Tirik organizmlar tomonidan oziq sifatida o‘zlashtirilgan oqsil, yog‘ va uglevodlar oddiy moddalarga parchalanadi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə1/2
tarix20.10.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#128763
  1   2
6.1. NAFAS OLISHNING MOHIYATI VA AHAMIYATI


6.1. NAFAS OLISHNING MOHIYATI VA AHAMIYATI
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ. Tirik organizmlar tomonidan oziq sifatida o‘zlashtirilgan oqsil, yog‘ va uglevodlar oddiy moddalarga parchalanadi. Bu jarayon natijasida ajralib chiqqan energiya organizmlarning o‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi va boshqa jarayonlar uchun sarflanadi.
Nafas olish – oziq moddalarning hujayralarda parchalanishi natijasida organizm hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan energiyaning ajralishi bilan boradigan jarayon. Demak, organizmlar energiya hosil qilish uchun nafas oladilar. Hayvonlar oqsil, yog‘ va uglevodlarni tayyor holda qabul qiladi. O‘simliklar esa organik moddalarni fotosintez jarayonida karbonat angidrid va suvdan hosil qiladi. Hosil bo‘lgan organik moddalar nafas olish jarayonida parchalanadi. Hujayralarning funksional faolligining ortishi nafas olishning kuchayishiga olib keladi.
Organik moddalarning parchalanishi va energiya hosil bo‘lishida kislorodning ishtirokiga ko‘ra organizmlar ikki guruhga bo‘linadi. Organik moddalarning parchalanishi kislorod ishtirokida boradigan organizmlar aerob organizmlar deyiladi. Aerob organizmlarga barcha oʻsimliklar, koʻpchilik hayvon, zamburugʻ va bakteriyalar kiradi.
Anaerob organizmlarda nafas olish jarayoni kislorodsiz muhitda kechadi. Achituvchi va chirituvchi bakteriyalar, achitqi va mog‘or zamburug‘lari hamda parazit chuvalchanglar anaerob organizmlardir.
Nafas olish jarayonida kislorodning qabul qilinishi va karbonad angidridning ajralib chiqishi gaz almashinuvi deyiladi. Tirik organizmlar kislorodni turlicha o‘zlashtiradi. Masalan, protistalar kislorodni hujayra qobig‘i orqali qabul qilsa, o‘simliklarda esa bu jarayon barg og‘izchalari va yasmiqchalar orqali amalga oshadi. O‘simlik ildizi po‘stloq hujayralari orasidagi bo‘shliqlarda to‘plangan havo yordamida nafas oladi.
O‘simliklarning nafas olish jarayoni uning oziqlanishidan keskin farq qiladi. Nafas olishda barglarda organik moddalar hosil bo‘lmay, aksincha, ular parchalanadi. Yana bir muhim farqi, nafas olish uchun yorug‘lik talab etilmaydi. O‘simliklar kecha-kunduz uzluksiz nafas oladi. Kunduzi barg hujayralarida organik moddalarning hosil bo‘lishi va hujayralarning nafas olish jarayoni bir vaqtda o‘tadi. O‘simliklar fotosintez jarayonida ajralgan kislorodning bir qismidan nafas olishda foydalanadi. Kislorodning qolgan qismi esa barg og‘izchalari orqali atmosferaga ajraladi. Bu kisloroddan aerob organizmlar nafas olish jarayonida foydalanadilar
Nafas olish o‘simliklarning turiga, yoshiga va yashash muhitiga bog‘liq. Yosh organizmlarda nafas olish kuchli bo‘ladi. O‘simlik hayotining oxirida esa nafas olish jadalligi pasayib boradi. Tinim holatdagi urug‘larda nafas olish jadalligi juda past bo‘ladi.Tashqi muhit omillari nafas olishga turli xil ta’sir qiladi. Masalan, o‘simlik hujayralarida oxirgi mahsulot sifatida CO2 miqdorining ko‘payib ketishi nafas olish jadalligini pasaytiradi. Chunki hujayralarda CO2 miqdorining ko‘payib ketishi fermentlar faolligini pasaytiradi, membranalar o‘tkazuvchanligiga salbiy ta’sir qiladi. Atmosfera havosi tarkibidagi 21% O2 nafas olish jarayoni uchun bemalol yetadi. Kislorodning miqdori ikki barobar kamayganda ham nafas olish jadalligi pasaymaydi. O‘simlik o‘sayotgan muhitda mineral moddalar ko‘paysa, ularning ildizlarida nafas olish jadalligini kuchaytiradi.
Ontogenez davomida nafas olish jadalligi o‘zgaradi. O‘simliklarning nisbatan yosh organlari va to‘qimalarida nafas olish jadalligi yuqori bo‘ladi. Yosh barglar o‘sgan sari ulardagi nafas olish jadalligi ortib boradi. Qachonki barg o‘sishdan to‘xtasa, nafas olish ham sekinlashadi. Quruq urug‘lar juda sekin nafas oladi. Urugʻlar unib chiqqach va keyinchalik nihol oʻsishi davomida ularning nafas olishi bir necha ming marotaba oshadi. Oʻsimliklarning faol oʻsish bosqichi tugashi bilan o‘simlikning nafas olishi susayadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə