Toshkent viloyati Ohangaron tumani



Yüklə 5,45 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü5,45 Kb.
#166155
Tavsifnoma yoshlar yetakchisi tomonidan berilgan


Toshkent viloyati Ohangaron tumani
Uvak MFYning Yangi hayot ko`chasi
105-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro
O`ralbayeva Dilnura Xurshid qiziga
Uvak MFY yoshlar yetakchisi
Ernazarov Sardor Boynazarovich
tomonidan berilgan tavsifnoma
TAVSIFNOMA
Mahallamizning iqtidorli, tirishqoq, izlanuvchan, tashabbuskor va tashkilotchi yoshlaridan biri O`ralbayeva Dilnura Xurshid qizi 2005-yil 10-oktabrda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tavallud topgan. Mahallamizda eng faol, tashabbuskor va harakatchanligi bilan boshqa tengdoshlari orasida ajralib turadi. Maktab davridanoq biz bilan birgalikda turli xil jamoatchilik tadbirlarida doimiy tarzda faol qatnashib keladi. Dilnura chet tillari va huquq fanlariga boshqacha qiziqadi va har yili ushbu fanlar bo`yicha tuman bosqichi tanlovlarida mahallamiz sharafini munosib himoya qilib keladi. 2023-yil 5 tashabbus olimpiadasida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovida III-o`rin bilan taqdirlandi va turli tanlovlarda mana shunday faol qatnashib yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Bundan tashqari mahallamizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish bo`yicha mahalla sardori va eng yosh volontyor sifatida mahallamizda tashkil etilgan turli xil jamoatchilik ishlarida doimiy faol ishtirok etib keluvchi iqtidorli qizimiz. Dilnura mahallamizdagi har qanday jamoatchilik ishlarining doimiy faol a`zosi va tashabbuskorlik va tashkilotchiligi bilan mahallamiz yoshlaridan o`zgacha ajralib turadi.
Men mahallamizning eng yosh volontyori va mahalla sardorlaridan biri O`ralbayeva Dilnura Xurshid qiziga kelgusi ishlariga ulkan zafarlar tilayman va bu qizimizning eng zo`r mutaxassis, xalqaro diplomat bo`lib yetishiga ishonch bildiraman.
Men O`ralbayeva Dilnura Xurshid qizini Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga eng munosib nomzod sifatida tavsiya etaman.
Uvak MFY
yoshlar yetakchisi: S.Ernazarov _________
Yüklə 5,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə