Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakati va siyosiy harakatlar


Jadid maktablari. Jadid milliy matbuoti



Yüklə 72,5 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü72,5 Kb.
#137109
1   2   3   4
6-mustaqil ish

3. Jadid maktablari. Jadid milliy matbuoti.
Abdurauf Fitrat (1886-1938) jadidchilik haraktining yirik namoyondalaridan biridir. U Buxoro jadidchilarining tashkilotchilaridan biri sifatida xalqni ma’rifat va madaniyatdan bahramand qilish uchun astoydil kirishadi. Fitrat adabiyotga shoir va adabiyotshunos sifatida kirib keldi. U “Munozara” nomli drama yaratgan. Shuningdek, “Sayxa”, “Sayyohi hindi”, “Rahbari najot”, “Tarixi islom” kabi asarlarini 1908-1913 yillarda yaratdi. Fitrat o‘z ona diyorini ozod va hur ko‘rishni orzu qildi. U ana shunday ilg‘or g‘oya va fikrlari uchun ko‘pchilik jadidlar qatorida shakkoklik, isyonkorlikda ayblandi, chor ma’murlari esa uni mustamlakachilikka qarshi turganlikda aybladilar, kommunistik mafkura hukmron bo‘lgan qizil saltanat davrida esa millatchilikda, panturkizm g‘oyasi tarafdori, «xalq dushmani» degan uydirma tamg‘a bilan aybladilar.
Turkistonning milliy shoiri, Andijonda jadidchilikka asos solgan Cho‘lpon (1898-1938) shaharda «Turon kutubxonasi» va uning yonida katta bir qiroatxonani tashkil qilgan.
Xulosa shuki, rus mustamlakachilari Turkiston zamini uzra o‘z hukmronliklarini o‘tkazgan kezlarda yurtning jonkuyar, millatsevar, erksevar farzandalri jadidlar harakati ta’sirida milliy istiqlol uchun, mustaqil Turkiston uchun, ekspluatatsiya, zo‘rlik va zo‘ravonlikka qarshi xalqni otlantirdilar. Faqat o‘lkada so‘nggi asrlar davomida ishlab chiqarish kuchlari va taraqqiyotning orqada qolganligi oqibatida, xalq ommasining ijtimoiy-siyosiy, g‘oyaviy-nazariy saviyasi ham yetarli darajada davr talabiga monand bo‘lmaganligidan bu kurash birlashgan katta kuch sifatida muvaffaqiyat qozonildi. Siyosiy-ijtimoiy tarqoqlik, «o‘zingni bil, o‘zgani qo‘y» kayfiyati milliy kayfiyatga, milliy birlikka putur yetkazdi.
Jadidchilik harakatini o‘lka xalqlari ommaviy sur’atda qo‘llab quvvatlamadilar. Bu harakat faqat xalq orasiga ma’rifat va madaniyat g‘oyalarini tarqatishdan nariga o‘tmadi, o‘zining tor biqiq doirasida o‘ralib qoldi, siyosiy kurash partiyasi darajasiga ko‘tarila olmadi va ommani zulm va istibdodga qarshi dasturiy kurashga torta olmadi... Jadidlar harakatining nazariy va siyosiy barkamollik darajasiga o‘sib yetmaganlikdan rus bolsheviklari ustalik bilan foydalandilar va ularni ikkiga bo‘lib yubordilar. Jadidlarning bir guruhi bolsheviklarning yolg‘on va quruq va’dalariga ishonib, ular tomoniga o‘tdilar, «Yosh buxoroliklar» va «Yosh xivaliklar» guruhiga uyushdilar. Natijada milliy-ozodlik va istiqlol uchun kurash olib borayotgan kuchlar kuchsizlandi va parokandalikka uchradi.
O‘rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jamiyat yaratishdek o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurash olib borishga alohida ahamiyat berganlar. Ular bu vazifalarni amalga oshirishda quyidagi yo‘nalishlarni ustuvor deb hisoblaganlar: o‘lkada yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish, qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish, turli ma'rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar chop etish, xalqning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ongini yuksaltirish yo‘li bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish edi. Ilg‘or milliy ziyolilar faoliyatining muhim yo‘nalishi yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish edi. Bu maktablar bolalarning tez va oson savodxon bo‘lishlarini ta'minlabgina qolmay, balki ularda fanatizm va konservatizmdan xoli bo‘lgan yangi dunyoqarashning shakllanishiga ham xizmat qilar edi. Ular ham Sharq, ham G‘arb madaniyati yutuqlarini egallashga intildilar, o‘qidilar va o‘zgalarni ham shunga da'vat etdilar. Ma'rifatparvarlar xorijga chiqib, turli mamlakatlardagi madaniyat va ta'lim taraqqiyoti darajasini ko‘ra oldilar, ularni solishtirdilar va bu zehnli yoshlarda jahon taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga keltirish istagi paydo bo‘ldi. Natijada jadidlarning diqqat markaziga birinchi bosqichda ta'limni isloh etish vazifasi qo‘yildi. Yangi usul maktablarida ta'lim jarayonida Yevropa standartlari mezon qilib olingan edi. Arifmetika, tarix, geografiya, tabiatshunoslik asoslari singari fanlar bilan bir qatorda islom ta'limoti asoslarini o‘rganishga ham katta e'tibor berilgan. Yangi darsliklar yaratish masalasi juda dolzarb bo‘lib turar edi. Dastlabki paytlarda Turkistondagi yangi usul maktablarining ko‘pchiligida Qozon va Orenburgda nashr etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanildi. Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon, Qo‘qon, Xiva shaharlari jadidchilik harakati markaziga aylandi. Bu shaharlarda ochilgan madani ma'rifiy yo‘nalishdagi jamiyat va uyushmalar Turkistonda jadidchilikning keng yoyilishiga olib keldi.


Yüklə 72,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə