Umumtexnika fanlari kafedrasi


Shlitsli birikmalar, ularning turlari, ishlatilish sohalari. Shlitsli birikmalarni mustahkamlikka hisoblash



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə7/14
tarix26.10.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#132268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Umumtexnika fanlari kafedrasi namatov Eralining

1.5. Shlitsli birikmalar, ularning turlari, ishlatilish sohalari. Shlitsli birikmalarni mustahkamlikka hisoblash.
Valning sirtida va unga o’rnatilgan detall gupchagi teshigining sirtida ariqchalar o’yilib, detallardan birining chizig’i, ikkinchisining botig’iga tushadigan qilib o’rnatilsa, shilitsli birikma hosil bo’ladi. Bunday birikmalarda shponkali birikmalardagiga nisbatan quyidagicha afzalliklari bor: birinchidan detallar valda yaxshi markazlanadi, kerak bo’lganda ularni val o’qi bo’ylab suriladigan qilib o’rnatish xam mumkin; ikkinchidan o’lchamlari bir xil bo’lgan birikmalarda shilitsli birikmalar shponkali birikmalarga nisbatan katta burovchi moment uzata olishi mumkin; uchinchidan yuklanish zarb bilan bo’lganda xam ishda ishonchli.

1.16-rasm


Shilitsli birkmalarning barcha o’lchamlari standartlashgan bo’lib, shakli to’g’ri to’rt burchakli evolventa va uchburchakli bo’lishi mumkin. Bulardan eng ko’p tarqalgani to’g’ri to’rtburchak shaklli shilitslardir.
To’g’ri to’rtburchak tishli shilitsli birikmalarda detallar shilitslarning tish osti va tashqi diametri bo’yicha yoki yon tomonlari bilan markazlashtiriladi (a,b,v.-rasm), hamda jadvaldan burovchi momentga nisbatan tanlanadi.
Markazlashtirish D yoki d bo’yicha bo’lsa gubchak va val o’qlarini o’qdoshligi yon bo’yicha markazlashtirganga nisbatan yaxshi bo’ladi. Yon yoqlari bilan markazlashtirish ish sharoiti og’ir bo’lgan xollarda tavsiya etiladi, chunki bunda tishlarga yuklanish nisbatan bir tekisda yuklanadi.
Bu birikmalar standart asosida uch xil seriyaga bo’linadi, yengil seriya (D=26... 120 mm, tishlar soni Z=6;8;10), o’rtacha seriya (D=14...125 mm, tishlar soni Z=6;8;10), og’ir seriya (D=20...125mm, tishlar soni Z=6;10;20).
Asosan yengil seriya qo’zg’almas birikmalarda ishlatiladi. O’rta seriya qo’zg’aluvchan birikmalar, og’ir seriya esa burovchi moment katta bo’lganda qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan xolda ishlatiladi.
Evolventa shaklli shilitsli birikmalarni standart asosida yon tomonlari bilan markazlaщtiriladi, kamdan-kam tashqi diametri bo’yicha markazlashtiriladi. Bu birikmalar to’g’ri to’rtburchakli birikmalarga nisbatan shilitslarni nisbatan kupligi Hisobiga anikligi, mustahkamligi yuqori. Kesish texnologiyasi yengil, nisbatan arzon. Shuning uchun bunday birikmalar keng tarkalgan. Bu birikmalar xam qo’zg’almas yoki qo’zg’aluvchan bo’lishi mumkin.
Uchburchak shilitsli birikmalar, nisbatan katta bo’lmagan momentlarni uzatish uchun qo’zg’almas birikma shaklida ishlatiladi. Shilitslarni sonlari 70 tagacha bo’lishi mumkin. Markazlashtir faqat yon tomonlari bilan bo’ladi. Asosan asbobsozlik sanoatida kup ishlatiladi.

1.17-rasm


To’g’ri to’rt burchakli shilitslarni hisobi, 18-rasm. Bunday shilitsli birikmalarni ishlatish darajasi yeyilishga hamda eziliщga chidamliligi bilan belgilanadi. Jadvaldan valning diametriga nisbatan standart asosida tanlab olinadi va ezilish va yeyilishlarga kuchlanishlarni Hisobiy qiymatlari aniqlanib, ruxsat etilgan qiymat bilan solishtiriladi.

1.18-rasm.


Ezilishga hisoblash. Hisobiy kuchlanishni qiymati quyidagicha aniqlanadi.

bunda: M- uzatilayotgan aylanuvchi momenti, SF – valning o’qiga nisbatan olingan ishchi yuzaning umumiy statik momenti, mm3/mm. (jadval), l – shilitsning uzunligi, mm.
1.3-jadval

Seriya

Shlitsning o’lchamlari
z x d x D

b

SF, mm3/mm

O’lchamlari, mm

Yengil

8x36x40

7

182

8x42x46

8

211

8x46x50

9

230

8x52x58

10

440

O’rta

8x36x42

7

343

8x42x48

8

396

8x46x54

9

600

Og’ir

10x42x52

6

978

10x46x56

7

1020

Yeyilishga hisoblash. Yeyilishga chidamliligi quyidagicha aniqlanadi.

Shilitsli birikmalar o’lchamlari uning mustahkamlik va bikrligi bilan belgilanadi. Agarda σyeyl , σez larning Hisobiy qiymatlari, puxsat etilgan [σez], [σyeyl] qiymatlaridan 5 % ga oshsa l uzunlikni oshiradi yoki boshqa seriya olinadi.
Ruxsat etilgan kuchlanishlar. Yuzasi toblanmagan qo’zg’almas shilitsli birikmalar uchun [σez] =30÷70 MPa, toblangan bo’lsa [σez] =80÷180 MPa, yuzasi toblan o’q bo’yicha xarakatlanuvchi birikmalar uchun [σez] =5÷15 MPa.
Yeyilishga ruxsat etilgan kuchlanish qiymati ishga yuzaning termik qayta ishlanishiga hamda qattiqligiga bog’liq bo’lib, termik qayta ishlanish yaxshilanish bo’lganda σyeyl =0,032 NV, toblash bo’lganda σyeyl =0,3 NRS


Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə