Va innovatsiya vaziligi andijon mashinasozlik instuti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot yunalishi


Individual talab. Iste’molchining muvozanatlik sharti



Yüklə 268,08 Kb.
səhifə8/17
tarix27.12.2023
ölçüsü268,08 Kb.
#162340
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
ISTEMOLCHI TANLOV NAZARIYASI

3. Individual talab. Iste’molchining muvozanatlik sharti
Shaxsiy talab haqida fikr yuritar ekanmiz, iste’molchilarning u yoki bu tovarni tanlashdagi mustaqilligini hisobga olamiz. Masalan do’kondan birota kiyim (kostyum) sotib olmoqchi bo’lsak, biz nimalaga e’tibor beramiz: o’lchoviga, rangiga, tiklishiga hozirgi modaga t’g’ri kelish kelmasligiga va hakozo. Boshqacha qilib aytganda sizning sizning shaxsiy talabingizga to’g’ri kelishkelmasligiga qaraladi. Lekin aslini olganda siz boshqa xaridorlar talabini hisobga olasiz. Bu muammoni amerikalik iqtisodchi X. Leybenstayn keng tahlil etgan va o’zaro ta’sir etishning 3 turini ajratgan:

  1. Ko’pchilik harakatiga qo’shilish;

  2. Ajralib turish;

  3. Beblen ta’siri;

Birinchi turdagi o’zaro ta’sir shundan iboratki, unda iste’molchi(xaridor) ko’pchilikdan ajralib qolmaslikka harakat qiladi va ko’pchilik olgan tovarni sotib oladi.
Ajralib turish effekti shundan iboratki, bunga mansub bo’lgan xaridor xarid qiladigan tovarni olmasdan o’zi ajralib uradigan tovarlarni xarid qiladi.
Beblen effekti ta’siri (amerikalik iqtisodchi-sotsiolog)ga mansub kishilar obro’ uchun, ko’rgazmali yurish-turish uchun Tovar sotib oladilar. Bunday kishilarni tovarning haqiqiy iste’mol (real qiymati, zarurligi, qulayligi qiziqtirmaydi, balki bu xaridorning tovarni odamlar qanday “baholashi”, odamlarni shu tovarga bo’lgan e’tiborni qiziqtiradi9.
Iste’molchi tanlovi. Bozor talabining shakllanishi asosida shaxsiy (individual) talabyotadi, ya’ni alohida iste’molchining talabi, har bir shaxs o ‘zining fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun qandaydir mahsulotdan, qanchadir sotib olishi kerak, sotib olish uchun ma’lum miqdorda mablag’i bo’lishi kerak. Iste’molchining mablag’i chegaralangan. Iste’molchi har doim tanlov oldida turadi: qaysi mahsulotdan qancha olishi kerak.
Iste’molchi qaror qabul qilishda, mavjud imkoniyat doirasida maksimal darajada o’z ehtiyojini qondirishga, turmush faro-vonligini darajasini oshirishga harakat qiladi. Ushbu ehtiyojni qondirish darajasi yoki turmush farovonligi darajasi naflik (poleznost’) deyiladi.
Ne’matning nafligi - ne’matning inson ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. Iste’mol nazariyasida ne’mat - bu iste’molchining ehtiyojini qondira oladigan har qanday iste’mol ob’ektidir10.
Ko’p hollarda ne’matlar yakka tartibda emas, balki majmua tartibda yoki "korzina" bilan iste’mol qilinadi. Iste’mol nazariyasida iste’molchilar ma’lum didga, xohishga ega va ular bu xohish va didlarini qanoatlantirishda byudjetlari (daromadlari) bilan chegaralangan. Bunday holatda ular ne’matlar majmualaridan, maksimal naf keltiradigan majmuani tanlashga harakat qiladi.
Iste’mol nazariyasida iste’molchining daromadi chegaralangan; iste’molchilar tomonidan sotib olinadigan ne’mat narxi uning miqdoridan bog’liq emas; iste’molchilar nafligini to’liq biladi, iste’molchi maksimal naf beruvchi ne’matlar majmuasini tanlaydi, deb faraz qilinadi.
Iste’mol nazariyasi quyidagi postulatlarga asoslanadi:
1. Iste’molchilar barcha ne’matlarni klassifikatsiya qiladi va bir-biri bilan solishtira oladi. Boshqacha aytganda, iste’molchi ikkita va ne’matlar majmualaridan majmuani ga nisbatan ko’proq xohlashi yoki majmuani ga nisbatan ko’proq xohlashi yoki ikkalasini ham naflik darajasi bir xil deb, qarashi mumkin: agar majmua majmuaga nisbatan nafliroq bo’lsa, . majmua ga nisbatan nafliroq bo’lsa, . Ikkalasi ham bir xil darajadagi nafga ega bo’lsa .
Shuni ta’kidlash kerakki, bu tanlash majmualar qiymatiga bog’liq emas. Iste’molchi apel’sinni limonga nisbatan ko’proq xohlashi mumkin, lekin limon arzonroq bo’lgani uchun, iste’molchi limonni sotib oladi.
2. Iste’molchi xohishi tranzitivdir. Agar iste’molchi majmuani ga nisbatan ko’proq xohlasa va majmuani majmuadan ko’ra ko’proq xohlasa, unda u majmuani majmuaga nisbatan ko’proq xohlagan bo’ladi, ya’ni:

3. To’yinmaslik. Iste’molchi har doim har bir ne’matning kamroq qismidan ko’ra, ko’proq qismini olishni xohlaydi (bu shart hayotda har doim ham bajarilavermaydi).
Naflik funktsiyasi. Avstriya iqtisodchilar maktabi namoyondalari K.Menger, E.Bem-Baverk, F.Vizerlar birinchilar qatorida talab bilan narx, tovar zahirasi va uning miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni o’rnatishga o’ringanlar. Ular asoslashicha, chegaralangan resurslar sharoitida, ularning hajmi narxga ta’sir qiluvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ular ketma-ket iste’mol qilinadigan, biror-bir ne’matning nafi kamayish xususiyatiga ega ekanligi to’g’risidagi qonuniyatni aniqlashdi. Masalan, chanqagan inson bir stakan mineral suvni zo’r xohish bilan ichadi, ikkinchi stakan suv unga birinchi stakan suvday naf bermaydi, uchinchisi - ikkinchisiga nisbatan kamroq naf beradi va hokazo. Bu oxirgi stakan suv beradigan naf nolga teng bo’lguncha davom etadi. Bu erda umumiy (yig’indi) naf oshib boradi, lekin har bir keyingi stakan suvdan oladigan naf kamayib boradi, natijada chekli naflikning kamayishi kuzatiladi.
Iste’molchi harakatini aniqroq tahlil qilish uchun naflik funktsiyasidan foydalanamiz. Naflik funktsiyasi - iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlar hajmi bilan, u ushbu ne’matlarni iste’mol qilish natijasida oladigan naflik darajasini ifodalaydi.
Bizda qancha ko’p ne’mat bo’lsa, qo’shimcha bir birlik ne’mat qimmati, biz uchun shuncha past bo’ladi. Demak, ne’matning narxi, uning umumiy nafligiga emas, balki chekli nafliligi bilan belgilanadi. Demak, naflik funktsiyasi, naflik darajasini iste’mol qilingan ne’matlar hajmiga bog’liqligini ifodalaydi:
,
bu erda - naflik darajasi;
- 1, 2, ..., n - ne’matlar hajmi.
Naflik funktsiyasi orqali nafaqat umumiy naflikni ifodalash mumkin, balki ketma-ket ne’matdan qo’shimcha bir birlik iste’mol qilish natijasida oladigan qo’shimcha o’sgan naf miqdorini ifodalovchi, chekli nafni ham aniqlash mumkin.
Chekli naflik - bu naflik funktsiyasidan biror bir ne’mat o’zgaruvchisi bo’yicha olingan xususiy hosiladir11.
,
bu erda - -ne’mat miqdori;
- -ne’mat bo’yicha chekli naflik.
Chekli naflik - bu biror ne’matdan qo’shimcha bir birlik iste’mol qilish natijasida (boshqa ne’matlar iste’moli o’zgarmaganda) iste’molchi tomonidan olinadigan qo’shimcha naf.
Odatda, biror-bir ne’matni iste’mol qilish oshganda (boshqa ne’matlar iste’moli hajmi o’zgarmaganda), umumiy naflik o’sadi. Demak chekli naflik musbat.
.
Lekin, shu bilan birga, biror-bir ne’matdan har bir birlik qo’shimcha iste’mol (boshqa ne’matlar iste’molga hajmi o’zgarmaganda) oldingisiga nisbatan kamroq naf beradi va ne’matning bu xususiyatiga chekli naflikning kamayish qonuni deyiladi.
Matematik tilda bu naflik funktsiyasining ikkinchi tartibli hosilasi noldan kichik degani:
.
Talabni aniqlashning asosida chekli nafligining kamayish qonuni yotadi. Ma’lumki, iste’molchi uchun ne’matning chekli nafligi kamayib boradi va ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha birlik mahsulot sotishlari uchun ne’mat narxini pasaytirishlari kerak bo’ladi.
Umumiy naflik bilan chekli naflikning o’zgarishi quyidagi rasmda keltirilgan



Yüklə 268,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə