«утверждено»



Yüklə 128,36 Kb.
tarix27.03.2018
ölçüsü128,36 Kb.
#35225



«ToshIEM» AJ

Kuzatuv kengashi majlisida



«TASDIQLANGAN»

Kuzatuv kengashi raisi

__________________ Nurullayev L.I.
«__» sentyabr 2014y. №______
M.O’.



«Toshkent Issiqlik elektr markazi» Aksiyadorlik jamiyati
EMISSIYASI PROSPEKTI


Oddiy aksiyalarga berilgan identifikatsiya raqami





































Imtiyozli aksiyalarga berilgan identifikatsiya raqami





































Har birining nominal bahosi 1 000 so’mga teng 2 048 160 dona oddiy nomi ko’rsatilgan xujjatsiz aksiya va 41 800 dona imtiyozli nomi ko’rsatilgan xujjatsiz aksiya.




Emitent rahbari R.G. Mubarakshin

Bosh hisobchi D.M. Pidayev

muhr
«___» sentyabr 2014y.

______________________________________________________________________

RO’YXATDAN O’TKAZUVCHI ORGAN MAZKUR QIMMATLI QOG’OZLAR EMISSIYASI PROSPEKTIDAGI MA’LUMOTLARNING ANIQLIGIGA MAS’UL EMAS VA QIMMATLI QOG’OZLAR CHIQARISH TO’G’RISIDAGI QARORNI RO’YHATGA OLISH CHOG’IDA JOYLASHTIRILAYOTGAN QIMMATLI QOG’OZLARGA ALOQADOR HISOBLANMAYDI.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING «QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORI TO’G’RISIDA»GI QONUNINING 58-MODDASIGA MUVOFIQ QIMMATLI QOG’OZLARNI MOLIYALASHTIRISH OBYEKTI SIFATIDA TANLASH VA USHBU TANLOVNING OQIBATLARI INVESTOR UCHUN TAVAKKAL ISH HISOBLANADI. ______________________________________________________________________
1. EMITENT HAQIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR
1. Emitentning to’liq va qisqartirilgan nomi:

Emitentning davlat tilidagi to’liq tashkilot nomi:



«Toshkent Issiqlik Elektr Markazi» aksiyadorlik jamiyati

Emitentning davlat tilidagi qisqa tashkilot nomi:



«Toshkent IEM» AJ

Emitentning rus tilidagi to’liq tashkilot nomi:



акционерное общество «Ташкентская Теплоэлектроцентраль»

Emitentning rus tilidagi qisqa tashkilot nomi:



АО «ТашТЭЦ»

Tarmoq: issiqlik o’tkazish shahobchalari

Yuqori turuvchi tashkilot: «O’ZBEKENERGO» DAJ

Emitent rahbarining ismi-sharifi:



Mubarakshin Ruslan Gazizovich

Emitent bosh hisobchisining ismi-sharifi:



Pidayev Davron Muhamedjanovich

2. Emitentning tashkiliy-huquqiy shakli: aksiyadorlik jamiyati.

3. Manzili va bank rekvizitlari: O’zbekiston Respublikasi, 100090, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko’chasi, 58-uy;

h/r 2021 0000 1005 0223 9001, «Ipoteka bank» Shayxontohur filiali, MFO 00425

To’liq pochta manzili: O’zbekiston Respublikasi, 100090, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko’chasi, 58-uy;

Xizmat ko’rsatuvchi bank nomi va uning manzili: «Ipoteka bank» ATIB Shayxontohur filiali, Toshkent sh., O’zbekiston k., 16a-uy.

Soliq organi nomi va STIR: Yakkasaroy tumani DSI, STIR 200624673.



4. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ nomi, emitentning davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanasi va raqami: Yakkasaroy tumani hokimining 2002 yil 14 avgustdagi 1038-sonli qarori.

Davlat statistika organi tomonidan berilgan kodlar: OKPO 00231076, SOATO 1726287, OKONX 11180, OPF 1150, FS 144.



5. Asosiy faoliyat yo’nalishlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmat) turlari:

Jamiyatning asosiy faoliyati elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va sotish, shuningdek korxona, tashkilot va fuqarolar uchun xizmat ko’rsatish va boshqa ishlarni amalga oshirishdan iborat.

6. Emissiya prospekti tasdiqlangan vaqtda emitent boshqaruvining barcha ijroiya organi a’zolari ro’yxati:


Ijroiya organi a’zosi

ismi-sharifi



Hozirgi kunda va so’nggi 3 yilda egallab kelayotgan lavozimlari

Emitent ustav kapitalidagi ulushi

soni (donalarda)

ulushi

(foizlarda)



1

2

3

4

Mubarakshin Ruslan Gazizovich

2011-2012y. – «TashIEM» OAJ direktori v.b., 2012-2014y. - «TashIEM» OAJ direktori, 2014 yildan hozirgi kunga qadar - «TashIEM» AJ direktori

0

0


7. Emissiya prospekti tasdiqlangan vaqtda emitentning barcha kuzatuv kengashi a’zolari ro’yxati:


Kuzatuv kengashi a’zosi

ismi-sharifi



Hozirgi kunda va so’nggi 3 yilda egallab kelayotgan lavozimlari

Emitent ustav kapitalidagi ulushi

soni (donalarda)

ulushi

(foizlarda)



1

2

3

4

Nurullayev

Lutfulla Inoyatovich

So’nggi uch yil mobaynida va hozirgi vaqtda «O’zbekenergo» DAJ Energiya samaradorligini ta’minlash boshqarmasi boshlig’i

0

0

Toshkentboyev

Ibrohim Ergashevich

So’nggi uch yil mobaynida va hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bosh mutaxassis

0

0

Atabayev Lutfulla Habibullayevich

So’nggi uch yil mobaynida va hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligida bo’lim boshlig’i o’rinbosari

0

0

Hakimov Oybek

Abduhakimovich

2010-2011y. O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasida birinchi toifali mutaxassis, 2011-2012y. O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasida bosh mutaxassis, 2013 yildan hozirgi kunga qadar O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasida bo’lim boshlig’i

0

0

Rayimqulov Abror

Saitmurotovich

2007-2011y. «O’zbekenergo» DAJ da yetakchi mutaxassis, 2011 yildan hozirgi kunga qadar «O’zbekenergo» DAJ da yetakchi iqtisodchi

0

0


8. Emitent ta’sischilari ro’yxati (faqat aksiyalarning birlamchi chiqarilishi chog’ida to’ldiriladi): ushbu aksiyalarning chiqarilishi birlamchi hisoblanmaydi.



Ta’sischilar – yuridik shaxslar

yoki ta’sischilar – jismoniy shaxslarning to’liq nomi –



Ta’sischilar – yuridik shaxslarning manzili (pochta manzili) yoki ta’sischilar – jismoniy shaxslarning pasport ma’lumotlari

Emitent ustav kapitalidagi ulushi

soni (donalarda)

ulushi

(foizlarda)



1

2

3

4














9. Emitentning affilangan shaxslari ro’yxati:


Affilangan shaxs – yuridik shaxsning to’liq nomi yoki affilangan shaxs – jismoniy shaxsning ismi-sharifi

Shaxsning affilanganligiga asos

Affilangan shaxsning

emitent ustav kapitalidagi ulushi



soni

(donalarda)



ulushi

(foizlarda)



oddiy

imtiyozli

1

2

3

4

5

O’zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo’mitasi qoshidagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi Davlat unitar korxonasi

jamiyatning yigirma foizdan ortiq aksiyalariga egalik qiluvchi yuridik shaxs

98 228

0

47

«O’zbekenergo» Davlat aksiyadorlik kompaniyasi


jamiyatning yigirma foizdan ortiq aksiyalariga egalik qiluvchi yuridik shaxs

106 588

0

51

Nurullayev Lutfulla Inoyatovich

Jamiyat Kuzatuv kengashi raisi

0

0

0

Toshkentbayev Ibrohim Ergashevich

Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zosi

0

0

0

Atabayev Lutfulla Habibullayevich

Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zosi

0

0

0

Hakimov Oybek Abduhakimovich

Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zosi

0

0

0

Rayimqulov Abror Saitmurotovich

Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zosi

0

0

0

Mubarakshin Ruslan

Gazizovich

Jamiyat direktori vakolatlarini bajaruvchi shaxs

0

0

0

10. Emitentning barcha vakolatxona va filiallari ro’yxati: jamiyat vakolatxona va filiallarga ega emas.

To’liq nomi

-

Manzili

-

Ochilish vaqti

-

11. Emitentning barcha sho’ba va tegishli jamiyatlari ro’yxati: jamiyat shoba va tegishli jamiyatlarga ega emas.


To’liq nomi

-

Manzili

-

Tashkil etilgan vaqti

-

10- va 11-bandlarni to’ldirish chog’ida salbiy javob berilgan hollarda to’liq, batafsil javob berish zarur, masalan, emitent vakolatxonalar, filiallar, sho’ba va tegishli jamiyatlarga ega emas.
12. So’nggi uch yil mobaynida har bir turkum bo’yicha ishchilarning yillik o’rtacha soni (kishi):


Turkum

2011y.

2012y.

2013y.

1

2

3

4

Ishlab chiqarish – korxonaning asosiy ishlab chiqarish faoliyati bilan mashg’ul bo’lgan ishchilar soni (ishlab chiqarish tarmog’idagi ishchilar, sotuvchilar)

397

392

394

Ma’muriy – boshqaruv xodimlari (buxgalteriya, rejalashtirish bo’limi, boshqa xizmatlar)

19

19

17

Ijtimoiy soha – bolalar bog’chalari, dam olish maskanlari, poliklinikalar va h.k. larni boshqarish va ularga xizmat ko’rsatishda mashg’ul bo’lgan ishchilar

4

4

4

Boshqa

0

0

0

Jami:

420

415

415

13. Emitentning mustaqil reyting bahosi, shuningdek patent, litsenziya yoki shartnomalarining mavjudligi. Ularning qisqa tavsifini keltirish. Jamiyatda uning moliya-xojalik faoliyatiga sezilarli ravishda tasir qilishi mumkin bolgan mustaqil reyting bahosi, patent va shartnomalar mavjud emas. Shu bilan birga, quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar mavjud:

- shahar bo’ylab yuklarni avtomobil transportida tashish,

- ulgurji savdo,

- ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun prekursorlardan foydalanish va ularni saqlash,

- yagona energetika tizimiga ulanuvchi statsionar elektrostantsiyalarda elektr energiyasini ishlab chiqarish.
2. EMITENTNING MOLIYAVIY HOLATI TO’G’RISIDA MA’LUMOTLAR

14. So’nggi 3 moliyaviy yil davomida yoki emitent tashkil etilgan vaqtdan boshlab har bir yakunlangan yil uchun (agar ushbu muddat 3 yildan kam bo’lmasa) buhgalteriya balanslari va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotlar nusxalari. 2011, 2012 va 2013 yillar uchun buhgalteriya balanslari va moliyaviy natijalar togrisidagi hisobotlar nusxalari ilova qilinadi.

15. Prospekt tasdiqlanishidan avval so’nggi chorak yakuniy holatiga ko’ra emitentning moliyaviy natijalari to’g’risida buxgalteriya balansi va hisoboti nusxalari. 2014 yilning II choragi yakuniy holatiga kora moliyaviy natijalari togrisida buxgalteriya balansi va hisoboti nusxalari ilova qilinadi.

16. So’nggi uch yil davomida vakolatli organlar tomonidan emitentga qo’llangan iqtisodiy sanktsiyalar to’g’risida ma’lumotlar:

а) sanktsiya qo’yilgan sana: 01.05.2013y.

б) sanktsiya qo’llagan organ: O’zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo’mitasi

в) sanktsiya qo’yilishi sababi: Asossiz daromad olish

г) sanktsiya miqdori, so’mda: 1 428 400 000 so’m, jarima (penya) 142 800 000 so’m

д) qimmatli qog’ozlar to’g’risidagi qaror qabul qilingan vaqtga kelib sanktsiyalarni ijro etish darajasi: qoplandi.



17. Emitent javobgar yoki da’vogar sifatida ishtirok etayotgan sud jarayonlari haqida ma’lumot. Emissiya prospekti tasdiqlangan sanaga kelib emitent sud jarayonlarida javobgar sifatida ishtirok etmayapti, faqat bitta sud jarayoni bo’yicha da’vogar hisoblanadi.

18. Emitentning ustav kapitali haqida ma’lumotlar:

а) nizomga muvofiq ustav kapitali miqdori, so’mda - 2 089 960 000 so’m;

б) buxgalteriya balansi ma’lumotlariga muvofiq ustav kapitali miqdori, so’mda - 2 089 960 000 so’m;

в) ustav kapitalining to’lov amalga oshirilgan qismi hajmi, so’mda - 2 089 960 000 so’m;

г) natijalarga ko’ra nominal qiymatga nisbatan qimmatli qog’ozlar bo’yicha to’langan daromadlar:





2011y.

2012y.

2013y.

1

2

3

4

Oddiy aksiyalar bo’yicha

0,3

-

-

Imtiyozli aksiyalar bo’yicha

25

25

25

Obligatsiyalar bo’yicha

-

-

-

Boshqa qimmatli qog’ozlar turlari bo’yicha

-

-

-

19. So’nggi uch yil mobaynida avval chiqarilgan aksiyalar haqida ma’lumot, ularning har biri uchun alohida ma’lumot (dastlabki chiqarish chog’ida to’ldirilmaydi):

So’nggi uch yil mobaynida jamiyat tomonidan aksiyalar chiqarilmadi. Jamiyat bir marotaba aksiya chiqargan:

a) davlar ro’yxatidan o’tkazilgan sana, aksiya chiqarish uchun berilgan identifikatsiya raqami: 13.09.2002y., НИН: RU101P0507T2, RU201P0507T0 (№P0507);

b) nominal qiymat bo’yicha aksiya chiqarish hajmi, so’mda 2 089 960 000 so’m;

c) aksiya chiqarishdan maqsad: jamiyat ustav fondini shakllantirish.



20. Emitentning ro’yxatdan o’tgan har bir obligatsiya nashri (chiqarish) bo’yicha avval chiqarilgan (so’nggi uch yil mobaynida) obligatsiyalar haqida alohida ma’lumotlar, barcha obligatsiyalari qoplangan obligatsiya nashri bundan mustasno. Jamiyat tomonidan obligatsiya chiqarish amalga oshirilmagan.

а) chiqarilgan obligatsiyalar seriyasi va shakli___________________________;

б) obligatsiya chiqarish umumiy hajmi (nominal qiymat bo’yicha), so’mda ______;

в) obligatsiya chiqarishdan maqsad.


3. KELGUSIDA MUOMALAGA KIRITILADIGAN AKSIYALARNI

CHIQARISH SHARTLARI
21. Kelgusida muomalaga kiritiladigan aksiyalarni chiqarish shartlari:

a) chiqariladigan aksiya turi: oddiy va imtiyozli;

b) chiqariladigan aksiyalar soni: 2 089 960 dona, ulardan 2 048 160 donasi oddiy va 41 800 donasi imtiyozli;

c) chiqariladigan aksiya nominal qiymati, so’mda - 1 000 so’m;

d) aksiya chiqarish umumiy hajmi (nominal qiymat bo’yicha), so’mda - 2 089 960 000 so’m;

e) har bir chiqariladigan aksiya taqdim etadigan huquqlar:



Aksiyadorlar quyidagi huquqlarga ega:

ularni jamiyat aksiyadorlari ro’yxatiga kiritish;

depozitariydagi depo hisobidan o’zlariga ko’chirmalar olish;

dividendlar ko’rinishida jamiyat daromadidan ulush olish;

jamiyat tugatilishi yuz bergan hollarda ularga tegishli ulushlarga muvofiq mol-mulkdan o’z ulushini olish;



aksiyadorlar umumiy yig’ilishlarida ovoz berish orqali jamiyat boshqaruvida ishtirok etish;

o’rnatilgan tartibda jamiyatning moliya-xo’jalik faoliyati natijalari to’g’risida to’liq va ishonchli ma’lumot olish;

olingan dividendlardan erkin foydalanish;



qimmatli qog’ozlarni tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organi, hamda sudda o’z huquqlarini himoya qilish;

o’rnatilgan tartibda ularga yetkazilgan zararlar qoplanishini talab qilish;

o’z manfaatlarini namoyon etish va himoya qilish maqsadida uyushmalar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga birlashish;

ehtimoliy zararlar, shuningdek qimmatli qog’ozlarni xarid qilish chog’ida boy berilgan foyda bilan bo’g’liq xatarlarni sug’urta qilish.



Aksiyadorlar – oddiy aksiyalar egalari qonunchilik va jamiyat nizomiga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig’ilishi vakolatlariga kiruvchi barcha masalalar bo’yicha ovoz berish huquqiga ega bo’lgan holda yig’ilishda ishtirok etishi mumkin.

Aksiyadorlar – imtiyozli aksiyalar egalari jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish to’g’risidagi masalalarni hal etishda ovoz berish huquqiga ega bo’lgan holda aksiyadorlar umumiy yig’ilishida ishtirok etadilar, shuningdek dividend miqdorini belgilash yoki oshirish va (yoki) aksiyadorlar - imtiyozli aksiyalar egalarining o’tgan navbatdagi imtiyozli aksiyalar bo’yicha likvidatsiya qiymatini belgilash yoki oshirish holatlarini o’z ichiga olgan huquqlarini cheklovchi jamiyat nizomiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi masalalarni aksiyadorlar umumiy yigi’ilishida hal etish chog’ida ovoz berish huquqini qo’lga kiritadilar, jumladan aksiyadorlar - imtiyozli aksiyalar egalariga dividend va (yoki) ushbu aksiyalarning likvidatsiya qiymatini to’lash chog’ida navbat berish (ketma-ketlik) tartibida afzalliklar taqdim etiladi.

Aksiyadorlar – imtiyozli aksiyalar egalari imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lash to’g’risida qaror qabul qilinmagan yoki dividendlar to’lovini to’la amalga oshirmaslik to’g’risida qaror qabul qilingan yillik aksiyadorlar yig’ilishidan so’ng o’tkazilgan yig’ilishdan boshlab aksiyadorlar umumiy yig’ilishi vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha ovoz berish huquqiga ega bo’lgan holda yig’ilishda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Aksiyadorlar – imtiyozli aksiyalar egalarining mazkur aksiyalar bo’yicha to’liq hajmdagi dividendlar to’lovi birinchi marta amalga oshirilgan vaqtdan boshlab ularning aksiyadorlar umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqi tugaydi.

Aksiyadorlar qonunchilik va jamiyat nizomida ko’zda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.

f) aksiya joylashtirish usuli, shuningdek yopiq obuna qilish hollarida joylashtirish amalga oshirilayotgan shaxslar doirasi ko’rsatib o’tiladi: Mazkur nashrdagi aksiyalar depozitariylar tomonidan bo’lish operatsiyasi amalga oshirilgan sanada jamiyat aksiyadorlari hisoblangan shaxslar orasida yopiq obuna (xususiy joylashtirish) bo’yicha joylashtiriladi.

g) aksiyalarni joylashtirish tartibi va muddati:

Mazkur nashrdagi aksiyalar qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organida aksiyalarning mazkur nashri davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan boshlab o’n besh kalendar kunidan kechiktirmagan holda ularga avval joylashtirilgan aksiyalarga konvertatsiya qilish orqali joylashtiriladi.

Aksiyalarni joylashtirish depozitariylar tomonidan bo’lish operatsiyasi amalga oshirilgan sanada jamiyat aksiyadorlari hisoblangan shaxslar orasida shartnoma tuzilmagan holda uyushmagan birjadan tashqari bozorda yopiq obuna (xususiy joylashtirish) bo’yicha amalga oshiriladi.

Bunda bo’lish jarayoni depozitariylar tomonidan 1:10 bo’lish koffitsientiga muvofiq nominal qiymati 10 000 so’mga teng jamiyat aksiyalarini nominal qiymati 1 000 so’mga teng aksiyalarga konvertatsiya qilish orqali amalga oshiriladi.

Ushbu nashrdagi aksiyalarni joylashtirish uchun anderrayterlar jalb qilinmaydi.

h) mazkur nashrdagi aksiyalarni joylashtirish qiymati yoki qiymatini belgilash tartibi: Mazkur nashrdagi aksiyalarni joylashtirish nominal qiymat (1 000 so’m) bo’yicha amalga oshiriladi;

i) aksiyalar to’lovi shartlari va tartibi, shuningdek hisob-kitob shakllari, aksiyalarni to’lash uchun mablag’lar o’tkazilishi zarur bo’lgan bank hisoblari: ushbu nashrdagi aksiyalar to’lovi ko’zda tutilmagan.

j) aksiyalarni chiqarish bo’yicha qaror qabul qilgan emitent organi va qabul qilingan sana: 2014 yil 29 avgustdagi navbatdan tashqari aksiyadorlar umumiy yig’ilishi;

k) aksiyalar emissiyasi bo’yicha emitent nizomida belgilangan har qanday cheklovlar, joylashtiriladigan aksiyalarni xarid qilishi mumkin bo’lgan shaxslarga nisbatan cheklovlar: jamiyat nizomida aksiyalarni xarid qilishi mumkin bo’lgan shaxslarga nisbatan cheklovlar mavjud emas.

Aksiyalar chiqarish to’g’risidagi qarorga muvofiq jamiyatning avval joylashtirilgan aksiyalarini bo’lish jarayoni amalga oshiriladi. Jamiyat aksiyalarini bo’lish chog’ida mazkur nashrdagi aksiyalarni joylashtirish depozitariylar tomonidan bo’lish operatsiyasi amalga oshirilgan sanada jamiyat aksiyadorlari hisoblangan shaxslar orasida yopiq obuna (xususiy joylashtirish) bo’yicha amalga oshiriladi.

l) investorning xarid qilingan aksiyalar bo’yicha olgan daromadini soliqqa tortish: qonunchilikda o’rnatilgan tartibda amalga oshiriladi;

m) aksiyalarni chiqarishdan maqsad: jamiyat aksiyalari nominal qiymati miqdorini O’zbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish tog’risida»gi Qonunning 23-moddasi talablariga muvofiqlashtirish.
4. KELGUSIDA MUOMALAGA KIRITILADIGAN

OBLIGATSIYALARNI CHIQARISH SHARTLARI
22. Kelgusida muomalaga kiritiladigan obligatsiyalarni chiqarish shartlari: mazkur emissiya prospektida obligatsiyalar chiqarish ko’zda tutilmagan.

a) chiqariladigan oblgatsiya seriyasi va shakli __________________________;

b) chiqariladigan obligatsiyalar soni __________________________________;

c) chiqariladigan obligatsiyaning nominal qiymati, so’mda __________________;

d) obligatsiya chiqarish umumiy hajmi (nominal qiymat bo’yicha), so’mda ______;

e) har bir chiqariladigan obligatsiya taqdim etadigan huquqlar;

f) chiqariladigan obligatsiyalar muomalasi tartibi va muddatlari_______________;

g) chiqariladigan obligatsiyalar bo’yicha ta’minot:

ta’minot ishlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shaklini o’z ichiga olgan holda tashkilotning to’liq nomi;

ta’minot turi;

pul ko’rinishidagi ta’minot miqdori;

h) obligatsiyalarni joylashtirish usuli, shuningdek yopiq obuna qilish holatida obligatsiyalar joylashtirish amalga oshirilayotgan shaxslar doirasi ko’rsatib o’tiladi;

i) obligatsiyalarni joylashtirish tartibi va muddati;

j) obligatsiyalar joylashtirishning taxminiy qiymati;

k) obligatsiya to’lovi shartlari va tartibi, shuningdek hisob-kitob shakllari, obligatsiyalarni to’lash uchun mablag’lar o’tkazilishi zarur bo’lgan bank hisoblari;

l) obligatsiyalarni chiqarish bo’yicha qaror qabul qilgan emitent organi va qabul qilingan sana;

m) obligatsiyalar emissiyasi bo’yicha emitent nizomida belgilangan har qanday cheklovlar, joylashtiriladigan obligatsiyalarni xarid qilishi mumkin bo’lgan shaxslarga nisbatan cheklovlar;

n) investorning xarid qilingan obligatsiyalar bo’yicha olgan daromadini soliqqa tortish;

o) obligatsiyalarni chiqarishdan maqsad.

23. Qimmatli qog’ozlarning to’lovi pul mablag’lari bilan amalga oshirilmagan hollarda qimmatli qog’ozlar to’lovi amalga oshirilishi mumkin bo’lgan mol-mulk ro’yxati ko’rsatilsin: Aksiyalar to’lovi ko’zda tutilmagan.

Chiqariladigan qimmatli qog’ozlar ulushi, ular joylashtirilmagan hollarda, ularni chiqarish amalga oshmagan hisoblanadi (bunday ulush chiqariladigan qimmatli qog’ozlar umumiy sonining 60 fozidan kam miqdorda belgilanishi mumkin emas). Mazkur nashrdagi aksiyalar umumiy sonining 100 foizidan kam miqdorda ushbu nashrdagi aksiyalarni joylashtirish chog’ida aksiyalar chiqarish amalga oshmagan hisoblanadi.

Qimmatli qog’ozlar chiqarish amalga oshmagan deb tan olingan hollarda qimmatli qog’ozlar uchun to’lov sifatida emitent tomonidan olingan mablag’larni qaytarish tartibi.

Mablag’larni qaytarish ko’zda tutilmagan.

24. Obligatsiyalar bo’yicha daromadlarni to’lash va qoplash shartlari: mazkur emissiya prospektida obligatsiyalar chiqarish ko’zda tutilmagan.

а) obligatsiyalarni qoplash shartlari (pul mablag’lari, mol-mulk, konvertatsiya va h.k.);

б) obligatsiyalarni qoplash tartibi va shartlari, shuningdek qoplash muddati;

qoplash muddati obligatsiyalar chiqarish va joylashtirish kunidan boshlab belgilanadi va quyidagicha belgilanishi mumkin:

kalendar sanasi bilan (mazkur kalendar sanasini belgilash tartibi bilan);

vaqt oralig’i bilan (mazkur vaqt oralig’ini belgilash tartibi bilan);

в) har bir obligatsiya bo’yicha to’lanadigan daromadni belgilash tartibi (daromad miqdori yoki uni belgilash tartibi, shu bilan birga har bir kupon bo’yicha to’lanadigan daromad miqdori yoki uni belgilash tartibi);

г) obligatsiyalar bo’yiha daromad to’lash tartibi va muddati, shuningdek har bir kupon bo’yicha daromad to’lash tartibi va muddati;



д) obligatsiyalarni muddatdan avval qoplash imkoniyati va shartlari, xususan: muddatdan avval qoplash bahosi (qiymati), obligatsiyalar muddatdan avval qoplash uchun taqdim etilishi mumkin bo’lgan muddat, shuningdek emitent tomonidan muddatdan avval qoplash to’g’risidagi ma’lumotni oshkor qilish tartibi.

25. Obligatsiyalar bo’yicha daromadlarini to’lash va qoplash tartibi to’g’risidagi ma’lumot tegishli to’lovlar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan kredit tashkilotlari (to’lov agentlari) haqidagi quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi zarur: tashkilotning to’liq va qisqartirilgan nomi, manzili, pochta manzili. Mazkur emissiya prospektida obligatsiyalar chiqarish ko’zda tutilmagan.

26. Mazkur qimmatli qog’ozlar emissiyasi prospektida ko’rsatilgan barcha xujjatlar uning tarkibiy qismi hisoblanadi hamda tikilishi, raqamlanishi va emitentning muhri bilan tasdiqlanish zarur. Ushbu talab bajarildi.


Yüklə 128,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə