Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


I BOB Tojikistonda quloq qilish siyosai va uning oqibatlari



Yüklə 103,6 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü103,6 Kb.
#181862
1   2   3   4
turkist

I BOB Tojikistonda quloq qilish siyosai va uning oqibatlari
1.1 Tojikistonda quloq qilish siyosati tarixiy asosları
2.1 Qurultoyning 28 noyabrdagi majlisida tarkib
Qurultoyning 28 noyabrdagi majlisida tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi «Turkiston muhtoriyati»[2]dir, degan qat’iy fikrga kelindi. Turkiston o‘lkasi xalqlari Ta’sis qurultoyi chaqirilgunga qadar hokimiyat batamom Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston xalq (milliy) majlisi qo‘lida bo‘ladi, degan g‘oya ilgari surildi.
Qurultoy Muvaqqat Kengash a’zolaridan hukumat tuzilishi va uning tarkibini 12 kishidan iborat bo‘lishligini belgilab berdi. Turkiston Muvaqqat Kengashi a’zolarining soni esa, ilgarigi Butunrossiya Ta’sis Majlisiga Turkiston o‘lkasidan saylangan nomzodlar soniga qarab (32 kishi) belgilandi. Xalq majlisi tarkibi 54 nomzoddan iborat bo‘lishligi ko‘rsatildi. Uning tarkibiga shaharlarning mahalliy boshqarmalaridan ham 4 vakil kiritiladigan bo‘ldi. Xalq majlisidagi o‘rinlarning uchdan bir qismi-18 kishi yevropa millatiga mansub xalq vakillariga ajratildi. Bu hol muhtoriyatchilarning insof, diyonat va imon asosida haqiqat, adolat va demokratiyaning yuksak cho‘qqisida turib faoliyat ko‘rsatganliklarining yorqin namunasidir. Chunki o‘sha davrda yevropa millatlariga mansub aholi Turkiston o‘lkasidagi umumiy aholi soniga nisbatan 4,5-5 foizni tashkil etgani holda Xalq majlisi ularga 3/1 o‘rin ajratilgan edi. Darvoqye, Turkiston o‘lkasi Ta’sis Majlisiga saylovlar haqidagi Nizom loyihasida ham nomzodlar umumiy soni 234 o‘rin bo‘lgani holda, uni ikki guruhga-musulmonlar va nomusulmonlar guruxiga ajratilishi ham ana shu o‘lchov va andozadan kelib chiqqan edi. Yevropa millatiga mansub xalq vakillariga bu yerda ham 3/1 o‘rin ajratilganligi diqqatga molikdir. Nihoyat uzoq va bahsli tortishuvlardan so‘ng Qurultoyda Muvaqqat hukumat saylandi. Uning tarkibiga 8 kishidan iborat kishilar kiritildi: Muhammadjon Tinishboyev. Bosh vazir, ichki ishlar vaziri, 2-chaqiriq Davlat Dumasining a’zosi, Muvaqqat hukumat Turkiston qo‘mitasining a’zosi, temir yo‘l muhandisi. Islom Sulton Shoahmedov (Shagiahmedov)-Bosh vazir o‘rinbosari: Butunrossiya musulmonlari kengashi Markaziy qo‘mitasining a’zosi, huquqshunos. Mustafo CHo‘qayev-Tashqi ishlar vaziri: Muvaqqat Hukumat Turkiston Komitetining a’zosi, Turkiston Musulmonlari kengashi Markaziy qo‘mitasining raisi, huquqshunos. Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev-harbiy vazir, Butunrossiya musulmonlar kengashi Markaziy qo‘mitasining a’zosi, huquqshunos. Hidoyatbek Yurg‘uli (Yurali) Agayev-yer va suv boyliklari vaziri, agranom. Obidjon Mahmudov-oziq-ovqat vaziri, Qo‘qon shahar dumasining rais o‘rinbosari, jamoat arbobi. Abdurahmon O‘razayev-ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, huquqshunos. Solomon Abramovich Gersfeld-moliya vaziri, huquqshunos.[3]
Turkiston Muvaqqat hukumati tarkibi nega 12 ta emas-u, 8 kishi degan haqli savol tug‘ilishi tabiiydir. Chunki hukumat tarkibidagi 4 kishi yevropa millatlariga mansub aholi safidan ko‘rsatilgach to‘ldirilishi lozim edi. Bu esa Turkiston Muhtoriyati qanchalik demokratik va xalqchil hukumat ekanligini ko‘rsatuvchi bir dalildir.
Turkiston musulmonlarining IV qurultoyi Muvaqqat hukumat kengashi (milliy majlis)ni ham sayladi.
Uning tarkibiga quydagi kishilar kirdi: Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Mustafo CHo‘qayev, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov, Sadriddinxon Sharifxo‘jayev, Qo‘ng‘irxo‘ja Xojiyev, Ismatulla Ubaydulin, Saidnosir Mirjalilov, Said Ja’farboy Saidov, Islom Sulton o‘g‘li Shoahmedov, Abduruhmonbek O‘razayev, Hidoyatbek Yurguli Agayev, Nosirxonto‘ra Kamolxonto‘rayev, Mirodil Mirahmedov, Toshxo‘ja Ashurxo‘jayev, Abduqodir Qushbegiyev, Obidjon Mahmudov, Jamshidboy Qorabekov, Solomon Abramovich Gersfeld (Gershveld) Abdusamad Abdusalimov, Ubaydulla Dorbisalin, Muso Akchurin, Mustafo Mansurov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ibrohim Davletshin, Muhammadjon Tinishboyev, Halil Shirinskiy, Tolibjon Musaboyev, Olimxonto‘ra Shokirxonto‘rayev, Sobirjon Yusupov va Odiljon Umarovlar[4]. «Sho‘roi ulamo»ning rahbari Sherali Lyapin Kengash tarkibiga rais sifatida kiritildi. Ammo u bu taklifni rad etdi.
Qurultoy iqtisodiy masalalarga ham katta e’tibor berdi. Muhtor jumhuriyat Angliya hukumatidan harbiy yordam bilan bir qatorda iqtisodiy yordam olishi ham ta’kidlandi. Bu holni o‘lkada hukm surayotgan ochlik taqozo etar edi. Non mahsulotlarini paxta va junga almashtirsh masalasida bir fikrga kelindi. Shu munosabat bilan «O‘lkani Janubiy-Sharqiy ittifoqqa qo‘shilishi» to‘g‘risida muhim qaror qabul qilindi. Chunki, O‘lka Shimoliy Kavkaz va Orenburgdan g‘alla mahsulotlari olardi. Ayni chog‘da Turkiston o‘z paxtasini ularga sotishi ham mumkin edi. Qolaversa, «Janubiy-Sharqiy Ittifoq» hududi aholisining katta qismi musulmonlardan iborat edi. Ammo qurultoyda ba’zi noiblar Turkistonni yana mustamlaka bo‘lib qolishidan havotirga tushadilar. Ulardan biri bu hususda o‘z fikrini shunday bayon etdi: «Kazaklar azaldan Samoderjaviyaning suyanchig‘i bo‘lib kelgan. Ular xalqimizni qanchalik azob-uqubatga duchor qilmadi. Kazaklar doimo inqilobga qarshi chiqqan. Hozir ham kazaklar tepasida podisho tuzumini qayta tiklamoqchi bo‘lgan Krasnovlar, Paraulovlar, Kaledinlar turibdi-ku?
Ular Olmoniya bilan urushni g‘alabagacha davom ettirmoqchi. Istambulni zabt etib, Oq-Sofiya cherkovini qayta tiklamoqchilar. Ularning bizdan yordam so‘rab murojaat qilishiga yagona sabab-o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishdir. Biz ular bilan birlasha olmaymiz.» mazkur masala shu qadar bahsli o‘tdiki, Qurultoyning 27 noyabr kunidagi majlisida ham munozara davom etdi. Nihoyat, bo‘lg‘usi davlatning iqtisodiy holatini e’tiborga olib Ittifoqqa kirish haqida qaror qabul qilindi[5]
Turkiston muxtor Respublikasi mafkurasining negizini islom dini g‘oyalari tashkil etishi qurultoyda maxsus ko‘rsatildi. Bu o‘lka musulmonlarining II va III qurultoylarida ham ta’kidlangan edi.
Qurultoy o‘z ishini yakunlashi oldidan yana bir marta Turkiston Muxtor respublika deb e’lon qilinganini tantanali sifatda takrorladi. Noiblar bu so‘zlarni tik turib tingladilar, xudoga shukronalar bildirib, Qur’oni Karim suralaridan tilovat qildilar[6].
Turkiston muxtoriyatining muvaqqat hukumat nomidan uning a’zolari: M.Tinishboyev, M.CHo‘qayev, U.Xo‘jayev, Yu.Og‘ayev, O.Maxmudov, A.O‘razayev, I.Shoahmedov, S.Gersfeld imzosi ostida xalqqa qarata dekabr kuni murojaat e’lon qilindi. Murojaat noma «Ulug‘ Turkiston»da (1917 yil 8 dekabr) e’lon etildi.
Murojaatda ko‘p millatli Turkiston xalqining istagiga muvofiq demokratik inqilobning ulug‘ asoslari bo‘lmish xalqlarning ozodligi, millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashini amalga oshirish maqsadida Turkiston umummusulmonlarining favqulodda O‘lka qurultoyi Turkistonni Rossiya Federatsiyasi Respublikasining tarkibidagi muxtor respublika, deb e’lon qilgani qayd etildi.
O‘lkadagi jamiki uyushmalar oldida turgan muhim va ma’suliyatli masalalarni e’tiborga olib, Turkistonda yashayotgan turli millatlar ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyot darajalarini hisobga olib va ular o‘rtasida do‘stlikni ta’minlash uchun, o‘lkaning hamma joylarida tartib va intizom joriy o‘rnatish maqsadida o‘lka musulmonlar qurultoyi Muvaqqat Turkiston xalqi Sho‘rosi (Millat majlisi)ni sayladi. Mazkur Sho‘ro ha’yati Turkiston muxtoriyatining Muvaqqat hukumatini tashkil qildi, deyildi unda.
Bu hukumat zimmasiga mumkin qadar tezroq Turksiton Ta’sis Majlisini chaqirish, Turkiston xalqini oziq-ovqat bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, shu maqsadda «Sharqiy-Janubiy Ittifoq» bilan aloqa o‘rnatish, o‘lka muxtoriyati moliya ishlarini ta’sis qilishga kirishish, xalq militsiyasini tashkil qilish mahalliy millatlar huquqlarini himoya qiluvchi tadbirlar belgilash, askar tashkil qilish va boshqa vazifalar yuklatilganligi murojaatda ta’kidlandi.
Umummusulmonlar o‘lka qurultoyi, birlik, hurriyat, tenglik, asoslarini tasdiq etdi. Turkistonning barcha fuqarolarini, musulmonlarini, rus yahudiylarini, ishchi, askar va yevropalik dehqonlarni, o‘lkada yashovchi hamma elat, xalqlarni, shahar va zemstvo idoralarini, barcha davlat mahkamalarini, umumiy va xususiy muassasalarini e’tirof etib, ularga o‘z zimmalariga olgan og‘ir vazifalarini hal etishda yordam berish ham shu murojaatda ko‘rsatildi.
Hurriyatga erishgan Turkiston o‘z hududida, o‘z joyiga o‘zi xo‘jayin bo‘lishi, o‘z tarixini o‘zi vujudga keltirishi davrini boshlab berganini murojaat uqtirib o‘tdi.
«Biz,-deyilgan edi unda,-oldimizda turgan masalalarning muhimlig‘in va ulug‘lig‘in komil suratda anglab, ham ishlagan ishlarimizning xaqligiga ishonib, xudodan madad tilab ishni boshlaymiz.»
Murojaat o‘lka xalqlari, ayniqsa musulmon aholisi tomonidan zo‘r quvonch va tantanavor qabul qilindi.
Xalq ko‘pdan beri orzu qilib kelgan milliy davlatga ega bo‘lganidan behad shodu-hurram edi.
Muxtoriyat e’lon qilingan kundan boshlab omma o‘rtasida o‘zining siyosiy faoliyatini avj oldirdi. Eng avvalo musulmon siyosiy tashkilotlari va ular ixtiyoridagi targ‘ibot hamda tartibot ishlarini kuchaytirdi. Taraqqiyparvarlar, ma’rifatparvar milliy yoshlar guruhi va uyushmalari ham muxtoriyatni keng targ‘ib etdilar. Toshkentda «Ishchilar to‘dasi», Andijonda «Ma’rif havaskorlari» uyushma va jamiyatlari Muxtoriyat manfaati yo‘lida ish olib bordi. Ularning faoliyatida Toshkentda Akmal Ikromov, Andijonda Usmonxon Eshonxo‘jayev va boshqalarning o‘rni katta bo‘ldi. Muxtoriyat o‘zbek, rus va qozoq tillarida gazetalar chiqara boshladi. Bu «El bayrog‘i», «Svobodniy Turkestan» va 1917 yil 13 dekabrda rus tilida chiqa boshlagan «Izvestiya Vremennogo Pravitelstva Avtonomnogo Turkestana» shular jumlasidandir. Obidjon Mahmudovning bosmaxonasi ham muxtoriyat hukumati xisobiga o‘tdi. Qo‘qon shahridan Muxtoriyat hukumati nomidan uyezdlar komissarlariga va mansabdor shaxslarga farmoyishlar, telegrammalar va turli ko‘rsatmalar yo‘llanib, ular orqali joylarda Muxtor Hukumatning birdan-bir qonuniy hukumat ekanligi va shu bois faqat uning ko‘rsatmalarini tan olish lozimligi ta’kidlandi. Shunday hollar ham bo‘ldiki, joylardagi ishchi, askar va dehqon deputatlari Sho‘rolari Muxtoriyatni tan olamay uning farmoyishlarini ham yo‘qqa chiqarishga harakat qildilar. Jumladan, Kattaqo‘rg‘on Sho‘rosi 1918 yil 11 yanvarda shunday yo‘l tutdi. Muxtor Hukumat bunday urinishlarni daf etish choralarini ko‘rdi. Muxtor Hukumat shoshilinch ravishda 30 million so‘mlik zayom chiqaradi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad hukumatni iqtisodiy jihatdan mustahkamlash va milliy armiya tuzish edi. Milliy qo‘shin tuzish harakati boshlab yuborildi. Avval boshda hukumat ixtiyorida 60 yollanma askar bo‘lgan bo‘lsa, qisqa fursatda Muxtoriyat ixtiyorida 2 ming kishilik qo‘shin hozir bo‘ldi. Bundan tashqari Qo‘qon militsiyasining boshlig‘i Ergashning qo‘l ostida ham anchagina kuchlar bor edi. Milliy armiyada horijdan chaqirilgan harbiy kishilar, aksariyat holda turk zobitlari yo‘riqchilik ishlarini olib bordilar. Ayni vaqtda militsiya qismlarini tuzishga ham kirishildi.
Bu borada Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev bosh bo‘lgan ichki ishlar vazirligi xalq militsiyasining tashkil bo‘lishi katta voqyea bo‘ldi. Pul islohoti o‘tkazishga kirishildi. Zayom chiqarildi. Muxtoriyat o‘z bayrog‘i va madhiyasini yaratdi. Shunisi e’tiborliki, Muxtoriyatni bir qator horijiy mamlakatlar ham tan oldi. Shu bois Muxtoriyat hukumati yordam so‘rab horijiy mamalakatlarga murojaat qildi, ulardan ham moddiy, ham xarbiy yordamlar olishga muvaffaq bo‘ldi.
1918 yil yanvarida Toshkent Jome masjididagi yig‘inda nutq so‘zlagan Shukurxon Hazratlari «… Muxtoriyatchilar yolg‘iz emaslar. Ularni Angliya himoya qilayotir» degan edi. Muxtoriyatni Angliya, Fransiya, Germaniya, Turkiya va boshqa davlatlar qo‘llab-quvvatlagan edilar[7].
Xullas Turkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi o‘lka xalqlarining tarixiy taqdirida buyuk burilish ahamiyatiga ega bo‘lgan qarorlarni qabul qildi. Bu ulkan ahamiyatli voqyea «Ulug‘ Turkiston» gazetasida o‘z davrida odilona baholandi. Gazeta bu haqda quyidagi jumlalarni yozdi: «Bolshevoylar hukumatining boshlig‘i Lenin ham so‘nggi farmonida Rossiyada yashagan millatlarga va shu jumladan Qozoqlar ila Turkiston musulmonlariga muxtoriyat e’lon qilib, o‘z ishlarini qo‘llariga olurg‘a mumkin bo‘lg‘anlig‘ini bayon etdi. Shunlikdan bukun Turkiston qurultoyining Turkiston Muxtoriyatini e’lon qilishi ham xalq, ham markaz hukumatining tilagiga hilof tuguldir. Zotan, so‘nggi vaqtda mayda millatlar hammasi Muxtoriyat e’lon qilib yetalar. Nufuzlari boshqalarga qaraganda yuzdan yetmish besh bo‘lg‘on (75 foiz) millatlar yerli muxtoriyat e’lon qilurg‘a haqli edilar. So‘nggi qoidalarga ko‘ra yuzdan oltmish tashkil qilg‘on (60 foiz) millatlarda muxtoriyat e’lon qilurg‘a haqli sanala boshladilar. Hol shu ila yuzga tashkil qilg‘an (95 foiz) Turkiston musulmonlarining Muxtoriyat e’lon qilishiga haqlari borlig‘in hech kim inkor qilaolmasa kerak. Bizdan vakil chaqirg‘an edi va yoxud biz bu ishni ertaroq ko‘ramiz deb ko‘rishurda o‘rinsiz, ham musulmon manfaatiga hilofdir. Sakkiz oydan beri yerli Turkistonning Muxtoriyati haqinda so‘ylab kelib, kelubda bugun muxtoriyatga qarshi chig‘alar va yohud tasdiq etmasdan mone’ bo‘lurg‘a ekan, bu ish musulmonlarning butun orig‘a imon va e’tiqodlarig‘a qarshi bolta chopadig‘on so‘z bo‘lajakdur. Musulmonlar bu kun muxtoriyat e’lon qilar ekan, buning ila hech kimning huquqiga tegmaslar, bu bilan Turkiston Rossiyadan aslo ayrilmay, balki uning bir mustaqil a’zosi bo‘lib qoladi. Turkistonda yashagan rus, yahudiy, armani va boshqa har millatga o‘zining haqi berilar. Ular ham Turkiston muxtoriyatining teng huquqli bir a’zosi bo‘lib yashajaklar.
Turkistonliklar… qon to‘kilishidan saqlanub, mumkin qadar sabr qilurlar. Faqat shuni xotiradan chaqarurg‘a yaramaydirki, Samarqanddan kelgan bir vakil qurultoyda aytdi:-«Turkistonning yeri-bizning tanimiz, suvi-qonimizdir… Kimda-kim bu ikkisiga tegadurg‘on bo‘lsa, bizning tanimiz bilan qonimizga tuqulg‘on bo‘lajak»,- dedi.
Shu boisdan Turkiston xalqining huquqiga tajavuz qilinaversa, buning oxirida shunday ko‘ngilsiz voqyealar bo‘lurg‘a mumkindurki, bu voqyealar oldinda so‘ng‘g‘i Toshkent voqyealarining (Toshkentdagi 1917 yil 13 dekabr voqyealari nazarda tutilmoqda-mualliflar) bir kichkina bir ko‘lanka bo‘lib qoluvchi ehtimollarida yo‘q tuguldir»[8]. Kun tartibidagi endigi bosh muammo Turkiston musulmonlari IV qurultoyi qabul qilgan va ilgari surgan g‘oyalarning hayotga tadbiq etilishida, o‘lkadagi keng mehnatkashlar ommasining bu qaror va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashida, Turkiston muhtoriyati atrofida birlashib uning orqasidan faol ergashuvida qolgan edi.
Qo‘qon shahrida Turkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tganligi va unda Turkiston muhtoriyatining tashkil etilganligi to‘g‘risidagi xabar tezda butun o‘lka mehnatkashlar ommasi o‘rtasida keng tarqaldi va katta qiziqish uyg‘otdi. Turli shaharlar va tumanlarda Turkiston muhtoriyati baland va ko‘tarinki ruh va shodu-xurramlik bilan kutib olindi, Muxtoriyatni qo‘llab-quvvatlab joylarda ko‘p ming kishilik miting va namoyishlar uyushtirildi. Jumladan, 1917 yil 6 dekabrda Toshkent shahridagi Eski Juvadagi Beklarbegi jome’ masjidida uyushtirilgan miting bu xusuda xarakterlidir. Unda 60 ming shaharlik fuqarolar qatnashdilar. Mazkur mitingni tashkilotchilari «Sho‘roi-Islomchi»lar va «Sho‘roi ulamochi»lar edilar. «Ulug‘ Turkiston» gazetasining bergan xabariga qaraganda: «Masjidning ichki sahni va tomlari odam bilan liq to‘lgan». Miting Saidg‘ani Mahmud raisligida o‘tgan. (Munavvarqori Abdurashidxonov, Mulla Odil, Sherali Lyapin va boshqalar uning o‘rinbosarlari edilar). Gazeta miting qatnashchilari Turkiston muhtoriyatini batamom qo‘llab-quvvatlaganliklarini yozadi. Miting Turkiston muhtoriyatidan boshqa hukumatni tan olmaslik to‘g‘risida qaror qabul qildi. Miting ishtirokchilari «Omin, ollohu akbar!» deb yuzlariga fotiha tortib Xalq kengashiga sodiq qolishga qasamyod qildilar.
Qabul qilingan qarorda jumladan, quyidagi satrlar bor edi: «Biz musulmonlar sinf ayrimalarga qaramasdan, Turkiston muxtoriyatini olqishlagan holda, Qo‘qondagi favqulodda qurultoy tarafidan e’lon etilgan Turkistonda xalq hukumatini vujudga keltiruv haqidagi qarorga butun vujudimiz birla qo‘shilib, ishonamizki, buyuk Rossiya inqilobi tarafidan e’lon etilgan hokimiyati asoslarining suyunchi haqini Rossiyaning birlashgan demokratiyasi Turkiston xalqining tarafidan bir og‘izdan bayon etilgan tilagiga qo‘shilar va o‘z kunimizni o‘zimiz qura boshlashda yordam etar.
Shunga imon etgan holda biz o‘lkadagi hamma musulmonlarni Muhtoriyatli Turkiston hukumati atrofida jipslashib, hozirgi o‘lka idorasi boshida bo‘lib turgan muvaqqat tashkilotlar bilan qanday bo‘lmasin dushmanlarcha muomala qiluvdan saqlanishga da’vat qilamiz.
Turkiston Muxtoriyati amaliy suratda tezroq vujudga kelishi uchun tinch va totuvlikni saqlashimiz kerak. Toki shuning orqasida o‘zaro so‘g‘ish (urush-mualliflar) va bugundan e’tiboran hur bo‘lgan Turkistonning bir to‘g‘on kabi xalqlarimiz orasida gunohsiz qon to‘kilmasin».


Yüklə 103,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə