Toshkent arxitektura-qurilish instituti


 Rasm Ishlab chiqarish binosi ichidagi chorpoyali kran



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

1.7 Rasm Ishlab chiqarish binosi ichidagi chorpoyali kran


18 
1.8 Rasm Chorpoyali kran ishlab chiqarish binosi tashqari
sida. 
Chig‘iriqlar (tallar) qulda boshqariladigan (koshkalar) yoki elektr toki 
yordamida boshqariladigan (telferlar) bo‘lishi mumkin. Chig‘iriqlar 10 tonnagacha 
bo‘lgan yuklarni 18 metr balandlikkacha ko‘tarishi mumkin. 
Osma kranlar bino oraliqlari 30 metrgacha bo‘lganda qo‘llanilib 10 tonnagacha 
yukni ko‘tarishi mumkin.Osma kranlar binoning oraliqlarini katta kichikligiga qarab, 
mos ravishda bitta oraliqda bitta, ikkita yoki uchta o‘rnatilishi mumkin va ular bir 
biriga bog‘liq bo‘lmagan holatda harakatlanadi.Osma kranlar binoning yuk 
ko‘tauvchi konstruksiyalariga (fermalarga, balkalarga) mahkamlangan po‘lat dvutavr 
to‘sindan iborat bo‘lib ,to‘sinning pastki qismida harakatlanadigan yuk ko‘taruvchi 
aravachadan tashkil topadi. 
Bir qavatli sanoat binolarida ko‘prikli kranlar asosiy yuk ko‘tarma transport 
vositasi bo‘lib hisoblanadi.Ko‘prikli kranlar qo‘lanilganda binolarning balandligi 
ortadi va konstruktiv yechimi murakkablashadi.Ko‘prikli kranlar binolarning 
oraliqlarining kengligi 50metrgacha bo‘lganda ishlatilib , yuk ko‘tarish qobilyati 630 
tonnani tashkil qilishi mumkin. 
Ko‘prikli kranlar ishlab chiqarish binolarining bo‘ylama yo’nalishlari bo‘yicha 
o‘rnatilgan ustunlarning tokchalari (konsollari) ustida joylashtirilgan kranosti 
to‘sinlariga mahkamlangan po‘lat relslar ustidan harakatlanadi. Kran osti to‘sinlari 
temir beton yoki po‘latdan tayyorlanishi mumkin. Ko‘prikli kranlarning ish vaqtida 


19 
chiqadigan shovqinlarini pasaytirish, konstruksiyalarning umrboqiyligini uzaytirish 
maqsadida kran osti to‘sinlari va po‘lat relslar orasida qalinligi 1,0 sm bo‘lgan 
kauchuk yoki rezina prokladka qo‘yiladi.

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə