To’g’ri va teskari proporsional miqdorlar


Yangi mavzu: To’g’ri va teskari proporsional miqdorlar



Yüklə 10,25 Kb.
səhifə2/2
tarix11.12.2023
ölçüsü10,25 Kb.
#146845
1   2
To’g’ri va teskari proporsional miqdorlar-fayllar.org

Yangi mavzu: To’g’ri va teskari proporsional miqdorlar
Mavzu electron darsliklar yordamida tushuntiriladi.

Miqdorlar orasida bog’lanishning eng soddalari to’g’ri va teskari proporsionallikdir.


Ta’rif: Agar bir miqdor k marta ortganda ikkinchi miqdor ham k marta ortsa, bunday miqdorlar to’g’ri proporsional miqdorlar deyiladi.
1 masala: Mashina 1 soatda 70 km bo’ladi. Shunday tezlik bilan yursa, u 1,5, 2, 3, 4, 6, 7.5 soatda necha km yo’l bosadi?
Vaqt (soat)

Vaqt
[soat]


1,5

2

3

4

6

7,5

Tezlik [km/soat]


70

70

70

70

70

70

Masofa [km]


105

140

210

280

420

525

1-xulosa: Vaqt necha marta ortsa brilgan tezlikda bosib o’tilgan yo’l ham shuncha marta ortadi.

2-xulosa: O’tilgan yo’lning vaqtga nisbati – tezlik o’zgarmay qoladi.
2-masala: 72 sonini 3, 7, 8 sonlariga to’g’ri proporsional qilib 3 ta qismga ajrating.
Yechilishi:

1) 3+7+8=18 2) 72:18=4 3) 4*3=12; 4*7=28; 4*8=32

Demak 72 =12+28+32; 12:28:32=3:7:8
Tarif: Agar biror miqdor k marta ortganda ikkinchi miqdor k marta kamaysa, bunday miqdorlar teskari proporsional miqdorlar deyiladi.

(k0)
k teskari proporsionallik koeffisenti


1-masala: Jami yukni tashish uchun 3 t yuk ko’taradigan avtomashinadan 10 tasi kerak. Shu yukni tashish uchun 5 t yuk ko’taradigan avtomashinadan nechtasi kerak bo’ladi?
Yechilishi: 3 t --- 10
5 t --- x
Proporsiya tuzamiz 3/5=x/10 yoki (3:5=x:10)
5x=3*10
x=6 javob 5 tonnali mashindan 6 ta kerak bo’ladi.
2-masala: 36 ni 2, 3, 7 sonlariga teskari proporsional bo’lgan 3 ta qismga ajrating.
Yechilishi: masalani yechimini “Zinama-zina” o’yini orqali bajaramiz
21:9:6=7:3:2
36=21+9+6
3*2=6
3*3=9
3*7=21 36:12=3 2+3+7=12
Darsning mustahkamlash:
Tenglamani yeching.
3,6:2,4=9:x 2,8:0,7=x:8
77 sonini 1, 2, 3 va 5 sonlariga teskari proporsiponal miqdirda ajrating.
6A-sinfdagi o’g’il bolalar va qizlar soni 5 va 7 kabi nisbatda shu sinfdagi o’quvchilar soni 35; 36 va 28 sonlaridan qaysi biriga teng bo’lishi mumkin?
O’quvchilar yangi o’tilgan mavzu yuzasidan savollar bormi?
Demak savollar bo’lmasa darsimizni yakunlaymiz. Endi darsimizni ushbu she’r bilan yakunlaymiz:


Olam ichra yagona, yomonlikka begona.


Nur sochar misli oftob, qadrdonimsan kitob.


Sen ilm bulog’isan, yo’limda chirog’imsan.


Maqtayman seni dildan, sevimli kitobimsan!
http://fayllar.org
Yüklə 10,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə