Tuzuvchi: ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi Dotsenti Phd musurmonov E. Sh ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi assistenti Boltayev M. A. Taqrizchilar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə5/14
tarix21.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#129431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Tajriba Boyitish sirtqi

7-uzatma vali; 8- shkiv.

Mahsulotni maydalash ikkita ekssentrik joylashgan kesik konusning qo’zg’aluvchi va qo’zg’almas konus orasidagi halqasimon ishchi maydonda bajariladi.


Qo’zg’aluvchi konus pastki uchi ekssentrik valga erkin kira oluvchi valga zich o’rnatilgan. Ekssentrik val vertikal podshipnikda aylanadi. Ekssentrik val maydalagichning OO’ o’qi bo’ylab harakatlanganda konus valining uchi ekssentrik val teshigi chizuvchi aylana bo’ylab harakatlanadi, OB valning o’qi esa konusli yuza chizadi. Valning bunday harakatlanishi natijasida valga zich o’rnatilgan qo’zg’aluvchi konus qo’zg’almas konus ichida tebranadi va qo’zg’almas konus uning devoriga maksimal yaqinlashadi hamda qarama-qarshi devordan uzoqlashadi. Yarim aylanishdan so’ng maydalovchi konusning holati qarama-qarshi tomonga o’zgaradi: chap devorga maksimal yaqinlashadi va o’ng devordan uzoqlashadi.
Qo’zg’aluvchi konusning qo’zg’almas konusga yaqinlashuvida mahsulot maydalanadi.Jag’li maydalagichdan farqli ravishda konusli maydalagichlar uzluksiz ishlaydi, chunki konus yuzasining qaysidir qismi xohlagan vaqtda yaqinlashib mahsulotni maydalaydi. Uzluksiz ishlash maydalagich mexanizmlarini va elektrodvigatel uzatmalarini zo’riqtirmaydi.
Jag’li maydalagichlarga nisbatan konusli maydalagichlar yuqori mehnat unumdorligi, tinch ishlashi, maxovikning yo’qligi, ancha yuqori maydalanish darajasi, maydalangan mahsulot yirikligining bir tekisligi kabi bir qator afzalliklarga ega.
O’rtacha maydalash darajasi 3-4 ga teng. Ularning kamchiligiga tuzilishining murakkabligi, bo’yining balandligi kirib, ular maydalagich tayyorlashni va ta’mirlashni qimmatlashtiradi. Yana bir kamchiligi yopishqoq va loyli mahsulotlarni maydalashga yaramaydi.
Belgilangan maydalash jarayonining xususiyatiga qarab ikki turdagi konusli maydalagichlar mavjud: osilma valli va tikka maydalovchi konusli (yirik maydalash uchun); konsol valli va qiya maydalovchi konusli (o’rtacha va mayda maydalash) o’rtacha va mayda maydalash uchun ishlatiladigan maydalagichlarning xarakterli xususiyati ularda maydalovchi konusning qiya shaklda bo’lishidir. Agar yirik maydalovchi maydalagichlarda maydalagich konus o’qining og’ish burchagi 20-30° bo’lsa, o’rtacha va yirik maydalagichlar uchun 80-100° ni tashkil qiladi.
O’rtacha va mayda maydalovchi maydalagichlar yirik maydalovchi maydalagichlardan tez yurarligi bilan farq qiladi. Maydalagichning o’lchamiga qarab o’rtacha va mayda maydalovchi maydalagichlarning maydalovchi konuslarining tebranishlar chastotasi 215-350 min-l, yirik maydalovchi maydalagichlarda esa atigi 80-170 min-l ni tashkil qiladi.
Yirik maydalovchi konusli maydalagichlar yuklovchi va bo’shatuvchi tuynuklarining kengligi bilan xarakterlanadi. Masalan, maydalagichning yuklovchi tuynugining kengligi 1200 mm, bo’shatish tuynugining kengligi 150 mm bo’lsa, u yirik maydalovchi maydalagich ККД-1200/150 deb yuritiladi.
Yirik maydalovchi maydalagichlarning ishlab chiqarish unumdorligi jag’li maydalagichlarga o’xshab, birinchi navbatda ularning o’lchamiga va iste’mol qiladigan quvvatiga bog’liq. O’lchamlari bir xil maydalagichlarda ishlab chiqarish unumdorligi konusning tebranish chastotasi va maydalagan mahsulotning yirikligiga bog’liq.
Maydalagichga bir xil yiriklikka ega bo’lgan mahsulotlar solinib, maydalangan mahsulot qancha mayda bo’lsa, uning ishlab chiqarish unumdorligi shuncha kam bo’ladi.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə