19
Plazmolemma
(sitolemma) hujayrani tashqi tomondan o‘rab
turadi. Plazmolemmaning asosiy vazifalari:
1. Chegaralovchi.
2. To‘siq-retseptor.
3. Transport.
4. Himoya.
5. Harakat.
Plazmolemmaning asosini glikoproteid kompleksi tashkil etadi va
uning qalinligi 10 nm atrofida bo‘ladi. Plazmolemmada uchta qavat
mavjud: 1. tashqi-glikokaliks 2. o‘rta qavat. 3. ichki-donali qavat (8-
rasm). Sitolemma tarkibida 60 % oqsil, 35-40 % yog‘lar, 5 % uglevod
bo‘ladi.
Oqsillar joylashuviga ko‘ra integral, yarim integral bo‘ladi.
Yog‘lar asosan fosfolipidalardan iborat (8-9 rasm).
Transport vazifa hujayra o‘taydigan asosiy vazifalardan
hisobalanadi. Transport passiv va faol holatda bo‘ladi. Passiv holatda
energiya sarflanmaydi. Masalan: Diffuziya, K-Na nasos yo‘li bilan
moddalarni xujayraga kirishi.
Faol transportda moddalar avval parchalanadi va molekulalar
sifatida (mikromolekulalar) transport qilinadi va bunda albatta energiya
sarflanadi. Masalan: Fagatsitoz, pinotsitoz, osmos va K-Na nasos
yo‘llari bilan moddalarni xujayraga kirishi. Ko‘p moddalar avval
retseptorlar bilan birikib, keyin hujayra ichiga transport qilinadi (4-
rasm).
Dostları ilə paylaş: