Tog‘ jinslariga naml



Yüklə 52,48 Kb.
səhifə2/5
tarix13.12.2023
ölçüsü52,48 Kb.
#149310
1   2   3   4   5
O

TOG‘ JINSLARI XUSUSIYATLARINING O‘ZARO BOGLIQLIGI
HAQIDA UMUMIY MALUMOTLAR BERING.
Tog‘ jinslarining tasnifi hosil bo‘lish sharoitlariga asoslangan. Ushbu
tasnifga muvofiq tog‘ jinslarining quyidagi turlari ajratiladi: - magmaning sovishida hosil bo‘luvchi - magmatik; - magmatik va metamorfik jinslarning mexanik nurashi va eritmalardan moddalarning cho‘kishi natijasida hosil bo‘luvchi - cho‘kindi; - cho‘kindi va magmatik jinslarning uzoq vaqt davomida yuqori bosim, harorat va minerallashgan suv ta’sirida kechgan tabiiy-kimyoviy jarayonlar tufayli hosil bo‘luvchi – metamorfik. Magmatik jinslar Magmatik jinslar magmaning sovishi natijasida hosil bo‘ladi. Magmaning sovishida qattiq mineral komponentlar ketma-ket kristallanadi. Bunda bosim, harorat va undagi mineralizatorlar - suv bug‘lari, karbonat angidrit va b. juda katta ahamiyatga ega. Magmatik jinslarning tasnifi va tarkibi Magmatik jinslarning tasnifi. Magmatik jinslar hosil bo‘lish sharoitlariga bog‘liq holda chuqur (intruziv), otqindi (effuziv) va yarimuchuqur (gipabissal) turlarga bo‘linadi. Intruziv jinslar katta chuqurliklarda magmaning yuqori harorat va bosim sharoitlarida sekin sovishi va birtekis qotishidan hosil bo‘ladi. Bu jarayonlar tog‘ jinslarida to‘liq kristalli struktura, massiv tekstura shakllanishi va unda mineral komponentlarning birtekis tarqalishi bilan yakunlanadi. Otqindi jinslar yer yuzasida past harorat va atmosfera ta’siri sharoitlarida lavadan issiqlik va gazsimon moddalarning tez ajralib chiqishi tufayli vujudga keladi hamda qotganidan so‘ng ularda ko‘plab g‘ovakliklar saqlanib qoladi. Shuning uchun ular amorf shisha ko‘p bo‘lgan chala kristalli struktura, har xil tekstura hamda turli tarkib va strukturaga ega bo‘lgan uchastkalarning almashinib turishi bilan farq qiladi. Subvulkan jinslari yer yuzasiga yaqin chuqurlikda harorat pasayib borish rejimida hosil bo‘ladi. Shu tufayli magmadan muayyan bir mineralning turli 6 o‘lchamdagi kristallari vujudga keladi. Bunday jinslar aralash donali strukturasi bilan xarakterlanadi va porfirsimon jinslar deb ataladi. Magmatik jinslarning tafsiliy tasnifi moddiy tarkibini o‘rganishga asoslangan. Magmatik tog‘ jinslarining moddiy tarkibi ulardagi kimyoviy elementlarning (oksidlarining) va jins hosil qiluvchi


minerallarning foyiz miqdorini hisoblash orqali aniqlanadi. Tog‘ jinslarining kimyoviy va mineral tarkiblari o‘zaro bog‘liq, ammo bu bog‘liqlik murakkab, shuning uchun ham tog‘ jinslarining kimyoviy tarkibini qayta hisoblash orqali uning mineral tarkibini, mineral tarkibi orqali esa kimyoviy tarkibini aniqlab bo‘lmaydi. Vulkan shishasidan iborat bo‘lgan jinslarning moddiy tarkibini faqat kimyoviy yo‘l bilan aniqlash mumkin. Magmatik jinslarning kimyoviy tarkibi. Magmatik jinslarda u-yoki bu miqdorda uchraydigan elementlarning ro‘yxati ancha uzun, amalda ularda barcha kimyoviy elementlar uchraydi. Ularning orasida eng keng tarqalgani kislorod bo‘lib, u magmatik jinslar tarkibining deyarli yarmisini tashkil etadi. Tog‘ jinslarining kimyoviy tarkibi SiO2, Al2O3, Fe2O3, FeO, MgO, SaO, Na20 va K20 oksidlari yordamida ifodalanadi. Magmatik jinslar kimyoviy va mineral tarkibi bo‘yicha turli-tuman, ammo ularning barchasida kislorod va kremniy mavjud bo‘ladi. Magmatik tog‘ jinslarining tasnifi ularning kimyoviy tarkibini o‘rganishga asoslangan. Magmatik jinslar SiO2 miqdori bo‘yicha o‘taasosli, asosli, o‘rta va nordon turlarga bo‘linadi. O‘taasosli jinslarda kremnezyom SiO2 miqdori 64% ni tashkil etadi. Magmatik jinslarning mineral tarkibi. Mineral tarkib - bu kimyoviy tarkibi ma’lum bo‘lgan jinslarni tashkil etuvchi minerallarning foyiz miqdori (hajmiy yoki vazniy). Mineral tarkib kimyoviy elementlardan hosil bo‘lgan birikmalar xarakteri to‘g‘risida fikr yuritish imkoniyatini beradi. Magmatik tog‘ jinslarining mineral tarkibi ham turli-tuman. Ularning orasida eng keng tarqalganlari dala shpatlari, kvars, amfibollar, piroksenlar, slyudalar, kamroq tarqalganlari - olivin, nefelin, leytsit, magnetit, apatit va boshqalar hisoblanadi. Nordon intruziv jinslar asosan kaliyli dala ishpati, kvars, plagioklazdan tarkib topgan bo‘ladi, qisman muskovit, biotit va amfibol uchrashi mumkin. O‘rta jinslar uchun amfibol, biotit, plagioklaz, kvars xarakterli, muskovit va kaliyli dala shpati ham uchrashi mumkin. Asosli jinslar piroksen va plagioklazdan tarkib topgan, o‘taasosli jinslarda esa faqat olivin va piroksen kuzatiladi.



Yüklə 52,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə