Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar fakulteti



Yüklə 101 Kb.
tarix26.02.2022
ölçüsü101 Kb.
#84131
4-mustaqil ish TO\'M Axmatova


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT

PEDAGOGIKA INSTITUTI GUMANITAR FANLAR FAKULTETI

“TARIX KAFEDRASI

“TARIX O’QITISH METODIKASI” FANIDAN


MUSTAQIL TA’LIM

Bajardi:_________________________________

Tekshirdi: _______________________________

Chirchiq 2021 y.

Reja:

1. Tarix o’qitish usullarini klassifikatsiyalash.

2. Tarix darslarining zamonaviligi.

3. Dars tahlilining manbalari.

4. Tarix darslari turlari va tuzilishi.

O’qitish metodi deganda ta'lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning ma'lum maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodlari har ikkala faoliyatning, ya'ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ahloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida ko’llaniladigan usullarni o’z ichiga oladi.

O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlarida ta'lim mazmunini takomillashtirish, uning tarbiyaviy yo’nalishini kuchaytirish bilan birga, o’qitish metodlarini ham aktivlashtirish asosiy vazifa qilib qo’yildi.

Endilikda, ta'lim mazmuni insoniyat to’plagan tayyor bilimlar, ko’nikma va malakalarni puxta egallash bilan birga, o’quvchilarning mustaqil fikr yuritish, ijodiy ishlash qobiliyatlarining o’sishini ta'minlay oladigan ijodiy faoliyatni ham o’zida birlashtirmog’i lozim. Ta'limning rivojlanish printsiplariga ko’ra, o’quvchilarni mustaqil fikrlash va ijodiy ishlay bilishga o’rgatish va ularda zarur ko’nikma, malakalarni yuzaga keltirishda ta'lim mazmuni bilan birga o’qitish metodlari ham muhim rol o’ynaydi.

O’qitish metodlari murakkab muammo bo’lib, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida oldiga qo’yilgan mas'uliyatli vazifalarning hal etilishi ko’p jihatdan uning to’g’ri hal qilinishiga bog’liqdir. Biroq, hozircha o’qitish metodikasining bu muhim problemasi, xususan tarix o’qitish metodlari sistemasi yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Metodik adabiyotda metodistlar tomonidan «Metod», «Metodik usullar» tushunchasi turlicha talqin etiladi va klassifikatsiya qilinadi.

O’qitish metodikasida tarix ta'limi metodlari tizimining yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi va bu sohada yagona fikr bo’lmaganligi o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitish amaliyotida jiddiy kamchiliklarga olib keldi. Ko’p hollarda o’qituvchilar o’qitish metodlari va usullarini tanlashda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarga faqat tayyor bilim berish, ya'ni ularni o’qitish (ta'limning bir tomonini)ni ko’zda tutib, o’quvchilarning o’rganishi (ta'limning ikkinchi muhim tomonini)ni uyushtirish, unga rahbarlik qilish, bilish, malaka va qobiliyatlarini sistemali ravishda o’stirib borish kabi muhim momentlarni e'tibordan chetda qoldiradilar. Shuningdek, o’qitishning metod va usullarini tanlashda o’quv materialining mazmunidagi o’ziga xosliklarni, uning ta'lim-tarbiya vazifalarini, o’quvchilarning bilimi va malakalarini e'tiborga ola bilmaslik hollari ham shunday jiddiy kamchiliklar jumlasidan edi. Bu hol ma'lum darajada o’quvchilarning tarix predmetiga qiziqishlari pasayishiga, umumiy ta'lim-tarbiya ishlarining natijasiga salbiy ta'sir ko’rsatdi.Shu bilan birga, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida amaliyotida, ayniqsa keying yillarda o’quvchilarni tarix predmeti vositasida tarbiyalashda, uni o’qitishni ilmiy asosda olib borish, ta'lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish sohasida ko’pgina ilg’or tajribalar to’plandi va umumlashtirildi.

Belgilab bergan muhim vazifa — tarixiy bilimlarning samaradorligi va sifatini oshirishning muhim sharti va vositalaridan biri bo’lgan bu ishlar tarix o’qitish metodlari sistemasini va metodik usullarini ham ilmiy asosda ishlab chiqish va amalda ulardan muvaffaqiyatli foydalanish imkoniyatini beradi.

O’qitish metodlarini ilmiy asosda klassifikatsiyalash masalasi pedagogika fanida o’qitishning turli bosqichlarida turlicha hal qilib kelindi. O’qitish metodlari klassifikatsiyasiga ba'zan analiz va sintez, deduktsiya va induktsiya kabi mantiqiy operatsiyalar asos qilib olinib, o’qitish metodlari induktiv, analitik va boshqa mantiqiy usullar sifatida xarakterlanadi. O’qitish metodiga bu xil qarash, A.Vagin ta'kidlaganidek, tarix o’qitish metodikasida tan olinmadi. O’rta a'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitish tajribasi shuni isbotladiki, yuqoridagi mantiqiy operatsiyalar o’qitish va o’rganishning barcha bosqichlarida turli xarakterdagi xilma-xil didaktik va metodik vazifalarni hal qilishda ishtirok etsada, mustaqil o’qitish metodlari bo’lib xizmat qila olmaydi. Taniqli metodist A.I.Strajev aytganidek: «Tarix o’qitish metodi tarixiy material bo’yicha qilinadigan ana shu mantiqiy operatsiyalardan tashkil topadi».

O’qitish metodlarini ba'zan o’quvchilarning bilish faoliyati, faollik darajasiga qarab klassifikatsiyalash tavsiya qilinadi. Bu tarzda ajratish o’qitish metodlaridan ko’ra, ko’proq o’qitishning umumiy xarakteriga taalluqlidir. 60- yillarda tarix o’qitish metodlari va ularni klassifikatsiyalash turlicha hal qilindi.

Metodist A.I.Strajev «Tarix o’qitishning tashkil etilishi, metodlari va vositalari tarix fanining ma'lum ta'lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi»— deydi. Biroq, u ham o’qitishning asosiy metodlarini tarixiy jarayonning o’zini o’rganish metodidan iborat qilib qo’yib, masalada noaniqlikka yo’l qo’yadi. A.I.Strajev quyidagi o’qitish metodlarini tavsiya qiladi:

1) tarixiy faktlarni o’rganish metodlari;

2) xronologiyani o’rganish metodlari;

3) mahalliy tarixiy voqealarni o’rganish metodlari;

4) asosiy tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari;

5) sabab-natija aloqalarni o’rganish metodlari;

6) tarixiy jarayonning qonuniyatlarini ochib berish metodlari.

Ma'lumki, tarix o’qitish — o’qitish va o’rganishni tashkil etish jarayonidan iborat. Metodist A.Strajevning klassifikatsiyasidan ham ko’rinib turibdiki, u faqat o’qituvchining o’quvchilarni o’qitishini ko’zda tutadi, o’quvchilarning o’rganishini tashkil etish va ularning o’rganishiga o’qituvchining rahbarlik qilishini e'tiborga olmaydi. Ko’zga ko’ringan metodist V.G.Kartsev bu masalada boshqacha yo’l tutadi. U metodlar sistemasiga o’quv harakteriga ega bo’lgan belgilar («Bayon qilish metodi», «so’rash metodi») va umumiy didaktiv vazifalar («materialni o’rganish metodi», «mustahkamlash metodi», «bilimni tekshirish metodi» va boshqalar) ni emas, balki o’quvchilarning tarixiy voqealarni bilish qonuniyatlarini asos qilib oladi. Metodlar haqidagi nazariyaning metodologii asosini, ya'ni jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o’tish tashkil etadi. Binobarin,— deb hisoblaydi V.G.Kartsev,— o’quvchilarda tarixiy tasavvur va tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari haqidagi masala metodikaning markaziy masalasi bo’lishi keraq Shu asosda u, o’quvchilarda tarixiy tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning 4 guruhi borligini aytadi:

1) tarixiy tasavvurlar va tushunchalarni shakllantirkii metodlari;

2) umumiy tushunchalarni shakllantirish metodlari;

3) vaqt va fazoda tarixiy rivojlanish dialektikasini ochib berish metodlari;

4) tarixni zamonaviy voqealar bilan borlash metodlari;

5) tarixiy bilimlarning hayot va praktikada qo’llanilishi.

60-yillar pedagogikasida o’rganilayotgan fanni bilish manbalari (o’qituvchining jonli so’zi, ko’rsatmalilik va tekstlar) ni o’qitish metodlariga asos qilib olishga katta o’rin berildi.

O’qitish metodlarini bilish manbalari bo’yicha klassifikatsiyalash masalasi Leningrad olimlarining 1966 yilda nashr qilingan asarlarida aniq ta'riflab berildi.

50-yillarning oxirlariga kelib tarix o’qitish metodikasida ham o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga o’quvchilarning bilish manbalari asos o’qilib olina boshladi. Metodist P.S.Leybengrub ta'lim manbalari, ya'ni bilish manbalari asosida o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitishning quyidagi metodlarini ko’rsatadi.

1) hikoya metodi va o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida lektsiyasi:

2) suhbat metodi;

3) ko’rsatmali metod;

4) darslik bilan ishlash metodi;

5) tarixiy hujjatlar bilan ishlash metodi;

6) badiiy adabiyotlardan foydalanish metodi.

P.S.Leybengrub nimagadir, og’zaki bayon qilish metodlarining hammasini hikoya va lektsiyadan iborat qilib qo’yadi. A.Vagin o’zining tarix o’qitish metodikasiga bag’ishlangan kitobida ana shu kamchilikni to’ldiradi. A.Vagin tarix o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga bilim olish manbalari bilan birga, bilim olish usulini ham asos qilib olgan. U o’qitish metodlarini quyidagi uch gruppaga bo’ladi:

1) jonli so’z: hikoya, tavsiflash, harakteristika, problemali bayon;

2) ko’rsatmali metodlar: rasmlar va boshqa ko’rsatmali qurollar, doskaga chiziladigan grafik yozuvlar, texnika vositalari va boshqalar;

3) tekstlar bilan ishlash metodlari.

A.Vagin o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga bilim manbalari va bilish usullarini asos qilib olish bilan birga, bilish manbalari didaktik vazifalarga muvofiq o’qitish protsessining asosiy bosqichlarida qay tarifa konkret amalga oshirilishini jadval shaklida beradi. Bu jadval har bir darsda o’tiladigan materialning mazmuniga qarab o’qitishning turli xil metod va usullaridan foydalanish zarurligini aniq ko’rsatadi. Keyingi yillardagi o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida da tarix o’qitish tajribasi A. Vagin tavsiya etgan o’qitish metodlarining juda real ekanligini ko’rsatdi. Prof. P.V.Gora o’zining «Ta'lim metodlari va metodik usullari sistemasiga doir masala» nomli maqolasida pedagogikasi nazariyasi va praktikasidasida erishilgan yutuqlarga suyanib, o’qituvchining o’qitishi va o’quvchilarning o’rganishi (bilish faoliyati) bilan o’zaro organic bog’langan metod va metodik usullarni tavsiya qiladi. O’qitish metodlarining shu taxlilda klassifikatsiya qilinishi o’qitishuvchilarni puxta bilim va zarur malakalar bilan qurollantirish imkoniyatini beradi. Shuningdeq o’qituvchini o’quv materialining mazmuni, o’quvchilarning bilimi, malakalari va qobiliyatlarini ham hisobga olish va rahbarlik qilishiga yordam beradi. P.V.Gora o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida da tarix o’qitish tajribasiga asoslanib, tarix o’qitish metodlarini klassifikatsiya qilishda masalaga faqat didaktik nuqtai nazardan qaramasdan, tarixiy-metodik nazardan ham yondashish, o’quv tarixiy materialning ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini hamda uning mazmunidagi o’ziga xos xususiyatlarni ham yetarli ravishda e'tiborga olish zarur ekanligini ko’rsatadi. P.V.Gora xuddi shu printsipga asoslanadi, unda o’qitishning metod va usullarini tanlashda o’quv materialining mazmunini, uni o’rganishning maqsadini asos qilib olish, masalaga tarixiy-metodik mezon bilan yondoshish va hal etish zarurligi ko’rsatiladi. O’qitishning metod va usullarini tanlashda shuni nazarda tutmoq kerakki, o’quvchilar esda saqlab qolishi zarur bo’lgan bilimlarni shunchaki bayon qilib qo’ya qolish bilan maqsadga erishib bo’lmaydi. O’qitish jarayonida o’quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish, ularni amaliy faoliyatga tayyorlash, o’rgatish ham lozim. Ularda mustaqil ijodiy izlanish, yangilikka intilishni kuchaytirish, hali jamiyatga ma'lum bo’lmagan bilish usullarini qidirib topish va amaliy faoliyatga joriy eta bilish qobiliyatini ham rivojlantirish keraq

I.Ya.Lerner o’qitish metodlarini 5 guruhga bo’ladi.

1. Bayon — illyustratsiya metodi,

2. Reproduktiv metod,

3. Ilmiy-tadqiqot metodi,

4. Qisman izlanish yoki evristik metod,

5. Muammoli ta'lim yoki muammoli o’qitish.

O’qitishning birinchi va ikkinchi usulida o’quvchilar o’rganiladigan materialni puxta esda saqlab qolishlari va uni qayta so’zlab berishlari mumkin. O’qituvchi tushuntirib beradigan tayyor bilimlarni tushunib olish qiyin emas, ularni faqat esda saqlab qola bilish keraq xolos. Bu usulni muhim tomoni shundaki, u nisbatan qisqa vaqt ichida katta ko’lamdagi tarixiy bilimlarni o’rganish va o’quvchilar dikdatining rivojlanishiga yordam beradi. Ammo bu usul o’quvchilarda, ayniqsa yuqori sinf o’quvchilarida tarixni o’rganishga qiziqish uyg’ota olmaydi, ularning tafakkuri, bilish, malaka va qobiliyatlari rivojlanishini ta'minlay olmaydi.Muammoli ta'lim yoki muammoli o’qitish usuli birinchi usuldan ko’ra samaralirokdir. O’qituvchi o’quv materialini bayon qila turib, o’quvchilar oldiga muammoli savollar qo’yadi, o’quvchilar bilan birga uni hal qilish yo’llarini topadi, boshqacha qilib aytganda, o’qituvchi o’quvchilarga tarixiy bilimlarni tushuntirish bilan birga, ularni shu bilimlar ustida o’ylashga majbur etadi, ularning fikrlash faoliyatini faollashtiradi, qiziqishlari ortadi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida muammoli va mantiqiy vazifalarni bajarish jarayonida mustaqil mulohaza qilish va mustaqil fikrlashga o’rganadi. Bularning hammasi o’quvchilarning tarixiy fikrlashiga, tadqiqot ishlarining dastlabki oddiy malakalarini egallab olishlariga yordam beradi.

O’quv-tekshirish ishlari ham turli usullar yordamida amalga oshiriladi. O’qitish metodlariga ta'rif berganda birinchi navbatda u o’qituvchining o’qitishi va o’quvchilarning o’rganishi yoki bilish faoliyati usullaridan iborat ekanligini nazarda tutishi kerak. Haqiqatan ham, o’qituvchi ko’rsatmali vositalar yordamida so’zlab berish yoki qandaydir amaliy harakatlarni ko’rsatish, ularni tushuntirib borish jarayonida o’zi faol fikrlash bilan birga, o’quvchilarning ham fikrlash faoliyatini qo’zg’atadi va o’quv materialining o’zlashtirilishiga rahbarlik qiladi, ularning bilim va malakalarni o’zlashtirib olishlariga yordam ko’rsatadi. Binobarin, o’qitish metodlariga o’qitish va o’rganish usullari va unga bog’lab o’qituvchi va o’quvchilarning tafakkur qilish faoliyati asos qilib olinadigan bo’lsa, uni quyidagicha ta'riflash mumkin.

O’qitish metodlari — o’qituvchilarning aktiv fikrlash asosida o’quvchilarni o’qitishga, o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning ilmiy bilimlarni o’zlashtirishi va amalda qo’llana bilishlariga, dunyoqarash va e'tiqod hosil qilishlariga, aqliy va jismoniy mehnat, ko’nikma va malakalarini egallashlariga, bilish va ijodiy qobiliyatlari o’sishiga yordam berishni ta'minlovchi usullaridan iboratdir. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida ta'limi metodlari sistemasidan turli foydalanilgan taqdirdagina ta'lim-tarbiya ishlari sohasida yaxshi natijalarga erishish mumkin. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida ta'limi metodlari sistemasi deb eng muhim umumiy belgilari bilan o’zaro bog’langan, bir-biriga ta'sir ko’rsatadigan metodlar gruppasiga aytiladi. Bu metodlarning umumiy muhim belgilari o’qitish va o’rganish usullari hamda o’qituvchi va o’quvchilarning tafakkur faoliyatidan iboratdir.

Bir-biri bilan bog’langan o’qitish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1) og’zaki o’qitish metodi, bu metod o’z navbatida ikki turga bo’linadi:

a) og’zaki ta'lim metodi; b) bosma tekstlar yordamida o’qitish metodi;

2) ko’rsatmali ta'lim metodi;3) ta'limning amaliy metodi.

O’qitish usullari va o’quvchilar tafakkur faoliyatining turli formalari o’rtasidagi o’zaro aloqa va ularning bir-biriga ko’rsatadigan ta'siri asosida bir tizimdagi metodlarning o’zaro bog’liqligi yuzaga keladi. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimi tajribasida ko’rsatmali o’qi￾tish deyarli hech qachon o’qituvchining bayonisiz qo’llanilmaydi, o’qituvchining bayoni ham doim ko’rsatmali vositalarga suyanadi. O’quvchilarning texnika vositalari, tekstlar va boshqalar ustidagi amaliy faoliyati ta'limning ko’rsatmali va og’zaki usullari bilan chambarchas borliq bo’ladi.Mazkur metodlar tizimi o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimidagi barcha o’quv predmetlarini o’qitishda qo’llanilishi mumkin. Ammo ularning har qaysisi har bir o’quv predmeti, xususan tarix predmetining mazmunidagi o’ziga xos xususiyatlar, uning ta'lim-tarbiyaviy vazifalariga mos ravishda turli metodik usullarda foydalaniladi. O’qitish usullari va o’quvchilarning o’rganish (bilish faoliyati) usullari turli ko’rinishlarda bir-biri bilan qo’shilib o’qituvchi va o’quvchilar faol ishtirok etadigan o’quv-tarbiyaviy jarayonning yagona metodikani tashkil qiladi. Bu usullar guruhidan birortasini ham e'tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi, aks holda ta'lim-tarbiya jarayonida, o’qitish metodlarini belgilashda yaxshi natijaga erishib bo’lmaydi.O’qitish va o’rganish usullari ta'lim metodlarining tarkibiy qismi bo’lishi bilan birga, o’qituvchi va o’quvchilarning faol tafakkur qilish faoliyati va xarakteriga mos bo’lgan xuddi shunday usullarni ham o’z ichiga oladi. Ammo o’qitish usullari umumiy belgilar hamda muhim o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan holda ta'lim metodlari bilan bog’liq bo’ladi. Shu jihatdan o’qitish usullari barcha o’quv predmetlari uchun umumiy bo’lgan didaktik metodlardan farq qiladi. Metodik usullar o’qitish predmeti tarix kursining mazmuni bilan bog’liq va unga faol ta'sir ko’rsatadi.

Shunday qilib, o’qituvchi darsga tayyorlanishida o’quv materialining mazmuniga muvofiq va bu materialning ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradigan metodik usullarni (o’qitish va o’rganish usullarini) to’g’ri tanlab olishi kerak.



Ma'lumki, har bir darsga va darsdan tashqari mashg’ulotga tayyorlanish dars va

mashg’ulot maqsadini, ularning ta'lim-tarbiya vazifalarini belgilashdan boshlanadi. O’quv materialining mazmuniga muvofiq uning ta'lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga yordam beradigan metodik usullarni to’g’ri va ilmiy asosda tanlab olish o’qituvchining bu boradagi nazariy bilim darajasi va metodik usullar sistemasini qanchalik o’zlashtirib olganligiga bog’liqdir.Ma'lumki, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix kursining mazmunini ayrim aniq va tipik voqealardan iborat faktlar tashkil etadi. Bu faktlar o’quvchilarga ijtimoiy hayotning barcha tomonlari, bu tomonlarning rivojlanishini va ular o’rtasidagi o’zaro aloqalar haqida bilim beradi, ularning aqli, o’yi, hayoli, sezgi va irodasiga ta'sir ko’rsatadi. Tarixiy faktlarning xarakterli xususiyati shundaki, ularni bevosita hissiy tasavvurlar asosida o’rganib bo’lmaydi. Shuning uchun o’tmishga doir eng muhim faktlarni obrazli tasavvur etishning ahamiyati g’oyat kattadir. Obrazli tasavvurlar o’quvchilarning tarixiy voqealar haqidagi faktlarni jonli idrok etishlariga yordam beradi. Shunday qilib, o’tmishning hayotiy voqealari haqidagi obrazli tasavvurlar o’quvchilar olgan tarixiy bilimlarining birinchi eng muhim tafakkur komponenti bo’lib xizmat qiladi. Ana shu asosda o’quvchilarda obrazli-tarixiy tasavvurlarni shakllantirishning metodik usullarini guruhlarga ajratish mumkin: o’qituvchining voqeani suratlab tavsiflashi, syujetli hikoya, badiiy￾tarixiy matnlarni o’qib berishi va o’qitishning boshqa usullaridan foydalanishi, shuningdek uning obrazli bayoni va suratlar asosida o’quvchilarning ham hikoya qilib berishi, insho yozishi kabi o’rganish usullari bir guruhni hosil qiladi.O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix kursida ta'lim-tarbiyaviy jihatdan juda muhim bo’lgan, keng va obrazli qilib yoritilgan faktlardan tashqari, ular o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlashga yordam beradigan boshqa faktlar, voqeaning sodir bo’lgan yili, joyining nomi va statistik ma'lumotlar ham beriladi. Ular juda qisqa, ba'zan ma'lumotnoma shaklida bo’lsada, tarixiy jarayonni bir butun yaxlit tasavvur etish, tushunchalar tizimini va ijtimoiy rivojlanishning qonuniyatlarini to’liq o’zlashtirishga yordam beradi.Shunday qilib, o’quvchilar xotirasida saqlab qolinishi kerak bo’lgan tarixiy materiallar tarixiy bilimning ikkinchi muhim tarkibiy qismini tashkil etadi.Tarix o’qitish amaliyotida tarixiy materiallarni puxta va mustahkam o’zlashtirishga yordam beradigan ko’pgina samarali usullar bor. Materialni bayon qilib borishda o’qituvchi va o’quvchilarning o’quv materiali yuzasidan og’zaki va yozma reja, voqealar taqvimi va xronologik jadvallar tuzishlari, raqamlarni yozish, grafika yozuvlarini olib borishlari, diagrammalar chizish va aplikatsiyalardan foydalanishlari, yozuvsiz xarita va daftarda yozuv-chizuv ishlarini olib borishlari shular jumlasidandir.O’quv materialini o’quvchilarning xotirasida mustahkam o’rnashishiga yordam beradigan bu va shunga o’xshash boshqa usullarni birinchi gruppaga kirgan usullar bilan o’zviy bog’langan ikkinchi gruppaga kiritish mumkin. Shuni aytish kerakki, obrazli-tarixiy tasavvurlarni shakllantirish, tarixiy faktlar, xronologiya va boshqalarni xotirada mustahkam saqlab qolish tarixni o’rganishning birinchi bosqichini tashkil etadi, xolos. Uning eng muhim ikkinchi bosqichi — tarixiy tushunchalarni shakllantirishdir. Tushuncha o’quvchilarga konkret tarixiy faktlar va qonuniyatlarni, ularning muhim belgilari va xususiyatlarini umumlashtirib tushuntirish va ularni o’quvchilarning puxta tushunib olishi bilan yuzaga keladi.Tushunchani shakllantirish juda murakkab va serqirra jarayondir. O’qituvchi va o’quvchilar o’quv materiali ustida chuqur va faol fikr yuritib, uni tahlil qilishlari va umumlashtirishlari lozim. Tarixiy tushuncha o’quvchilardagi tarixiy bilimlarining uchinchi eng muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi.

Tarixiy tushunchalarni o’zlashtirish juda katta ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Tushunchalar o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi, ularning tafakkur faoliyatini, bilish malakalari va qobiliyatlarini o’stiradi. Keyingi yillarda, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida amaliyotida o’quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish, tarixiy tushunchalarni, jumladan ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari haqidagi tushunchalarni chuqur o’zlashtirishni ta'minlaydigan o’qitish va o’rganishning samarali usullari ishlab chiqildi.Tafakkur qilishning psixik jarayoniga suyanadigan bu usullar har kaysi tarix o’qitish

metodiga metodik usullarni uchinchi guruhi bo’lib kirishi mumkin, ular birinchi navbatda o’qituvchining tushuntirib berishi, muammoli bayoni, o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning tarixiy hujjatlarni tahlil qilishi, mantiqiy vazifalarni yechishi va evristik suhbatdan iboratdir. Shunday qilib, mazmunning o’ziga xos xususiyatlari, ta'lim-tarbiya vazifalari, o’quv materialining mantiqiy tuzilishiga muvofiq ruhiy jarayonlarning, idrok qilish, xotirada saqlashning, tafakkur va tasavvur qilishning bir-biriga ta'sir ko’rsatishini e'tiborga olib, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix ta'limining bir-biri bilan uzviy bog’langan quyidagi metodik usullar tizimini belgilash mumkin:

1. O’quvchilarda tarixiy faktlar haqida obrazli tasavvurlarni shakllantirish usullari.

2. O’quvchilar xotirasida tarixiy faktlar, xronologiya, mahalliy va statistik ma'lumotlarni mustahkamlash usullari.

3. Tarixiy materialni o’zlashtirish va o’quvchilarda tarixiy tushunchalarni shakllantirish usullari.



Ta'lim-tarbiya jarayonida bu usullarning barchasi va bilimlarning barcha tarkibiy qismlari bir-biri bilan o’zaro bog’langan holda ishtirok etadi Metodik usullarni tanlash o’quv materialining xarakteri bilan bog’liqligini, u yoki bu tarixiy materialni o’rganishga qanday usullardan foydalanish kerakligini bilish bilan birga ularni o’quvchilarning bilimi va bilish malakalariga muvofiq tarzda qo’llash mahoratini ham egallash kerak. Hozirgi kunda o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimlari amaliyotida qo’llanib kelinayotgan, amaldagi o’qish metodlarini asosan uch guruhga bo’lib ko’rsatish mumkin: 1. Og’zaki bayon qilish metodi. 2. Ko’rgazmalilik metodi. 3. Amaliy metod. Ta’lim  tizimida  qo’llaniladigan  metodlar,  tarix  o’qitish  metodlarining  metodistlar tomonidan klassifikatsiyalanishi, ko’rgazmali metodlardan foydalanishning ahamiyati. 
 O’qitish  metodi  deganda  ta'lim  jarayonida  o’qituvchi  va  o’quvchilarning  ma'lum maqsadga  erishishga  qaratilgan  birgalikdagi  faoliyat  usullari  tushuniladi.  Boshqacha  qilib aytganda,  o’qitish  metodlari  har  ikkala  faoliyatning,  ya'ni  o’qituvchi  tomonidan  o’quvchilarni bilim,  ko’nikma  va  malakalar  bilan  qurollantirish,  ahloqiy  jihatdan  tarbiyalash,  ularda  ilmiy dunyoqarashni  shakllantirish  hamda  o’quvchilar  tomonidan  o’sha  nazarda  tutilgan  ilmiy  bilim, 
ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida ko’llaniladigan usullarni o’z ichiga oladi. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlarida ta'lim mazmunini  takomillashtirish,  uning  tarbiyaviy  yo’nalishini  kuchaytirish  bilan  birga,  o’qitish metodlarini ham aktivlashtirish asosiy vazifa qilib qo’yildi. Endilikda, ta'lim mazmuni insoniyat to’plagan tayyor bilimlar, ko’nika va malakalarni puxta egallash bilan birga, o’quvchilarning mustaqil fikr yuritish, ijodiy ishlash qobiliyatlarining o’sishini  ta'minlay  oladigan  ijodiy  faoliyatni  ham  o’zida  birlashtirmog’i  lozim.  Ta'limning rivojlanish printsiplariga ko’ra, o’quvchilarni mustaqil fikrlash va ijodiy ishlay bilishga o’rgatish va  ularda  zarur  ko’nikma,  malakalarni  yuzaga  keltirishda  ta'lim  mazmuni  bilan  birga  oqitish metodlari ham muhim rol  o’ynaydi. O’qitish  metodlari  murakkab  muammo  bo’lib,  o’rta  ta'lim  va  o’rta  maxsus ta'lim  tizimida    oldiga  qo’yilgan  mas'uliyatli  vazifalarning  hal  etilishi  ko’p  jihatdan  uning  to’g’ri  hal 
qilinishiga  bog’liqdir.  Biroq,  hozircha  o’qitish  metodikasining  bu  muhim  problemasi,  xususan tarix  o’qitish  metodlari  sistemasi  yetarli  darajada  ishlab  chiqilmagan.  Metodik  adabiyotda 
metodistlar  tomonidan  «Metod»,  «Metodik  usullar»  tushunchasi  turlicha  talqin  etiladi  va klassifikatsiya qilinadi. 
O’qitish  metodikasida  tarix  ta'limi  metodlari  tizimining  yetarli  darajada  ishlab chiqilmaganligi  va  bu  sohada  yagona  fikr  bo’lmaganligi  o’rta  ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim 
tizimida tarix o’qitish amaliyotida jiddiy kamchiliklarga olib keldi. Ko’p hollarda o’qituvchilar o’qitish metodlari va usullarini tanlashda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarga faqat  tayyor  bilim  berish,  ya'ni  ularni  o’qitish  (ta'limning  bir  tomonini)ni  ko’zda  tutib, o’quvchilarning  o’rganishi  (ta'limning  ikkinchi  muhim  tomonini)ni  uyushtirish,  unga  rahbarlik 
qilish,  bilish,  malaka  va  qobiliyatlarini  sistemali  ravishda  o’stirib  borish  kabi  muhim momentlarni  e'tibordan  chetda  qoldiradilar.  Shuningdek,  o’qitishning  metod  va  usullarini tanlashda o’quv materialining mazmunidagi o’ziga xosliklarni, uning ta'lim tarbiya vazifalarini, o’quvchilarning  bilimi  va  malakalarini  e'tiborga  ola  bilmaslik  hollari  ham  shunday  jiddiy 
kamchiliklar  jumlasidan  edi.  Bu  hol  ma'lum  darajada  o’quvchilarning  tarix  predmetiga qiziqishlari pasayishiga, umumiy ta'lim-tarbiya ishlarining natijasiga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Shu bilan birga, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim  tizimida  amaliyotida, ayniqsa keyingi yillarda  o’quvchilarni  tarix  predmeti  vositasida  tarbiyalashda,  uni  o’qitishni  ilmiy  asosda  olib 
borish, ta'lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish sohasida ko’pgina ilg’or tajribalar to’plandi va umumlashtirildi. Belgilab  bergan  muhim  vazifa  —  tarixiy  bilimlarning  samaradorligi  va  sifatini 
oshirishning  muhim  sharti  va  vositalaridan  biri  bo’lgan  bu  ishlar  tarix  o’qitish  metodlari sistemasini  va  metodik  usullarini  ham  ilmiy  asosda  ishlab  chiqish  va  amalda  ulardan  muvaffaqiyatli foydalanish imkoniyatini beradi. 
O’qitish  metodlarini  ilmiy  asosda  klassifikatsiyalash  masalasi  pedagogika  fanida o’qitishning  turli  bosqichlarida  turlicha  hal  qilib  kelindi.  O’qitish  metodlari  klassifikatsiyasiga ba'zan  analiz  va  sintez,  deduktsiya  va  induktsiya  kabi  mantiqiy  operatsiyalar  asos  qilib  olinib, o’qitish metodlari induktiv, analitik va boshqa mantiqiy usullar sifatida xarakterlanadi. O’qitish metodiga bu xil qarash, A.Vagin ta'kidlaganidek, tarix o’qitish metodikasida tan olinmadi. O’rta ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim    tizimida    tarix  o’qitish  tajribasi  shuni  isbotladiki,  yuqoridagi mantiqiy operatsiyalar o’qitish va o’rganishning barcha bosqichlarida turli xarakterdagi xilma-xil didaktik  va  metodik  vazifalarni  hal  qilishda  ishtirok  etsada,  mustaqil  o’qitish  metodlari  bo’lib xizmat  qila  olmaydi.  Taniqli  metodist  A.I.Strajev  aytganidek:  «Tarix  o’qitish  metodi  tarixiy 
material bo’yicha qilinadigan ana shu mantiqiy operatsiyalardan tashkil topadi». O’qitish  metodlarini  ba'zan  o’quvchilarning  bilish  faoliyati,  faollik  darajasiga  qarab klassifikatsiyalash tavsiya qilinadi. 
Bu tarzda ajratish o’qitish metodlaridan ko’ra, ko’proq o’qitishning umumiy xarakteriga taalluqlidir. 60  yillarda  tarix  o’qitish  metodlari  va  ularni  klassifikatsiyalash  turlicha  hal  qilindi. Metodist  A.I.Strajev  «Tarix  o’qitishning  tashkil  etilishi,  metodlari  va  vositalari  tarix  fanining 
ma'lum  ta'lim-tarbiya  vazifalarini  amalga  oshirishga  xizmat  qiladi»—  deydi.  Biroq,  u  ham 
o’qitishning  asosiy  metodlarini  tarixiy  jarayonning  o’zini  o’rganish  metodidan  iborat  qilib qo’yib,  masalada  noaniqlikka  yo’l  qo’yadi.  A.I.Strajev  quyidagi  o’qitish  metodlarini  tavsiya qiladi: 
1)  tarixiy faktlarni o’rganish metodlari; 
2) xronologiyani o’rganish metodlari; 
 
3) mahalliy tarixiy voqealarni o’rganish metodlari; 
4)  asosiy tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari; 
5)  sabab-natija aloqalarni o’rganish metodlari; 
6) tarixiy jarayonning qonuniyatlarini ochib berish metodlari. 
Ma'lumki,  tarix  o’qitish  o’qitish  va  o’rganishni  tashkil  etish  jarayonidan  iborat. Metodist  A.Strajevning  klassifikatsiyasidan  ham  ko’rinib  turibdiki,  u  faqat  o’qituvchining o’quvchilarni  o’qitishini  ko’zda  tutadi,  o’quvchilarning  o’rganishini  tashkil  etish  va  ularning o’rganishiga o’qituvchining rahbarlik qilishini e'tiborga olmaydi. Ko’zga ko’ringan metodist V.G.Kartsev bu masalada boshqacha yo’l tutadi. U metodlar sistemasiga o’quv harakteriga ega bo’lgan belgilar («Bayon qilish metodi», «so’rash metodi») va 
umumiy  didaktiv  vazifalar  («materialni  o’rganish  metodi»,  «mustahkamlash  metodi»,  «bilimni 
tekshirish  metodi»  va  boshqalar)  ni  emas,  balki  o’quvchilarning  tarixiy  voqealarni  bilish qonuniyatlarini asos qilib oladi. Metodlar haqidagi nazariyaning metodologii asosini, ya'ni jonli mushohadadan  abstrakt  tafakkurga  va  undan  amaliyotga  o’tish  tashkil  etadi.  Binobarin,deb hisoblaydi V.G.Kartsev, o’quvchilarda tarixiy tasavvur va tarixiy tushunchalarni shakllantirish 
metodlari  haqidagi  masala  metodikaning  markaziy  masalasi  bo’lishi  keraq  Shu  asosda  u, o’quvchilarda tarixiy tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning 4 guruhi borligini aytadi: 
1)  tarixiy  tasavvurlar  va  tushunchalarni  shakllantirkii  metodlari;  2)  umumiy tushunchalarni shakllantirish metodlari; 3) vaqt va fazoda tarixiy rivojlanish dialektikasini ochib 
berish metodlari; 4) tarixni zamonaviy voqealar bilan borlash  metodlari; 5) tarixiy bilimlarning hayot va praktikada qo’llanilishi. 60-yillar  pedagogikasida  o’rganilayotgan  fanni  bilish  manbalari  (o’qituvchining  jonli so’zi,  ko’rsatmalilik  va  tekstlar)  ni  o’qitish  metodlariga  asos  qilib  olishga  katta  o’rin  berildi. 
O’qitish  metodlarini  bilish  manbalari  bo’yicha  klassifikatsiyalash  masalasi  Leningrad olimlarining 1966 yilda nashr qilingan asarlarida aniq ta'riflab berildi. 50yillarning  oxirlariga  kelib  tarix  o’qitish  metodikasida  ham  o’qitish  metodlari klassifikatsiyasiga  o’quvchilarning  bilish  manbalari  asos  o’qilib  olina  boshladi.  Metodist 
P.S.Leybengrub  ta'lim  manbalari,  ya'ni  bilish  manbalari  asosida  o’rta  ta'lim  va  o’rta  maxsus 
ta'lim tizimida da tarix o’qitishning quyidagi metodlarini ko’rsatadi. 
1) hikoya metodi va o’rta  ta'lim va o’rta maxsus ta'lim  tizimida  lektsiyasi:  
 2) suhbat metodi; 
3) ko’rsatmali metod; 
4) darslik bilan ishlash metodi; 
5) tarixiy hujjatlar bilan ishlash metodi; 
6) badiiy adabiyotlardan foydalanish metodi. 
P.S.Leybengrub  nimagadir,  og’zaki  bayon  qilish  metodlarining  hammasini  hikoya  va lektsiyadan  iborat  qilib  qo’yadi.  A.Vagin  o’zining  tarix  o’qitish  metodikasiga  bag’ishlangan 
kitobida ana shu kamchilikni to’ldiradi. A.Vagin tarix o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga bilim olish  manbalari  bilan  birga,  bilim  olish  usulini  ham  asos  qilib  olgan.  U  o’qitish  metodlarini 
quyidagi uch gruppaga bo’ladi: 
1) jonli so’z: hikoya, tavsiflash, harakteristika, problemali bayon; 
2)  ko’rsatmali  metodlar:  rasmlar  va  boshqa  ko’rsatmali  qurollar,  doskaga  chiziladigan grafik yozuvlar, texnika vositalari va boshqalar; 
3) tekstlar bilan ishlash metodlari. 
A.Vagin  o’qitish  metodlari  klassifikatsiyasiga  bilim  manbalari  va  bilish  usullarini  asos qilib  olish  bilan  birga,  bilish  manbalari  didaktik  vazifalarga  muvofiq  o’qitish  protsessining 
asosiy bosqichlarida qay tarifa konkret amalga oshirilishini jadval shaklida beradi. Bu jadval har bir darsda o’tiladigan materialning mazmuniga qarab o’qitishning turli xil metod va usullaridan 
foydalanish  zarurligini  aniq  ko’rsatadi.  Keyingi  yillardagi  o’rta      ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim  tizimida  da  tarix  o’qitish  tajribasi  A.  Vagin  tavsiya  etgan  o’qitish  metodlarining  juda  real 
ekanligini ko’rsatdi. Prof. P.V.Gora o’zining «Ta'lim metodlari va metodik usullari sistemasiga doir masala» 
nomli  maqolasida  pedagogikasi  nazariyasi  va  praktikasidasida  erishilgan  yutuqlarga  suyanib, o’qituvchining  o’qitishi  va  o’quvchilarning  o’rganishi  (bilish  faoliyati)  bilan  o’zaro  organik 
bog’langan  metod  va  metodik  usullarni  tavsiya  qiladi.  O’qitish  metodlarining  shu  taxlilda klassifikatsiya  qilinishi  o’qitishuvchilarni  puxta  bilim  va  zarur  malakalar  bilan  qurollantirish imkoniyatini  beradi.  Shuningdeq  o’qituvchini  o’quv  materialining  mazmuni,  o’quvchilarning 
bilimi, malakalari va qobiliyatlarini ham hisobga olish va rahbarlik qilishiga yordam beradi. 
P.V.Gora    o’rta      ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim    tizimida  da  tarix  o’qitish  tajribasiga 
asoslanib,  tarix  o’qitish  metodlarini  klassifikatsiya  qilishda  masalaga  faqat  didaktik  nuqtai nazardan  qaramasdan,  tarixiy-metodik  nazardan  ham  yondashish,  o’quv  tarixiy  materialning 
ta'limtarbiyaviy  vazifalarini  hamda  uning  mazmunidagi  o’ziga  xos  xususiyatlarni  ham  yetarli ravishda  e'tiborga  olish  zarur  ekanligini  ko’rsatadi.  P.V.Gora  xuddi  shu  printsipga  asoslanadi, unda  o’qitishning  metod  va  usullarini  tanlashda  o’quv  materialining  mazmunini,  uni 
o’rganishning maqsadini asos qilib olish, masalaga tarixiy metodik mezon bilan yondoshish va hal etish zarurligi ko’rsatiladi. 

O’qitishning  metod  va  usullarini  tanlashda  shuni  nazarda  tutmoq  kerakki,  o’quvchilar esda saqlab qolishi zarur bo’lgan bilimlarni shunchaki bayon qilib qo’ya qolish bilan maqsadga 


erishib  bo’lmaydi.  O’qitish  jarayonida  o’quvchilarning  bilish  faoliyatini  aktivlashtirish,  ularni amaliy  faoliyatga  tayyorlash,  o’rgatish  ham  lozim.  Ularda  mustaqil  ijodiy  izlanish,  yangilikka intilishni kuchaytirish, hali jamiyatga ma'lum bo’lmagan bilish usullarini qidirib topish va amaliy 
faoliyatga joriy eta bilish qobiliyatini ham rivojlantirish keraq 
I.Ya.Lerner o’qitish metodlarini 5 guruhga bo’ladi. 
1. Bayon — illyustratsiya metodi, 
 2. Reproduktiv metod, 
3. Ilmiy-tadqiqot metodi, 
4. Qisman izlanish yoki evristik metod, 
5. Muammoli ta'lim yoki muammoli o’qitish. 
O’qitishning  birinchi  va  ikkinchi  usulida  o’quvchilar  o’rganiladigan  materialni  puxta 
esda saqlab qolishlari va uni qayta so’zlab berishlari mumkin. O’qituvchi tushuntirib beradigan 
tayyor bilimlarni tushunib olish qiyin emas, ularni faqat esda saqlab qola bilish keraq xolos. Bu 
usulni muhim tomoni shundaki, u nisbatan qisqa vaqt ichida katta ko’lamdagi tarixiy bilimlarni 
o’rganish va o’quvchilar dikdatining rivojlanishiga yordam beradi. Ammo bu usul o’quvchilarda, 
ayniqsa  yuqori  sinf  o’quvchilarida  tarixni  o’rganishga  qiziqish  uyg’ota  olmaydi,  ularning 
tafakkuri, bilish, malaka va qobiliyatlari rivojlanishini ta'minlay olmaydi. 
Muammoli  ta'lim  yoki  muammoli  o’qitish  usuli  birinchi  usuldan  ko’ra  samaralirokdir. 
O’qituvchi  o’quv  materialini  bayon  qila  turib,  o’quvchilar  oldiga  muammoli  savollar  qo’yadi, o’quvchilar  bilan  birga  uni  hal  qilish  yo’llarini  topadi,  boshqacha  qilib  aytganda,  o’qituvchi o’quvchilarga  tarixiy  bilimlarni  tushuntirish  bilan  birga,  ularni  shu  bilimlar  ustida  o’ylashga 
majbur  etadi,  ularning  fikrlash  faoliyatini  faollashtiradi,  qiziqishlari  ortadi.  O’quvchilar o’qituvchi  rahbarligida  muammoli  va  mantiqiy  vazifalarni  bajarish  jarayonida  mustaqil mulohaza  qilish  va  mustaqil  fikrlashga  o’rganadi.  Bularning  hammasi  o’quvchilarning  tarixiy fikrlashiga, tadqiqot ishlarining dastlabki oddiy malakalarini egallab olishlariga yordam beradi. 
O’quv-tekshirish ishlari ham turli usullar yordamida amalga oshiriladi. 
O’qitish  metodlariga  ta'rif  berganda  birinchi  navbatda  u  o’qituvchining  o’qitishi  va 
o’quvchilarning o’rganishi yoki bilish faoliyati usullaridan iborat ekanligini nazarda tutishi keraq 
Haqiqatan ham, o’qituvchi ko’rsatmali vositalar 
yordamida so’zlab berish yoki qandaydir amaliy harakatlarni ko’rsatish, ularni tushuntirib borish 
jarayonida o’zi faol fikrlash bilan birga, o’quvchilarning ham fikrlash faoliyatini qo’zg’atadi va 
o’quv materialining o’zlashtirilishiga rahbarlik qiladi, ularning bilim va malakalarni o’zlashtirib 
olishlariga  yordam  ko’rsatadi.  Binobarin,  o’qitish  metodlariga  o’qitish  va  o’rganish  usullari  va unga bog’lab o’qituvchi va o’quvchilarning tafakkur qilish faoliyati asos qilib olinadigan bo’lsa,
uni quyidagicha ta'riflash  mumkin. 
O’qitish  metodlari  —  o’qituvchilarning  aktiv  fikrlash  asosida  o’quvchilarni  o’qitishga, 
o’qituvchi  rahbarligida  o’quvchilarning  ilmiy  bilimlarni  o’zlashtirishi  va  amalda  qo’llana 
bilishlariga,  dunyoqarash  va  e'tiqod  hosil  qilishlariga,  aqliy  va  jismoniy  mehnat,  ko’nikma  va malakalarini  egallashlariga,  bilish va ijodiy  qobiliyatlari o’sishiga  yordam  berishni  ta'minlovchi usullaridan iboratdir. 
O’rta  ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim  tizimida  ta'limi  metodlari  sistemasidan  turli 
foydalanilgan  taqdirdagina  ta'lim-tarbiya  ishlari  sohasida  yaxshi  natijalarga  erishish  mumkin. 
O’rta  ta'lim va o’rta maxsus ta'lim  tizimida  ta'limi metodlari sistemasi deb eng muhim umumiy 
belgilari bilan o’zaro bog’langan, bir-biriga ta'sir ko’rsatadigan metodlar gruppasiga aytiladi. Bu 
metodlarning  umumiy  muhim  belgilari  o’qitish  va  o’rganish  usullari  hamda  o’qituvchi  va 
o’quvchilarning tafakkur faoliyatidan iboratdir. 
Bir-biri  bilan  bog’langan  o’qitish  metodlarini  quyidagi  guruhlarga  ajratish  mumkin:  1) 
og’zaki o’qitish metodi, bu metod o’z navbatida ikki turga bo’linadi: 
 a) og’zaki ta'lim metodi;    b) bosma tekstlar yordamida o’qitish metodi; 
2)  ko’rsatmali ta'lim metodi; 

3) ta'limning amaliy metodi. 


O’qitish  usullari  va  o’quvchilar  tafakkur  faoliyatining  turli  formalari  o’rtasidagi  o’zaro 
aloqa  va  ularning  bir-biriga  ko’rsatadigan  ta'siri  asosida  bir  tizimdagi  metodlarning  o’zaro 
bog’liqligi yuzaga keladi. O’rta  ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimi tajribasida ko’rsatmali o’qi-
tish  deyarli  hech  qachon  o’qituvchining  bayonisiz  qo’llanilmaydi,  o’qituvchining  bayoni  ham doim  ko’rsatmali vositalarga suyanadi.  O’quvchilarning texnika vositalari, tekstlar va boshqalar 
ustidagi  amaliy  faoliyati  ta'limning  ko’rsatmali  va  og’zaki  usullari  bilan  chambarchas  borliq 
bo’ladi. 
Mazkur  metodlar  tizimi  o’rta  ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim    tizimidagi  barcha  o’quv 
predmetlarini o’qitishda qo’llanilishi mumkin. Ammo ularning har qaysisi har bir o’quv predmeti, 
xususan  tarix  predmetining  mazmunidagi  o’ziga  xos  xususiyatlar,  uning  ta'lim-tarbiyaviy 
vazifalariga mos ravishda turli metodik usullarda foydalaniladi. 
O’qitish usullari va o’quvchilarning o’rganish (bilish faoliyati) usullari turli ko’rinishlarda 
bir-biri  bilan  qo’shilib  o’qituvchi  va  o’quvchilar  faol  ishtirok  etadigan  o’quv-tarbiyaviy 
jarayonning  yagona  metodikani  tashkil  qiladi.  Bu  usullar  guruhidan  birortasini  ham  e'tibordan chetda  qoldirib  bo’lmaydi,  aks  holda  ta'lim-tarbiya  jarayonida,  o’qitish  metodlarini  belgilashda 
yaxshi natijaga erishib bo’lmaydi. 
O’qitish  va  o’rganish  usullari  ta'lim  metodlarining  tarkibiy  qismi  bo’lishi  bilan  birga, 
o’qituvchi  va  o’quvchilarning  faol  tafakkur  qilish  faoliyati  va  xarakteriga  mos  bo’lgan  xuddi shunday usullarni ham o’z ichiga oladi. 
Ammo  o’qitish  usullari  umumiy  belgilar  hamda  muhim  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega 
bo’lgan holda ta'lim metodlari bilan bog’liq bo’ladi. Shu jihatdan o’qitish usullari barcha o’quv 
predmetlari  uchun  umumiy  bo’lgan  didaktik  metodlardan  farq  qiladi.  Metodik  usullar  o’qitish predmeti tarix kursining mazmuni bilan bog’liq va unga faol ta'sir ko’rsatadi. 
Shunday qilib, o’qituvchi darsga tayyorlanishida o’quv materialining mazmuniga muvofiq 
va  bu  materialning  ta'lim-tarbiyaviy  vazifalarini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirishga  yordam 
beradigan metodik usullarni (o’qitish va o’rganish usullarini) to’g’ri tanlab olishi kerak. 
Ma'lumki,  har  bir  darsga  va  darsdan  tashqari  mashg’ulotga  tayyorlanish  dars  va 
mashg’ulot  maqsadini,  ularning  ta'lim-tarbiya  vazifalarini  belgilashdan  boshlanadi.  O’quv 
materialining  mazmuniga  muvofiq  uning  ta'lim-tarbiya  vazifalarini  amalga  oshirishga  yordam 
beradigan  metodik  usullarni  to’g’ri  va  ilmiy  asosda  tanlab  olish  o’qituvchining  bu  boradagi 
nazariy bilim darajasi va metodik usullar sistemasini qanchalik o’zlashtirib olganligiga bog’liqdir. 
Ma'lumki, o’rta   ta'lim va o’rta maxsus ta'lim  tizimida  tarix kursining mazmunini ayrim 
aniq va tipik voqealardan iborat faktlar tashkil etadi. Bu faktlar o’quvchilarga ijtimoiy hayotning 
barcha tomonlari, bu tomonlarning rivojlanishini va ular o’rtasidagi o’zaro aloqalar haqida bilim 
beradi, ularning aqli, o’yi, hayoli, sezgi va irodasiga ta'sir ko’rsatadi. Tarixiy faktlarning xarakterli 
xususiyati shundaki, ularni bevosita hissiy tasavvurlar asosida o’rganib bo’lmaydi. Shuning uchun 
o’tmishga doir eng muhim faktlarni obrazli tasavvur etishning ahamiyati g’oyat kattadir. Obrazli 
tasavvurlar  o’quvchilarning  tarixiy  voqealar  haqidagi  faktlarni  jonli  idrok  etishlariga  yordam 
beradi. 
Shunday  qilib,  o’tmishning  hayotiy  voqealari  haqidagi  obrazli  tasavvurlar  o’quvchilar 
olgan tarixiy bilimlarining birinchi eng muhim tafakkur komponenti bo’lib xizmat qiladi. Ana shu 
asosda  o’quvchilarda  obrazli-tarixiy  tasavvurlarni  shakllantirishning  metodik  usullarini 
guruhlarga ajratish mumkin: o’qituvchining voqeani suratlab tavsiflashi, syujetli hikoya, badiiy-
tarixiy matnlarni o’qib berishi va o’qitishning boshqa usullaridan foydalanishi, shuningdek uning 
obrazli  bayoni  va  suratlar  asosida  o’quvchilarning  ham  hikoya  qilib  berishi,  insho  yozishi  kabi o’rganish usullari bir guruhni hosil qiladi. 
O’rta  ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim  tizimida  tarix  kursida  ta'lim-tarbiyaviy  jihatdan  juda 
muhim  bo’lgan,  keng  va  obrazli  qilib  yoritilgan  faktlardan  tashqari,  ular  o’rtasidagi 
bog’lanishlarni  aniqlashga  yordam  beradigan  boshqa  faktlar,  voqeaning  sodir  bo’lgan  yili, 
joyining  nomi  va  statistik  ma'lumotlar  ham  beriladi
Yüklə 101 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə