Termiz davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti biologiya talim yo’nalishi 3- kurs 302- guruh talabasi Abdumurodova Nilufarning genetika va seleksiya asoslari fanidan tayyorlagan slayti



Yüklə 2,79 Mb.
səhifə1/6
tarix26.10.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#131368
  1   2   3   4   5   6
Abdumurodova Nilufar

Termiz davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti biologiya talim yo’nalishi 3- kurs 302- guruh talabasi Abdumurodova Nilufarning genetika va seleksiya asoslari fanidan tayyorlagan slayti

Hujayra bo’linishining norasmiy tiplari

  • Reja

 MITOTIK BO’LINISH
(Mitoz yunoncha –ip degan manoni beradi)
Hujayraning hayotiy sikli va bo’linishi.
Yangi bo‘linib hosil bo‘lgan hujayra hayotida differensiatsiya ro‘y beradi, u maxsus faoliyatini bajarishga moslashadi, funksiyasini o‘taydi, qariydi va nihoyat o’ladi.
Hujayra sikli ikki qismdan: interfaza va mitoz .
Ikki bo‘linish oralig’i-----interfaza hisoblanadi.
Interfaza 3 davrni o‘z ichiga oladi:
1) Bo’linishdan keyingi ya’ni sintezdan oldingi— birinchi o ‘sish (G1) davri (2n2c)
2) DNK sintezi ro‘y beradigan davr (S); Sintez davri (2n4c)
3) sintezdan keyingi yoki mitozdan oldingi— ikkinchi o ‘sish (G2) davri. (2n4c)
Interfaza yakunida, odatda hujayrada mitotik bo’linish (M) ro‘y beradi. Hujayraning bo‘linishga tayyorlanishi (interfaza) va bo‘linishi (mitoz) uning mitotik sikli hisoblanadi.
Organizm hayoti davomida ko‘pgina hujayralar almashinib turadi. Bundan nerv hujayralari mustasno. Nerv hujayralari organizm tug'ilgandan keyin o‘sadi, murakkablashadi, ammo qayta hosil bo‘lmaydi, demak ularda bo‘linish hodisasi ro‘y bermaydi.
Birinchi o ‘sish (G1) davri-- hujayrada o ‘sish, oqsillar va RNK to ‘planishi bilan boshlanadi. Bu jarayon natijasida hujayra o'zining shunday massasiga ega boiib qoladiki, u mitotik siklning keyingi -- S davrining boshlanishini taqozo etadi. G1 davr mobaynida DNK yangi molekulasini va uning sintezini, RNK va oqsil metabolizmini ta’minlovchi fermentlar sistemasi hosil boladi.
Xar bir xromosoma bittadan xramatin ipi yani bitta xromatidadan iborat shakli (bir DNK demak)
DNK sintezi ro‘y beradigan (S) davr-- davri hujayra siklining eng muhim bosqichi hisoblanadi. Sintetik davrsiz somatik hujayralarda mitoz ro‘y bermaydi. Bu davrda DNK reduplikatsiyasi, ya’ni yangi DNK molekulasining sintezi ro‘y beradi. S davr so‘ngida hujayra ikki molekula DNK ga ega bo‘ladi (mitoz jarayonida hosil boladigan har bir qiz hujayrasiga bir molekuladan DNK ni taqsimlab berish uchun ko‘rilgan tayyorlanish ro‘y beradi) Sintetik davrda hujayra organoidlari ham ortadi.
Xar bir xromosoma ikkita xramatin ipi yani ikki xromatidadan iborat shakli (ikki DNK demak)

Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə