7
tahlil qilish katta rol o‘ynaydi. Chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv
tizimi samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi.
Bozor munosabatlari davrida bu shartning asosiy qismi,
korxonalar moliyaviy
holatining tahlili hisoblanadi. Respublikada yangi moliyaviy hisobot shakllari qabul
qilindi, ularni o‘rganish va ulardan keng foydalanish uslublarini barpo etish katta
ahamiyatga ega.
Bozor munosabatlari davrida respublikada bu masalani yechish maqsadida
moliyaviy tahlil uslubiyatini takomillashtirish uchun bir qator tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Lekin bu borada hali yechilmagan muammolar ham kam emas.
Moliyaviy tahlilni o‘tkazishdan manfaatdor tashkilotlar, organlar, mutaxassislar hali
ham ilmiy, ham amaliy nuqtai nazardan asoslangan uslub bilan ta’minlanmaganlar.
Bu holat, albatta, bozor munosabatlarini shakllantirish
davrida korxona va
tashkilotlarga samarali boshqaruvchilik qilishda salbiy rol o‘ynamoqda.
Moliyaviy tahlildan manfaatdor tashkilot va organlar, mutaxassislar, keng
kitobxonlar ommasi e’tiboriga havola qilinayotgan kitobimizda bozor munosabatlari
shakllanayotgan bugungi kun iqtisodiy nazariyasiga asoslanib, sobiq ittifoq davrida
shakllangan moliyaviy tahlil uslubiyatini, bu boradagi xorijiy mamlakatlar tajribasini
e’tiborga olib, bozor iqtisodiyoti talablarini ko‘zda tutib, korxonalar moliyaviy
holatini tahlil qilishning kompleks uslubiyatini
ishlab chiqish maqsadlari, tadbirlari
bayon etilgan. O‘ylaymizki, bu qo‘llanma korxonalarning moliyaviy holatini tahlil
qilishni yaxshilashda, uning samarasini ko‘tarishga yordam berishi shak-
shubhasizdir.
O‘quv qo‘llanma muallifi iqtisod fanlari nomzodlari, dotsentlar A.T. Ibrohimov,
Sh.Sh. Shoyokubov, F.Sh. Shamsutdinovlarga o‘quv qo‘llanmani tayyorlash davrida
uning sifatini, mazmun-mohiyati va saviyasini oshirish
niyatida qilgan tavsiya-
takliflari uchun chin qalbdan o‘z minnatdorchiligini izhor etadi. Bu tavsiya va
mulohazalar muallif tomonidan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha e’tiborga olingan.
O‘quv qo‘llanmada o‘z ifodasini topgan moliyaviy tahlil uslubiyati, unda tavsiya
etilgan, foydalanilgan, tahlil qilingan ko‘rsatkichlar tizimining asoslanganligi,
amaliyligi, zamon talablariga javob berishi respublika korxonalari materiallarini
muallif tomondan tahlil etish yo‘li bilan sinovdan o‘tkazilgan.