Variant – I



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə6/8
tarix11.10.2017
ölçüsü0,65 Mb.
#4448
1   2   3   4   5   6   7   8

Variant 17. Sonlar.

1. Hozirgi vaqtda odamda qanchaga yaqin normal va patologik belgilarning nasldan- naslga o’tib borishi bir qadar o’rganib chiqilgan?

A) 1000.V) 3000. S) 2000.

D) 4000. E) 200

2. Yerda hayot uchun haroratning eng yuqori chegarasi nechaga teng?

A) 700 C. V) 50-600 C.

S) 70-800C.

D) 750C. E) 450C.

3. Paleozoy erasi necha yil davom etgan?

A) 900 mln. V) 2000 mln. S) 340 mln. D) 175 mln.

E) 70 mln.

4. Yer yuzasiga yetib keluvchi quyosh nurlarining to’lqin uzunligi taxminan nechaga teng?

A) 0,3-10 mkm. V) 0,40-0,75 mkm.

S) 0,30-0,40 mkm. D) 0,75 mkm. E) 0,03-0,04mkm.

5.Biogen migratsiyada ishtirok etuvchi kimyoviy elementlar soni qancha?

A0 10. V) 20. S) 26. D) 70. E) 40.

6.Tabiatshunoslarning fikriga ko’ra yer bundan necha yil oldin paydo bo’lgan?

A) 3,5-4 mlrd. V) 3,5-4mln.

S) 4,5-7 mlrd.

D) 3,5 mln. E) 4,5-7 mln.

7. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning qancha turi butunlay yo’qolish xavfi ostida turibdi?

A) 63. V) 650. S) 74. D) 600. E) 230.

8.Odam molekula tuzilishi kalamush DNK tuzilishiga qancha miqdorda o’xshashligi aniqlangan?

A) 66 %. V) 8 %. S) 2 %. D) 28 % E) 17 %.

9.Gen mutatsiyasining takrorlanishi qanchaga teng?

A) 10-4-10-8. V) 10-6-10-8.

S) 10-6-10-9.

D) 10-10-10-15. E) 106.-108.

10.Atmosferadagi kislorodning hammasi necha yilda tirik moddalar orqali o’tadi?

A) 200 yilda. V) 1500 yilda.

S) 2 mln yilda.

D) 2000 yilda. E) 200-300 yilda.

11. Lanao ko’lida yagona bitta ajdod baliq turidan simpatrik yo’nalish bilan nechta baliq turi paydo bo’lgan?

A) 250. V) 43. S) 18. D) 14.E)72.

12.Tog’lar hosil bo’lishi natijasida Baykal ko’li necha yil ilgari suv havzalaridan ajralib qolgan?

A) 2 mln yil. V) 300 yil. S) 200 yil. D) 20 mln. E) 30 mln.

13.Qachon yovvoyi hayvonlar xonakilashtirildi, yovvoyi o’simliklar madaniylashtirila boshlangan?

A) Bundan 10-12 ming yil oldin.

V) Bundan 10-9 ming yil oldin.

S) Bundan 5-3 ming yil oldin.

D) Bundan 2-1 ming yil oldin.

E) Bundan 6-5 ming yil oldin.

14. Linneyning o’simliklar sistemasi nechta sinfdan iborat?

A) 14. V) 6. S) 4. D) 24. E) 8.

15. Tana haroratining doimiy saqlanishi necha xil mexanizm bo’yicha amalga oshadi?

A) 2. V) 3. S) 4. D) 5. E) 6.

16. Ibn Sino yuqumli kasalliklarning suv va havo orqali yuqishini necha yil avval aytgan?

A) 800. V) 500. S) 600-700. D) 200-300. E) 2000. 17. Mushaklarda anaerob nafas olish tufayli glyukoza molekulasi nacha molekula sut kislotagacha parchalanadi?

A) 2 V) 36. S) 18. D) 40. E) 3.

18.Yura davri yotqiziqlaridan nechta o’simlik turi aniqlangan?

A) 20. V) 200. S) 600. D) 650.

E) 250.

19. yevrosiyo bilan Shimoliy Amerikaning yagona qit’a sifatida bo’lishi necha yil davom etgan?

A) 70 mln yil. V) 20 ming yil.

S) 340 mln yil

D) 90 mln yil. E) 65 mln yil.

20. Yaponiyada bir gektar yerda qishloq xo’jaligi mahsuldorligi sust rivojlangan mamlakatlarga nisbatan necha barobar ortiq?

A) 10-20. V) 2-3. S) 5-10. D) 15-25. E) 1-2.

21. Hozirgi davrda quruqlikning necha foizini shudgorlanadigan yerlar tashkil qiladi?

A) 10. V) 20. S) 30. D) 40. E) 50.

22. Yer yuzining necha foizini okeanlar egallagan?

A) 90 %. V) 98 %. S) 75 %.

D) 70 %. E) 10 %.

23. Yer sirtiga tushadigan quyosh energiyasining qancha miqdori atmosfera va tuproqqa yutiladi?

A) 42 %. V) 58 %. S) 50 %.

D) 10 %. E) 25 %.

24. Atmosferadagi karbonat angidrid gazi necha yil davomida tirik moddalar orqali o’tadi?

A) 2000 y. V) 25 yil S) 200-300 y. D) 2 mln y. E) 1 y.

25. Biosenoz nechta asosiy tarkibiy qismdan tashkil topgan?

A) 2. V) 3. S) 4. D) 5. E) 6.

26. O’simliklarda azotning konsentratsiyasi Yer po’stiga nisbatan necha marta yuqori?

A) 10. V) 20. S) 30. D) 40. E) 50.

27.Infraqizil nurlarining to’lqin uzunligi qanchaga teng?

A) 0,3-10 mkm. V) 0,40-0,75 mkm.

S) 0,30-0,40 mkm. D) 0,75 mkm. E) 0,03-0,04mkm.

28. Okeanlar biomassasining necha qismini zoobiomassa tashkil etadi?

A) 90 %. V) 93,7 %. S) 7 %.

D) 7,6 %. E) 85 %.

29. Har minutda qancha miqdordagi suv Yer yuzasidan bug’lanadi?

A) 1 mln tonna. V) 2,5 mln tonna. S) 1 mlrd tonna.

D) 2 mlrd tonna. E) 2,2 tonna.

30. 1 gramm yog’ning parchalanishi natijasida qancha energiya ajraladi?

A) 17,6 kj. V) 2800 kj. S) 38,9 kj. D) 40 kj. E) 39 kj.

31.Harorat nechaga teng bo’lganda fermentlar faoligi buziladi va oqsillar ivib qoladi?

A) 700 C. V) 50-600 C. S) 70-800C.

D) 750C. E) 450C.

32. Hozirgi davrda quruqlikning necha foizini yaylovlar tashkil qiladi?

A) 10. V) 20. S) 30. D) 40. E) 50.

33. Hozirgi davrda o’simlik va hayvonlarning qancha miqdori quruqlikda yashaydi?

A) 93 %. V) 98 %. S) 84 %.

D) 7 %. E) 55 %.

34. Uy pashshasining chidamlilik chegarasini aniqlang.

A) 10-370C. V) 0-370C. S) 16-500C.

D) 10-500 C. E) 7-500C.

35. Paleontologiya dalillariga ko’ra prokariot hujayralar bundan necha yil ilgari paydo bo’lgan?

A) 3,5-5 mlrd. V) 3,5-4mln.

S) 4,5-7 mlrd.

D) 3,5 mlrd. E) 4,5-7 mln.

36. O’simliklarda uglevodning konsentratsiyasi Yer po’stiga nisbatan necha marta yuqori?

A) 200. V) 100. S) 40. D) 30.

E) 50.



Variant 18. Atamalar.

1. Mikoriza nima?

A) Lishayniklarning zamburug’ bilan birgalikdagi hayoti.

V) Tuban o’simliklar ildizi bilan zamburug’larning simbiozhayot kechirishi.

S) Yuksak o’simliklar ildizi bilan zamburug’larning simbioz hayot kechirishi.

D) Bakteriyalarning yuksak o’simliklar ildizida hayot kechirishi.

E) Yuksak o’simliklar tanasi bilan zamburug’larning hayot kechirishi.

2. Tashqi muhitning deyarli o’zgarmas mo’tadil sharoitda avlod-ajdod belgilariga ega individlarning saqlanib qolishi, o’zgarganlarini esa qirilib ketishi nima deyiladi?

A) Harakatlantiruvchi tanlanish.

V) Stabillashtiruvchi tanlanish.

S) Dizruptiv tanlanish. D) Sun’iy tanlanish.

E) Divergensiya.

3. Kariotip nima?

A) Jinsiy hujayraning xromosoma to’plamining miqdoriy va sifatiy belgilari yig’indisi.

V) Somatik hujayraning xromosomalar to’plamining miqdoriy belgilari yig’indisi.

S) Bir xil shakl, o’lcham hamda iplarga ega bo’lgan xromosomalar.

D) Somatik hujayraning xromosomalar to’plamining sifatiy belgilari yig’indisi.

E) V va D.

4. O’zgaruvchanlik bu....?

A) Organizmning belgi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o’tkazib turish xususiyati.

V) Organizmlarning barcha belgi va xususiyatlari yig’indisi.

S) Ma’lum bir organizmlarning barcha genlarining yig’indisi.

D) Organizmlarning yangi belgilari va xususiyatlarini namoyon etish qobiliyati.

E) Oraginzmlarning shaxsiy rivojlanish xususiyati.

5. Xromosomalar sonining ortishi yoki kamayishi natijasida kelib chiqqan turlar qanday nomlanadi?

A) Poliploidiya. V) Aneuploidiya.

S) Polimeriya. D) Allatropiya.

E) Divergensiya.

6.Bajaradigan funksiyasidan qat’iy nazar, tuzilishi va kelib chiqishi jihatidan bir-biriga o’xshash organlar nima deb ataladi?

A) Gomologik organlar. V) Anologik organlar.

S) Kariotip. D) Rudiment organlar.

E) Barchasi to’g’ri.

7.Molekuladagi zaryadlarning notekis taqsimlanishi nima deyiladi?

A) Nurlanish. V) Buferlik hodisasi.

S) Qutblanish. D) Divergensiya.

E) Konvergensiya.

8.Fotoperiodizm nima?

A) Biologik jarayonlar jadalligining davriy takrorlanuvchi o’zgarishi.

V) Tirik organizmlardagi fiziologik jarayonlar faolligining yorug’ kun uzunligiga bog’liqligi.

S) Tirik organimlarga ta’sir etuvchi muhitning har qanday tarkibiy qismi.

D) Geografik zonallik asosida yaratilgan ekosistema E) T.J.Y.

9. Parchalanayotgan organik moddalar bilan ovqatlanuvchi organizmlar qanday nomlanadi?

A) Entomofaglar. V) Bakteriofaglar.

S) Fitofaglar. D) Detritofaglar.

E) Avtotroflar.

10. Genotipda allel bo’lmagan genlarning o’zaro ta’siri natijasida organizmda yangi belgining rivojlanishiga olib kelishi genlarning qanday ta’siri deb ataladi?

A) Epistatik. V) Polimer.

S) Pleyotropiya. D) Mikrosefaliya.

E) Komplementariya.

11.Reintroduksiya bu....?

A) Organizmning hayot faoliyatini susaytiruvchi omil.

V) Organizmlarning o’z yashash joyidan boshqa joyga ko’chishi.

S) Organizmlarning o’zaro sinergizm munosabatlari.

D) Kamayib ketayotgan turlarni tabiatda qaytadan tiklash, ko’paytirish.

E) Sun’iy ekosistemalarda ko’p yillar davomida bir xil o’simliklar o’stirilishi.

12.Yorug’lik ta’sirida suvning dissotsialanishi nima deyiladi?

A) Fotosintez. V) Fototaksis. S) Fotonastiya.

D) Fototropizm. E) Fotoliz.

13.Sun’iy va tabiiy tanlanishlar tufayli bir xil ajdoddan paydo bo’lgan organizmlarda belgi va xossalarning turlicha bo’lish hodisasi nima deyiladi?

A) Atavizm. V) Konvergensiya.

S) Divergensiya. D) Sistematika.

E) Adaptatsiya.

14. Sodda hayvon va o’simliklarda ko’pincha xromosomalarning gaploid to’plamga nisbatan karra ortishi nima deb ataladi?

15. Qanday o’zaro munosabatda bir organizm ikkinchisidan asosan ovqat manbai va yashash joyi sifatida foydalanadi, lekin hech qanday zarar yetkazmaydi?

A) Mutualizm. V) Neytralizm.

S) Sinoykiya. D) Kommensalizm.

E) Parazitizm.

16.Bir gen doirasidagi bitta yoki bir nechta nukleotidlarning o’zgarishi yoki almashinishi bilan bog’liq mutatsiya qanday mutatsiya deyiladi?

A) Nuqtali mutatsiya. V) Gen mutatsiyasi.

S) Qaynoq nuqtalar. D) Somatik mutatsiya.

E) A va V.

17. Biom nima?

A) Biologik jarayonlar jadalligining davriy takrorlanuvchi o’zgarishi.

V) Tirik organizmlardagi fiziologik jarayonlar faolligining yorug’ kun uzunligiga bog’liqligi.

S) Tirik organimlarga ta’sir etuvchi muhitning har qanday tarkibiy qismi.

D) Geografik zonallik asosida yaratilgan ekosistema E) T.J.Y.

18.Agar birga yashash har ikkala organizmga ham foyda keltirsa, bunday biologik bog’lanish organizmlarning simbioz munosabatlarining qaysi shakliga kiradi?

A) Mutualizm. V) Neytralizm. S) Sinoykiya. D) Kommensalizm. E) Parazitizm.

19. Bitta genning bir nechta belgining rivojlanishiga ta’sir etishi qanday ataladi?

A) Epistaz. V) Polimer.

S) Pleyotropiya. D) Mikrosefaliya.

E) Komplementariya.

20. Hayotning mavjud hayot shakllaridan rivojlanishini ta’kidlovchi ta’limot nima deyiladi?

A) Kreatsionizm. V) Panspermiya.

S) Evolyutsiya. D) Biogenez. E) Noogenika.

21. Sitoplazmaning qaysi organoidining ichki qismi oziqlarni parchalovchi fermentlar bilan to’lgan?

A) Mitoxondriya. V) Lizosoma.

S) Ribosoma. D) Golji kompleksi.

E) Endoplazmatik to’r.

22. Bir-biri va atrof muhit bilan o’zaro munosabatda bo’lgan organizmlarning populyatsiyalari nima deb ataladi?

A) Tabiiy tanlanish. V) Biosenoz. S) Biogenez.

D) Biogeosenoz. E) Ekotop.

23.Kimyoviy reaksiyalar energiyasini hosil bo’layotgan organik birikmalarning kimyoviy energiyasiga aylantirish jarayoni qanday ataladi?

A) Fotoliz. V) Xemosintez.

S) Fotosintez. D) Fotonastiya. E) Fototropizm.

24.Monokultura nima?

A) Organizmning hayot faoliyatini susaytiruvchi omil.

V) Organizmlarning o’z yashash joyidan boshqa joyga ko’chishi.

S) Organizmlarning o’zaro sinergizm munosabatlari.

D) Kamayib ketayotgan turlarni tabiatda qaytadan tiklash, ko’paytirish.

E) Sun’iy ekosistemalarda ko’p yillar davomida bir xil o’simliklar o’stirilishi.

25. Genotip nima?

A) Organizmning belgi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o’tkazib turish xususiyati.

V) Organizmlarning barcha belgi va xususiyatlari yig’indisi.

S) Ma’lum bir organizmlarning barcha genlarining yig’indisi.

D) Organizmlarning yangi belgilari va xususiyatlarini namoyon etish qobiliyati.

E) Oraginzmlarning shaxsiy rivojlanish xususiyati.

26. Fenotipda bir dominant genning allel bo’lmagan ikkinchi gendan ustunlik qilishi nima deyiladi?

A) Epistaz. V) Polimer. S) Pleyotropiya.

D) Mikrosefaliya. E) Komplementariya.

27. Bir turga mansub individlarning erkin urchish xususiyati qanday ataladi?

A) Fotonastiya. V) Ekotop.

S) Panmiksiya. D) Panspermiya.

E) Reintroduksiya.

28. Belgilarning xilma-xillik darajasi yoki ozgaruvchanlik chegaralari nima deb ataladi?

A) Mutatsiya. V) Fotonastiya.

S) Reaksiya normasi. D) Cheklovchi omil.

E) Klon.

29.Biogenez nima?

A) Biosfera evolyutsiyasining inson ishtirokisiz, biologik, qonuniyatlar asosida kechadigan davri.

V) Biosferadagi tirik moddalar yig’indisi.

S) Biosfera evolyutsiyasining insoniyat jamiyatining kelib chiqishi va rivojlanishiga bog’liq bo’lgan davri.

D) Insonning xo’jalik faoliyati to’liq taqiqlangan ekosistema.

E) Kimyoviy elementlarning tabiatda bir marta to’liq davriy aylanish vaqti.

30. Biologik ritm nima?

A) Biologik jarayonlar jadalligining davriy takrorlanuvchi o’zgarishi.

V) Tirik organizmlardagi fiziologik jarayonlar faolligining yorug’ kun uzunligiga bog’liqligi.

S) Tirik organimlarga ta’sir etuvchi muhitning har qanday tarkibiy qismi.

D) Geografik zonallik asosida yaratilgan ekosistema E) T.J.Y.

31. Agar organizm hujayra yoki hujayralar to’plamidan ko’payayotgan bo’lsa va unda o’zgargan – mutatsiyaga uchragan gen bo’lsa, bunday mutatsiya nima deb ataladi?

A) Nuqtali mutatsiya. V) Gen mutatsiyasi.

S) Qaynoq nuqtalar. D) Somatik mutatsiya.

E) Xromosoma mutatsiyasi.

32. Noogenez nima?

A) Biosfera evolyutsiyasining inson ishtirokisiz, biologik, qonuniyatlar asosida kechadigan davri.

V) Biosferadagi tirik moddalar yig’indisi.

S) Biosfera evolyutsiyasining insoniyat jamiyatining kelib chiqishi va rivojlanishiga bog’liq bo’lgan davri.

D) Insonning xo’jalik faoliyati to’liq taqiqlangan ekosistema.

E) Kimyoviy elementlarning tabiatda bir marta to’liq davriy aylanish vaqti.

33. Tirik organizmlarga ta’sir ko’rsatuvchi muhitning har qanday tarkibiy qismlari nima deyiladi?

A) Tur mezonlari. V) Ekologik omillar

S) Ekologik mezon. D) Ekosistema.

E) Cheklovchi omil.

34. Energiya almashinuvining uchinchi bosqichi qanday nomlanadi?

A) Kislorodli parchalanish. V) Aerob nafas olish.

S) Tayyorgarlik bosqichi. D) Kislorodsiz parchalanish. E) A va V.

35. Polimorf populyatsiyalarda turli sharoitda turli xil formalarni saqlashga qaratilgan tabiiy tanlanish shaklini belgilang.

A) Harakatlantiruvchi tanlanish.

V) Stabillashtiruvchi tanlanish. S) Dizruptiv tanlanish. D) Sun’iy tanlanish. E) Divergensiya.

36. O’zgargan muhitda organizmlarning yangi belgi xossalari hosil bo’lishi va rivojlanishini taminlaydigan tabiiy tanlanish nima deb ataladi?

A) Harakatlantiruvchi tanlanish.

V) Stabillashtiruvchi tanlanish.

S) Dizruptiv tanlanish.

D) Sun’iy tanlanish. E) Divergensiya.


Variant.19. Atamalr.

1. Quyidagilardan qaysi biri endoplazmatik to’rning g’ovak membranalari hisobiga hosil bo’ladi?
A) Hujayra qobig’i. V) Plastidalar.

S) Yadro. D) Vakuol.

E) Lizosoma.

2.Birga yashaydigan organizmlarning bir-biriga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydigan o’zaro munosabat shakli qanday ataladi?

A) Mutualizm. V) Neytralizm.

S) Sinoykiya. D) Kommensalizm.

E) Parazitizm.

3. Fenotip nima?

A) Organizmning belgi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o’tkazib turish xususiyati.

V) Organizmlarning barcha belgi va xususiyatlari yig’indisi.

S) Ma’lum bir organizmlarning barcha genlarining yig’indisi.

D) Organizmlarning yangi belgilari va xususiyatlarini namoyon etish qobiliyati.

E) Oraginzmlarning shaxsiy rivojlanish xususiyati.

4. O’simlikxo’r organizmlar yana qanday ataladi?

A) Entomofaglar. V) Bakteriofaglar.

S) Fitofaglar. D) Detritofaglar.

E) Avtotroflar.

5. Odamlarda barmoqlarning ko’p bo’lishi bu...?

A) Mikrosefaliya. V) Polidaktiliya.

S) Albinizm. D) Sindaktiliya.

E) Gemofiliya.

6. Xromosomalar soninig karra ortishi bilan bog’liq bo’lgan turlar qanday nomlanadi?

A) Poliploidiya. V) Aneuploidiya.

S) Polimeriya. D) Allatropiya.

E) Divergensiya.

7. Somatik hujayraning xromosomalar to’plamining miqdoriy va sifatiy belgilari yig’indisi nima deb ataladi?

A) Mutatsiya. V) Kiritma.

S) Kariotip. D) Gomologik xromosoma.

E) Autosoma.

8.Evolyutsiyaning boshlang’ich birligi nima?

A) Tur. V) Populyatsiya.

S) Kombinativ o’zgaruvchanlik.

D) Populyatsiya genofondi.

E) Genlar dreyfi.

9. Funksiyasi jihatidan o’xshash, kelib chiqishi, tuzilishi jihatidan har xil organlar qanday nomlanadi?

A) Anologik organlar. V) Gomologik organlar.

S) Kariotip. D) Rudiment organlar.

E) Barchasi to’g’ri.

10. Sinoykiya....?

A) birga yashash har ikkala organizmga ham foyda keltirishi.

V) Bir organizmning ikkinchisidan asosan ovqat manbayi va yashash joyi sifatida foydalanishi.

S) O’zaro munosabatdan bir organizmgina o’ziga foyda oladi, ikkinchisi bunday munosabatdan hech qanday naf ko’rmaydi.

D) O’zaro munosabatda ikkala organizm ham salbiy ta’sir ostida bo’ladi.

E) Birga yashaydigan organizmlar bir-biriga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi.

11. Yorug’lik ta’sirida organizmlarning harakatlanish jarayoni qanday ataladi?

A) Fotosintez. V) Fototaksis.

S) Fotonastiya. D) Fototropizm.

E) Fotoliz.

12. Insonning ongli mehnati va ilmiy faoliyati ta’sirida rivojlanadigan va o’zgaradigan biosfera qanday ataladi?

A) Troposfera. V) Atmosfera.

S) Noosfera. D) Ekosfera.

E) T.J.Y.

13. Yashash uchun kurashda foydali belgi – xossalarga ega organizmlarning yashab qolishi, bunday belgi- xossalarga ega bo’lmaganlarning nobud bo’lishi nima deyiladi?

A) Divergensiya. V) Sun’iy tanlanish.

S) Konvergensiya. D) Ongli tanlash.

E) Tabiiy tanlanish.

14. Murakkab tuzilishdan oddiy tuzilishga o’tish hodisasi qanday ataladi?

A) Konvergensiya. V) Umumiy degeneratsiya.

S) Aramarfoz. D) Regeneratsiya.

E) Kommensalizm.

15. Populaytsiyalar yashaydigan, ularning holatiga, rivojlanishiga, ko’payishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tirik va o’lik tabiatning hamma sharoitlari... deyiladi.

A) Ekologik omil.

V) Biogeosenoz.

S) Abiotik omil.

D) Muhit. E) Ekotop.

16. Yashash muhitida turga ta’sir ko’rsatuvchi hamma ekologik omillar yig’indisi nima deyiladi?

A) Alohidalanish. V) Tur mezonlari.

S) Panmiksiya. D) Ekosistema.

E) Ekologik mezon.

17. Ekologik suksessiya deganda nimani tushunasiz?

A) Biosenoz hosil bo’lishi yoki bir biosenozning ikkinchisi bilan almashinish jarayoni.

V) Biogeosenozning hosil bo’lib, keyin birdan yo’qolib ketishi.

S) Biogeosenoz hosil bo’lishi yoki bir biogeosenozning ikkinchisi bilan almashinish jarayoni.

D) Bir-biri va atrof-muhit bilan o’zaro munosabatda bo’lgan organizmlarning populyatsiyalari yig’indisi.

E) Muvozanat holatidagi o’z-o’zini idora qila oladigan sistema.

18. Quyosh bilan energiya almashinish holatida bo’lgan Yerdagi hamma tirik organizmlar kompleksi qanday nomlanadi?

A) Biosfera. V) Noosfera.

S) Ekosfera. D) Ekotop.

E) A va S.

19.Organizmlar hujayralari, to’qimalari va a’zolarini juda past haroratda muzlatib saqlash nima deyiladi?

A) Konservatsiya. V) Transpiratsiya.

S) Fotonastiya. D) Kriokonservatsiya.

E) Reintroduksiya.

20. Hasharotxo’rlar yana qanday nom bilan ataladi?

A) Entomofaglar. V) Bakteriofaglar.

S) Fitofaglar. D) Detritofaglar.

E) Avtotroflar.

21. Muhit bilan dinamik muvozanatda bo’lgan va shu munosabat orqali o’z ehtiyojlarini qondiradigan odamlar jamoasiga nima deyiladi?

A) Sun’iy ekiosisitema. V) Tabiiy ekosistema.

S) Antropoekologik sistema. D) Kosmik ekosistema. E) Agroekosistema.

22.Antibioz bu....?

A) Birga yashaydigan organizmlarning bir-biriga hech qanday ta’sir qilmasligi.

V) birga yashaydigan organizmlarning bittasi yoki ikkalasi ham salbiy ta’sir ostida bo’lishi.

S) ikki organizmning har ikkalasi yoki bittasi birga yashashdan o’ziga foyda olishi.

D) Bir organizm ikkinchisidan asosan ovqat manbayi va yashash joyi sifatida foydalanadi.

E) Birga yashash har ikkala organizmga ham foyda keltirishi.

23. Erkin harakatlana oladigan tuban o’simliklar va hayvonlarning yorug’lik ta’sirida harakatlanishi qanday ataladi?

A) Fototaksis. V) Fotosintez.

S) Fotonastiya. D) Fototropizm.

E) Fotoliz.

24. Populyatsiya genofondining uzoq davom etadigan yo’naltirilgan ozgarishi nima deb ataladi?

A) Evolyutsiyaning boshlang’ich omili.

V) Evolyutsiyaning boshlang’ich hodisasi..

S) Populyatsiya to’lqini.

D) Evolyutsiyaning boshlang’ich birligi.

E) Genlar dreyfi

25. Ma’lum turga kiruvchi barcha organizmlardagi genlar va genotiplar majmuasi nima deyiladi?

A) Populyatsiya genofondi.

V) Populyatsiya to’lqini.

S) Genlar dreyfi.

D) Mikroplankton.

E) Tur genofondi.

26. Hayvonlarning dushman nigohiga tashlanmaslikka qaratilgan moslanishi qanday ataladi?

A) Mimikriya. V) Maskirovka.

S) Netytralizm. D) Ogohlantirish.

E) Barchasi to’g’ri.

27. Hayvonlarda hatti- harakat bilan bog’liq bo’lgan alohidalanish nima deyiladi?

A) Biologik. V) Geografik.

S) Ekologik. D) Etologik.

E) A va S.

28.Koatservatlar nima?

A) Uglevodlarning to’yingan eritmasi.

V) Nukleotidlarning konsentratsiyalashgan eritmasi.

S) Murakkab organik birikmalar yig’indisi.

D) Oqsil molekulalarining kolloid birikmalari.

E) Barcha javoblar noto’g’ri.

29. Kreatsionizm nima?

A) Hayotning mavjud shakllardan rivojlanishini ta’kidlovchi ta’limot.

V) Biosferadagi tirik moddalar yig’indisi.

S) Biosfera evolyutsiyasining insoniyat jamiyatining kelib chiqishi va rivojlanishiga bog’liq bo’lgan davri.

D) Insonning xo’jalik faoliyati to’liq taqiqlangan ekosistema.

E) Hayotning g’ayri-tabiiy kuchlar tomonidan yaratilganini ta’kidlovchi ta’limot.

30. Ayrim organizmlarning o’zaro va muhit bilan munosabatlarini o’rganadigan ekologiya fanining bo’limini aniqlang.

A) Autekologiya. V) Sinekologiya.

S) Evolyutsion ekologiya. D) Tarixiy ekologiya. E) T.J.Y.

31.Tuproqning kislorod bilan to’yinishi ya’ni ta’minlanishi qanday ataladi?

A) Nurash. V) Anabioz.

S) Aeratsiya. D) Immigratsiya.

E) Degradatsiya.

32. Hayvon va o’simliklar irsiy axborotini butunligicha, ularning urug’lari, sporalari, jinsiy hujayralari, tana hujayralarini muzlatish usuli bilan saqlash qanday ataladi?

A) Genlar banki.

V) Kriokonservatsiya.

S) Genomlar banki.

D) Konservatsiya.

E) Barcha javoblar to’g’ri.

33. Demografiya qanday fan?

A) Biosferada ilmiy- texnik progress sharoitida ekologik tanglik kelib chiqishining oldini olish choralarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan fan.

V) Aholining soni, ko’payishi, tarkibini, ularning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy omillarga bog’liqligini o’rganuvchi fan.

S) Organizmlarning embrion taraqqiyotini o’rganuvchi fan.

D) Organlar, organizm tuzilishini o’rganuvchi fan.

E) T.J.Y.

34. Tuban zamburug’lar bilan bakteriyalar o’zaro ta’siri qanday munosabatlarga misol bo’ladi?

A) Antibioz. V) Simbioz.

S) Neytralizm. D) Parazitizm.

E) Kommensalizm.

35. Moddalarning tirik organizmda toplanishi va keyin parchalanish jarayonlarining davriy takrorlanishi nima deyiladi?

A) Biogenez. V) Aeratsiya.

S) Biogen migratsiya. D) Immigratsiya.

E) Biogeosenoz.

36. . Chumolilar va xivchinlilarning birga yashashi qanday o’zaro munosabatlarga misol bo’ladi?

A) Mutualizm. V) Neytralizm.

S) Sinoykiya. D) Kommensalizm.

E) Parazitizm


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə