Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Ҳисобнинг предмети, вазифалари ва унинг турлари



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

Ҳисобнинг предмети, вазифалари ва унинг турлари
Ишлаб
чиқариш
жараёнидаги
корхоналар,
ташкилотлар
ва
муассасаларнинг самарали бошқарилишида маблағлар ҳолати ҳамда
улардан унумли фойдаланиш ҳақидаги ахборотларни шакллантириш
ҳисобланади.
Хўжалик 
хисобининг 
бажаради-
ган 
вазифалари
а
)
ҳисобда акс эттириладиган объектларни бошқариш учун
маълумотларни йиғиш, уларни фильтрлаш ва керакли
ахборотни шакллантириш;
в) солиқ органларига маҳаллий солиқлар, иш ҳақига олинадиган
солиқлар ва ижтимоий суғуртага ажратмалар, пенсия фондлари, иш
билан
таъминлаш
фонди,
мулклар,
транспорт
воситаларига
солиқлар, акциз йиғимлари ва қўшилган қиймат солиқлари ва
хоказолар бўйича тўловларнинг тўғрилигини назорат қилиш;
б
)
корхоналар фаолияти натижалари хақидаги ахборотни
ўлчаш ва тақдим этиш;
г) хўжалик ҳисобини мустаҳкамлашга ёрдам бериш;
д) хўжалик операцияларини самарали бошқаришдан
иборатдир;
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish vositalarining katta qismiga ega bo‘lgan 
tadbirkorlarning manfaatiga rioya qilinadi. Xo‘jalik hisobidan ham xuddi shu yo‘nalishda 
foydalaniladi. Uning yordamida tadbirkorlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning 
yangidan - yangi vositalarini topib, amalga oshirilayotgan faoliyatdan eng yuqori yutuqlarga ega 
bo‘ladilar va ularni olish yo‘llarini aniqlaydilar. 
SHunday qilib, bozor iqtisodiyotida xo‘jalik hisobidan, asosan tadbirkorlar - mulk egalari 
manfaati uchun foydalaniladi. SHuni ta’kidlash lozimki, bunda xo‘jalik hisobi tadbirkorlar uchun 
nafaqat hisobot tuzish uchun qurol bo‘libgina qolmay, u eng avvalo korxona faoliyatining yuqori 
samaradorlikka erishishi uchun ipshab chiqarishni boshqarish quroli sifatida xiz-mat qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik hisobining ko‘rsatkichlari ichki va tashqiga bo‘linib, 
axborotdan ham tashqi hamda ichki qiziquvchilar-menejerlar tomonidan foydalaniladi. Tabiiyki, 
xo‘jalik hisobining bu ma’lumotlari mulkchilikning har xil shakldagi hamda sog‘lom 
raqobatchilikning rivojlanishi sharoitida ob’ektiv ravishda tashqi - e’lon qilinadigan va ichki - 
tijorat siri hisoblangan qismlarga bo‘linishi kerak. Buni yuzaga chiqarish uchun tijorat sirini 
himoya qiluvchi qonun ishlab chiqilishi kerak bo‘ladi. Bunday qonun tadbirkorlarga o‘z 
korxonalarining ishi bilan tanishish uchun faqat tashqi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan 
axborotni berish va tijorat siri hisoblangan ichki axborotni saqlab qolish huquqini beradi. SHu 
bilan birga ta’kidlash lozimki, tadbirkorlarning xo‘jalik faoliyati o‘z maqsadlariga munosib 
ravishda axborotlarda buzib ko‘rsatishning oldini olish uchun bozor munosabatlari 
mexanizmining zarur shartlaridan hisoblangan mustaqil auditorlik faoliyati keng rivojlantirilishi 
kerak. 
Ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik sharoitida mulk egala-rining mavjud 
imkoniyatlaridan kelib chiqqan ichki rejalashtirish o‘z rivojini topishi kerak. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik hisobi har bir tadbirkor tomonidan o‘zining xohishiga 
qarab tashkil qilinib, umumbelgilangan talablarga rioya qilish bilan birga boshqarishning 
ma’muriy - buyruqbozlik tizimiga xos bo‘lgan qat’iy tartibga solingan hisobning o‘rniga davlat 
tomonidan qo‘yiladigan tartibotini minimumgacha kamaytirib boradi. 
Xo‘jalik hisobining umumiy uslubiy asoslariga rioya qilish sharoitida, uning nafaqat 


shakllari va tashkil qilinishi har xil bo‘lmay, hattoki, hisob ko‘rsatkichlarini olish uslubiyati ham 
har xil bo‘lishi mumkin. Natijada xar xil mulk egalari ixtiyorida bo‘lgan korxonalardagi bir xil 
turdagi ko‘rsatkichlar har xil yo‘l bilan ishlab chiqilishi mumkin, lekin e’lon qilinadigan 
hisobotdagi ma’lumotlarning solishtiruvchanligini ta’minlash uchun moliyaviy hisobga ilova 
qilingan tushuntirish xatida korxona tomonidan qabul qilingan hisob siyosati hisobot izohlar 
keltirilishi kerak. 
Bozor iqtisodiyoti sharoiti mulkchilik tuzilishining o‘zgarishi, turli tavakv:alchilik va 
noma’lumliklarni yuzaga kelishi, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, o‘z aksiyalarini chiqarish va 
sotish, valyuta va ko‘chmas mulk muomalalarini vujudga kelishi bilan ifodalanadi.
Bunday sharoitda korxona bozor konyukturasini o‘rganadi, o‘z faoliyati-ni mustaqil 
rivojlantiradi, iste’molchilarni qidirib topish bilar shu-g‘ullanadi, tovar, ish va xizmatlarni, 
korxonalarning sotish narxini o‘zi belgilaydi, tijorat banki kreditlari va boshqa investorlarning 
mablag‘larini jalb qiladi. 
Bunday faktlarni to‘g‘ri hisobga olish va boshqarish, shuningdek, barqaror rivojlanishini 
ta’minlash uchun axborotlarni yig‘ish va ishlab chiqishning samarali tizimi zarur. 
SHunday qilib, buxgalteriya hisobi - bu faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektning mulki, 
majburiyatlari, xo‘jalik operatsiyalari va ularning harakatini yoppasiga hamda uzluksiz 
hujjatlashtirish yo‘li bilan tartibli yig‘ish, nazorat qilish, o‘lchash, ro‘yxatga olish, pul o‘lchovida 
ishlov berish tizimidir. 
Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi - to‘liq va ishonarli axborotlarni shakllantirish, 
ichki va tashqi foydalanuvchilarni u bilan ta’minlash, shuningdek, boshqaruv va moliyaviy 
qarorlar qabul qilish uchun axborotlardan foydalanish. 
Demak, buxgalteriya hisobi bu - 

sub’ektning iqtisodiyoti to‘g‘risida miqdoriy (moliyaviy) axborot beruvchi axborot 
tizimidir; 

iqtisodiy axborotni aniqlash, nazorat qilish, o‘lchash va uzatish jarayonidir; 

cheklangan resurslardan foydalanish usulini tanlab olishda zarurdir. 
Har qanday tadbir inson tomonidan amalga oshirilgani kabi buxgalteriya hisobi ham 
buxgalterlar tomonidan yuritiladi va barcha tamoyillarni amalga oshiradi. 
Buxgalteriya hisobini korxona to‘g‘risidagi moliyaviy axborotlar bilan ta’minlovchi tizim, 
biznes amaliyotiga iqtisodiy nazariyani amalda qo‘llovchi, jahon ishbilarmonlar tili, soliqqa 
tortiladigan bazani shakllantirish usuli desak, bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalter - bu 
moliyaviy axborotlar menejeri, moliyaviy axborotlar bilan ta’minlovchi mutaxassis, moliyaviy 
asosda qarorlar qabul qilish bo‘yicha menejerga faol yordamchi va nihoyat korxona faoliyatini 
tubdan yaxshilovchi shaxsdir. 
Korxonalarni boshqarishda xo‘jalik hisobidan samarali foydalanish hamda asoslangan 
boshqaruv qarorlarni qabul hilishuchun ma’lum talablarga rioya qilish kerak. Bu talablar 
buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari bilan belgilangan. 
Amaliyotda buxgalteriya hisobi oldiga an’anaviy ravishda quyidagi talablar qo‘yilgan: 
hisob ko‘rsatkichlarining reja ko‘rsatkichlari bilan solishtiruvchanligi; o‘z vaqtidaligi, aniqligi va 
ob’ektivligi; to‘laligi; ravshanligi; tejamliligi va xammabogshshshgi va x.k. 
Hisob ko‘rsatkichlarining reja ko‘rsatkichlari bilan solishtiruvchanligi - hisob 
ko‘rsatkichlarining markazlashtirilgan tartibda belgilanganreja ko‘rsatkichlari bilan solishtirish 
mumkinligini ta’minlashni nazarda tutadi. Korxonani rivojlantirish rejalari korxonaning o‘zi 
ishlab chiqadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish nuqtai 
nazaridan ko‘rilishi kerak. O‘z vaktidaligi, aniqligi va ob’ektivligi talabiga kelsak, shuni 
aytishimiz lozimki, xalqaro standartlarga binoan o‘rinlilik, ahamiyatlilik va moddiyliligiga 
ko‘proq ahamiyat beriladi. Buxgalteriya hisobida ko‘proq e’tibor nazariydan ko‘ra amaliy 
tomonga berilishi kerak.
Tejamliligi va hammabopliligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu talab chegaralangan 
bo‘ladi. Tejamlilikni nazarda tutganda axborotni uni hosil qilish sarflari bilan solishtirish asosida 
uning muhimliligidan kelib chiqish lozim.


O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonu-niga binoan 
maxsus talablar bilan belgilangan va ularga asoslangan holda hisob yuritilishi hamda hisobot 
tuzilishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari quyidagilardir: ikkiyoqlama 
yozuv; uzluksizlik; xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi; aniqlik; 
hisoblash; ehtiyotkorlik; mazmunning shakldan ustunligi; ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; 
moliyaviy hisobotning betarafligi; hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; 
aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
Buxgalteriya hisobida xo‘jalik operatsiyalari o‘lchov ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Ular 
firmaning moliyaviy ahvoliga ta’sir qiladigan xo‘jalik hayotining hodisalaridir. Operatsiyalar 
ikki tomonlama bo‘lib, mustaqil sheriklar o‘rtasida qiymatliklarni almashtirishdan yoki bir 
tomonlama, stanok va asbob-uskunalarning eskirishi, foizlar bo‘yicha summalarning doimiy 
jamg‘arilishi va boshqalardan iborat bo‘lishi mumkin. 
Xo‘jalik hisobi tomonidan qamrab olinadigan ob’ektlar raqam ko‘rsatkichlari vositasida 
aks ettiriladi. Ularni olish uchun xo‘jalik hisobida quyidagi o‘lchov birliklari qo‘llaniladi: 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə