Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti



Yüklə 271,01 Kb.
səhifə1/2
tarix17.12.2023
ölçüsü271,01 Kb.
#150283
  1   2
1440588552 61512

Mavzu: Yaqin sharq mojarosi va uni hal etish yo’llari

Reja

1.Kirish

2.Asosiy qism

1.G’azo sektori

2.Sharqdagi mojarolar nima uchun

2.Misr va Sinay yarimoroli

3.Kurdiston masalasi

3. Xulosa

4.Foydalanilgan adabiyotlar


1.Kirish G'azo va Isroil to'qnashuvlari, voqealar ustidan qisqa tahlil.
21-noyabr Misr Tashqi Ishlar vaziri Muhammad Komil Amir Isroil va Hamas o'rtasida o't ochishni to'htatish haqida kelishuv tuzilganini e'lon qildi, bu kelishuv G'azo vaqti bilan 19:00 dan amalga kiritildi.
"AQSh bugungi tuzilgan kelishuvni olqishlaydi, kelajakda AQSh regiondagi partnerlar bilan bu tinchlik bitimini mustahkamlash bo'yicha birgalikda ish olib boradi" deydi Hillari Klinton o'zining Qohiradagi bergan bayonotnomasida.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netenyahu AQSh prezidenti Barak Obama bilan telefon orqali suhbatidan so'ng, Misrning kelishuv haqidagi taklifiga "G'azoga yana bir marta imkon berish" sharti bilan rozilik berdi.
O'z navbatida AQSh prezidenti janob Netenyahuga Misr tomonidan qilingan taklifni qabul qilganligi uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi.
Yaqin Sharq muammolari urush va to'qnashuvlar orqali yechilmasligi kunday ravshan bo'lib qoldi. Nima bo'lgan taqdirda ham Isroil bilan muzokaralarni diplomatik yo'l bilan hal qilish lozimdir. Aks holda G'azo hudud ham, Falastin ham umumiy ravishda Isroilning yahshi tayyorgarlikdan o'tgan va kuchli harbiy texnologiyalariga ega bo'lgan qo'shni tomonidan ohirgi marta hujumga uchrashlari va dunyo siyosiy haritasidan butunlay o'chirilishlari mumkin. Falastin hozirgi kunda BMTga a'zolikka ariza bergan, Hamas guruhi o'sha a'zolikka o'zini qurbon qilgan holatda G'azoni ham taqdim etishi lozim, ya'ni G'azo hududini tolaligicha Falastinga topshirgan holda. Keyinchalik Falastin BMTga a'zo bo'lib teng huquqli mamlakat tusini olgandan keyin, o'ziga yarasha kuch to'plagandan so'ng, ana o'shandagina Isroil bilan hech ikkilanmasdan muzokaralar olib bora oladigan bo'ladi. Isroilning pozitsiyasi ham radikal guruhlarning kamayishi bilan yumshashi va Falastin bilan birgalikda ma'lum iqtisodiy zonalar yaratish uchun Sionistik ideologiylaridan cheklanishi mumkin.
Alan Grinspin, Jon Makkeyn, Jorj Bush, Sara Polin va boshqa siyosatchi, yuqori mansabli davlat amaldorlariga ko`ra Iroqdagi urush haqiqatda neft uchun edi.
Dik Cheyni 11-sentyabr voqealaridan keyin Iroq neft konlarini birinchi darajadagi milliy masala darajasiga ko`tardi.
“The Sunday” shunday yozadi:
“9/11 dan 5 oy oldin AQSH Iroq neft konlarini nazoratga olish maqsadida… Iroqqa qarshi targ`ibot amallarini boshladi…”
Fransuz maxfiy xizmatiga ko`ra Afg`on urushi 9/11 dan ancha oldin rejalashtirilgan. AQSHning maqsadi Afg`oniston orqali quvurlarda Markaziy Osiyodan neftni oson va arzon transport qilish edi. 11-sentyabrdan ozgina oldin AQSH Tolibon hukumatiga tanlash uchun ikki yo`l taklif qildi: Vashington manfaatlarini himoya qilish va ko`plab madadga ega bo`lish yoki AQSHning Afg`on hududiga kirishiga qarshilik qilish va bombalar yomg`iri ostida qolish.
Kongresmen Ed Merkey shunday degan edi:
“Biz neft tufayli Liviyadamiz.”
Va AQSH va Angliya neft sanoatini milliylashtirilishini e`lon qilgani uchun Eronning qonuniy rahbariga bosimlar o`tkazishni boshlashdi.
Bu GAZ uchun urush edi…
Jon Bolton o`tgan yili shunday degan edi:
“Biz iqtisodiyotimizni neft ta`minotidan mahrum bo`lib qolishi yoki neftni juda yuqori narxda sotib olishdan saqlanish uchun juda ko`p urushlarni boshdan kechirdik. ”
Afg`onistondan o`tkazilishi rejalashtirilgan quvurlardan AQSH neft bilan birga tabiiy gazni ham transport qilishni xohlagan edi.
Haqiqatda, ayni chog`da, “Buyuk O`yin” Rossiya va AQSH tomonidan Yevroosiyo neft va tabiiy gaz zahiralarini nazorat qilish maqsadida o`ynalmoqda:
"Sovet Ittifoqi qulagan bo`lsa ham, Rossiya Amerikani Markaziy Osiyodan siqib chiqarishda muqim turib kelyapti. AQSH Yevropa Ittifoqi energetika ta`minotini o`zgartirish, birinchi navbatda Rossiya dominantligidan xalos etishni istayotgan bir paytda, Rossiya Yevropaning o`z gaziga qaramligini oshirishni ko`zlamoqda. Allaqachon Yevropani rus gazi bilan ta`minlaydigan 3 ta quvurlar tizimi barpo etilgan bo`lib, Rossiya yana ikki quvurni rejalashtirib qo`ygan."
Tobora qudrati o`sib borayotgan Xitoy ham bu “Buyuk O`yin”ga aralashib qolmoqda:
“Yangi Buyuk O`yin”dagi uchinchi “katta o`yinchi” Xitoydir. Xitoy deyarli dunyoning birinchi raqamli energiya iste`molchisiga aylangan bo`lib, allaqachon Turkmaniston gazini Markaziy Osiyo-Xitoy nomi bilan ma`lum quvurda O`zbekiston va Qozoqiston orqali Shinjon provinsiyasiga transport qilishni yo`lga qo`yib ulgurgan. Pepe Eskobar 2009-yilda ishga tushurilgan bu quvurni 21-asrning Yangi Ipak Yo`liga debocha deb ataydi. Xitoyning energiyaga bo`lgan talabini 150 foizga oshirishni rejalashtirgan bo`lib, buning uchun faqatgina Markaziy Osiyo davlatlari bilan emas, balki og`ir sanksiyalar qo`yilgan Afg`oniston va Eron bilan ham energetik aloqalar o`rnatishga harakat qilmoqda. Xitoy o`z hududidan o`tadigan 5 ta G`arb–Sharq gaz quvurlari tizimini yaratishni maqsad qilib qo`ygan. Shulardan biri (Shinjon-Shanxay) amalda ishlayapgan bo`lib, qolganlari qurilish ostida va Markaziy Osiyo gaz zahiralariga ulanadi.

Yüklə 271,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə