Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 167,19 Kb.
səhifə9/21
tarix10.04.2023
ölçüsü167,19 Kb.
#104855
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
qwertyui (3)

Lick into shape – biror shaklga yoki ko`rinishga keltirmoq, odam aftiga keltirmoq, an unlicked cub – go`dak, yosh bola. Bu iboralar o`rta asrning diniy e`tiqodlariga asoslangan, unga ko`ra ayiqchalar shaklsiz, ya`ni ayiqqa o`xshamagan shaklda tug`ilishadi, ota-onalari ularni yalab ularni kerakli shaklga keltirishgan.
e. Tarixiy faktlarni o’zida mujassamlantirgan frazeologik birliklarAs well be hanged (yoki hung) for a sheep as for a lamb (yoki as a lamb) – bo`rining yesa ham, yemasa ham og`zi qon. Qadimgi inglizlar qonunining bir bandi, unga ko`ra qo`y o`g`irlagan shaxs osib o`ldirilgan.
The curse of Scotland – (k.q.) la`nati shotlandlar, baloga yo`liqqurlar; doiralar to`qqizligi. Ibora graf Dalrimp Steyrning gerbidagi suratdan olingan. U Shotlandiyadagi inglizlar siyosatiga qarshi harakatlar yetakchisi bo`lgan.
Khaki election – favqulodda vaziyatlardagi saylov. 1918-yilning dekabr oyida Birinchi Jahon Urushidan keyin Angliyada parlament saylovlari boshlangan.
The three tailors of Tooley Street – Tuli ko`chasining uch tikuvchisi; o`zlarini butun boshli xalq namoyandalarimiz deb hisoblovchi odamlar guruhi. Ingliz siyosatshunos arbobi D. Kanning ning guvohlik berishicha, Tuli ko`chasining uch tikuvchisi parlamentda “We, the people of England …” so`zlari bilan boshlanuvchi murojaat bilan chiqishgan.
When Adam delved and Eve span who was than the gentleman? – Adam yer haydaganda va Yeva ip yigirganda, aslzodalar qayerda edi? 1381-yilgi dehqonlar urushiga rahnamolik qilgan Uott Taylerga ustozi Jon Boll tomonidan yozib berilgan shiorlardan biri. Bu ibora hozirgi kunda aslzodalardan ko`ra ko`proq kulgili vaziyatga tushib qolgan insonlarga nisbatan qo`llaniladi.18
Ma’lum bir tildagi frazeologik birliklarni boshqa bir tilga tarjima qilishda ma’noviy bog’liqlikka ega bo’lgan ekvivalentlardan foydalaniladi. Ammo faqat bir xalqqagina tegishli bo’lgan tub frazeologizmlar boshqa tilga tarjima qilinganda garchi tilning lug’at boyligi ko’p bo’lsada, mos ekvivalentni topish qiyin bo’ladi. Yuqoridagi tub ingliz frazeologizmlari bunga misol bo’ladi.
Boshqa tillardan o’zlashgan frazeologizmlar.
Tilning tashqi man’ba asosida boyishidan o’zlashtirilgan frazeologik birliklar ingliz tilida ham salmoqli o’ringa ega. Asosan, fransuz va lotin tilidan o’zlashtirilgan frazeologik birliklar katta miqdorni tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda italyan, ispan, nemis, yunon va boshqa tillardan o’zlashgan idiomalar ham talaygina. Masalan:
Fransuz tilidan – An iron hand a velvet glove (yumshoq joyda yaxshi uxlaysan);
Apropos of nothing (bekordan bekorga)
Lotin tilidan – dead men don’t bite (o’liklar tishlamaydi)
A man is to man a wolf (gadoning dushmani gado)
Ingliz tilida frazeologizmlarning asosiy manbasi bu Bibliya hisoblanadi. Bibliyadan o’zlashgan frazeologik birliklar shu darajada ko’pki, bu haqida shu kungacha juda ko’plab ishlar qilingan. Sababi u bir necha asrlardan beri xalq orasida eng ko’p o’qilgan manba hisoblanadi. Unda so’zlar bilan bir qatorda frazeologik iboralar ham Bibliya sahifalaridan ma’nosi bilan ingliz tiliga kirib kelgan. Ular kommunikativ birlik sifatida nutqda juda faol hisoblanadi:
to bite the dust – muvaffaqqiyatsizlikka uchramoq;
by the skin of your teeth – muvaffaqqiyat qozonish;
Cast pearls before swine – eshakning qulg`iga tanbur chalmoq;
a drop in the bucket – dengizdan tomchi Filthy lucre – oltin, kumush pullar; pul;
good news is in her mouth – yaxshi habar olib kelmoq;
he olive branch – zaytun shoxi; tinchlik va osudalik timsoli.
gird up your loins – tayyor bo’lmoq;
The root of evil – yovuzlikning ildizi; mol-dunyoga muhabbat;
iniquity in my hands – gunohkor;
A thorn in the flesh of somebody – doim kimningdir g`azabini keltirmoq; xira pashsha;
he who awakens and he who answers – har bir yolg’iz inson;
Bone of the bone and flesh of the flesh – pushti kamaridan bo`lgan farzand;
In the twinkling of an eye – juda tez sodir bo’lmoq;
The dog returns to his vomit – jinoyatchi jinoyat joyiga qaytadi; ot aylanib qozig`ini topadi.
Rule with a rod of iron – qattiqqo`llik bilan boshqarmoq;
There’s nothing new under the sun – yangilik yo’q;
Sell one`s bright right for a mess of pottage – o`zining birinchi kashfiyotini arzimagan pulga sotib yubormoq.
Separate the sheep from the goats – echkilardan qo`ylarni ajratmoq; muhim ishlarni saralab olmoq;
Set somebody`s teeth on an edge - joniga tegmoq, bezor qilmoq;
From the bottom of the heart – chin qalbdan, chin yurakdan, samimi;
Lay violent hands on oneself – o`z joniga qasd qilmoq, o`zini o`zi o`ldirmoq;
Like a giant refreshed – yangi kuch bilan.
Ingliz frazeologizmlarining ko’pchiligi antik mifalogiya, tarix va adabiyot bilan bog’iq. Bunday frazeologik birliklarning aksariyati xalqaro xarakterga ega va ular ko’chilik tillarda uchraydi.
Antik mifalogiyaga quyidagi frazeologik birliklarni misol keltirishimiz mumkin:
a labor of Hercules, Augean stable, Lares and Penates, heel of Achilles, Scylla and Charybdis
Rise like a phoenix from its ashes – kuldan qaqnus yaralgandek.
Sow dragon`s teeth – nizo urug`ini sochmoq, urushga chaqirmoq, jangga chorlamoq.
The thread of Ariadne – mushkul, og`ir ahvoldan qutulish imkonini beradigan, mushkulini oson qiladigan narsa haqida yo`l-yo`riq, ko`rsatma, dastur. Krit oroli Ariadnning qizi yunon qaxramoni Tezeyaga uni labirintdan chiqib ketishi uchun unga kalava ip berib yordam qilgan.
Ko’rinib turibdiki, ingliz tili frazeolgik birliklarga juda boy. Bu til ichki va tashqi manba asosida frazeologik qatlami boyib borgan. Ayniqsa Shekspirizm, Biblizm, antic mifalogiya kabi ko’plab man’balar ingliz frazeologiyasining asosi hisoblanadi.



Yüklə 167,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə