Termizdavlat universiteti


I.O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni



Yüklə 32,39 Kb.
səhifə2/11
tarix11.05.2022
ölçüsü32,39 Kb.
#86747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
DTIYU FAN DASTURI 2021-2022 (2) (2)

I.O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Dunyodа yetti minggа yaqin til mаvjud, lеkin bаrchа tillаrgа hаm dаvlаt tili dеgаn shаrаfli mаqоm nаsib etmаgаn. Аksаriyat tillаr impеriya dаvlаtlаrning hududidа mа`lum millаtlаrgаginа uy-ro‘zg‘оr tili sifаtidа xizmаt qilаdi. Yer yuzidа o‘z suvеrеn huquqigа egа bo‘lgаn (ikki yuz аtrоfidа) nеchtа dаvlаt bo‘lsа, shungа yaqinroq dаvlаt tili mаvjud bo‘lar ekan. O‘zbеk tilining bu mo‘tаbаr minbаrdаn o‘rin оlishi, ya`ni dаvlаt tili mаqоmigа egа bo‘lishi - bu bir bаxt, qоlаvеrsа, mo‘jizа!

Shundаy ekаn, qоnun yo‘li bilаn himоyagа оlingаn оnа tilimizni ko‘zimizgа surtishimiz, аsrаb-аvаylаshimiz, uni hаr tоmоnlаmа rivоjlаntirishimiz, uning rаsmiy dоirаdаgi nufuzini yanаdа оshirishimiz vа tаkоmillаshtirishimiz biz uchun fаrzdir.Mamlakatimizda o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi ona tilimizni yanada takomillashtirishga, unga bo’lgan e’tiborning yanada kuchayishiga imkoniyat yaratdi. O’zbek tilini yuksak darajaga ko’tarish, uni rivojlantirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Milliy istiqlol hayotimizning hech bir istisnosiz barcha sohalarida bo’lgani kabi ona tilimiz rivoji uchun keng yo’l ochdi.

“Davlat tilida ish yuritish” fani O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risidagi Qonun” Milliy istiqlol mafkurasi talablari asosida bo’lg’usi mutaxassislarni davlat tilida ish yuritish kursi bo’yicha asosiy tushuncha va terminlar, hujjatchilik tarixi, hujjat turlari va xususiyatlari, ish yuritishga oid atamalar, ish qog’ozlarining asosiy turlari, ularning yozilishi kabilar haqida ma’lumotlar beradi. “Davlat tilida ish yuritish” fanining dasturi bo’lajak pedagoglarni fanning umumiy nazariy asoslari bilan qurollanishi, ta’lim tarbiya berishnnng yangi pedagogik texnologiyasi asosida olib borishni ta’minlaydi.

Ish yurinishni asosini hujjatlar tashkil etadi. Biron-bir tashkilot, muassasa yoki korxona faoliyatini hujjatlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Mazmunan va shaklan turli-tuman bo`lgan hujjatlar jamiyatning uzluksiz faoliyatini tartibga solib kelgan. Bugungi kunda ham davlat va nodavlat tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish sifatini oshirish mamlakatimiz taraqqiyoti uchun zarur bo`lgan asosiy omillardan hisoblanadi. Ushbu fan talabalarga zamon talablariga mos ravishda davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo`yicha nazariy va amaliy bilimlar berish, bo`lg`usi fan o`qituvchisini kasbiy faoliyatiga doir ish hujjatlari bo`yicha bilimlar bilan qurollantiradi.

“Davlat tilida ish yuritish’’ fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, bakalavriat ta’ lim yo`nalishining 1-4 kurslarida o`qitiladi. Mazkur fan tilshunoslik turkumidagi fanlardan biri bo`lib, hozirgi o’zbek tili, nutq madaniyati, uslubshunoslik, mantiq fanlari bilan bog`liq. “Davlat tilida ish yuritish ’’ fani tilshunoslikning amaliy asosini tashkil etib, yetuk kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.



Yüklə 32,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə