY.

E) XhXh x XhY.

35. Julrang urg’ochi drozofila kulrang erkagi bilan chatishtirildi. Faqat erkak sariq drozofilalar olindi. Ota-ona genotiplarini aniqlang.

A) XAX a x XAY.

V) XAXA x XAY.

S) XAXA x XaY.

D) XaXa x XAY.

E) XaXa x XaY.

36. Genotipi AaBbCcDdEeFF bo’lgan organizm necha xil gameta hosil qiladi?

A) 8. V) 10. S) 32. D) 16. E) 64.



Variant 9. Genetika.

1. Albinos organizmlarning juni oq, ko’zi qizil bo’lishi qanday irsiylanadi?

A) Genlarning epistatik ta’siri natijasida.

B) Genlarning kompementariya ta’siri.

S) Polimeriya.

D) Pleyotropiya.

E) Genlarning birikkan holda irsiylanishi.

2. No’xatsimon tojli xo’rozlarning genotipi qanday?

A) AABB. B) AaBb. S) aabb.

D) aaBb E) Aabb.

3. Odamdagi braxidaktiliya qanday mutatsiyaga misol bo’ladi?

A) Xromosoma

B) Gen


S) Sitoplazmatik

D) Somatik.

E) Jinsiy.

4. Qaysi hayvonlar kariotipida “Y” xromosoma umuman bo’lmaydi?

A) Tog’ayli baliqlarda.

B) Y xromosoma doimo bo’ladi.

S) Ayrim hasharotlarda.

D) Chuvalchanglarda.

E) Sut emizuvchilarda.

5. Qaysi kasallik yangi tug’ilgan chaqaloqlarda aniqlanib, o’z vaqtida davolanmasa mikrosefaliya kasalligi rivojlanadi?

A) Polidaktiliya. B) Fenilketonuriya.

S) Sindaktiliya. D) Braxidaktiliya.

R) Shizofreniya.

6. Nilufarning suv ostidagi bargi lansetsimon, suv ustidagisi – voronkasimon bo’lishi qanday o’zgaruvchanlikka misol bo’ladi?

A) Kombinativ. B) Fenotipik..

S) Rekombinogenez. D) Mutatsion.

E) Genotipik.

7. Alternativ belgilar keltirilgan qatorni aniqlang.

A) Tekis- yashil;

B) Sariq- silliq;

S) Kar-soqov – yaxshi eshitish;

D) Qora – kalta;

E) Sariq – uzun.

8. Agar organizmning genotipida bitta xromosoma yo’qolgan bo’lsa, uni ….deb ataladi?

A) Monosomik liniyalar.

B) Poliploid organizm.

S) Izogen liniya.

D) Tetrasomik liniya.

E) Poligen organizm.

9. Autosomalar sonining o’zgarishi natijasida sodir bo’luvchi irsiy kasallikni ko’rsating.

A) Sindaktiliya.

B) Shershevskiy terner sindromi. S) Daun sindromi.

D) Klaynfilter terner sindromi.

E) Gemofiliya.

10. Tibbiyot genetikasining dolzarb vazifalari nimalardan iborat?

1. Odamlarda mutatsiyalarning yuzaga kelish sabablarini aniqlash; 2. Gomozigotalilikni kuchaytirish; 3. Irsiy kasalliklarning oldini olish; 4. Xromosomalar shaklini o’rganish; 5. Irsiy kasalliklarni davolash shaklini aniqlash.

A) 2,3,5. B) 1,2,5. S) 1,3,5.

D) 1,2,4. E) 1,2,3.

11. Jinsiy xromosomalarning o’zgarishi natijasida sodir bo’luvchi irsiy kasalliklarni ko’rsating.

A) Daun sindromi, klaynfilter sindromi.

B) Klaynfilter sindromi, Shershevskiy terner sindromi.

12. Krossingover miqdori …. bog’liq?

A) Genlar orasidagi masofaga.

B) Xromosoma shakliga.

S) Gen tarkibidagi nukleotidlar soniga;

D) Xromosomalar uzunligiga.

E) Xromosoma soniga.

13. Mutatsiyalar qanday bo’lishi mumkin?

A) Dominant, retsessiv.

B) Generativ, somatik.

S) xromosoma, gen.

D) Foydali, zararli.

E) Barchasi.

14. Pigmentning sintez qilinishini to’xtatib qo’yadigan gen faoliyati oqibatida organizm butun tana yuzasi oq rangda bo’lishi nima deyiladi?

A) Poliploidiya;

B) Vivalent;

S) Albinizm;

D) Pleyatropiya;

E) Reaksiya normasi.

15. Organizmlarning individual rivojlanishida hosil bo’lgan belgi va xususiyatlarning yig’indisi nima deyiladi?

A) Genotip; B) Fenotip;

S) Irsiyat; D) Albanizm;

E) Vivalent.

16. Tibbiyot genetikasi nimani tarkibi hisoblanadi?

A) Biotexnologiyaning.

B) Antropogenetikaning.

S) Embriologiyaning.

D) Sitogenetikaning.

E) Molekulyar genetikaning.

17. . Ingibitor deb ataluvchi gen – genlarning qaday ta’sirida ko’rishimiz mumkin?

A) Genlarning epistatik ta’siri natijasida.

B) Genlarning kompementariya ta’siri.

S) Polimeriya.

D) Pleyotropiya.

E) Genlarning birikkan holda irsiylanishi.

18. Erkakning somatik hujayralarida nechta jinsiy xromosoma bo’ladi?

A) 46. B) 2. S) 22.

D) Jinsiy xromosoma faqat jinsiy hujayralarda bo’ladi. E) 23.

19. Poligenlarning o’zaro ta’sirida belgilarning irsiylanishi qonunlarining kashf etilishi va rivojlanishiga kimlar hissa qo’shgan?

A) T.Morgan, Miller; B) Ele, Levit;

S) Panoport, Ust. D) Bridjes, Efroyson;

E) Betson, Niyasson.

20. Mutatsiyalar ta’sir doirasiga qarab qanday bo’lishi mumkin?

A) Dominant, retsessiv.

B) Generativ, somatik.

S) xromosoma, gen.

D) Foydali, zararli.

E) A va D

21. O’rganilgan belgi genlari bo’yicha gomozigotali o’simliklar guruhiga nima deyiladi?

A) Monosomik liniyalar.

B) Poliploid organizm.

S) Izogen liniya.

D) Tetrasomik liniya.

E) Poligen organizm.

22. Genlarni qanday chatishtirish natijasida F2 fenotip jihatdan 13: 3 nisbat kelib chiqadi?

A) Genlarning epistatik ta’siri natijasida.

B) Genlarning kompementariya ta’siri.

S) Polimeriya.

D) Pleyotropiya.

E) Genlarning birikkan holda irsiylanishi.

23. Uy hayvonlarining sut miqdori va yog’liligi qanday genlar ishtirokida irsiylanadi va rivojlanadi?

A) Komplementar genlar. B) Epistaz genlar.

S) Monogenlar. D) Poligenlar.

E) S va D.

24. Qaysi mutatsiya “generativ” deyiladi?

A) Autosoma xromosomalarda sodir bo’ladigan.

B) Somatik hujayralarda sodir bo’ladigan.

S) Jinsiy hujayralarda sodir bo’ladigan.

D) Jinsiy xromosomalarda sodir bo’ladigan.

E) Genlarda sodir bo’ladigan.

25. Murakkab miqdoriy, jumladan, xo’jalik uchun ahamiaytli belgilarning irsiylanishini o’rganuvchi metod - ….?

A) molekulyar-genetik;

B) ontogenetik;

S) populyatsion-statik;

D) sitogenetik;

E) Shajara.

26. Qaysi metod bir organizmning noyob genlari yoki xromosomalarini boshqa organizmga ko’chirub o’tkazishni ishlab chiqishga asoslangan?

A) Populyatsion – statistik;

B) Sitogenetik;

S) Ontogenetik;

D) Molekulyar genetik.

E) Genetik injeneriya.

27. Qaysi metod yordamida organizmlarning individual rivojlanish jarayonida genotip va tashqi muhit omillari ta’sirida belgi va xususiyatlarning fenotipda namoyon bo’lishi qonuniyatlari o’rganiladi?

A) Populyatsion – statistik;

B) Sitogenetik;

S) Ontogenetik;

D) Molekulyar genetik;

E) Genetik injeneriya.

28. Oraliq irsiylanishning ikkinchi avlodida fenotipik va genotipik sinflarning o’zaro nisbati qanday bo’ladi?

A) o’xshash(3:1).

B) o’xshash(1:2:1).

S) fenotip bo’yicha(1:3), genotip bo’yicha(1:1).

D) o’xshash(1:1).

29. Odamlardagi irsiy kasalliklar kelib chiqishiga qarab qanday guruhlarga bo’linadi?

A) Xromosoma, gen.

B) Dominant, resessiv.

S) Zararli, foydali, neytral

D) Irsiylanadigan, irsiylanmaydigan.

E) Gomozigotali, geterozigotali.

30. Qaysi metodni samarali qo’llash natijasida odamda xromosomalar soni hamda ular tuzilishining o’zgarishi bilan bog’liq anchagina irsiy kasalliklar bor ekanligini aniqlang.

A) Geneologik;

B) Sitogenetik;

S) Molekulyar genetik;

D) Egizaklar;

E) Biokimyoviy.

31 Genlarning komplementar ta’sirida oshqovoq mevasining gardishsimon shaklini qaysi genotip belgilaydi?

A) AABb. V) Aabb.

S) aabb. D) aaBB. E) aaBb.

32.Qora va jingalak sochli, ko’kko’z ayol sariq silliq sochli, qo’yko’z yigitga turmushga chiqib, sariq silliq sochli ko’kko’z farzand ko’rdi. Ota-onasining genotipi qanaqa?

A) AaBBcc x aabbaa.

V) AaBbCc x aabbaa.

S) AaBbcc x aabbCc.

D) AaBbcc x aabbCc.

E) AaBbCc x AaBbCC.

33. Tovuqlarda (B) gen patining chipor, (b) gen qora rangda bo’lishini ta’minlaydi. Tajribada chipor tovuq qora xo’roz bilan chatishtirilgan. F1 da 16 ta tovuq va xo’rozlar olingan. Ota- ona organizm genotipini toping.

A) ZBW x ZbZb. V) ZbW x ZBZB.

S) ZbW x ZBZb. D) ZBW x ZBZb.

E) ZbW x ZbZb.

34.Pomidorning gomozigota uzun poyali, geterozigota qizil va yumaloq formasi, gomozigota kalta poyali, sariq va noksimon mevali formasi bilan chatishtirilgan. F1 duragaylarning genotipini aniqlang.

A) AABBCC, AaBbCc, AaBBCc, Aabbcc.

V) AaBbCc, AaBBCC, AaBBCc, AaBbcc,Aabbcc.

S) AaBbCc, aaBbCc, AABbCc, AABbcc, AaBBCc.

D) AaBbCc, AaBbcc, AabbCc, Aabbcc.

E) AABbCc, AaBbCC, AaBbCc, aaBbCc, aabbcc.

35. Quyidagi chatishtirishlarning qaysi birida fenotip bo’yicha xilma-xillik 27:9:9:9:3:3:3::1 nisbatda bo’ladi?

A) AABBCC xaabbcc.

V) AaBbCC x aabbcc.

S) AaBbCC x AaBBCC.

D) AaBbCc x AaBbCc.

E) AaBbCcDd x AaBbCcDd.

36. Triduragay chatishtirishda F2 da genotip va fenotip jihatdan har xil individlar soni nechta bo’ladi?

A) 2; 3. V) 3; 24. S) 4; 9.

D) 16; 27. E) 27; 8.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə