Vabo, o’lat va oqshol kasalliklari va ularni oldini olish



Yüklə 170,5 Kb.
səhifə1/6
tarix06.06.2023
ölçüsü170,5 Kb.
#115746
  1   2   3   4   5   6
Vabo, o’lat va oqshol kasalliklari


Vabo, o’lat va oqshol kasalliklari va ularni oldini olish.
Vabo (cholera) — ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning og'irlashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan o'tkir infeksion kasallik; o'ta xavfli ichak kasalliklaridan. V. dastlab (1816) Hindistonda — Gang daryosi vodiysida paydo bo'lgan; u yerda turmush sharoiti og'ir bo'lganligi uchun aholining bir qismi boshqa davlatlarga keta boshlaydi. Natijada V. Yevropaga, keyinchalik butun dunyoga, chunonchi Birma (1819), Yava va Borneo o. lari, Xitoy (1820), Eron, Yaponiya hamda Rossiyaga tarqaladi. 1823— 1925 y. larda Rossiyada V. epidemiyasi 55 marta qayd qilingan. Turkiston o'lkasiga V., asosan, Afg'oniston va Erondan o'tgan.V. ning klassik V. va El-Tor V. si degan 2 turi bor. Shunga ko'ra, V. mikrobi (vibrion deb ataladi) klassik V. vibrioni va ElTor vibrioni deb ataladigan ikki xilga ajratiladi. Klassik V. vibrionini 1883 y. R Kox, El-Tor V. vibrionini esa 1906 y. Sinay ya. o. da Gotshlix topgan. V. vibrioni salgina bukilgan va ikki uchi yumaloqlangan tayoqcha bo'lib, bo'yi 1,5 —4 mk va eni 0,2—0,4 mk. V. Vibrioni daryo suvida 18 kundan 5 oygacha, muzda bir necha oy, ariqlarda bir necha kun, dengiz suvida ikki hafta, sovuq vaqtda najasda bir necha oy, axlat chuqurlarida 3 oygacha, ichki kiyimlarda 2 oy, qum tuproqda bir necha oy, suv havzalarida 15-30 kun, sut va yog'da bir oygacha, kartoshkada 2 haftagacha, ho'l mevada bir necha kungacha, pivoda 3 soatdan 5 kungacha tirik turadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar vibrionni tez o'ldiradi. Suv qaynatilganda ham vibrion tez o'ladi. 1960 y. gacha bo'lib o'tgan V. epidemiyalarining deyarli hammasi (aniqroq aytganda 6 pandemiyasi) ga klassik V. vibrioni sabab bo'lgan. Vabo

Skaner qiluvchi electron mikroskop Vibrio cholerae (vabo vibrioni) tasviri
Klassik V. og'ir o’tib, bemor yotib qoladi, kasallik belgilari (tez-tez ich ketishi, qusish, shuning natijasida organizmning suvsizlanishi, shuningdek temperatura pasayishi, muskullarning tirishishi va intoksikatsiyaning boshqa belgilari, yurak urishining susayishi va sh. k.) aksari ro'yirost ko'rinadi, shunga ko'ra kasallik V. boshlanishi bilanoq tez aniqlanganida, V. ning tarqalishi cheklanadi. El-Tor V. si esa aksari yengil o'tadi. V. belgilari bo'lmagani holda vibrionlarni tashib yuradigan kishilar ko'proq uchraydi, shu bois El-Tor V. sini aniqlash klassik V. ni aniqlashga nisbatan qiyinroq, shuning uchun ElTor V. sining bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga o'tish va keng tarqalish imkoniyatlari katta.
V. vibrioni bemorning axlati, qusug'i, ba'zan siydigi bilan tashqariga chiqadi. Vibrionlar tushgan suv va oziqovqatni iste'mol qilish natijasida V. yuqadi. Me'da shirasi vibrionlarni o'ldiradi, ammo suv ko'p ichilganda yoki me'da shirasi kamroq bo'lganda vibrionlar me'dadan ingichka ichakka o'tib, kupayadi. Vibrionlarni pashsha ham tarqatadi. Pashsha axlatga qo'nganda vibrionlarni qorniga va oyoklariga ilashtirib olib, oziq- ovqatga va ichimlik suvga yuqtirishi mumkin. Bemorni parvarish qiluvchilar va vibrion tashuvchilar (organizmida V.vibrionlari bo'lsa-da, og'rimayotgan kishilar) ham kasallik tarqalishiga sabab bo'la oladi. V. yuvuqsiz qo'l, kir kiyimbosh va parvarish buyumlari orqali ham yuqadi. V. vibrionlari tushgan suvni iste'mol qilish natijasida kelib chiqqan V. epidemiyalari qisqa vaqtda ko'p aholini kasallantiradi. El-Tor V. si asosan shu yul bilan tarqaladi (ayniqsa qishloq joylarda). Tabiiy sharoit (yozning juda issiq kelishi) va aholi migratsiyasi (dengiz bo'yidagi shaharlarga yezda ko'plab aholining dam olishga kelishi) sanitariya ahvoliga putur yetkazib, V. ning tarqalishiga imkon beradi. V. ning tipik (algid) formasi 2-3, ba'zan 5 kunlik inkubatsion davrdan keyin o'ziga xos belgilar bilan boshlanadi: ich tez-tez va ko'p keladi, bemor qusadi, temperaturasi pasayadi (35—34° gacha), muskullari tirishadi, yurak urishi susayadi va h. k. Organizm suvsizlangani uchun bemorning ko'zlari kirtayadi, badani ko'karadi, terisi burishib qoladi, yopishqoq ter bosadi. Bemor shu ahvolda bir necha kun yotgach ich ketishi va qusish bosilib, sog'aya boshlaydi. V. ning ich surmaydigan va qustirmaydigan og'ir ("quruq") formasida bemor talvasaga tushib, o'ziga kelmay, bir necha soatda Ulib qoladi. Zamburug', mishyakdan zaharlanish, shuningdek ovqatdan buladigan toksikoinfeksiyalar ham ba'zan V. ga o'xshab kechishini nazarda tutish lozim. Bemor, albatta, kasalxonada davolanadi.
Oldini olish: chet ellardan V. o'tib qolmasligi uchun davlat chegaralarida sanitariya muhofazasi choralari ko'riladi, aholi yashaydigan joylarni, shuningdek oqova suvlarni tozalash, suv havzalarini sanitariya ahvolini himoya qilish, suv ta'minoti, oziq-ovqat va umumiy ovqatlanish korxonalari muntazam nazorat qilinadi, pashsha yo'qotiladi, sanitariya-gigiyena chora-tadbirlari kuchaytiriladi va h. k. Yuqorida ko'rsatilgan tadbirlardan tashqari, suv va oziqovqatni yuqumsizlantirish va shaxsiy gigiyenaning ahamiyati katta. V. vibrioni chidamsiz bo'lgani uchun suvni qaynatib, masalliqlarni obdon pishirib, ularni V. vibrionlaridan xalos qilish lozim. V. aniqlangan taqdirda Sog'liqni saqlash vazirligiga darhol xabar beriladi, bemor albatta kasalxonaga yotqiziladi, kasallik topilgan joyda dezinfeksiya, dezinseksiya va karantin chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Bemorga yaqin yurgan kishilar 5 kunlik karantinga olinadi va tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. Jahon Sog'liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko'ra hozir vabo kasalligi o'chog'ida karantin qo'llanilmaydi.
Davo organizmning suv-tuz maromini rostlash, qon, plazma, fiziologik eritma, Ringer eritmasi, trisol, disol, atsesol, xlosol, reomakrodeks va boshqa eritmalarni to'xtovsiz quyish, antibiotiklar berish, organizmning umumiy ahvolini yaxshilash choralarini ko'rishdan iborat.
O‘lat
O'lat, toun — odam va hayvonlarning o'tkir yuqumli karantin kasalligi. Odamda umumiy ahvolning og'irlashishi, intoksikatsiya, gavda haroratining ko'tarilishi, limfa bezlari, o'pka va boshqalar a'zolarda yallig'lanish, sepsis rivojlanishi bilan kechadi. Kasallik tez tarqalishi va ko'plab bemorlar nobud bo'lishi tufayli O'. o'ta xavfli kasalliklar qatoriga kiritiladi. O'. qadimdan ma'lum, uning epidemiyalari tez-tez uchrab turgan va ko'plab kishilarning o'limiga sabab bo'lgan. O'. epidemiyalari tufayli ayrim hududlar butunlay bo'shab qolgan.
Undan qutulish maqsadida boshqa joyga qochib ketgan odamlar yangi maskanda O'. epidemiyasi tarqalishiga sabab bo'lganlar. Qo'zg'atuvchisi toun mikrobi — mayda tuxumsimon, harakatsiz. Tanasi yupqa parda bilan o'ralgan, u oddiy ozuqa muhitlarida, ayniqsa qon qo'shilgan muhitlarda yaxshi o'sadi. Ekzo va endotoksin ajratadi, tashqi muhitga va quritishga chidamli, tuproqda 7 oy, kiyimkechakda 5— 6 oygacha tirik saqlanadi. O'. mikrobi organizmga teri, shilliq qavatlar, yuqori nafas yo'llari va h.k. a'zolardan kirishi mumkin.
Kemiruvchilar (yumronqoziq, qum sichqonlar, dala sichqonlari va aholi yashaydigan joylardagi kalamushlar), tuyalar, shuningdek, O'.ning o'pka turi bilan og'rigan bemorlar kasallik qo'zg'atuvchilarining manbai hisoblanadi. O'.mikrobi hayvondan odamga va odamdan odamga transmissiv yo'l bilan (mas, burga chaqqanda), ba'zan kasal hayvon go'shtini nimtalaganda, shuningdek, ovqatga yaxshi tekshirilmagan go'sht ishlatilganda yuqadi. O'.ning o'pka turi bilan og'rigan bemor sog'lom kishilar uchun ayniqsa xavfli, chunki u gaplashganida, aksirganida havoga O'. tayoqchalarini tarqatadi. Inkubatsion davri bir necha soatdan 3—6 kungacha. Kasallik o'tkir boshlanadi, bemorning eti uvishib, boshi qattiq og'riydi, ko'pincha ko'ngli ayniydi, qayt qiladi, uyqusizlikdan qiynaladi, alahlaydi. O'.ning o'pka turida o'pkaning yallig'lanishi (o'latli zotiljam) kuzatiladi, bu yo'tal, qon aralash balg'am ajralishi, havo yetishmasligi bilan davom etadi. O'.ning teribubon shaklida infeksiya kirgan joy bo'rtib, qon aralash suyuqlik tutgan pufakcha hosil bo'ladi, u keyinchalik so'rilib ketadi, shu sohaga yaqin limfa tugunlari shishadi (ya'ni bubon hosil bo'ladi). Ichak shakli kuchli ich ketishi, ba'zan axlatda qon va shilliq bo'lishi bilan kechadi. Septik shakli terida, shilliq pardalarda va turli a'zolarda qon quyilishi bilan ajralib turadi, bu odatda, og'irroq kechib ko'pincha o'lim bilan tugaydi.
Oldini olish. Kasallik aniqlangan joyda karantin e'lon qilinadi. Zarurat tug'ilganda u yerda yashaydigan aholi O'. vaksinasi bilan emlanadi. Tabiiy o'choqda muntazam epizootik tekshiruvlar o'tkazish, aholi va hayvonlarni nazorat qilish, tirik vaksina bilan emlash, dala va turar joylarda kemiruvchilar, burgalarni qirish va boshqalar tadbirlardan iborat. Bemor bilan muloqotda bo'lganlar va tibbiy xodimlar kasallik o'chog'i tugatilgandan so'ng 6 kun davomida tibbiy kuzatuv ostida bo'ladilar.
Davolashda antibiotiklar qo'llaniladi. Hozirgi vaqtda vaksinalardan foydalanish, kemiruvchilar va burgalarga qarshi kurash olib borish natijasida bu kasallik uncha xavf tug'dirmaydi. O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligiga qarashli O'. (toun)ga qarshi stansiya har yili bahoryoz mavsumida kasallikning tabiiy o'choqlarida epizootiya oldini oladigan tadbirlar va lab. tekshiruvlari olib boradi.
Chorva mollari ning O'.i qishloq xo'jaligi hayvonlarining eng xavfli yuqumli kasalliklaridan. Har xil taksonomik guruhlarga mansub maxsus viruslar (qoramol, cho'chqa, otlar O'.i, etxo'r parrandalar — qushlar O'.i viruslari), MogShmgiz turkumiga kiruvchi viruslar yoki O'. bakteriyasi qo'zg'atadi (tuyalar O'.i). Yuqori harorat, shilliq qavatlar, asosan, oshqozonichak yo'llari yallig'lanishi bilan tavsiflanadi. Kasallik manbai kasal hayvon. O'. bilan kasallangan hayvon sog' hayvon bilan birga boqilganda, kamdankam zararlangan yem orqali yuqadi. Tashxis lab. tekshiruvlari asosida qo'yiladi.
Oldini olish: kasallik tarqalgan qo'shni mamlakat chegarasida immun zonani tashkil qilish; kasallik paydo bo'lganda karantin tadbirlari; kasal mollarni so'yish va go'shtini yoqib yuborish; qolganlarini emlash va sanitariya veterinariya chora tadbirlari o'tkazishdan iborat.


Qoqshol
Qoqshol — oʻtkir infeksion kasallik; nerv sistemasining qoqshol bakteriyalari toksinidan zararlanishi natijasida organizmdagi turli muskul guruhlarining tortishishi bilan kechadi.
Kasallikni Q. bakteriyalari qoʻzgʻatadi. Oʻtxoʻr hayvonlarning ichagi Q. bakteriyalari uchun qulay sharoit hisoblanadi. Bu yerda ular vegetativ shaklda boʻladi, tashqariga ajralib chiqqach, sporalarga aylanadi; ular tashqi muhit taʼsiriga chidamli. Sporalar odam organizmining yaralangan, shikastlangan joylari orqali anaerob sharoitga tushgach vegetativ shaklga aylanib, kuchli ekzotoksin ajratadi. U nerv sistemasining hujayralariga taʼsir koʻrsatadi; ayniqsa, bosh miyaning hayotiy zarur markazlari shikastlanadi. Chaqaloqlarga kindik yarasi orqali yuqishi mumkin.
Bakteriyalar 5 kundan 1 oygacha hech qanday kasallik alomatlarini paydo qilmay organizmda yashayveradi (inkubatsion davr). Baʼzan jarohatning tortishib ogʻrishi, uning yaqinidagi muskullarning tortishib titrashi Q.ning belgilaridir. Aksari kasallikda dastlab chaynov muskullari tortishadi (trizm). Bunda bemor ogʻzini ochishga qiynaladi, keyin butunlay ocholmay qoladi, xuddi kulib turganga oʻxshaydi, qoshlari koʻtariladi, peshonasida chuqur ajinlar paydo boʻladi. Boshi orqaga ketadi, tanasi yoydek egilib, faqat boshi va tovonlari bilan tiralib qoladi. Bemor salgina taʼsirot (shovqin, yorugʻlik, tegib ketish, yutinishga urinish)dan tirishib qoladi.
Bemor kasalxonada davolanadi; vaqtida yaxshilab davo qilinsa, bemor hayotini saqlab qolish mumkin.

Yüklə 170,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə