Temir, kobalt, nikel va ularning birikmalari Nazorat savollari



Yüklə 109,03 Kb.
səhifə1/8
tarix19.12.2023
ölçüsü109,03 Kb.
#151830
  1   2   3   4   5   6   7   8
Temir, kobalt, nikel va ularning birikmalari Nazorat savollari


Temir, kobalt, nikel va ularning birikmalari
Nazorat savollari
1. Temir, kobalt va nikelni elektron formulalarini (konfiguratsiyalarini) yozing.
2. Temir, kobalt va nikelni qanday oksidlanish darajalari ma’lum? Har bir element uchun qaysi oksidlanish darajalari eng harakterli?
3. Laboratoriya sharoitida temir qanday olinadi? Buning uchun qanday qaytaruvchilar qo‘llaniladi? Reaksiya tenglamalarini yozing.
4. Temir namunasi qaysi holatlarda tezroq oksidlanadi? Tushuntiring:
a) temir mis plastinkasi bilan tutashmagan;
b) temir mis bilan tutashgan. Reaksiya tenglamalarin yozing. Fe, H2 va Cu larni metallarni elektrokimyoviy kuchlanish qatoridagi o‘rnini nazarda tutib, mis bilan tutashgan temirning zanglash sxemasini keltiring.
5. Temir, kobalt, nikelni suyultirilgan va konsentrlangan HCl, H2SO4, HNO3 eritmalariga sovuq holda va qizdirilganda munosabati qanday? Reaksiya tenglamalarini yozing.
6. Fe(II), Co(II) va Ni(II) oksidlarini va gidroksidlarni qanday olish mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing. Bu metallar gidroksidlarini havo kislarodiga munosabatini solishtiring. Reaksiya tenlamalarini yozing.
7. Fe(III), Co(III) va Ni(III) oksidlari va gidroksidlari qanday olinadi? Reaksiya tenglamalrini yozing. Bu metallar gidroksidlarining kimyoviy xossalarini solishtiring. Reaksiya tenglamalarini yozing.
8. Temir, kobalt va nikel tuzlarining xossalarini tavsiflang (ranggi, suvdagi eruvchanligi, gidrolizlanishi, havo kislarodiga munosabati).
9. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida Fe(II), Fe(III) va Fe(VI) birikmalari qanday xossalarni namoyon qiladi? Fe(III) tuzlaridan qanday qilib Fe(II) va Fe(VI) birikmalariga o‘tish mumkin? Reaksiya tenlamalarini yozing.
10. Temir, kobalt, nikellarni kompleks birikma hosil qiluvchi sifatida tavsiflang (koordinatsion soni, ligandlar, barqarorligi). Har bir metallni barqaror kompleks birikmalarini hosil qilish reaksiya tenglamalarini yozing.

Yüklə 109,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə